Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 19.06.2009 yildagi 173-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RESPUBLIKA KORXONALARIDA XALQARO STANDARTLARGA MUVOFIQ BO‘LGAN SIFATNI BOShQARISh TIZIMLARINI JORIY ETIShNI KENGAYTIRIShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimiz korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirish, ularning eksport salohiyatini ko‘paytirish va respublika korxonalarida xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 23-son, 473-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, xo‘jalik birlashmalari va korxonalarning xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini 2011-yil 1-yanvargacha joriy etish to‘g‘risidagi 2-ilovaga* muvofiq takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus ishchi guruhga, zaruriyat bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, boshqa manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, shuningdek respublika korxonalarining takliflari asosida ushbu qarorga 2-ilovaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “O‘zstandart” agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda 3-ilovada* ko‘rsatilgan korxonalar faoliyatini tahlil qilish asosida 2011-yil 1-yanvargacha xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish istiqboliga ega bo‘lgan korxonalarning aniq ro‘yxatini tasdiqlash uchun Sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishni muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus ishchi guruhga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Maxsus ishchi guruhning ular yuzasidan ijobiy qarorlari qabul qilingan mintaqaviy korxonalar bo‘yicha xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini bosqichma-bosqich ishlab chiqish, joriy etish va sertifikatlashtirishga doir mintaqaviy tadbirlarni tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasi Komplekslari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda ushbu qarorga 2-ilovaga kiritilgan korxonalar bo‘yicha xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini bosqichma-bosqich ishlab chiqish, joriy etish va sertifikatlashtirishga doir tarmoq tadbirlarini tasdiqlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish va sertifikatlashtirish amalga oshirilishi tahliliga bag‘ishlangan masalalarni Komplekslarning choraklik majlislarida muntazam ravishda ko‘rib chiqsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruvning barcha darajalarida ish yakunlarini chiqarishda xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish bo‘yicha ko‘rsatkichlardan rahbarlar ishlarini baholash mezonlaridan biri sifatida foydalansinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish uchun tegishli malakaga ega bo‘lgan maslahatchini jalb etish ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini sertifikatlashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ehtiyojlari uchun mahsulotlar xarid qilish yuzasidan tender savdolari o‘tkazishda boshqa teng shart-sharoitlarda ustunlik sifatni boshqarishning sertifikatlashtirilgan tizimiga ega bo‘lgan mamlakatimiz mahsulot yetkazib beruvchilariga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 22-iyuldagi 349-son qaroriga muvofiq foyda solig‘ini hisoblashda yuridik shaxslarning soliq solinadigan foydasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishga va qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladigan investitsiyalar summasiga kamaytirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Davlat bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bo‘yicha bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod qilinadigan texnologik asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar ro‘yxatiga laboratoriya tadqiqotlarida va mahsulotlarni testdan o‘tkazishda foydalaniladigan asbob-uskunalar, shuningdek butlovchi buyumlar va ularga ehtiyot qismlarni bir oy muddatda, belgilangan tartibda kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “O‘zstandart” agentligi xalqaro sifat standartlarini joriy etgan korxonalar reyestrining ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda e’lon qilib borilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi ishlab chiqarishlarda xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish bo‘yicha korxonalar tajribasini har oyda ommaviy axborot vositalarida yoritib borsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 19-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
173-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 23-son, 473-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 19-iyundagi 173-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari ro‘yxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 22-iyuldagi 349-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 73-modda) 2-bandi, 3-bandining ikkinchi—oltinchi xatboshi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2006-yil 29-avgustdagi 183-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 2007-yil 12-martdagi PQ-601-son hamda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2007-yil 22-martdagi PQ-607-son qarorlari)” 2007-yil 11-maydagi 96-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 5-son, 26-modda) 1-ilovaning 11-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” 2008-yil 8-avgustdagi 174-son qarori)” 2008-yil 20-sentabrdagi 213-son qaroriga ilovaning 8-bandi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 26-son, 297-modda, 46-son, 498-modda, 52-son, 574-modda; 2012-y., 8-9-son, 82-modda; 2017-y., 23-son, 473-modda)