Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.09.2019 12.05.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1955
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi fan va texnika davlat qoʻmitasining qarori, 12.05.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1955
Кучга кириш санаси
22.05.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.09.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI FAN VA TEXNOLOGIYALARNI RIVOJLANTIRIShNI MUVOFIQLAShTIRISh QO‘MITASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

XO‘JALIK BOShQARUV ORGANLARI VA KORXONALARNING MODERNIZATSIYA VA YaNGI TEXNOLOGIYALAR JAMG‘ARMASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 12-mayda 1955-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 16-sentabrdagi 403-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1955-1, 16.09.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 15-iyuldagi “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–916-sonli qarorining 6-bandiga muvofiq (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 29-30-son, 280-modda) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xo‘jalik boshqaruv organlari va korxonalarning modernizatsiya va yangi texnologiyalar jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan o‘n kundan so‘ng kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,

2009-yil 24-aprel,

48-son

Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 24-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71-son

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi raisi Sh. SALIXOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 24-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-son

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2009-yil 24-apreldagi 48, 71, 5-sonli qarorlari bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik boshqaruv organlari va korxonalarning modernizatsiya va yangi texnologiyalar jamg‘armasi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 15-iyuldagi “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–916-sonli qaroriga muvofiq (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 29-30-son, 280-modda) xo‘jalik boshqaruv organlari va korxonalar (keyingi o‘rinlarda — xo‘jalik yurituvchi subyekt) tomonidan ilmiy-amaliy tadqiqotlarni, innovatsion loyihalarni ishlab chiqish, tajriba-konstruktorlik ishlari va ularni ishlab chiqarish jarayoniga joriy qilish ishlarini moliyalashtirish uchun tashkil qilingan modernizatsiya va yangi texnologiyalar jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘larini shakllantirish va foydalanish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jamg‘arma faqat ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion texnologiyalar yutuqlaridan foydalangan holda, tovar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish jarayonini modernizatsiya qilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlardagina tashkil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilar hisobiga shakllanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning sof foydasi va amortizatsiya ajratmalarining bir qismidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachilarning maqsadli tushumlaridan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, jamg‘armani shakllantiruvchi ajratmalarning miqdori xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan mustaqil belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan Jamg‘armaning mablag‘larini to‘plash xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan unga xizmat ko‘rsatadigan tijorat banklaridan birida ochiladigan maxsus hisob raqamida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Jamg‘armani boshqarish va Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi qarorlarni qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamg‘arma boshqaruvining oliy organi xo‘jalik yurituvchi subyektning Ilmiy-texnik kengashi (keyingi o‘rinlarda – Ilmiy-texnik kengash) hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-texnik kengash tarkibi xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-texnik kengashni ushbu kengash raisi hisoblanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining birinchi (yoki birinchi maqomidagi) o‘rinbosari boshqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ilmiy-texnik kengash quyidagilar haqidagi qarorlarni qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma mablag‘laridan loyihani moliyalashtirishni qabul qilish yoki loyihani moliyalashtirishdan voz kechish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani qayta ishlashga yoki qo‘shimcha ekspertizaga jo‘natish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-texnik kengash qarorlari ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi, raisning imzosi bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ilmiy-texnik kengash ko‘rib chiqishi uchun loyihalar xo‘jalik yurituvchi subyektning ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshiruvchi tarkibiy tuzilmalari tomonidan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ilmiy-texnik kengash Jamg‘arma mablag‘laridan moliyalashtiriladigan loyihalarni quyidagilarga alohida e’tibor qaratgan holda ilmiy-texnik ekspertizadan o‘tkazadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning dolzarbligi va qo‘yilgan masalalarni hal qilishga yondashuvining aniqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavsiya qilingan innovatsion va ilmiy-amaliy ishlar natijalarining amalda qo‘llash imkoniyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha xarajatlar smetasining asoslanganligi, uni amalga oshirishning davomiyligi va mazkur loyihaning o‘z-o‘zini qoplash muddatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jamg‘armadan mablag‘larni ajratish xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarini qaroriga asosan tasdiqlangan smeta doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jamg‘arma mablag‘laridan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-amaliy tadqiqotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion loyihalarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini hamda ularni ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq etishni moliyalashtirishda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jamg‘armaning joriy yilda ishlatilmagan mablag‘lar qoldig‘i keyingi yilga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jamg‘arma mablag‘larini sarflanishi maxsus hisob raqamidan xo‘jalik yurituvchi subyektning yuqori boshqaruv organi tomonidan tasdiqlangan Jamg‘arma mablag‘larining tushum va xarajatlar smetasiga asosan amalga oshiriladi, qonunda belgilangan boshqa holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Jamg‘arma mablag‘lari tushumi va xarajatlari smetasini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Jamg‘armaga kelgusi yilda kelib tushishi kutilayotgan pul tushumini umumiy hajmini aniqlashda xo‘jalik yurituvchi subyektlari, Jamg‘armada rejalashtirilayotgan yil boshiga qoladigan qoldiqni va qonunchilikdagi o‘zgarishlarni e’tiborga olgan holda oxirgi ikki yildagi tushumlarning dinamikasidan kelib chiqqan holda yil davomida tushishi kutilayotgan tushum hajmini hisobga olishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Smetaning xarajatlar qismi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi” 54-sonli qaroriga muvofiq (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami, 1999-yil, 2-son, 9-modda), unda nazarda tutilgan xarajatlar guruhlari bo‘yicha xarajatlar yoyilmasini va ular asosidagi hisob-kitoblarni to‘la ilova qilgan holda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Jamg‘arma mablag‘lari tushumlari va xarajatlarining yig‘ma smetasi (yil davomida kiritiladigan o‘zgarishlarni inobatga olib) xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbari tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tanlab olingan loyihalar ro‘yxatidan kelib chiqqan holda Ilmiy-texnik kengash Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlari dastlabki yig‘ma smetasini tuzadi va xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbariga ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Jamg‘arma mablag‘laridan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilish Ilmiy-texnik kengashni boshqaruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbari birinchi (yoki birinchi maqomidagi) o‘rinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Jamg‘arma mablag‘larini to‘g‘ri shakllantirish va maqsadli foydalanish uchun javobgarlik xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbariga yuklatiladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 19-20-son, 244-modda)