Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 08.04.2009 yildagi PQ-1092-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009 YILDA MAHSULOT EKSPORTINI RAG‘BATLANTIRIShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek jahon narxlari konyunkturasi jadal o‘zgarayotgan sharoitlarda mahsulotlarni tannarxiga teng yoki undan pastroq narxlarda eksport qilishga ruxsatnomalarni tezkorlik bilan berish mexanizmini yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish bo‘yicha Respublika komissiyasiga (Sh.M. Mirziyoyev) mazkur qaror bilan belgilangan tartibda, 2009-yilda respublika korxonalariga o‘zlari ishlab chiqargan tovarlarni eksport qilinadigan tovarlarga jahon narxlarining amalda yuzaga kelgan konyunkturasini hisobga olgan holda, tannarxiga teng yoki undan pastroq narxlarda erkin ayirboshlanadigan valyutaga eksport qilish uchun ruxsatnomalar berish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Eksport qilinadigan tovarlarga jahon narxlarining amalda yuzaga kelgan konyunkturasini hisobga olgan holda 2009-yilda tovarlarni tannarxiga teng yoki undan pastroq narxlarda eksport qilish uchun ruxsatnomalar berish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, 2009-yilda o‘zi ishlab chiqargan tovarlarni mustaqil ravishda yoki vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalarining tashqi savdo kompaniyalari (birlashmalari), shuningdek “O‘zinterimpeks” DATK, “O‘zmarkazimpeks” DATK, “O‘zsanoatmashimpeks” DAK, “Markazsanoateksport” DATK orqali tannarxidan pastroq narxda erkin ayirboshlanadigan valyutaga eksport qiladigan korxonalar uchun soliqqa tortish maqsadlarida sotishdan olinadigan tushum eksport qilinadigan tovarlarni sotishning amaldagi narxidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari hamda korxonalar 2009-yilda tovarlarni tannarxiga teng yoki undan pastroq narxlarda eksportga sotishning, shuningdek olingan tushumni soliqqa tortishning ushbu qaror bilan tasdiqlangan tartibiga qat’iy rioya qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 8-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1092-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 15-son, 182-modda)