04.07.2007 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI VA ROSSIYA FEDERATSIYASI HUKUMATI OʻRTASIDAGI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
READMISSIYA TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya Federatsiyasi Hukumati — bundan keyin Tomonlar deb ataluvchi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkala davlat oʻrtasidagi totuvlik, hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish uchun, shuningdek turli xil sohalarda, jumladan noqonuniy migratsiya va transchegaraviy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida hamkorlikni rivojlantirish uchun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻrtasida xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning kirib kelishi va istiqomat qilishi toʻgʻrisidagi amaldagi qoidalarni buzgan holda ularning davlatlari hududida boʻlgan shaxslarni qaytarish, qabul qilish va oʻtkazish tartiblarini belgilovchi kelishilgan prinsiplar va normalar migratsiya jarayonlarini tartibga solishning muhim tarkibiy qismi, noqonuniy migratsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishga qoʻshiladigan hissa ekanligini bilgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har ikkala Tomon davlatlarining suveren huquqlarini hurmat qilgan holda oʻz hududiga yoki u orqali xorijiy fuqarolarning yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning noqonuniy migratsiya qilinishi yuzasidan javobgarligini belgilovchi milliy qonunchiligiga muvofiq,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlarining migratsiya sohasida oʻz milliy qonunchiliklarini uygʻunlashtirishda vujudga kelayotgan manfaatlarini eʼtiborga olgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Taʼriflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur shartnomada quyida keltirilgan taʼriflar quyidagi maʼnolarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “readmissiya” — Bitimda belgilangan tartibda, shartlar va maqsadlarga koʻra soʻralayotgan Tomon hududida amalda boʻlgan xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning kirishi va boʻlishi masalalari toʻgʻrisidagi qoidalarni buzgan holda soʻrayotgan Tomonning vakolatli davlat organlari tomonidan soʻralayotgan Tomon davlatining hududiga kirgan yoki u erda boʻlgan shaxslarni soʻralayotgan Tomonning vakolatli davlat organlari tomonidan topshirish va soʻrayotgan Tomonning davlat organlari tomonidan qabul qilib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “soʻrayotgan Tomon” — shaxsni readmissiya yoki tranzit qilish toʻgʻrisida soʻrov yuborayotgan Tomon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “soʻralayotgan Tomon” — shaxsni readmissiya yoki tranzit qilish toʻgʻrisida soʻrov qabul qilgan Tomon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “uchinchi davlatlarning fuqarolari” — Tomonlar davlatlarining fuqaroligiga ega boʻlmagan va mazkur Bitimda ishtirok etmayotgan davlatning fuqaroligiga taalluqli boʻlgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “fuqaroligi boʻlmagan shaxslar” — Tomonlar davlatlarining fuqarolari boʻlmagan va uchinchi davlatning fuqaroligiga taalluqli ekanligini tasdiqlovchi dalilga ega boʻlmagan shaxslar, mazkur Bitimning 2-moddasi 1-bandidagi holatlar qoʻllanilayotgan, boshqa Tomon davlati hududiga kirgandan soʻng bir Tomon davlati fuqaroligini yoʻqotgan shaxslar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) “vakolatli organlar” — mazkur Bitimning bajarilishida javobgar boʻlgan Tomonlar davlatlarining organlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) “Ijroiya bayonnomasi” — mazkur Bitimni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Bayonnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Tomonlar davlatlari fuqarolarini readmissiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari soʻrayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari soʻrovnomasiga muvofiq oʻz hududida amalda boʻlgan xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning kirib kelishi va boʻlishi masalalari toʻgʻrisidagi qoidalarni buzgan holda kirib kelgan shaxslarni qabul qiladi, agar soʻralayotgan Tomon davlatining fuqarosi ekanligi aniqlangan boʻlsa yoki soʻrayotgan Tomon davlati hududiga kirgandan keyin oʻz fuqaroligini yoʻqotgan boʻlsa va boshqa davlatning fuqaroligini olmagan boʻlsa, yoki bunday shaxslarga nisbatan soʻrayotgan Tomon davlatining fuqaroligini berishni rad etish toʻgʻrisida sud qarori qabul qilingani aniqlangan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Zarurat tugʻilganda soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari oʻtkazilayotgan shaxslarga soʻralayotgan Tomon davlati hududiga ularning kirishlari uchun zarur boʻlgan hujjatlarni beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har bir Tomon davlatining fuqaroligiga ega ekanligini aniqlash uchun asos boʻlib xizmat qiluvchi hujjatlar roʻyxati Ijroiya bayonnomasida keltiriladi. Tomonlar Ijroiya bayonnomani imzolagan kundan boshlab 30 kun ichida diplomatik yoʻllar orqali bunday hujjatlar namunalarini almashadilar. Keyinchalik har bir Tomon darhol boshqa Tomonni diplomatik yoʻllar orqali yuqorida koʻrsatilgan hujjatlar namunalariga kiritilgan har qanday oʻzgartish toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Soʻrayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari oʻzlariga oʻtkazilgan shaxslarni oʻtkazilgandan keyin 30 kun ichida qabul qilib oladilar, agarda soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari tomonidan mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan qabul qilish va oʻtkazish sharoitlari mavjud emasligi aniqlansa. Bunday holda soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari soʻrayotgan Tomon davlatining vakolatli organlariga ushbu shaxsga taalluqli tasarrufida mavjud boʻlgan materiallarni beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Uchinchi davlatlar fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni readmissiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari soʻrayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari soʻrovi bilan soʻralayotgan Tomon davlati hududiga shu davlat qonunchiligini buzgan holda kelgan yoki boʻlgan uchinchi davlat fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni qabul qiladi, agarda soʻralayotgan Tomon davlatining hududiga ushbu shaxslar soʻrayotgan Tomon davlatining hududidan kirib kelganligi aniqlansa, ushbu shaxslarni qabul qilib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar uchinchi davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarga ega boʻlmasalar va oʻz davlatining vakolatli organi tomonidan fuqaroligi toʻgʻrisida yoki turar joyi toʻgʻrisidagi hujjatni berishning imkoni mavjud boʻlmasa, soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari oʻz davlatining hududiga ushbu shaxslar kirishlari uchun hujjat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari tomonidan olib borilgan tekshiruv natijasida ushbu shaxslarni oʻtkazish va qabul qilib olish uchun mazkur moddaning 1-bandida keltirilgan holatlarning mavjud emasligi aniqlansa, soʻrayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari oʻzlari yuborgan shaxsni yuborilgan kundan boshlab 30 kun ichida qaytarib qabul qilib oladilar. Bunday holda soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari oʻzlarida mavjud boʻlgan va ushbu shaxsga taalluqli boʻlgan hujjatlarni soʻrayotgan Tomon davlatining vakolatli organlariga beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur moddaning qoidalari quyidagilarga qoʻllanilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrayotgan Tomon davlatining hududiga qonuniy tarzda kirib kelish paytida ushbu davlatning vakolatli organlari tomonidan berilgan haqiqiy viza, vaqtinchalik yoki doimiy yashash uchun ruxsatnomaga ega boʻlgan shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrayotgan Tomon davlatining hududiga xalqaro shartnomalarga muvofiq qonuniy tarzda vizasiz tartibda kirib kelgan shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viza, vaqtinchalik yoki doimiy yashash uchun ruxsatnomalar soʻrayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari tarafidan ushbu davlatning hududiga kirib kelganidan keyin berilgan shaxslarga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Readmissiya toʻgʻrisidagi soʻrovnomalarni yuborish va koʻrib chiqish muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shaxsni readmissiya qilish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma ushbu shaxsning soʻrayotgan Tomon davlatining hududiga noqonuniy tarzda kirib kelganligi yoki noqonuniy boʻlganligini aniqlangan kundan keyin va (yoki) uning shaxsi aniqlanganidan keyin 10 ish kuni ichida yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organlarini shaxsni readmissiya qilish toʻgʻrisidagi soʻrovnomani qabul qilgan sanadan boshlab 30 kun ichida ushbu shaxsni qabul qilib olishga rozilik beradi yoki, agarda soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari tomonidan mazkur Bitimning 2-moddasi 1-bandi va 3-moddasi 1-bandida koʻrsatilgan shaxsni oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartlarning mavjud emasligi aniqlansa, shaxsni qabul qilishni asosli ravishda rad etishi mumkin. Shaxsni readmissiya qilish toʻgʻrisidagi soʻrovnomaga oʻz vaqtida javob berishga toʻsqinlik qiluvchi yuridik yoki daliliy ahamiyatga ega holatlar mavjud boʻlsa, javob berish muddati soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan, murojaatnomasi asosida 60 kungacha uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari, agarda soʻrayotgan Tomon davlatining chegarasini kesib oʻtish paytidan boshlab yoki soʻrayotgan Tomon davlatining hududiga noqonuniy tarzda kirib kelganlik holatini aniqlash paytidan boshlab 6 oydan ortiq vaqt oʻtganligini tasdiqlovchi dalillar mavjud boʻlsa, mazkur Bitimning 3-moddasida koʻrsatilgan shaxsni readmissiya qilish toʻgʻrisidagi soʻrovnomani rad etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Readmissiya qilish muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari har bir muayyan holatda boshqacha tarzda kelishmagan boʻlsalar, soʻralayotgan Tomon tarafidan readmissiya qilishga rozilik bildirilgan shaxsni oʻtkazish soʻrayotgan Tomondan bunday rozilikni qabul qilib olingan kundan boshlab 30 kun ichida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur moddaning 1-bandida keltirilgan muddat, agar unda koʻrsatilgan shaxs soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organlariga uni oʻtkazishga jiddiy toʻsqinlik qiladigan, jumladan oʻtkazilayotgan shaxsning ogʻir kasalligi, soʻrayotgan Tomon davlatining hududida uning turar joyini oʻz vaqtida aniqlash imkoniyatlari yoʻqligi kabi holatlarning mavjudligi sababli uzaytirilishi mumkin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Tranzit
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari soʻrayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari soʻrovnomasiga muvofiq, agar soʻrayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari ushbu shaxslarga uchinchi davlat hududiga kirishga, bunday davlat tranzit davlati yoki oxirgi yetib borish davlati boʻlishidan qatʼi nazar, ruxsat etishni kafolatlasalar, uchinchi davlat fuqarolariga yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga soʻralayotgan Tomon davlatining hududi orqali tranzit oʻtib ketishiga yoʻl qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari biron bir muayyan holda boshqacha tartibni kelishmagan boʻlsalar, mazkur moddaga muvofiq shaxsni tranzit qilish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma soʻrayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari tomonidan, bunday shaxsning soʻralayotgan Tomon davlatining hududiga tranzit maqsadida kirib kelishi moʻljallangan kundan oldin maqsadga muvofiq vaqtda, lekin kamida 10 kun oldin joʻnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari shaxsni tranzit qilish toʻgʻrisidagi soʻrovnomani olgan sanadan boshlab 5 ish kuni mobaynida tranzitga ruxsat beradi yoki tranzitni amalga oshirishni asosli rad etadi, agar ularning fikriga koʻra bunday shaxsning ushbu davlat hududida boʻlishi nomaqbulligi, shu jumladan milliy xavfsizlik yoki jamoat tartibini saqlash maqsadlariga muvofiq kelmaydi deb hisoblasalar, tranzitni amalga oshirishni asosli ravishda rad etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatilgan shaxslarga zarurat tugʻilganda bepul tranzit vizalarini beradilar va soʻrayotgan Tomon davlatining vakolatli organlarining iltimosiga binoan tranzitni amalga oshirishda zarur koʻmakni koʻrsatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar mazkur moddaning 1-bandida keltirilgan shaxslarning soʻralayotgan Tomon davlatining hududida boʻlishi davlat chegarasi orqali kirish punkti tranzit hududidan tashqariga chiqishi zarurati bilan bogʻliq boʻlsa, soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari soʻrayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari soʻrovnomasi bilan qoʻshimcha himoya bilan taʼminlaydi va zarurat tugʻilganda bunday shaxslarni vaqtinchalik saqlash uchun bino bilan taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari, tranzit oʻtish uchun ruxsat boʻlishiga qaramasdan, agar soʻrayotgan Tomon davlatining hududiga ular kirib kelganidan keyin ularga nisbatan mazkur moddaning 3-bandida keltirilgan holatlar aniqlansa, shuningdek boshqa tranzit davlati yoki oxirgi yetib borish davlati hududiga bevosita kirib borish kafolatlanmagan boʻlsa, mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatilgan shaxslarni soʻrayotgan Tomon davlatining vakolatli organlariga qaytarib yuborishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tomonlar oʻzarolik asosida uchinchi davlatlar fuqarolarini yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni tranzit qilish holatlarini, xususan bevosita fuqaroligi boʻlgan davlatlari yoki doimiy yashab turgan davlatlarga qaytarilishi mumkin boʻlgan holatlarni cheklashga intiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tomonlar uchinchi davlatlar fuqarolarini yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni imkon qadar havo transporti orqali tranzit qilishga harakat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Uchinchi davlatlar fuqarolarini yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni soʻrayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari kuzatuvi ostida tranzit qilishning mazkur moddaga muvofiq tartibi va shartlari zarurat tugʻilganda Tomonlar oʻrtasida alohida bayonnoma bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Soʻrovnoma matni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxslarni readmissiya yoki tranzit qilish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma matni va uni taqdim etish tartibi Ijroiya bayonnomasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organlar tomonidan mazkur Bitim qoidalarini amalga oshirish jarayonida almashiladigan shaxsiy maʼlumotlar faqat mazkur Bitimning maqsadlari uchun foydalaniladi. Shaxsiy maʼlumotlar faqat vakolatli organlarga beriladi. Vakolatli organlar har bir Tomon davlati qonunchiligiga va ikkala davlat ishtirok etuvchi xalqaro shartnomalarga muvofiq mazkur Bitim asosida olingan shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilinishini kafolatlaydi. Tomonlar olingan shaxsiy maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlaydilar va mazkur maʼlumotlar tegishli boʻlgan Tomonning yozma ravishda oldindan bergan roziligisiz uchinchi tomonlarga bermaydilar. Tomonlar, shuningdek shaxsiy maʼlumotlarni yoʻqolib qolishi, ruxsatsiz tanishib chiqish, oʻzgartish yoki tarqatish kabi holatlardan himoya qilishni taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Shaxslarning qaytishi yuzasidan xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitimning 2 va 3-moddalarida koʻrsatilgan shaxslarni soʻralayotgan Tomon davlatining kelishilgan davlat chegarasining oʻtish punktigacha kuzatish va qaytarish yuzasidan xarajatlar soʻrayotgan Tomon tarafidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Bitimning 6-moddasi 1-bandida koʻrsatilgan shaxslarni topshirish, kuzatish va tranzit qilish, shuningdek ularning qaytarilishi ehtimoli bilan bogʻliq xarajatlar soʻrayotgan Tomon tarafidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Vakolatli organlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitim kuchga kirgan sanadan boshlab 30 kun ichida Tomonlar bir birlariga diplomatik yoʻllar orqali oʻzlarining vakolatli organlari va ularning vazifalari toʻgʻrisida maʼlum qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar bir-birlariga diplomatik yoʻllar orqali oʻz vakolatli organlari nomlariga va vazifalariga kiritilgan oʻzgartishlar toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabar beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Bitimning qoidalarini amalga oshirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha vakolatli organlar bevosita hamkorlikda ish yuritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Mazkur Bitim harakatini toʻxtatib qoʻyish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Tomon jamoat tartibini taʼminlash, aholining salomatligini saqlash va milliy xavfsizlikni himoya qilish bilan bogʻliq sabablariga koʻra boshqa Tomon bilan maslahatlashgandan keyin mazkur Bitimni qisman yoki toʻliq tarzda toʻxtatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Bitimni toʻxtatish yoki qayta kuchga kirishi toʻgʻrisida boshqa Tomon diplomatik yoʻllar orqali bunday qarorning ijrosi taʼminlanishidan kamida 72 soat oldin yozma ravishda maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Boshqa xalqaro shartnomalarning amal qilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim Tomonlarning davlatlari ishtirok etayotgan boshqa xalqaro shartnomalar yuzasidan kelib chiquvchi Tomonlarning huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitim, uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat protseduralari bajarilganligi toʻgʻrisidagi Tomonlarning soʻnggi yozma xabarnomalari olingan sanadan boshlab 30 kunlik muddat oʻgganidan keyin qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar oʻzaro kelishgan holda, Bitimga mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatilgan tartibda kuchga kiradigan qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Bitimning qoidalarini talqin etish va qoʻllashda Tomonlar oʻrtasida kelib chiqadigan bahsli masalalar, maslahat va muzokaralar yoʻli bilan hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Bitim belgilanmagan muddatga tuziladi va uning amal qilish muddati bir Tomonning diplomatik yoʻllar orqali mazkur Bitimni bekor qilish istagi toʻgʻrisidagi yozma ravishdagi xabarnomasi olingan sanadan boshlab 60 kun oʻtganidan keyin tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2007-yil 4-iyulda oʻzbek va rus tillarida ikkita nusxada tuzildi, bunda ikkala matn bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2008-y., 3-4-son)