Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.12.2019 19.07.1996 yildagi 18-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.12.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan keltirilgan shikoyatlarni sudlarda koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 11-sentabrdagi 24-sonli, 2002-yil 14-iyundagi 11-sonli va 2006-yil 3-fevraldagi 5-sonli qarorlariga asosan kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1995-yil 30-avgustda qabul qilingan “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish toʻgʻrisida”gi Qonun fuqarolarning davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki mansabdor shaxslarni fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzuvchi gʻayriqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan sudga murojaat qilish imkoniyatini ancha kengaytirdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan gʻayriqonuniy harakatlar ustidan qilingan shikoyatlarni sudlarda koʻrish amaliyotida kelib chiqayotgan muammolarni bartaraf qilish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlarning eʼtibori Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga va “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 1, 3-moddalariga muvofiq, fuqarolar tekshirilishi qonun hujjatlarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining mutlaq vakolatlari doirasiga kiritilgan yoxud sudga shikoyat qilishning oʻzgacha tartibi belgilangan xatti-harakatlar (qarorlar)dan boshqa davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki mansabdor shaxslarning har qanday xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan sudga shikoyat qilishlari mumkinligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Organlar, shuningdek mansabdor shaxslarning harakatlari (harakatsizligi) va qarorlari ustidan sudga shikoyat qilishning oʻzgacha tartibi deyilganda tegishli qonun bilan oʻrnatilgan maxsus tartibni tushunmoq lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud, sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishga vakolatli boʻlgan organlar uchun Jinoyat-protsessual va Fuqarolik protsessual qonunda, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunda sudga shikoyat qilishning oʻzgacha tartibi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 4-moddasiga muvofiq harbiy xizmatchilar ularning huquqlari va erkinliklarini buzayotgan harbiy boshqaruv organlari va harbiy mansabdor shaxslarning xatti-harakatlar va qarorlari ustidan harbiy sudga shikoyat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda mazmuniga koʻra, harbiy xizmatchi boʻlmasada, harbiy boshqaruv organlarida egallab turgan lavozimi boʻyicha harbiy xizmatchilarning huquqlari va erkinliklariga taalluqli masalalarni hal etish vakolatiga ega boʻlgan shaxslarning harakatlari va qarorlari ustidan ham harbiy sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish toʻgʻrisida”gi Qonunda nazarda tutilgan tartibda harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat qilinishi mumkin boʻlgan davlat organlariga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun tashkil qilingan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakatlari va qarorlari ustidan sudga shikoyat qilish mumkin boʻlgan oʻzini oʻzi boshqarish organlariga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonun va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq tegishli hududlarda oʻz vakolatlariga kiradigan masalalarni mustaqil hal etishni taʼminlash uchun tuziladigan har qanday organlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yuqorida koʻrsatilgan qonunga muvofiq, davlat organlarida, oʻzini oʻzi boshqarish organlarida, mulkchilikning shaklidan qatʼi nazar korxonalarda, muassasalarda va tashkilotlarda, kooperativlarda, jamoat tashkilotlari hamda birlashmalarida tashkiliy boshqaruv va maʼmuriy-xoʻjalik majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq lavozimlarni doimiy yoki vaqtincha egallab turgan yoxud shunday majburiyatlarni maxsus vakolat boʻyicha bajarayotgan har qanday shaxsning harakati ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 2-moddasiga muvofiq, davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va mansabdor shaxslarning quyidagi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroning huquqlari va erkinliklari buzilishiga sababchi boʻlgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroning oʻz huquqlari va erkinliklarini roʻyobga chiqarishga monelik tugʻdirgan koʻchmas mulkka nisbatan huquqlarni davlat roʻyxatiga olishni rad etish;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro zimmasiga qonunga xilof ravishda qandaydir majburiyat yuklatilishiga sababchi boʻlgan kollegial yoki yakka tartibdagi xatti-harakatlar (qarorlar) ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni hisobga olgan holda, ham yakka tartibdagi ham umumiy xususiyatga ega boʻlgan har qanday qarorlar ustidan yuqorida koʻrsatilgan qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, tegishli organlarning pasportdagi millat haqidagi yozuvni tuzatish, chet elga chiqishga ruxsat berishni rad etganligi, davlat organlarining va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining maʼmuriy hudud tashqarisiga tovarlar va mahsulotlarni olib chiqishni cheklash toʻgʻrisidagi, qoʻshimcha boj va yigʻimlar belgilash toʻgʻrisidagi qarorlari, maʼmuriy jazoga tortish vakolatiga ega boʻlmagan shaxsning jarima solish va boshqa maʼmuriy jazolarga tortish haqidagi qarori va hokazolar sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, jamoat tashkilotlari va birlashmalari, uy-joy qurilish kooperativlari, kasaba uyushmasi tashkilotlari va shu kabilarning umumiy majlislari hamda ularning boshqaruv organlari va mansabdor shaxslarning qarorlari ham sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik va jismoniy shaxslarning koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilgan taqdirda, davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organning qarori yuzasidan sud tartibida shikoyat qilish bilan bogʻliq ishlarni koʻrishda Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori 1-ilovasiga muvofiq “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom” talablaridan kelib chiqib, hal qilish lozim.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Fuqaro oʻzining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan huquqlari va erkinliklari buzilgan deb hisoblasa, hamda qonunlarda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, shikoyat bilan oʻz xohishiga koʻra bevosita sudga yoxud boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga shikoyat bilan murojaat qilishi mumkin. Fuqaroning oʻz buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash haqida dastlab yuqori turuvchi organ yoki mansabdor shaxsga murojaat qilmaganligi, shikoyatni sud tomonidan qabul qilmaslik uchun asos boʻlmaydi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyat oʻz huquq va erkinliklarini buzilgan deb hisoblagan fuqaroning oʻzi yoki uning vakili tomonidan ham, shuningdek, fuqaroning iltimosiga koʻra, jamoat tashkiloti, mehnat jamoasining vakolat berilgan vakili tomonidan ham berilishi mumkin. FPKning 46-moddasiga muvofiq fuqarolarning huquqlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish talab qilinganda prokuror ham tegishli ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakilning fuqaro nomidan shikoyat berishga boʻlgan vakolati FPKning 54-moddasiga muvofiq rasmiylashtirilgan boʻlishi lozim. Jamoat tashkiloti, mehnat jamoasi vakilining vakolati, bundan tashqari, jamoat tashkiloti yoki mehnat jamoasi umumiy majlisining yoxud saylab qoʻyiladigan organning qaroridan koʻchirma bilan ham tasdiqlangan boʻlishi kerak.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Fuqaroning ilgari tobelik tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga shikoyat bilan murojaat qilganligi va tobelik tartibida yuqori turuvchi organ yoki mansabdor shaxs tomonidan shikoyat qisman yoki toʻliq rad qilinganligi yoki fuqaroning shikoyat berilgan kundan boshlab bir oy mobaynida yuqori turuvchi organdan yoki mansabdor shaxsdan javob olmaganligi, uni xuddi shunday shikoyat bilan sudga murojaat qilish huquqidan mahrum etmaydi (Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlari ustidan sudga shikoyat qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 4-moddasi 2-qismi).
9. Chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Shikoyat fuqaroning xohishiga koʻra u yashayotgan joydagi yoki organ, muassasa, korxona, tashkilot va ularning birlashmalari, shuningdek, jamoat tashkilotlari joylashgan erdagi yoxud xatti-harakatlari (qarorlar) ustidan shikoyat qilinayotgan mansabdor shaxsning ish joyidagi sudga beriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Fuqaro oʻzining huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar (qarorlar) ustidan bevosita sudga yoki boʻysinuv tartibida yuqori organga, mansabdor shaxsga Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 269-270-moddalarida belgilangan tartib va muddatda shikoyat bilan murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlar) ustidan beriladigan shikoyatlar FPKning 149, 150-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq rasmiylashtiriladi va Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi hamda Vazirlar Mahkamasining “Davlat boji stavkalari haqida”gi qarorida belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji undiriladi. Beriladigan arizaning shakli va mazmuni boʻyicha FPKning 148, 149-moddalarida qoʻyilgan talablardan kelib chiqqan holda, shikoyatda, jumladan, qanday xatti-harakatlar shikoyat qilinayotganligi, bu xatti-harakatlar (qarorlar) oqibatida fuqaroning qanday muayyan huquq va erkinliklari buzilganligi, xuddi shunday shikoyat tobelik tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga berilgan-berilmaganligi va berilgan boʻlsa, qanday javob olinganligi koʻrsatilgan boʻlishi shart.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 15-maydagi 14-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Beriladigan arizaning formasi va mazmuni boʻyicha FPKning 149-moddasida qoʻyilgan talablardan kelib chiqqan holda, shikoyatda, jumladan, qanday xatti-harakatlar shikoyat qilinayotganligi, bu xatti-harakatlar (qarorlar) oqibatida fuqaroning qanday muayyan huquq va erkinliklari buzilganligi, xuddi shunday shikoyat tobelik tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga berilgan-berilmaganligi va berilgan boʻlsa, qanday javob olinganligi koʻrsatilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FPKning 154-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda sudya shikoyatni harakatsiz qoldirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyatni koʻrishga qabul qilgan sud fuqaroning iltimosiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan shikoyat qilinayotgan xatti-harakat (qaror)ning ijrosini shikoyat hal qilingunga qadar toʻxtatib qoʻyishga haqlidir.
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud davlat boshqaruvi organlari va mansabdor shaxslarning jismoniy shaxslarning huquqlarini buzuvchi xatti-harakatlari ustidan shikoyatlar boʻyicha hal qiluv qarorini qabul qilganda, aybdor tarafdan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.11.1994-yildagi “Davlat boji stavkalari haqida”gi 533-sonli qarorining 1-moddasi “b”-bandida koʻrsatilgan miqdorda davlat bojini undiradi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qaroriga asosan soʻzlar bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Shikoyat Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining umumiy qoidalariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish toʻgʻrisida”gi Qonunida va FPKning 27-bobida belgilangan istisno va qoʻshimchalarni hisobga olgan holda, sud tomonidan u berilgan paytdan boshlab oʻn kunlik muddat ichida koʻrib chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davlat organi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi, korxona, muassasa, tashkilot yoki jamoat birlashmasi qayta tashkil etilgani yoki tugatilgani aniqlangan holda, sud ishga fuqarolarning buzilgan huquqlari va erkinliklarini tiklash masalasini hal etish vakolatiga ega boʻlgan ularning huquqiy vorislarini jalb etish choralarini koʻrishi kerak.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyatni koʻrish paytida harakati ustidan shikoyat qilinayotgan mansabdor shaxs ilgarigi lavozimida ishlamayotgan boʻlsa, sud fuqarolarning buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash vakolatiga ega boʻlgan tegishli organ (tashkilot)ni ishga jalb etish toʻgʻrisidagi masalani hal etadi. Shikoyat qanoatlantirilgan taqdirda sud shu organ (tashkilot) rahbariga fuqaroning buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash majburiyatini yuklaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Shikoyat vajlari asosli ekanligi aniqlangan taqdirda, sud shikoyat qilingan xatti-harakat (qaror)ni qonunga xilof deb topadi va tegishli organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari yoki mansabdor shaxsga fuqaroning talabini qanoatlantirish majburiyatini yuklaydi, unga nisbatan qoʻllanilgan javobgarlik chorasini bekor qiladi yoxud uning buzilgan huquqini oʻzgacha yoʻl bilan tiklaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyatni qanoatlantirish haqidagi qarorda shikoyat qilingan harakat (qaror) natijasida buzilgan huquq normalari va yoʻl qoʻyilgan huquqbuzarlikni bartaraf etish uchun amalga oshirilishi lozim boʻlgan muayyan harakatlar koʻrsatilishi zarur. Jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) surunkali kasallikning ogʻir formasiga uchragan fuqaroga qoʻshimcha yashash maydoniga boʻlgan huquqini tasdiqlash uchun zarur boʻlgan bunday kasalligi borligi toʻgʻrisida xulosa berish rad etilgan taqdirda, sud bu harakatni qonunga xilof deb topadi va meditsina muassasasining tegishli mansabdor shaxsi zimmasiga fuqaroga zarur boʻlgan hujjatni berish majburiyatini yuklaydi;
(15-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) avtotransport vositasini roʻyxatga olish asossiz rad etilgan taqdirda sud davlat avtomobil nazoratining mansabdor shaxsi zimmasiga avtotransport vositasini shikoyat bilan murojaat qilgan shaxs nomiga roʻyxatdan oʻtkazish majburiyatini yuklaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) pasportdagi millat haqidagi yozuvni tuzatish asossiz rad etilgan taqdirda sud tegishli mansabdor shaxs zimmasiga talab qilinayotgan tuzatishni kiritish majburiyatini yuklaydi;
(15-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) vakolati boʻlmagan shaxs tomonidan fuqaroga asossiz ravishda jarima solingan yoki u boshqa jazoga tortilgan taqdirda sud bunday harakatlarni qonunga xilof deb topadi va tegishli mansabdor shaxs zimmasiga yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) fuqaro qurgan yoki sotib olgan uyni uning nomiga roʻyxatdan oʻtkazish asossiz rad etilgan taqdirda sud tegishli organning mansabdor shaxsi zimmasiga uyni shikoyat bilan murojaat qilgan shaxs nomiga roʻyxatdan oʻtkazish majburiyatini yuklaydi.
(15-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sudning hal qiluv qarori xatti-harakatlari (qarorlar) ustidan shikoyat berilgan organ, korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasi yoki mansabdor shaxsga, shuningdek, fuqaroga u qonuniy kuchga kirganidan keyin kechi bilan oʻn kun ichida yuborilishi lozim. Qaror bajarilganligi haqida sudga va fuqaroga sud qarori olingan kundan boshlab kechi bilan bir oy ichida xabar berilishi, ushbu tartibga rioya etilishi ustidan sud nazorat olib borishi kerak. Qaror ijro qilinmagan taqdirda, sud qonunda belgilangan choralarni koʻrishi lozim.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ishlarni koʻrish chogʻida davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki mansabdor shaxslar faoliyatida jiddiy kamchiliklar aniqlansa, bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun xususiy ajrimlar chiqarib, joylarga yuborish, mansabdor shaxslarning harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlangan taqdirda, bu haqda prokurorga xabar yuborishi shart ekanligiga sudlarning alohida eʼtibori qaratilsin (FPKning 19-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan SSSR Oliy sudi Plenumining 1990-yil 27-iyuldagi “Davlat boshqaruv organlari va mansabdor shaxslarning fuqarolarni huquqini buzuvchi gʻayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan qilingan shikoyatlarni sudlarda koʻrish haqida”gi 7-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(18-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 19-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-son