Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.05.2018 30.07.2008 yildagi PQ-930-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.05.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDA IJTIMOIY TADQIQOTLAR INSTITUTINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
qaror nomiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PQ-3534-sonli Qaroriga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi turmush darajasi va sifatini oshirish muammolarini chuqur tizimli tadqiq qilish, aholining pul daromadlari oʻsishi surʼatlari va tarkibining, bozor ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarini chuqurlashtirish sharoitida jamiyatdagi ijtimoiy tabaqalanish jarayonlarining kompleks ijtimoiy tekshirishlarini tashkil etish, shuningdek aholi turmush darajasini oshirish, ijtimoiy barqarorlik va muttasil ijtimoiy taraqqiyotni taʼminlash boʻyicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ijtimoiy tadqiqotlar instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut deb yuritiladi) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut faoliyatini bevosita muvofiqlashtirish va boshqarish Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika aholisining turmush darajasini baholash boʻyicha ishlab chiqilgan obyektiv mezonlar asosida mamlakat va mintaqalar doirasida aholi turmush darajasi va sifatini oshirish, aholi farovonligi oʻzgarishlarining surʼatlari ustidan tizimli monitoring olib borish va tahlil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi turmush darajasining turli koʻrsatkichlari, shu jumladan uning daromad miqdorlari va manbalarini tizimli ravishda ijtimoiy tadqiq qilish metodologiyasini ishlab chiqish va olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning ijtimoiy tabaqalanish jarayonlari va surʼatini chuqur oʻrganish hamda monitoring qilish, ularning eng quyi holatlari oldini olish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy isteʼmol xususiyatlari, anʼanalar, tabiiy-iqlim sharoitlari va Oʻzbekistonning boshqa oʻziga xosliklarini hisobga olgan holda aholining turli guruhlari uchun isteʼmol savatining ilmiy asoslangan tarkibini belgilash, mamlakat va mintaqalar koʻlamida uning narxi oʻzgarishini monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlarni, aholi turmush darajasi va sifatini kuzatib borish hamda tahlil qilish bilan shugʻullanuvchi yetakchi xorijiy tadqiqotchilik, tahliliy markazlari va institutlarining ish tajribasini oʻrganish, shu asosda undan Institutning tadqiqot faoliyatida foydalanish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi turmush darajasining holati va uni rivojlantirish istiqbollari, mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat masalalari boʻyicha davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini tezkor axborot-tahliliy maʼlumotlar bilan taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut tadqiqotlarining eng muhim funksional yoʻnalishlari boʻyicha shakllantiriladigan loyihalar Institutning asosiy tarkibiy boʻlinmalari hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqot loyihalariga ilmiy ish tajribasiga ega boʻlgan yuqori darajada malakali mutaxassislar orasidan tanlov asosida tayinlanadigan loyihalar rahbarlari boshchilik qiladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq, loyihalarning rahbarlari va ijrochilari bilan bir yilga moʻljallangan, mavzu, maqsadlar, vazifalar va loyihani amalga oshirishning asosiy bosqichlari aniq koʻrsatilgan mehnat shartnomalari (kontraktlari) tuziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalar rahbarlarining hisobotlari Institut ilmiy kengashi majlislarida muntazam ravishda tinglab boriladi, ilmiy kengash yil yakunlari boʻyicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari va sifatini baholaydi hamda loyiha doirasidagi tadqiqotlarni davom ettirish yoki uni yopish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut xodimlariga davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash, mukofotlash va moddiy yordam koʻrsatish shartlari tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xodimlarning cheklangan soni 64 nafar (yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari), shu jumladan 39 nafar ilmiy xodimlardan iborat boʻlgan Ijtimoiy tadqiqotlar instituti tuzilmasi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, Institut direktori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut direktoriga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Institutning tasdiqlangan tuzilmasiga zarur hollarda xodimlarning belgilangan cheklangan soni doirasida oʻzgartish kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matinda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi (B. Xoʻjayev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda Ijtimoiy tadqiqotlar instituti toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Institutning joylashtirilishini va uni zarur kompyuter texnikasi hamda nusxa koʻpaytirish texnikasi, dasturiy vositalar, idora mebellari hamda Institut samarali ish olib borishi uchun zarur boʻlgan boshqa moddiy-texnika vositalari, metodik materiallar bilan taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yilning yakunigacha Institut boʻlinmalarini ijtimoiy jarayonlarni tahlil qilish koʻnikmalariga ega, mamlakatda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetgan yuqori malakali, tajribali mutaxassislar bilan toʻldirishni taʼminlasin .
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Institut Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Institutning shtat jadvalini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Institutga quyidagi huquqlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, jamgʻarmalar, taʼlim muassasalari, shu jumladan xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan qoʻshma tadqiqotlar olib borish uchun shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot loyihalari va dasturlarini ishlab chiqish uchun shartnoma asosida davlat boshqaruvi organlari, idoralar, banklar mutaxassislarini, tadqiqot markazlari xodimlarini, olimlar va taʼlim muassasalari oʻqituvchilarini, shu jumladan xorijiy muassasalardan jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noshirlik faoliyatini amalga oshirish, turmush darajasi va inson rivoji muammolariga bagʻishlangan axborot-tahliliy sharhlar, maʼruzalarni chop etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut zimmasiga yuklangan vazifalar doirasida markaziy organlar, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlardan barcha zarur normativ, statistik va tahliliy axborotlarni soʻrash hamda bepul olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar Institutning moliyalash manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut taʼminoti, uning moddiy-texnika bazasini shakllantirish, foydalanish va rivojlantirish, ijtimoiy tadqiqotlar oʻtkazish va Institutning boshqa ehtiyojlari uchun ajratiladigan maqsadli budjet mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish qoʻmitasi tomonidan oʻtkaziladigan grant tanlovlari natijalari boʻyicha ajratiladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va idoralarning buyurtmanomalari boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish uchun ular tomonidan ajratiladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grantlari, amaldagi qonun hujjatlari doirasidagi boshqa mablagʻlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Institut daromadlari soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Institutning oʻz ehtiyojlari uchun import qilinadigan jihozlar, jumladan kompyuter va telekommunikatsiya tizimlari, dasturiy taʼminot vositalari bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod qilinsin, boʻshaydigan mablagʻlar esa Institut zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga yoʻnaltirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi aholi turmush darajasi bilan bogʻliq barcha oʻtkaziladigan ijtimoiy va budjet tadqiqotlariga oid maʼlumotlarni muntazam ravishda Institutga belgilangan tartibda bepul taqdim etib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oliy Majlis materiallari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning normativ hamda yoʻriqnoma tarzidagi hujjatlari yuborilishi shart boʻlgan tashkilotlar roʻyxatiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut kutubxonasini shakllantirish uchun matbuot nashri va kitob mahsulotlaridan (ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va huquqiy nashrlar) bittadan nazorat nusxalarini (1 nusxa) bepul oladigan tashkilotlar roʻyxatiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat raqobat qoʻmitasi, boshqa vazirliklar hamda idoralarining statistik axborotnomalari yuborilishi shart boʻlgan reyestrga kiritilsin.
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (R. Azimov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yilda Institutning asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha uning joriy taʼminoti, xodimlar mehnatiga haq toʻlash, ajratilgan binoni kapital va joriy taʼmirlash, mebel, tashkiliy texnika, aloqa vositalari bilan jihozlash, ikkita yengil avtomobilni xarid qilish va uning taʼminoti, axborotnoma nashrlari, shu jumladan xorijiy nashrlarga obunani tashkil etish, ijtimoiy tadqiqotlar oʻtkazish uchun mablagʻlar ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yildan boshlab fan uchun moʻljallangan mablagʻlar hisobidan har yili Institutga taʼminot, texnik jihozlash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, axborotnoma nashrlari, shu jumladan xorijiy nashrlarga obunani tashkil etish, shuningdek muntazam ravishda ijtimoiy tadqiqotlar oʻtkazish uchun mablagʻlar ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Toshkent shahar hokimligi ikki hafta muddatda Ijtimoiy tadqiqotlar institutini joylashtirish uchun bino ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi (A. Aripov) bir oy muddatda Institutni zarur turdagi aloqa vositalari, jumladan hukumat aloqa vositasi bilan, shuningdek Internet tarmogʻidan foydalanishni belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 30-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-930-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 33-son, 311-modda; 2013-y., 36-son, 477-modda)