Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 05.05.2008 yildagi PQ-861-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“QATAG‘ON QURBONLARI XOTIRASI” MUZEYINING FAOLIYATINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqimizning ozodlik va mustaqillik uchun olib borgan ko‘p yillik mashaqqatli kurashini haqqoniy va to‘laqonli aks ettirish, mustabid tuzum davridagi ommaviy qatag‘onlar tufayli qurbon bo‘lgan, insonlik sha’ni, qadr-qimmati toptalgan vatandoshlarimizning hurmati va xotirasini joyiga qo‘yish, fuqarolarimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish borasida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeylari alohida muhim ahamiyatga ega ekanini nazarda tutib respublika jamoat tashkilotlari, ta’lim muassasalari, jamoatchilik vakillari tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalarni inobatga olib hamda muzey faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyining yangi ilmiy ekspozitsiyasini yaratish bo‘yicha ishchi guruhi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ishchi guruhi bir oy muddatda yangi ekspozitsiyaning har tomonlama puxta o‘ylangan ilmiy-tarixiy konsepsiyasi va mavzu rejasini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Badiiy akademiya, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi muzeyning yangi ekspozitsiyasini yaratish ishlarini 2008-yilning 1-avgustiga qadar yakuniga yetkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toshkent shahar hokimligi 2008-yilning 1-iyuliga qadar muzeyning mavjud binosini rekonstruksiya qilish, yangi ikkita ekspozitsiya zalini o‘z ichiga olgan qo‘shimcha bino qurish ishlarining yakunlanishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qurilish, rekonstruksiya, yangi ekspozitsiyasini yaratish, tegishli asbob-uskuna va jihozlarni xarid qilish bo‘yicha ishlarni belgilangan muddatda oxiriga yetkazish maqsadida loyihalash va qurilish ishlarining bir vaqtda amalga oshirilishi, yuqorida zikr etilgan barcha ishlarning tender tanlovlari savdosi o‘tkazmasdan amalga oshirilishiga istisno tariqasida ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Bosh Prokuratura, Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Fanlar akademiyasi, Prezident devoni arxivi, “O‘zarxiv” agentligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi va boshqa tegishli vazirlik va idoralar mustamlakachilik va qatag‘on davriga oid hujjatlar, kino-foto materiallar, ashyoviy dalillardan ishchi guruhining foydalanishi, ekspozitsiya faoliyati uchun kerakli deb topilgan arxiv hujjatlarining belgilangan tartibda muzeyga berilishi uchun zarur chora- tadbirlarni ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi muzeyning yangi ekspozitsiyasini yaratish ishlari uchun taqdim etilgan hisob-kitoblar asosida Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan o‘z vaqtida mablag‘ ajratishni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 5-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-861-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5-maydagi PQ-861-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyning yangi ilmiy ekspozitsiyasini yaratish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi guruhi tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
B.Hasanov‎ —‎ “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi direktori, guruh rahbari‎
M.Quronov‎ —‎ Respublika milliy g‘oya va mafkura markazi rahbari‎
A.A’zamov‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni yetakchi konsultanti‎
A.Rahimov‎ —‎ Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimi‎
N.Habibullayev‎ —‎ Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori‎
D.Alimova‎ —‎ Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori‎
J.Ismoilova‎ —‎ O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi direktori‎
T.Do‘stayev‎ —‎ O‘zbekiston amaliy san’at muzeyi direktori‎
E.Nuriddinov‎ —‎ Fanlar akademiyasi Tarix instituti ilmiy xodimi‎
M.Rahimov‎ —‎ Fanlar akademiyasi Tarix instituti ilmiy xodimi‎
Q.Rajapov‎ —‎ Fanlar akademiyasi Tarix instituti ilmiy xodimi‎
R.Abdullayev‎ —‎ Fanlar akademiyasi Tarix instituti ilmiy xodimi‎
S. Axmedov‎ —‎ “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyining ekspozitsiya bo‘limi mudiri‎
A.Ikromjonov‎ —‎ O‘zbekiston xalq rassomi‎
O.Karimboboyeva‎ —‎ “Mediartpress” dizaynerlik firmasi direktori‎
H.Umarov‎ —‎ O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi dizayner rassomi‎