Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 02.06.2008 yildagi PQ-883-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008 — 2012 YILLARDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BOLALAR SUV SPORTINI RIVOJLANTIRIShNING MODDIY-TEXNIK BAZASINI MUSTAHKAMLAShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘sib kelayotgan yosh avlodni jismoniy tarbiya va sportning suv turlari bilan shug‘ullanishga yanada ommaviy jalb etish, suzish havzalari tarmog‘ini kengaytirish va ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, foydalanish-texnik holatini zamonaviy standartlarga hamda xavfsizlik talablariga muvofiqlashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2008 — 2012-yillarda suzish havzalarini rekonstruksiya qilish hamda mukammal ta’mirlash Dasturi, shuningdek, 2008-yilda suzish havzalarini rekonstruksiya qilish hamda mukammal ta’mirlash manzilli dasturi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 va 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xo‘jalik birlashmalari va korxonalarning ular tomonidan 2008-yilda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasiga 2008-yil uchun nazarda tutilgan loyihalarni, suzish havzalarini rekonstruksiya qilish hamda mukammal ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish uchun 3-ilovaga* muvofiq qo‘shimcha homiylik yordamini yo‘naltirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suzish havzalarini rekonstruksiya qilish hamda mukammal ta’mirlashning tasdiqlangan parametrlari belgilangan muddatlarda samarali va sifatli bajarilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili Investitsiya dasturi loyihasi va qurilishlarning manzilli ro‘yxatlarini shakllantirishda suzish havzalarining aniq soni hamda ro‘yxatini ularni rekonstruksiya qilish hamda mukammal ta’mirlash bo‘yicha ishlarni, zarur uskuna va anjomlar bilan jihozlashni moliyalashtirish hajmlarini belgilagan holda ko‘rsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tomonidan barcha manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan kelishilgan holda xavfsizlik talablariga to‘liq javob beradigan va eng yaxshi xorijiy andoza hamda xalqaro standartlarga mos keladigan suzish havzalarining uchta namunaviy loyihasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suzish havzalarini rekonstruksiya qilish hamda mukammal ta’mirlash ishlarini olib borish bo‘yicha buyurtmachi vazifalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining yagona buyurtmachi xizmatlari zimmasiga yuklanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suzish havzalarini rekonstruksiya qilish hamda mukammal ta’mirlashning asosiy mezoni ularning foydalanish-texnik holatini zamonaviy standartlarga va foydalanish xavfsizligi talablariga mos holga keltirish hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Qarorga muvofiq pudrat qurilish ishlari faqat budjet tashkilotlari balansida bo‘lgan havzalarda olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2008-yil uchun nazarda tutilgan obyektlar bo‘yicha quyidagilarni ta’minlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 15-iyungacha bo‘lgan muddatda — suzish havzalarini rekonstruksiya qilish hamda mukammal ta’mirlash bo‘yicha loyiha ishlarini va davlat ekspertizasi o‘tkazilishini yakunlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 1-avgustgacha bo‘lgan muddatda — ijtimoiy soha obyektlarini qurish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan pudrat tashkilotlari orasida suzish havzalarini rekonstruksiya qilish hamda mukammal ta’mirlash ishlari ijrochilarini saralab olish bo‘yicha tanlov savdolari o‘tkazilishini nihoyasiga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov savdolari natijalari tasdiqlangandan so‘ng o‘n kun muddatda — tanlov savdolari g‘oliblari bilan pudrat shartnomalari tuzish va obyektlarni rekonstruksiya qilish hamda mukammal ta’mirlash uchun moliyalashni ochish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ilovada* ko‘rsatilgan parametrlarga qat’iy rioya qilgan holda, rekonstruksiya qilinishi hamda mukammal ta’mirlanishi lozim bo‘lgan suzish havzalarini bir toifadagi qayta tiklash ishlaridan boshqa toifaga o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyalanish manbaidan qat’i nazar, namunaviy loyihalar qo‘llanilmasdan va tasdiqlangan qurilish normalari hamda standartlariga, shuningdek, foydalanish xavfsizligi talablariga muvofiq bo‘lmagan suzish havzalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash qat’iyan taqiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manzilli dasturga kiritilgan suzish havzalarini rekonstruksiya qilish hamda mukammal ta’mirlash bo‘yicha loyiha hujjatlari va ishlarning sifati ustidan arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suzish havzalarini rekonstruksiya qilish hamda mukammal ta’mirlash Dasturini amalga oshirishda qatnashayotgan pudratchi tashkilotlar tomonidan tanlov savdolari natijalari bo‘yicha tuzilgan shartnomalarga muvofiq qabul qilingan majburiyatlar bajarilishining qat’iy monitoringini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.M. Xanov zimmalariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 2-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-883-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 6-son, 329-modda)