O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining
Qarori
PIShGAN G‘IShT IShLAB ChIQARUVChI KORXONALAR TOMONIDAN SOLIQ IMTIYOZLARI VA PREFERENSIYALARNI QO‘LLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 24-iyulda 1985-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasining 2017-yil 16-maydagi 48, 2017-20-sonli “Pishgan g‘isht ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan soliq imtiyozlari va preferensiyalarni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirishlar va qo‘shimchani o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1985-2, 23.05.2017-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 19-iyundagi PQ-1134-son “Devorbop materiallar ishlab chiqarishni ko‘paytirishni rag‘batlantirish va sifatini yaxshilash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 3-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladilar:
1. Pishgan g‘isht ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan soliq imtiyozlari va preferensiyalarni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R.S. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 22-iyul,
73-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 22-iyul,
2009-23-son
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2009-yil 22-iyuldagi 73, 2009-23-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Pishgan g‘isht ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan soliq imtiyozlari va preferensiyalarni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 19-iyundagi PQ-1134-son “Devorbop materiallar ishlab chiqarishni ko‘paytirishni rag‘batlantirish va sifatini yaxshilash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 3-bandiga muvofiq pishgan g‘isht ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qo‘llash tartibini belgilaydi.
I.UMUMIY QOIDALAR
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 19-iyundagi PQ-1134-son “Devorbop materiallar ishlab chiqarishni ko‘paytirishni rag‘batlantirish va sifatini yaxshilash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2009-yilning 1-iyulidan 2012-yilning 1-yanvariga qadar maxsus pechlardan (aylanma, tunnelsimon va boshqalar) foydalangan holda, zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalar asosida pishgan g‘isht ishlab chiqaruvchi korxonalar quyidagilarni to‘lashdan ozod qilinadilar:
a) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;
b) qo‘shilgan qiymat solig‘i;
v) yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
g) suv resurslardan foydalanganlik uchun soliq;
d) mol-mulk solig‘i;
e) yer solig‘i;
j) obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i;
z) yagona soliq to‘lovi;
i) tovarlarni realizatsiya qilish hajmidan hisoblab chiqariladigan davlat maqsadli jamg‘armalarga va Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha budjetdan tashqari jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar.
(1-bandning “i” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 31-yanvardagi 4, 2011-1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1985-1, 16.02.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 69-modda)
2. 2012-yilning 1-yanvaridan boshlab maxsus pechlardan foydalangan holda pishgan g‘isht ishlab chiqaruvchi, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni qazib chiqaruvchi mikrofirmalar va kichik korxonalarga yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lash majburiyati saqlangan holda yagona soliq to‘loviga o‘tish huquqi beriladi.
3. Soliq imtiyozlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlarni budjetga to‘lash bo‘yicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 1463, 2005-yil 2-aprel) (“O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, 2005-yil, 14-son, 105-modda) bilan tartibga solinadi.
II. IMTIYOZ VA PREFERENSIYALARNI QO‘LLASh TARTIBI
4. Ushbu Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan imtiyozlar asosiy faoliyat turi — zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalar asosida pishgan g‘isht ishlab chiqarishga:
gazda ishlaydigan korxonalarga — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining tegishli hududiy organining xulosasiga asosan ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda;
ko‘mirda ishlaydigan korxonalarga — O‘zbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining xulosasiga asosan ushbu Nizomning 1a - ilovasida keltirilgan shaklda taqdim etiladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 31-yanvardagi 4, 2011-1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1985-1, 16.02.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 69-modda)
5. Korxonalar davlat soliq xizmati organlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 19-iyundagi PQ-1134-son “Devorbop materiallar ishlab chiqarishni ko‘paytirishni rag‘batlantirish va sifatini yaxshilash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga va Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha budjetdan tashqari jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni to‘lashdan ozod etilganligi to‘g‘risidagi yozma xabarnomani ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shaklda taqdim etadilar. Xabarnomaga maxsus pechlardan foydalangan holda zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalar asosida pishgan g‘isht ishlab chiqaruvchi korxona ekanligini tasdiqlovchi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining tegishli hududiy organining yoki O‘zbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining xulosasi ilova qilinadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 31-yanvardagi 4, 2011-1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1985-1, 16.02.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 69-modda)
6. Maxsus pechlardan foydalangan holda zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalar asosida pishgan g‘isht ishlab chiqarishni amalga oshirish bilan birga boshqa faoliyat turi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar ushbu faoliyat turlari bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritishlari hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni qonun hujjatlarda nazarda tutilgan tartibda to‘lashlari lozim.
7. Ushbu Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan preferensiyalardan foydalanishda mikrofirmalar va kichik korxonalar yagona soliq to‘lovini to‘lashga o‘tish to‘g‘risidagi xabarnomaga korxona maxsus pechlardan foydalangan holda zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalar asosida pishgan g‘isht ishlab chiqaruvchi ekanligini tasdiqlovchi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining tegishli hududiy organining yoki O‘zbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining xulosasini ilova qiladilar. Yagona soliq to‘lovini to‘lashga o‘tish to‘g‘risidagi xabarnoma O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi nazarda tutilgan muddatlarda taqdim etiladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 31-yanvardagi 4, 2011-1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1985-1, 16.02.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 69-modda)
8. 2012-yilning 1-yanvaridan keyin tashkil etilayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun, ushbu Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan preferensiyalar, ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan boshlab taqdim etiladi.
III. YAKUNIY QOIDALAR
9. Soliq imtiyozlari va preferensiyalarining to‘g‘ri qo‘llanishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
10. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan.
“O‘zdavneftgazinspeksiya” boshlig‘i Sh.MAXMUDOV
Toshkent sh.,
2009-yil 21-iyul
Pishgan g‘isht ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan soliq imtiyozlari va preferensiyalarni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
|
XULOSA | |||
Ushbu bilan ________________________________manzil bo‘yicha joylashgan | |||
| ________________________________________ ____ yil “__” _________dan | |||
|
(korxonaning to‘liq nomi) |
| | |
| boshlab, maxsus pechlardan____________________________________________ | |||
| |
(pechning nomi va turi) | ||
|
foydalangan holda zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalar asosida pishgan g‘isht ishlab chiqarishni amalga oshirayotganligini tasdiqlaymiz. | |||
|
|
| _______________ | |
| | | |
(imzo, F.I.Sh) |
| | |
M.O‘ |
|
Pishgan g‘isht ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan soliq imtiyozlari va preferensiyalarni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1a-ILOVA
1a-ILOVA
|
XULOSA | |||
| Ushbu bilan _______________________________ manzil bo‘yicha joylashgan | |||
| __________________________________________ _____ yil “__” ______ dan | |||
|
(korxonaning to‘liq nomi) |
| | |
| boshlab, ko‘mirda ishlaydigan maxsus pechlardan | |||
| _________________________________________________________________ | |||
|
(pechning nomi va turi) | |||
| foydalangan holda zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalar asosida pishgan g‘isht ishlab chiqarishni amalga oshirayotganligini tasdiqlaymiz. | |||
| O‘zbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining boshlig‘i |
_______________________________ | ||
| | |
(imzo, F.I.Sh.) | |
| | | M.O‘. | |
(1a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 31-yanvardagi 4, 2011-1-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1985-1, 16.02.2011-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 69-modda)
Pishgan g‘isht ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan soliq imtiyozlari va preferensiyalarni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 31-yanvardagi 4, 2011-1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1985-1, 16.02.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 69-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 30-31-son, 350-modda; 2011-y., 7-8-son, 69-modda)