Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 23.06.2009 yildagi PF-4117-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA PASPORT TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi Chikago konvensiyasi (1944-yil dekabr) va Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) Monreal Assambleyasining 2004-yildagi qarori (rezolyutsiyasi)ga muvofiq ushbu tashkilotga a’zo davlatlar 2010-yildan kechiktirmay egalarining shaxsiy biometrik parametrlari va belgilangan ma’lumotlari haqida elektron axborot jamlangan hamda yuqori himoya darajasiga ega fuqaro pasportlarining joriy etilishini ta’minlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biometrik ma’lumotlarga ega pasportlar xalqaro fuqaro aeronavigatsiyasi xavfsizligini ta’minlash, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarning qalbakilashtirilishiga qarshi himoya darajasini oshirish, Davlat chegarasidan o‘tishda shaxsni tezkor va aniq identifikatsiyalash mexanizmlarini takomillashtirish, xalqaro aviatashishlar sifati va samaradorligini oshirish maqsadida joriy etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hozirgacha dunyoning 100 dan ortiq mamlakatida zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida tayyorlangan biometrik parametrli pasportlar joriy etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IKAO a’zosi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasida aviatashishlar xavfsizligini ta’minlash, aviatsiya texnikasining ishonchliligini va xalqaro bozordagi raqobatbardoshliligini oshirish, aviatransport xizmatlaridan foydalanuvchi yo‘lovchilar uchun maksimal qulayliklar yaratish, aeroportlar infratuzilmasini rivojlantirish, ushbu sohada kadrlar tayyorlash va boshqa tadbirlar borasida tizimli va izchil ish olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq va zamonaviy xalqaro andozalar hamda talablarni hisobga olgan holda, milliy pasport tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmatining 2011-yil 1-yanvardan O‘zbekistonda egalarining biometrik ma’lumotlari bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini (bundan buyon biometrik pasport deb yuritiladi) joriy etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-dekabrdagi PF-4160-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Aholining amaldagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini biometrik pasportga bosqichma-bosqich almashtirish tartibi tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqich (2011-yil) — respublika vazirliklari, idoralari va muassasalari xizmatchilariga, xorijga chiqayotgan yoki chet eldagi jismoniy shaxslarga, shuningdek, muayyan yoshga to‘lgan yoki qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa sabablarga ko‘ra pasport olayotgan fuqarolarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi bosqich (2012 — 2015-yillar) — qonunchilikda belgilangan tartib bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolariga.
(2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-dekabrdagi PF-4160-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Biometrik pasportlarni markazlashgan holda tayyorlash va ularning hisobini samarali yuritish, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini mazkur pasportlar bilan o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat personallashtirish markazi (DPM) tashkil etilsin, markaz biometrik pasportlar blankalarini tayyorlovchi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi (DIB) hududida joylashtrilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasport olish uchun murojaat etgan shaxslar bo‘yicha belgilangan ma’lumotlar va biometrik parametrlarni to‘plash, ushbu ma’lumotlarni DPMga yuborish, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlarning o‘z vaqtida berilishini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi IIVning Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasining bo‘linmalariga va O‘zbekiston Respublikasi TIVning xorijdagi konsullik muassasalalariga yuklanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegerasidan o‘tish paytida pasportlarda ko‘rsatilgan biometrik parametrlarga binoan shaxsni identifikatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlarining chegara nazorati bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasi o‘rnatilgan tartibda quyidagilarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy ichida — Davlat personallashtirish markazi to‘g‘risidagi nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy ichida — ushbu Farmon talablarini hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risidagi nizomning yangi tahririni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati mamlakat fuqarolarini biometrik pasportlar bilan ta’minlash tizimi samarali amal qilishini ta’minlash maqsadida IIV, TIV, MXXning tegishli bo‘linmalarini 1 va 2-ilovalarga* muvofiq, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* №№ 1-2 Ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bir oy muddatda DPMning “Davlat belgisi” DIB hududida joylashtirilishi va jihozlanishini, ajratilgan binoning kapital va joriy ta’mirlanishini, zarur tashkiliy texnika, ofis mebeli, aloqa vositalari va markazning samarali faoliyati uchun zarur bo‘lgan boshqa moddiy-texnik vositalar bilan ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi respublikaning boshqa manfaatdor vazirliklari va idoralari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda xorijiy tajribani chuqur tahlil qilgan holda va texnik-iqtisodiy asoslarga muvofiq DPMning ishlab chiqarish moddiy-texnik bazasini shakllantirishga doir dastur ishlab chiqsin va uning 2009-2010-yillarda amalga oshirilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini biometrik pasportlar bilan ta’minlash bo‘yicha tashkil etilayotgan tizimning samarali ishlashini ta’minlash va unga xizmat ko‘rsatadigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashni izchillik asosida tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Moliya va Iqtisodiyot vazirliklari bir oy muddatda O‘zbekistonda biometrik pasportlarni joriy etish bo‘yicha loyihani moliyalashtirish masalasini ishlab chiqsin va ko‘rib chiqish uchun o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi o‘rnatilgan tartibda xorijiy davlatlar hukumatlarini, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotini va Xalqaro standartlashtirish tashkilotini O‘zbekistonda milliy pasport tizimini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar to‘g‘risida xabardor qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda ikki oy muddatda ushbu Farmon talablarini hisobga olgan holda, amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu Farmon ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 23-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-4117
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 26-son, 294-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)