Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 05.01.2009 yildagi PQ-1029-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SPORTChILARINING 2012 YIL LONDON ShAHRI (BUYuK BRITANIYA)DA BOʻLIB OʻTADIGAN XXX YoZGI OLIMPIADA VA XIV PARALIMPIADA OʻYINLARIDA IShTIROK ETIShGA TAYYORGARLIGI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston sportchilarining 2012-yil London shahri (Buyuk Britaniya)da boʻlib oʻtadigan XXX yozgi Olimpiada va XIV Paralimpiada oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrishi va muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston sportchilarining 2012-yil London shahrida boʻlib oʻtadigan XXX yozgi Olimpiada va XIV Paralimpiada oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrishini tashkil etish va takomillashtirish boʻyicha 1-ilovaga* muvofiq tarkibda Respublika komissiyasi tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Respublika komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Respublika komissiyasi (Sh.M. Mirziyoyev) ikki oy muddatda Oʻzbekiston sportchilarini XXX yozgi Olimpiada va XIV Paralimpiada oʻyinlarida ishtirok etishga bosqichma-bosqich tayyorlash Dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport klublari va jamoalari tarbiyalanuvchilari orasidan, ayniqsa respublikamiz mintaqalaridan yosh, iqtidorli sportchilarni tanlab olishni takomillashtirish tadbirlarini amalga oshirishga hamda ularning sport mahoratini oshirish boʻyicha tayyorgarlikni tashkil etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy sport mahorati maktablari va olimpiya zaxirasi kollejlarini yanada rivojlantirish negizida sportchilar zaxirasini tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olimpiya musobaqalari turlari boʻyicha sport markazlari va bazalarini sport federatsiyalariga biriktirish, ularni zarur holda rekonstruksiya qilish va jahon standartlariga javob beradigan sport anjomlari va uskunalari bilan jihozlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilar va ularni tayyorlayotgan sport bazalarini maxsus oziq-ovqat, tibbiy xizmat, zamonaviy sport anjomlari va uskunalari bilan taʼminlashni moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olimpiya sport turlarini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash uchun yirik korxonalar va xususiy biznes vakillarini homiylar sifatida jalb etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilar bilan ishlayotgan murabbiylar va mutaxassislarning uzluksiz taʼlim olishini rivojlantirish, zamonaviy ilmiy-metodik texnologiyalarni tatbiq etish hisobidan sport boʻyicha kadrlar malakasini yanada oshirishga alohida eʼtibor qaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, olimpiya sport turlari federatsiyalari va fizkultura-sport jamiyatlari 2009 — 2012-yillar mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha olib kelinadigan sport jihozlari, anjomlar va maxsus sport kiyimi uchun bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Milliy olimpiya qoʻmitasi bilan birgalikda olib kelinadigan anjomlar va uskunalardan maqsadli foydalanish va ularning saqlanishi, olimpiya sport turlari boʻyicha biriktirilgan sport markazlari va bazalarining faoliyati samarali tashkil etilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek manfaatdor sport tashkilotlari bir oy muddatda mintaqaviy dasturlarni ishlab chiqsin va Respublika komissiyasiga taqdim etsin, unda quyidagilar nazarda tutilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jumladan, mahalliy budjet mablagʻlari va homiylar mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston terma jamoalari uchun sportchilarni tayyorlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda faol ishtirok etish, shuningdek ularga biriktirilgan sport markazlari va bazalarini rekonstruksiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat terma jamoalari sportchilari, murabbiylari va boshqa mutaxassislari uchun qulay ijtimoiy-maishiy va moddiy shart-sharoitlar yaratishga har tomonlama koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 5-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1029-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 3-son, 10-modda)