Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.12.2010 12.03.2009 yildagi PQ-1072-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.12.2010
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009 - 2014 YILLARDA IShLAB ChIQARIShNI MODERNIZATSIYA QILISh, TEXNIKAVIY VA TEXNOLOGIK QAYTA JIHOZLASh BOʻYIChA ENG MUHIM LOYIHALARNI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI DASTURI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 15-dekabrdagi PQ-1442-sonli “2011—2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash boʻyicha investitsiya loyihalari amalga oshirilishini jadallashtirish, shu asosda xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash boʻyicha zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish va raqobatbardosh, ichki hamda tashqi bozorlarda xaridorgir boʻlgan yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, iqtisodiyot tizimini yanada diversifikatsiya qilish, uning barqaror va jadal rivojlanishini taʼminlash, eksport salohiyatini kengaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2009 — 2014-yillarda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash boʻyicha eng muhim loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari Dasturi maʼqullansin. U quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyalash manbalari belgilangan va kelishilgan, amalga oshiriladigan va amalga oshirishga tayyorlangan investitsiya loyihalari roʻyxati, shuningdek strategik muhim obyektlar qurilishi hamda ishga tushirilishini jadallashtirish boʻyicha tarmoqli jadval 1 va 1a-ilovalarga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 va 1a-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqish bosqichidagi (xorijiy hamkorni tanlash, moliyalash shartlari va manbalari) yangi investitsiya loyihalari roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki tarzda ishlab chiqilayotgan istiqbolli investitsiya loyihalari roʻyxati 3-ilovaga* muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1 va 1a-ilovalarda koʻrsatilgan strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etuvchi vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va korxonalar rahbarlari zimmasiga, obyektlar oʻz vaqtida ishga tushirilishining barbod etilishida aybdor boʻlgan shaxslarga nisbatan qatʼiy javobgarlik choralari qoʻllanishini nazarda tutgan holda, tasdiqlangan dasturiy tadbirlar amalga oshirilishi va obyektlar belgilangan muddatlarda ishga tushirilishini taʼminlash boʻyicha shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2009 — 2014-yillarda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash boʻyicha eng muhim loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari Dasturi ijrosini taʼminlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish va masalalarni tezkor hal etish boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatuvchi ishchi guruh tarkibi 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi vazirliklar, idoralar va xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan birgalikda 2 va 3-ilovalarga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy investorlar va hamkorlarni doimiy asosda jalb etishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xoʻjalik birlashmalari va yirik korxonalar rahbarlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi va loyiha tashkilotlari bilan birgalikda tasdiqlangan tadbirlar Dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarining zarur loyiha hujjatlari belgilangan tartibda ishlab chiqilishi, kelishib olinishi va tasdiqlanishini oʻz vaqtida taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda ijro etuvchi apparatlarning tuzilmasida, belgilangan xodimlar soni doirasida, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash boʻyicha investitsiya loyihalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish uchun javob beruvchi ixtisoslashtirilgan boʻlinmalarni tashkil etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tadbirlar Dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini jadallashtirish uchun, tashabbuskor vazirliklar, idoralar va xoʻjalik yurituvchi subyektlarga loyihalarning tasdiqlangan DTIAsi asosida va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari hamda donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha idoralararo kengash bilan kelishilgan holda quyidagilarni amalga oshirishga ruxsat etilsin:
(6-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 12-oktabrdagi PQ-1204-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 42-son, 449-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha boʻyicha TIAni va ish hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda, sanoat obyektlariga tutash muhandislik va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari boʻyicha qurilish-montaj ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining ekspert xulosalari asosida — belgilangan tartibda tuzilgan va roʻyxatga qoʻyilgan kontraktlar boʻyicha uzoq muddat tayyorlanadigan uskunalar sotib olishga avans berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki, tender tartib-qoidalari yoki toʻgʻridan toʻgʻrimuzokaralar natijasida injiniring, “tayyor holda topshirish” shartlari asosida yetkazib berish va qurish toʻgʻrisida tuzilgan kontraktga ega boʻlgan investitsiya loyihalari boʻyicha loyiha hujjatlari TIA tasdiqlangani holda bir bosqichli tartibda ishlab chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ishchi guruh (R.S. Azimov) 1 va 1a-ilovalariga kiritilgan loyihalar hamda dasturiy tadbirlar amalga oshirilishining borishi yuzasidan doimiy monitoring oʻrnatsin va har oyda Vazirlar Mahkamasiga axborot berib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasi mazkur qaror bilan tasdiqlangan ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash boʻyicha eng muhim loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari Dasturi amalga oshirilishini muntazam ravishda oʻz yigʻilishlarida koʻrib borsin va amaliy nazoratni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 12-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1072-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 10-11-son, 109-modda, 42-son, 449-modda)