28.02.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1913
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AVTOKLAVLARDA ISHLASHDA MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 28-fevralda 1913-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilishga doir qoida va normalarni qayta koʻrib chiqish, ishlab chiqish va joriy etish Dasturi” (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Avtoklavlarda ishlashda mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazir v.b. A. XAITOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,

2009-yil 2-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5/1-son

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 2-fevraldagi 5/1-sonli buyrugʻi bilan

TASDIQLANGAN

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtoklavlarda ishlashda mehnatni muhofaza qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.

Mazkur Qoidalar avtoklavlarda ishlashda mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 20-iyundagi 12-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3653, 25.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 10/25/3653/0652-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Qoidalarga binoan avtoklavlar laboratoriyalarda ishlatiladigan shisha idishlar va tibbiy asboblarni barcha mikroblardan tozalash hamda ish jarayonida hosil boʻlgan barcha yuqumli materiallarni zararsizlantirishda ishlatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Qoidalar mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, sogʻliqni saqlash va avtoklavdan foydalanadigan boshqa muassasalarda (bundan keyingi oʻrinlarda muassasalar deb yuritiladi) avtoklavlarni oʻrnatish, texnik koʻrikdan oʻtkazish, foydalanish va tuzatish bilan bogʻliq ishlarni bajaruvchi xodimlar (bundan keyingi oʻrinlarda xodimlar deb yuritiladi) tomonidan qoʻllanishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 20-iyundagi 12-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3653, 25.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 10/25/3653/0652-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Qoidalarning bajarilishini nazorat qilish korxonaning mehnatni muhofaza qilish xizmati zimmasiga yuklatiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 20-iyundagi 12-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3653, 25.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 10/25/3653/0652-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Xavfsizlikning umumiy talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Mehnatni muhofaza qilish ishlarini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 20-iyundagi 12-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3653, 25.07.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 10/25/3653/0652-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Muassasalarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 20-iyundagi 12-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3653, 25.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 10/25/3653/0652-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Avtoklavlarda ishlashda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 20-iyundagi 12-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3653, 25.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 10/25/3653/0652-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Xodimlarga yoʻriqnoma berish, oʻqitish va ularning bilimlarini tekshirish ishlarini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xodimlar oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, yoʻriqlar olishlari, bilimlarini tekshiruvdan oʻtkazishlari hamda kasbiy-texnik tayyorgarlikdan oʻtgan boʻlishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 20-iyundagi 12-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3653, 25.07.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 10/25/3653/0652-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xodimlar vakolatli idoralar yoki muassasaning yuqori turuvchi organlari tomonidan tashkil qilingan kurslarda oʻqitiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yangi ishga kelgan xodim ishga tushishidan oldin va keyinchalik ish jarayonida har 12 oyda bir marta oʻqitilib, bu haqda tegishli jurnalga qayd qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xodimlarning bilim saviyasi har 12 oyda kamida bir marta muassasada tashkil etilgan sinov komissiyasi tomonidan tekshiriladi. Sinov natijalari boʻyicha xodimga belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xodimlar uchun avtoklavlardan foydalanish hamda ularni xavfsiz va toʻgʻri ishlatilishi boʻyicha yoʻriqnomalar ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Avtoklavlarga texnik xizmat koʻrsatuvchi xodim uchun avtoklavni ishlab chiqargan zavodning talablaridan kelib chiqqan holda avtoklavlarga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha yoʻriqnomalar ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Kasbiy tanlov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Avtoklavdan foydalanuvchi xodim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtoklavdan faqat 18 yoshdan kichik boʻlmagan, koʻrsatilgan ishlarni bajarish uchun salomatligi, malakasi yetarli boʻlgan, maxsus oʻqitilgan, attestatsiyadan oʻtgan boʻlishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) talablariga asosan ishga kirishdan oldin dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtgan boʻlishi;
(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 20-iyundagi 12-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3653, 25.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 10/25/3653/0652-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus kurslarda malaka oshirganligi toʻgʻrisida guvohnomaga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Avtoklav xonalariga oʻrnatilgan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Avtoklav alohida xonalarga (avtoklav xonasi) oʻrnatilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Avtoklav xonalari SanQvaN 0020-22 “Davolash-profilaktika muassasalarini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari”ga muvofiq jihozlanishi lozim.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 20-iyundagi 12-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3653, 25.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 10/25/3653/0652-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Avtoklavni bevosita davolash va muolaja xonalari, boʻlinmalarning ustki yoki ostki qavatida, shuningdek boshqa xonalar bilan qoʻshilgan holda joylashtirish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Avtoklav joylashtirilgan xonalar tabiiy yoritilgan, shuningdek xonaning derazasi yoki darchasi hamda shamollatish tizimi boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Avtoklav xonalarining eshigi tashqariga ochilishi va avtoklav ishlayotganda qulflanmasligi kerak. Xonalarga oynali eshiklarning oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Avtoklav xonalarida yongʻin xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Avtoklav xonalarida avtoklavga xizmat koʻrsatish yoki uni taʼmirlashga taalluqli boʻlmagan ishlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Avtoklav xonalarida ifloslantiruvchi yoki ishga xalal beruvchi begona narsalarni saqlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Avtoklav xonalariga ularga xizmat koʻrsatuvchi, shuningdek ulardan foydalanishni nazorat qiluvchi shaxslardan boshqa shaxslarning kirishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Avtoklavlarga qoʻyiladigan umumiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Avtoklavlar oʻrnatilishiga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Avtoklav xonalarining poli elektr toki oʻtkazmaydigan materialdan boʻlishi yoki polga dielektrik rezinali gilamcha toʻshalgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Avtoklav hamma tomondan xonaning devor qismiga yondosh qilib oʻrnatilishi kerak. Bunda devordan avtoklavgacha boʻlgan masofa kamida 0,8 m ni tashkil qilishi lozim. Shkaf tuzilishli avtoklavni xona devoridan 1,5 m masofa uzoqlikda oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Har bir avtoklav elektr tarmogʻiga alohida tarmoq orqali yoki avtomatik yoqib-oʻchiruvchi moslama orqali (AP-50 yoki shunga oʻxshash) ulanishi kerak. Avtoklavni bevosita elektr rozetkaga ulash qatʼiyan man qilinadi. Avtoklavni yoqib-oʻchiruvchi moslama xonaning polidan 1,6 m balandlikda hamda avtoklavdan 1 m uzoqlikda oʻrnatiladi. Unga yana boshqa elektr asboblarini ulash taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Avtoklavdan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga qatʼiy rioya qilinishi lozim.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 20-iyundagi 12-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3653, 25.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 10/25/3653/0652-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Odamlar xavfsizligini taʼminlash, chaqmoq va boshqa ortiqcha kuchlanishlardan saqlash maqsadida avtoklavning korpusi yerga ulanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Har bir avtoklav avtoklavni ishlab chiqargan muassasa tomonidan taqdim etilgan pasportga ega boʻlishi kerak. Bu pasport avtoklavning toʻgʻri va xavfsiz ishlashi uchun javobgar shaxs tomonidan toʻldiriladi va saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Avtoklav oʻrnatilganidan keyin, unda quyidagi koʻrsatkichlar boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtoklavni shahodatlash va buni jurnalda qayd qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtoklav ishlashi mumkin boʻlgan bosim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtoklavning keyingi ichki koʻrigi va gidravlik sinov sanasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Manometr va xavfsizlik klapanlariga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Har bir avtoklav aniq va soz manometr hamda xavfsizlik klapanlari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Avtoklavga ishchi bosimning yuqori darajasi shkalaning uchdan ikki qismidan yuqori boʻladigan manometr oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Avtoklav manometrida ishchi bosimning ruxsat etilgan meʼyorini koʻrsatuvchi qizil chiziq yoki koʻrsatkichlarga boʻlingan mahkamlangan temir plastinka boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Quyidagi hollarda manometrni ishlatishga ruxsat berilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tamgʻa yoki muhr boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tekshiruvidan oʻtkazish muddati tugagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uskuna oʻchirilganda manometr koʻrsatkichi nolga qaytmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manometr oynasi singan boʻlsa yoki boshqa nosozliklar manometrning bosimni toʻgʻri koʻrsatishiga toʻsqinlik qilsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Manometrlarni tekshirib, ularga muhr yoki tamgʻa qoʻyilishi 1 yilda bir martadan kam boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, texnik xizmat koʻrsatadigan muassasalar tomonidan qoʻshimcha ravishda har 6 oyda bir marta manometr koʻrsatkichlari nazorat manometrlari koʻrsatkichlari bilan, nazorat manometrlari boʻlmaganda davlat tekshiruvidan oʻtgan boshqa ishchi manometr koʻrsatkichlari bilan solishtirib tekshiriladi va natijalari nazorat daftariga qayd qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Avtoklavning xavfsizlik klapani ruxsat etilgan bugʻ bosimiga toʻgʻrilangan boʻlishi kerak. Klapanlarning ishlashi muntazam ravishda avtoklavning xavfsiz ishlatilishi boʻyicha yoʻriqnomada koʻrsatilgan muddatlarda tekshirilib turishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Avtoklavni texnik koʻrik va gidravlik sinovdan oʻtkazishda qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Avtoklavni texnik koʻrikdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Texnik koʻrik natijasiga koʻra avtoklavning ishlashiga ruxsat etiladi yoki taqiqlanadi. Texnik koʻrik natijalari texnik koʻrikni oʻtkazgan shaxs tomonidan avtoklavning pasportiga hamda avtoklavlarni shahodatdan oʻtkazish va qayd qilish jurnaliga yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Avtoklav ichki qismlarini texnik koʻrikdan oʻtkazish sanasi va gidravlik sinov oʻtkaziladigan sana vakolatli idora yoki muassasa (avtoklav egasi) rahbariyati tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Avtoklav quyidagi xollarda texnik koʻrikdan oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosim ostida ishlaydigan avtoklav qismlari payvandlanganda yoki toʻliq taʼmirlangandan soʻng;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtoklavni ishga tushirishdan oldin bir yildan koʻp vaqt ishlamagan boʻlsa (omborda konservatsiya qilish bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtoklavlar 3 yildan koʻp vaqt saqlangan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtoklav ishlatilayotgan joyidan koʻchirilib, yangi joyga oʻrnatilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qiluvchi shaxs tomonidan yoki avtoklavning xavfsiz ishlashi uchun javobgar shaxs tomonidan avtoklavni texnik koʻrikdan oʻtkazish lozim deb topilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Avtoklavni texnik koʻrikdan oʻtkazish muddati 3 oydan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Avtoklav ichki qismlarini texnik koʻrikdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Avtoklav ichki qismlarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uni ishga tushirishdan oldin hamda har 2 yilda bir marotaba amalga oshiriladi. Avtoklav temirining zanglashiga olib keluvchi muhitlar ostida ishlovchi avtoklav esa kamida 12 oyda bir marta texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtoklav ichki qismlari texnik koʻrikdan oʻtkazilganda uning mustahkamligiga taʼsir qiluvchi nosozliklar aniqlanishi va bartaraf qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Avtoklav ichki qismlarini texnik koʻrigi quyidagi tartibda oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtoklav oʻchirilganidan keyin sovutilib, zararsizlantirilayotgan materiallardan boʻshatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtoklavning barcha qismlaridan himoya qoplamalari yechiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtoklavning suvli, bugʻli, zararsizlantirish kameralari va bugʻ qozoni qurum yoki zangdan temirigacha tozalanadi hamda ularda zanglash, chigʻanoq boʻlishi, bukilish va boshqa kamchiliklar borligi tekshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtoklavning temiri yechiladi, qurumdan tozalanib, taʼmirlanadi, joʻmrak va klapanlar tozalab artiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Avtoklavni gidravlik sinovdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Avtoklavning birinchi gidravlik sinovi avtoklavni ishlab chiqargan zavodda oʻtkazilgan sinovdan koʻpi bilan 4 yildan keyin, keyinchalik esa har 2 yilda kamida bir marta oʻtkaziladi. Agarda avtoklavni tashish va oʻrnatish vaqtida unga zarar yetkazilgan boʻlsa, shuningdek muassasa tomonidan avtoklavni gidravlik sinovdan oʻtkazish lozim deb topilgan taqdirda avtoklav yuqorida koʻrsatib oʻtilgan muddatlar toʻlmasdan turib ham gidravlik sinovdan oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Quyidagi hollarda avtoklav gidravlik sinovdan oʻtgan hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtoklav devorlarida va boshqa qismlarida yoriqlar hosil boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidravlik sinovdan soʻng avtoklav devorlarining shakli va holati buzilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
payvandlash yoʻli bilan ulangan qismlardan suv oqib chiqmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtoklav temirida uzilish kuzatilmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Agar payvandlangan choklarda, devorda suv tomchilari yoki bugʻ paydo boʻlsa, avtoklav gidravlik sinovdan oʻtmagan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Avtoklavni ishlatish va tuzatish ishlarini bajarishda xavfsizlik qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Avtoklavlarni ishlatishda xavfsizlik qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Barcha avtoklavlar ularning egalarida maxsus jurnalda roʻyxatga olingan boʻlishi va avtoklavlarning shahodatnomalari tegishli xodimda saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Xodim avtoklavlardan foydalanganda ularning xavfsizligini taʼminlash uchun qoʻllaniladigan himoya vositalari standartlar va boshqa texnik hujjatlar talablariga javob berishi kerak. Himoya vositalari belgilangan muddatlarda va tartibda koʻrikdan va sinovdan oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Muassasa maʼmuriyati mazkur Qoidalar talablariga rioya qilgan holda avtoklavlarni toʻgʻri ishlatishi va xavfsizligini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Xodimlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtoklavni xavfsiz ishlatish qoidalariga qatʼiy rioya qilishi va armatura, nazorat oʻlchov asboblari, saqlovchi moslamalarning texnik sozligini oʻz vaqtida tekshirib turishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi SanQvaN 0044-95 “Davolash profilaktika muassasalarida sterilizatsiya va dezinfeksiya ishlarining uyushtirilganligini tekshirish boʻyicha qoida va normalari”ning 8-jadvalida belgilangan zararsizlantiruvchi materiallarning sterilizatsiya tartibini nazorat qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Xodimlarning yonida doimo avtoklavda ishlash huquqini beruvchi guvohnomasi boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Avtoklavlarni taʼmirlashda xavfsizlik qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Avtoklavlarni taʼmirlash va montaj ishlari muassasa bilan taʼmirlash muassasasi oʻrtasida tuziladigan shartnomaga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Avtoklavni taʼmirlash va unga texnik xizmat koʻrsatish uni ishlab chiqargan zavod tomonidan taqdim etilgan pasport va tegishli yoʻriqnoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Avtoklav ishlab turgan vaqtda uni yoki uning ishchi qismlarini taʼmirlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Mehnat muhofazasi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Avtoklavlarda ishlashda mazkur Qoidalarga rioya qilish uchun javobgarlik avtoklavlarda tegishli ishlarni bajaruvchi muassasalar zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Javobgarlikka instruktaj boʻyicha tegishli oʻqitish va uni roʻyxatga olish amalga oshirilganidan soʻng mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzgan hamda ishlarni xavfsiz olib borishga doir boshqa talablarni bajarmagan xodimlar ham tortilishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Avtoklavlarda ishlash davomida jabrlangan xodimlarga yetkazilgan zararlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 26-yanvar

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 26-yanvar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 26-yanvar
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 10-11-son, 116-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 15.06.2023-y., 10/23/1913-1/0375-son; 26.07.2025-y., 10/25/3653/0652-son)