Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 26.12.2008 yildagi 280-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI IJTIMOIY TADQIQOTLAR INSTITUTI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ijtimoiy tadqiqotlar institutini tashkil etish to‘g‘risida” 2008-yil 30-iyuldagi PQ-930-son qarorini bajarish yuzasidan va Ijtimoiy tadqiqotlar instituti faoliyatini samarali tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, “G‘alla-bank” aksiyadorlik-tijorat banki va “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-sentabrdagi 265-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, U.Nosir ko‘chasi, 53 “b” manzilidagi binoni (keyingi o‘rinlarda olinayotgan bino deb ataladi), ushbu binoga mulkchilik huquqini “G‘alla-bank” aksiyadorlik-tijorat bankiga rasmiylashtirgan holda tutash hudud bilan birga “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi balansidan “G‘alla-bank” aksiyadorlik-tijorat banki balansiga berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent shahar hokimligi ikki hafta muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank rejim talablarini ta’minlash uchun yer qo‘shib berilishi hisobga olingan holda olinayotgan binoga tutash hudud bilan birga yer uchastkasi chegaralarini belgilasin va “G‘alla-bank” aksiyadorlik-tijorat bankiga ajratib bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olinayotgan bino bo‘yicha tarmoqlarni rivojlantirishda ulushli qatnashishsiz “G‘alla-bank” aksiyadorlik-tijorat bankining loyiha ehtiyojlariga muvofiq shahar muhandislik kommunikatsiyalariga ulanishga texnik shartlar berilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olinayotgan binoga joylashgan O‘zbekiston Respublikasi jangchi-faxriy-baynalmilalchilar respublika birlashmasi qayta joylashtirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq “G‘alla-bank” aksiyadorlik-tijorat banki olinayotgan binodagi xonalarga “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan “Riter” servis va o‘quv markazi firmasi (Shveysariya) o‘rtasida tuzilgan ijara shartnomasi bo‘yicha huquqiy voris hisoblanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Institut ikki hafta muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning shtat jadvalini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut binosini joriy ta’mirlashni loyihalashtirishga shartnoma tuzsin va bir oy muddatda belgilangan tartibda pudrat tashkilotni tanlash bo‘yicha tanlov o‘tkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Institut faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan mebel, tashkiliy texnika, aloqa vositalari bilan jihozlashga, ikkita yengil avtomobil sotib olish va ularni saqlashga, axborot bosma nashrlariga, shu jumladan xorijiy nashriyotlarning bosma nashrlariga obuna bo‘lishni tashkil etishga, Institutning binosini joriy ta’mirlash bo‘yicha xarajatlarga Institutning asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan mablag‘ ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi 2008-yil oxirigacha Institut uchun bittadan “Neksiya” markali va “Damas” markali avtomobil ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Fayz” xolding kompaniyasi Institut buyurtmasi olingandan keyin bir oy muddatda ofis mebeli, shuningdek inventar tayyorlanishi va yetkazib berilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 26-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
280-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 519-modda)