Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.04.2012 05.02.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1896
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining qarori, 05.02.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1896
Кучга кириш санаси
15.02.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.04.2012
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYADAN ChIQARISh, RAQOBAT VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASh DAVLAT QO‘MITASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XO‘JALIK YuRITUVChI SUBYEKTNING 35 FOIZDAN ORTIQ AKSIYALARI, ULUShLARINI OLISh USTIDAN NAZORAT QILISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 5-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1896]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2012-yil 2-martdagi 5-sonli “Xo‘jalik yurituvchi subyekt ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish ustidan nazorat qilish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2350, 05.04.2012-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., № 2, 54-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 23-son, 182-modda) muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2010-yil 25-iyundagi 7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1896-1,08.07.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 26-27-son, 227-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ilova qilinayotgan “Xo‘jalik yurituvchi subyektning 35 foizdan ortiq aksiyalari, ulushlarini olish ustidan nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma” tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi raisi v.b. B. ULAShOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 29-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining 2008-yil 29-dekabrdagi 17-son qarori bilan TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik yurituvchi subyektning 35 foizdan ortiq aksiyalari, ulushlarini olish ustidan nazorat qilish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YO‘RIQNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Yo‘riqnoma “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 2-son, 54-modda) muvofiq investor tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav kapitalidagi ovoz huquqiga ega bo‘lgan 35 foizdan ortiq aksiyalarini, ulushlarini olishda monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Yo‘riqnoma maqsadida quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investor — xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalarini, ulushlarini o‘z nomidan va o‘z hisobidan oluvchi yuridik va jismoniy shaxs, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalarini, ulushlarini olayotgan shaxslar guruhi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35 foizdan ortiq aksiyalarni, ulushlarni olish — investorga xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining jami 35 foizdan ortig‘iga egalik qilish, ulardan foydalanish va tasarruf etish imkoniyatini beradigan oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, ishonchli boshqarish va boshqa bitimlarni tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyekt — ustav fondi muassislarning (ishtirokchilarning) aksiyalariga, ulushlariga bo‘lingan tijoratchi tashkilot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yo‘riqnomaning amal qilishi quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) imtiyozli aksiyalarni olishga, agar xo‘jalik yurituvchi subyektning ustaviga ko‘ra ular ovoz berish huquqiga ega bo‘lmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xo‘jalik yurituvchi subyektni tashkil etish paytida uning muassislariga, moliya-sanoat guruhlari, xolding kompaniyalarini tuzish hollari bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) o‘zlarining aksiyalarini, ulushlarini olayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, agar qonun hujjatlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tegishli bitimda qatnashuvchi shaxslar aktivlarining jami balans qiymati eng kam ish haqining to‘rt ming barobari miqdoridan ortiq bo‘lmagan hollarda investor tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining 35 foizidan ortig‘ini sotib olishga, agar bitimning ishtirokchilaridan biri tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar reyestriga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘lgan yoki ushbu xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini nazorat qiluvchi bir guruh shaxslar sotib oluvchi bo‘lgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining 35 foizidan ortig‘ini olish ustidan nazorat qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Investor tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining 35 foizdan ortig‘ini olish O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi yoki uning hududiy organlarining (keyingi o‘rinlarda — monopoliyaga qarshi davlat organi) oldindan roziligini olish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2010-yil 25-iyundagi 7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1896-1,08.07.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 26-27-son, 227-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Investor tomonidan biror-bir xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalari, ulushlari olinayotganda, ilgari investor tomonidan ushbu xo‘jalik yurituvchi subyektdan olingan aksiyalarning, ulushlarning jami hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Monopoliyaga qarshi davlat organining roziligi bilan biror-bir xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining 35 foizidan ortig‘iga egalik qilayotgan investor tomonidan qo‘shimcha ravishda aksiyalarni, ulushlarni olish, olishning alohida fakti sifatida ko‘riladi va oldindan rozilikni olish asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ta’sischi tomonidan qo‘shimcha ravishda xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining 35 foizdan ortig‘ining olinishi monopoliyaga qarshi davlat organining oldindan roziligi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondi ko‘paytirilayotganda aksiyador, ishtirokchi o‘zining ulushi miqdorini monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan rozilik berilgan miqdorgacha tiklash uchun aksiyalarni, ulushlarni qo‘shimcha roziliksiz olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan o‘zining ustav fondini shakllantirish uchun boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektning 35 foizdan ortiq aksiyalarini, ulushlarini olish monopoliyaga qarshi davlat organining oldindan roziligi bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlik jamiyatini boshqa tashkiliy-huquqiy shaklda qayta tashkil etishda aksiyalar paketini (ulushini) qayta taqsimlash monopoliyaga qarshi davlat organining roziligisiz amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlik jamiyatining shakli o‘zgartirilsa (ochiq aksiyadorlik jamiyatidan yopiqqa yoki aksincha), aksiyadorlar o‘rtasida aksiyalar paketini qayta taqsimlash monopoliyaga qarshi davlat organining oldindan roziligini olish asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondi o‘zgargan taqdirda, buning natijasida aksiyador, ishtirokchi mazkur Yo‘riqnoma maqsadlarida monopoliyaga qarshi davlat organining roziligi talab qilinadigan aksiyalarga, ulushlarga ega bo‘lishga kirishsa, aksiyador, ishtirokchi ushbu o‘zgartirishlar vujudga kelgan paytdan e’tiboran o‘n kunlik muddat ichida aksiyaga, ulushga egalik qilishga rozilik olish uchun monopoliyaga qarshi davlat organiga murojaat etishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq bitimlarni ro‘yxatga oluvchi qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari, qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchilari xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalarini olish bilan bog‘liq bitimni ro‘yxatga olishda, shuningdek ta’sis hujjatlaridagi o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar ta’sis hujjatlaridagi o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining 35 foizdan ortig‘ini olish bilan bog‘liq bitimlarni amalga oshirish uchun monopoliyaga qarshi davlat organining oldindan roziligini olish zarurligi to‘g‘risida investorni yozma ravishda xabardor qilishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq bitimlarni ro‘yxatga oluvchi qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari, qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchilari, shuningdek ta’sis hujjatlaridagi o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar uch kunlik muddat ichida monopoliyaga qarshi davlat organini “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga zid bitimning mavjudligi to‘g‘risida xabardor qilishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq bitimlarni ro‘yxatga oluvchi qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari, qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchilari, shuningdek ta’sis hujjatlaridagi o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar investor tomonidan monopoliyaga qarshi davlat organining xo‘jalik yurituvchi subyektning 35 foizdan ortiq aksiyalarini, ulushlarini olishga roziligi to‘g‘risidagi qarori taqdim qilinmaganda, agar mazkur Yo‘riqnomaga muvofiq bunday rozilik talab qilinsa, qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq bitimni va ta’sis hujjatlaridagi o‘zgartirishlarni ro‘yxatga olishni rad etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi investor tomonidan monopoliyaga qarshi davlat organining roziligisiz xo‘jalik yurituvchi subyektning 35 foizdan ortiq aksiyalari olinganligi faktini aniqlagan paytdan e’tiboran besh kunlik muddat ichida bu haqda monopoliyaga qarshi davlat organini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xo‘jalik yurituvchi subyektning vakolatli shaxslari xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining 35 foizdan ortig‘ini olgan investordan ko‘rsatilgan aksiyalarning, ulushlarning olinishiga monopoliyaga qarshi davlat organining roziligi to‘g‘risidagi qarorni taqdim etishini talab qilishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik yurituvchi subyektning 35 foizdan ortiq aksiyalariga, ulushlariga egalik qiladigan investor tomonidan monopoliyaga qarshi davlat organining ko‘rsatilgan aksiyalarni, ulushlarni olinishiga roziligi to‘g‘risidagi qarori taqdim etilmaganda, xo‘jalik yurituvchi subyektning mansabdor shaxslari uch kunlik muddat ichida monopoliyaga qarshi davlat organini “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga zid bitimning mavjudligi to‘g‘risida xabardor qilishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Depozitariylar oluvchining depo hisobi bo‘yicha belgilangan tartibda tegishli kirim yozuvini kiritgan paytdan boshlab uch kun ichida monopoliyaga qarshi davlat organini investor tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalarining 35 foizdan ortig‘i olinganligi fakti to‘g‘risida xabardor qilishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Depozitariylar monopoliyaga qarshi davlat organining rasmiy so‘roviga ko‘ra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalarining investor tomonidan ilgari sotib olingan miqdori to‘g‘risidagi axborotni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) berilishi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa axborotlarni taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Monopoliyaga qarshi davlat organining roziligini olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Investor tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining 35 foizdan ortig‘ini olish uchun bunday bitim tuzilganiga qadar monopoliyaga qarshi davlat organining oldindan olingan roziligi bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Investor tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining 35 foizdan ortig‘ini olishga rozilik berish masalasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan ko‘riladi:
(13-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2010-yil 25-iyundagi 7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1896-1,08.07.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 26-27-son, 227-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlari respublika tovar bozorlarida aylanadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning aksiyalari, ulushlarini olishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar bozorlarida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar Davlat reyestriga u tomonidan kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning aksiyalarini, ulushlarini olishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy monopoliya subyektlarining aksiyalarini, ulushlarini olishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklarning aksiyalarini olishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar xo‘jalik yurituvchi subyekt va investor yoki shaxslar guruhi hisoblangan investorlar turli viloyatlarda joylashgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik investorlar tomonidan aksiyalarni, ulushlarni olishda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy organlari tomonidan ko‘riladi:
(13-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2010-yil 25-iyundagi 7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1896-1,08.07.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 26-27-son, 227-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlari mahalliy tovar bozorlarida aylanadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning aksiyalari, ulushlarini olishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar bozorlarida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar Davlat reyestriga ular tomonidan kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning aksiyalarini, ulushlarini olishda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xo‘jalik yurituvchi subyekt va investorning tovar bozorlaridagi ulushini, shuningdek ularning tabiiy monopoliya subyektlariga mansubligini aniqlash monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Investor xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining 35 foizdan ortig‘ini olayotganda monopoliyaga qarshi davlat organiga qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan quyidagi hujjatlar va ma’lumotlar ilova qilingan iltimosnomani taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) investor va xo‘jalik yurituvchi subyektning ta’sis hujjatlarining nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) investor va xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriya balanslarining nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) investor va xo‘jalik yurituvchi subyektning ijroiya va saylab qo‘yiladigan organlari tarkibiga kiradigan shaxslar ro‘yxatlari. Ijroiya organlariga kiradigan shaxslar qatorida bosh buxgalterlar yoki ularning vazifasini bajaruvchi shaxslar ham ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda monopoliyaga qarshi davlat organi bevosita ko‘rilayotgan bitimga taalluqli bo‘lgan boshqa axborotni unga egalik qilayotgan shaxslardan so‘rab olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Hujjatlarga e’tiroz mavjud bo‘lganida yoki hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan hollarda monopoliyaga qarshi davlat organi ularni olingan kundan boshlab besh ish kunidan kechiktirmay yozma shaklda aniq kamchilik va noaniqliklarni ko‘rsatgan holda qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Monopoliyaga qarshi davlat organi quyidagi hollarda investor tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining 35 foizdan ortig‘i olinishiga rozilik berishni rad etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) agar xo‘jalik yurituvchi subyekt tovar bozorida ustun mavqeni egallagan bo‘lsa va iltimosnomani qanoatlantirish xo‘jalik yurituvchi subyektning, shaxslar guruhining ustun mavqeini kuchayishiga yoki raqobatni cheklanishiga olib kelishi mumkin bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xo‘jalik yurituvchi subyekt ustun mavqeni egallagan muayyan tovar bozorida investor ham ustun mavqega ega bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) agar aksiyalarni, ulushlarni olinishi xo‘jalik yurituvchi subyekt va investorni birgalikda muayyan tovar bozorida ustun mavqega ega bo‘lishiga olib kelsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) agar investor tomonidan taqdim etilgan qaror qabul qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan axborot noto‘g‘ri yoki yolg‘on bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Agar bitim qatnashchilari o‘z harakatlarining bozorda savdo sharoitlarini yaxshilashga, tovarning raqobatbardoshligini oshirishga ko‘maklashuvchi, xaridorlarga sezilarli tarzda naf keltiruvchi ijobiy samarasi ko‘rib chiqilayotgan tovar bozori uchun kelib chiqadigan salbiy oqibatlardan ustun bo‘lishini isbotlasalar, hatto raqobatni cheklash ehtimoli bo‘lgan taqdirda ham monopoliyaga qarshi davlat organi iltimosnomani qondirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Investor tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning 35 foizdan ortiq aksiyalarini, ulushlarini olinishiga rozilik berish masalasi monopoliyaga qarshi davlat organi rahbarining buyrug‘i bilan uning xodimlaridan tuziladigan maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Maxsus komissiya ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha, iltimosnoma olingan paytdan boshlab o‘n ish kunidan kechiktirmay, xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining 35 foizidan ortig‘ini olinishiga rozilik berish yoki rozilik berishni rad etish to‘g‘risida qaror chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror maxsus komissiya raisi va uning a’zolari tomonidan ikki nusxada imzolanadi hamda gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilingan qaror investorga ushbu qaror qabul qilinganidan so‘ng uch kundan kechiktirmay jo‘natiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yozma so‘rov bo‘lgan hollarda manfaatdor tomonlarga qarorning nusxasi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Maxsus komissiya investor tomonidan aksiyalarni, ulushlarni olinishiga rozilik berish masalasini ko‘rib chiqishni bozorni tahlil qilish va qo‘shimcha axborot olish zaruriyati munosabati bilan kechiktirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaruriyat bo‘lganda maxsus komissiya majlisiga xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining 35 foizidan ortig‘ini olinishiga rozilik so‘rab monopoliyaga qarshi davlat organiga murojaat qilgan shaxslar (ularning vakillari ishonchnoma bilan), shuningdek boshqa manfaatdor shaxslar taklif qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Monopoliyaga qarshi davlat organining aksiyalarning, ulushlarning 35 foizdan ortig‘ini olinishiga rozilik berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq bitimni va ta’sis hujjatlaridagi o‘zgartirishlarni ro‘yxatga olishni rad etishga, u (ular) ro‘yxatga olingan taqdirda esa bitimni, ta’sis hujjatlaridagi o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatiga olishni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topish uchun asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining 35 foizdan ortig‘ini olish tartibini buzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Investor tomonidan bir xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining 35 foizdan ortig‘iga monopoliyaga qarshi davlat organining oldindan roziligini olmasdan egalik qilish fakti aniqlanganda, qonun hujjatlariga muvofiq investorga nisbatan monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilishi to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilishi to‘g‘risidagi ish monopoliyaga qarshi davlat organining maxsus komissiyasi tomonidan ko‘riladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalarining 35 foizidan ortig‘ini olishning tartibi investor tomonidan buzilganligi to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilayotganda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining vakili ekspert sifatida taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya ishni mazmunan ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) aksiyalarni, ulushlarni investorda saqlashni rad etish to‘g‘risida, bunda monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilishlarini tugatish va dastlabki holatni tiklash to‘g‘risidagi ko‘rsatma beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) aksiyalarni, ulushlarni saqlashga rozilik berish to‘g‘risida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi davlat organi xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalarining, ulushlarining 35 foizdan ortig‘ini monopoliyaga qarshi davlat organining oldindan roziligini olmasdan olgani uchun investorga “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 18-moddasida belgilangan miqdorlarda jarima solishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarima solish sud tomonidan, investor sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo‘lgan va jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda esa, monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan qo‘zg‘atilgan ishni ko‘rish natijalari bo‘yicha chiqarilgan qaror investorga, shuningdek manfaatdor tomonlarga (Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markaziga, uning hududiy boshqarmalariga, qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilariga, qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchilariga, ta’sis hujjatlaridagi o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlarga, investor tomonidan aksiyalarning, ulushlarning 35 foizidan ortig‘iga egalik qilish fakti to‘g‘risida ma’lum qilgan shaxslarga), u qabul qilinganidan so‘ng besh kundan kechiktirmay jo‘natiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi davlat organining qarori asosida berilgan ko‘rsatma unda belgilangan muddatlarda ijro etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Investor monopoliyaga qarshi davlat organining qarori (ko‘rsatmasi)ga rozi bo‘lmagan taqdirda qaror (ko‘rsatma) qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddatda sudga yoki O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga qaror (ko‘rsatma)ni to‘liq yoki qisman haqiqiy emas deb e’tirof etish to‘g‘risida yoxud qaror (ko‘rsatma)ni bekor qilish yoki o‘zgartirish haqida ariza bilan murojaat qilishga haqlidir.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2010-yil 25-iyundagi 7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1896-1,08.07.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 26-27-son, 227-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktori K. TOLIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 29-dekabr
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 6-son, 62-modda; 2010-y., 26-27-son, 227-modda)