31.10.2008 yildagi 237-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MUZEYLAR FAOLIYATIGA TAALLUQLI MEʼYORIY HUJJATLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Muzeylar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy muzey fondi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hisobga olish va saqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda ikki oy muddatda “Muzeylar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida koʻrsatib oʻtilgan Vazirlar Mahkamasining muzeylarni boshqarish sohasidagi vakolatlariga oid huquqiy-meʼyoriy hujjatlarni belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tasarrufida muzeylar boʻlgan barcha vazirliklar, idoralar va tashkilotlar “Muzeylar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizomlarga zid boʻlgan oʻz meʼyoriy hujjatlarini qayta koʻrib chiqib, bekor qilinishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 31-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
237-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 31-oktabrdagi 237-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy muzey fondi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom “Muzeylar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Milliy muzey fondining (keyingi oʻrinlarda “Fond” deb yuritiladi) tarkibini, boyitish manbalarini, muzey ashyolari va kolleksiyalarini hisobga olish va saqlash, ulardan foydalanish, fond holati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fond Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi doimiy turgan muzey ashyolari va kolleksiyalari majmui boʻlib, ushbu muzey ashyolari va kolleksiyalarini aniqlash va asrab-avaylash, hisobga olish ishini markazlashtirish hamda ularni keng ommaga namoyish etish maqsadida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Fond tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari Oʻzbekiston xalqi madaniy merosining ajralmas qismidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Fond tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Fond tarkibiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon xalqlari tarixining turli davrlarini, ulkan tarixiy voqealarni, oʻzbek davlatchiligi rivojlanish bosqichlari tarixini oʻzida aks ettirgan ashyolar va kolleksiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqimiz madaniy-maishiy turmush sharoitlarining turli bosqichlarini oʻzida aks ettirgan uy-roʻzgʻor buyumlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ulugʻ davlat arboblari, sarkardalar va qahramonlar, siyosatchilar, ulamolar, fan va madaniyat arboblarining hayoti va ijodi bilan bogʻliq boʻlgan barcha ashyo va kolleksiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan va texnikaning rivojlanish bosqichlarini oʻzida aks ettirgan hujjatlar, model-maketlar va boshqa ashyo va kolleksiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxeologik qazilmalar chogʻida topilgan kolleksiyalar va alohida ashyolar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haykaltaroshlik, rangtasvir, xalq amaliy sanʼati, musiqa va teatr sanʼati tarixini oʻzida aks ettirgan ashyo va kolleksiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiat tarixi haqidagi geologik, paleontologik, mineral va tabiiy fanlarga oid boshqa ashyo va kolleksiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijodning barcha sohasiga tegishli boʻlgan qoʻlyozmalar, qoʻlyozma va toshbosma kitoblar, nodir va qimmatbaho nashrlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarixiy, ilmiy va badiiy ahamiyatga ega boʻlgan boshqa ashyo va kolleksiyalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Fond Milliy muzey fondining davlatga tegishli qismidan va davlatga tegishli boʻlmagan qismidan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar Fondning davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimning egaligida turganligidan qatʼi nazar, davlat mulki boʻlgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat muzeylari, boshqa davlat muassasalari tomonidan muassislar mablagʻlari, oʻz mablagʻlari yoki boshqa mablagʻlar hisobidan, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa usulda olingan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Fondning davlatga tegishli boʻlmagan qismi tarkibiga Fond tarkibiga kiritilgan xususiy mulk boʻlgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini Fondning davlatga tegishli boʻlmagan qismi tarkibiga kiritish Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda ularning mulkdori arizasi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini Fond tarkibiga kiritish hamda uning tarkibidan chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tomonidan Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond tarkibiga kiritilgan har bir muzey ashyosi va har bir muzey kolleksiyasi toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlarni hisobga olish maqsadida Fondning Davlat katalogi yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fondning Davlat katalogi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tomonidan Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda yuritiladi.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari Fondning Davlat katalogida roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Fond tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari mulkdoriga roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnoma shakli va uni rasmiylashtirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tomonidan belgilanadi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Fond tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hisobga olish va saqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Milliy muzey fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari operativ boshqarish huquqi asosida davlat muzeylariga, boshqa davlat muassasalariga biriktirib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fondning davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini operativ boshqarish topshirilgan davlat muzeylari, boshqa davlat muassasalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining but saqlanishi hamda xavfsizligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari bilan bogʻliq hisobga olish hujjatlarining yuritilishi hamda but saqlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalaridan ilmiy, madaniy, maʼrifiy hamda taʼlim maqsadlarida foydalanilishini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Fondning davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hisobga olish ishlari ularni toʻliq taqqoslash imkoniyatini taʼminlovchi hamda ularning saqlanish joyi, saqlanish holati, foydalanish shakli va boshqa maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi asosiy hisob hujjatlarini yuritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Fond tarkibiga kiritilgan hamda muzeylarda turgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari fuqarolar kirib koʻrishi uchun ochiqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond tarkibiga kiritilgan hamda muzeylarda turgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini kirib koʻrish quyidagi asoslarga koʻra cheklanishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining but saqlanish holati qoniqarsiz boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
restavratsiya ishlari amalga oshirilayotganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari muzey zaxiraxonasida boʻlganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond tarkibiga kiritilgan muzeyning zaxiraxonasida saqlanayotgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini fuqarolar tomonidan kirib koʻrish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tomonidan belgilanadi.
(13-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hisobga olish hamda saqlash Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Fondni boyitish manbalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Fondning davlatga tegishli qismini boyitish manbalari quyidagilar boʻlishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat budjeti, homiylar mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzeyning pullik xizmat koʻrsatishi evaziga toʻplanadigan mablagʻlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda belgilangan tartibda va holatlarda davlat tasarrufiga oʻtgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari;
(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxeologik qazilmalar, ilmiy ekspeditsiyalar natijasida topilgan, shuningdek, topilgan xazinalardagi ilmiy, tarixiy, badiiy qiymatga ega boʻlgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari yigʻindisi va hokazolar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Fan-texnika taraqqiyotini muzeylarda aks ettirish uchun davlat tashkilotlari va muassasalari oʻzlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlar namunalarini muzeylarga bepul berishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Fondning davlatga tegishli boʻlmagan qismini boyitish mulkdor tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Fond tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalaridan foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Fond tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalaridan fan va madaniyatni, vatanparvarlik, gʻoyaviy-maʼnaviy kamolot va estetik tarbiyani rivojlantirish maqsadida foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalaridan muzey ekspozitsiyalari va koʻrgazmalarida foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muzey oʻz fondida saqlanayotgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari boʻyicha kataloglar, ilmiy ishlar toʻplamlari, monografiyalar, qoʻllanmalar, ilmiy axborotlar tayyorlashi va nashr etishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga vaqtincha olib chiqish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(18-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Muzeyda saqlanayotgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini boshqa muzeyga, muassasaga, tashkilotga oʻtkazish ushbu muzeyning mulkdori (muassisi) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Yuridik va jismoniy shaxslarning Fond tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalariga boʻlgan fuqarolik huquq va majburiyatlarini belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilishga yoʻnaltirilgan harakatlari, shu jumladan, mulk huquqini boshqa shaxsga oʻtkazish mazkur harakatlar Fondning Davlat katalogida roʻyxatdan oʻtkazilganidan keyingina amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Fondning davlatga tegishli boʻlmagan qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari boʻyicha oldi-sotdi yoki hadya bitimlari tuzilganda sotib oluvchi yoki hadya oluvchi ushbu ashyolar va kolleksiyalarga nisbatan sotuvchi yoxud hadya qiluvchida boʻlgan barcha majburiyatlarni oʻz zimmasiga olishi shart. Mazkur ashyolar va kolleksiyalarning oldi-sotdisida davlat imtiyozli sotib olish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fondning davlatga tegishli boʻlmagan qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari vasiyat yoki qonunga binoan meros qilib olinganda merosxoʻr ushbu ashyolar va kolleksiyalarga nisbatan meros qoldiruvchida boʻlgan barcha majburiyatlarni oʻz zimmasiga olishi shart. Bu majburiyatlardan bosh tortgan taqdirda, merosxoʻr mazkur muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan shartlarda sotishi yoki boshqa bitim tuzishi mumkin. Bu holda davlat imtiyozli sotib olish huquqiga ega boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sotib oluvchi, hadya oluvchi yoki merosxoʻr Fondning davlatga tegishli boʻlmagan qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalariga nisbatan oʻz majburiyatlari bajarilishini taʼminlamasa, davlat ushbu ashyolar va kolleksiyalarni qonunchilikka muvofiq haqini toʻlab olish huquqiga ega.
(21-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalariga oid ushbu bandda nazarda tutilgan bitimlar Fondning Davlat katalogida roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran tuzilgan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning birinchi — uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini davlat tomonidan imtiyozli sotib olish huquqi yoki haqini toʻlab olish huquqini roʻyobga chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi yoki uning hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(21-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Fondning davlatga tegishli boʻlmagan qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining oldi-sotdisida davlatning imtiyozli sotib olish huquqini taʼminlash maqsadida, mulkdor oldi-sotdi harakatlarini amalga oshirishdan uch oy oldin bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi yoki uning hududiy organlariga yozma ravishda murojaat qilishi lozim.
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom talabi buzilgan holda tuzilgan bitimlar belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Fond holati ustidan davlat nazorati
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Fond holati ustidan davlat nazoratini Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi amalga oshiradi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Fondning davlatga tegishli qismi holati ustidan davlat nazorati quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining but saqlanishi holatini hamda ularni saqlash sharoitlarini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari haqida Fond tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari hisobini yuritish uchun zarur boʻlgan soʻrovnomalar yoʻllash hamda axborot olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Fondning davlatga tegishli boʻlmagan qismi holati ustidan davlat nazorati quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining but saqlanishi holatini hamda ularni saqlash sharoitlarini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat muzeylarga biriktirib qoʻyilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining mulkdori oldiga ularni saqlash joyini oʻzgartirish yoki ularni tasarrufdan chiqarish toʻgʻrisidagi masalani qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari haqida Fond tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari hisobini yuritish uchun zarur boʻlgan soʻrovnomalar yoʻllash hamda axborot olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Fond holati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Fond tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini saqlash, ulardan foydalanish, hisobga olish va taʼmirlash qoidalarini buzganlikda aybdor shaxslar amaldagi qonunchilikka muvofiq jinoiy, maʼmuriy va boshqa tartibda javobgar boʻladilar.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Fond tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalariga ziyon yetkazgan yuridik va jismoniy shaxslar yetkazilgan zararni belgilangan tartibda qoplab berishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 31-oktabrdagi 237-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hisobga olish va saqlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1. Mazkur Nizom “Muzeylar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hisobga olish, saqlash, taʼmirlash ishlarini tashkil etish tartibi hamda muzey rahbar va mutaxassislarining shu sohaga oid huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha muzeylar uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Muzeylar oʻzlarida saqlanayotgan barcha muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari hisobga olinishi va saqlanishi uchun toʻliq javobgardirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizom va boshqa tegishli meʼyoriy hujjatlar asosida har bir muzeyda muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hisobga olish, saqlash va taʼmirlashning ichki tartiblarini aniqlab beruvchi yoʻriqnoma ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Muzey binosini yongʻindan saqlash va qoʻriqlash ishlari belgilangan tartibda tashkil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hisobga olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hisobga olish deganda Oʻzbekiston Respublikasining umumxalq mulki boʻlgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini aniqlash va tegishli tartibda qayd etish tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobga olish muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini oʻrganish, namoyish etish va saqlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi hamda ularning huquqiy himoyalanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Muzey ashyolari va kolleksiyalarini hisobga olish ikki bosqichda, yaʼni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzeyga olingan ashyolar va kolleksiyalarning dastlabki himoya hujjatlarini tuzish (dalolatnomalar yozish, kirim daftarida ularning qisqacha tavsifini qayd etish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularni inventar daftarlarida hisobga olish, yaʼni ilmiy roʻyxatdan oʻtkazish (muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini xillari va maʼlum bir sanʼat turiga mansubligiga qarab turkumlashtirish, tegishli daftarlarda kengaytirilgan va aniq tavsiflarini aks ettirish) tarzida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Muzeylarda saqlanayotgan ashyolar va kolleksiyalarning narxlari buxgalteriya hisoboti hujjatlarida aks ettirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Muzeyning asosiy va ilmiy-koʻmakchi fondlari tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari majmui muzey fondini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond ishlarini yuritish, muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini sotib olish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish masalalarini kollegial hal etish maqsadida muzeylarda Fond ishlari va sotib olish komissiyalari tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Muzeyga olingan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari qatʼiy tartibda hisobga olinib, hujjatlashtirilishi shart. Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini rasmiylashtirish hujjatlari shakllari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tomonidan belgilanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Muzeyga doimiy saqlash uchun olingan barcha muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari ilmiy roʻyxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomda belgilangan tartibda hisobga olinmagan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini muzeylarda saqlash qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hisobga olishning asosiy hujjatlari quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirim daftari va inventar daftarlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini doimiy (vaqtincha) saqlashga oid qabul dalolatnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini taʼmirlash va hisobdan chiqarish dalolatnomalari (ular muzey fondi tarkibidan chiqarilgan hollarda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fond ishlari va sotib olish komissiyalarining bayonnomalari, fond harakatiga taalluqli buyruqlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hisobga olish hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirishlar direktor yoki bosh muhofiz (fond mudiri), hisobga olish boʻlimining mudiri tomonidan imzolanadi va muzey muhri bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hisobga olish boʻyicha toʻliq rasmiylashtirilmagan hujjatlar ijro uchun qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Muzeyning kirim va ilmiy roʻyxatdan oʻtkazish daftarlarini yuritishdan avval ularning har bir sahifasiga tartib raqami qoʻyilib tikiladi, muzey boʻysunuvchi tegishli yuqori boshqaruv organi (nodavlat muzeylarda — mulkdor) tomonidan muhrlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Muzeyning barcha hisobga olish daftarlarini yangilash muzey boʻysunuvchi tegishli yuqori boshqaruv organi (nodavlat muzeylarda — mulkdor) ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hisobga olishga oid barcha hujjatlar muzeyda doimiy saqlanadi. Hisobga olish hujjatlari qonunchilikda belgilangan holatlardan tashqari boshqa shaxslarga berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari toʻplami muzeylarning asosiy va ilmiy-koʻmakchi fondlarida hisobga olinadi. Tabiat muzeylarida xom ashyo fondi ham mavjud boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Asosiy va ilmiy-koʻmakchi fondlar tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hisobga olish shakl va qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tomonidan ishlab chiqilgan Yoʻriqnoma asosida amalga oshiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Muzeyning asosiy fondi tarkibiga kiritilgan barcha muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari fotosuratga olinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ilmiy roʻyxatdan oʻtkazish asosiy fonddagi muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini oʻrganish, ilmiy tahlil etish va tavsiflashning asosiy shakli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Agar muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini ilmiy roʻyxatdan oʻtkazish kengroq sharh yoki mutaxassisning xulosasi zarur boʻlsa, xulosa berayotgan tashkilotning ekspertiza komissiyasi yoki oʻsha mutaxassis ishlayotgan idora tomonidan tegishli tartibda rasmiylashtirilgan hujjat dalolatnomaga ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ilmiy roʻyxatdan oʻtkazish daftarlaridan chiqarib yuborilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining tartib raqamlarini roʻyxatdan oʻtayotgan yangi muzey ashyosiga berish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ayrim hollarda (asosiy fondda saqlanayotgan ashyo shikastlanganda, yemirilganda, oʻgʻirlanganda yoki tasarrufdan chiqarilganda va hokazo) ilmiy-koʻmakchi fond ashyolari muzeyning Fond ishlari va sotib olish komissiyasi qarori hamda muzey direktorining buyrugʻi bilan asosiy fondga oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Asosiy fond tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini ilmiy-koʻmakchi fondga oʻtkazish faqat muzey boʻysunuvchi boshqaruv organi (nodavlat muzeylarda — mulkdor) ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Muzeyga doimiy saqlash uchun olingan ashyolar bir oy muddatda asosiy yoki ilmiy-koʻmakchi fondlarning kirim daftarlarida hisobga olinishi shart. Vaqtinchalik saqlash uchun olingan ashyolar maxsus kirim daftarida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muzey ashyosining kirim daftaridagi tartib raqami bir vaqtning oʻzida uni muzeyga qabul qilish dalolatnomasida ham qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Doimiy foydalanish uchun olingan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hisobga olishda ularning sotib olingan narxi yozib qoʻyiladi (muzey ashyolari sovgʻa qilingan yoki homiylar mablagʻi evaziga olingan holatlar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Muzey filiallarida saqlanayotgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari haqidagi barcha maʼlumotlar bosh muzeyning yillik hisobotlarida aks ettiriladi hamda muzey boʻysunuvchi boshqaruv organi (nodavlat muzeylarda — mulkdor) eʼtiboriga havola qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Muzey filiallarida saqlanayotgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining vaqtinchalik yoki doimiy foydalanish uchun berilishini tegishli tartibda rasmiylashtirish ishlari bosh muzey tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Muzey filiallaridagi har bir muzey ashyosi va muzey kolleksiyasini hisobga olish hujjatlari bosh muzeyda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ilmiy kutubxona va muzey arxivining materiallari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini saqlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining saqlanishini taʼminlash, ularni shikastlanish, kasallanish, qalbakilashtirish, almashtirish, yemirilishdan va oʻgʻirlanishdan himoya qilish, shuningdek ularni oʻrganish, namoyish etish va ommalashtirish uchun qulay sharoit yaratish muzeylarning asosiy vazifasidir.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini vaqtinchalik yoki doimiy foydalanish maqsadida boshqa yuridik shaxsga berish muzey boʻysunuvchi yuqori boshqaruv organi (nodavlat muzeylarda — mulkdor)ning buyrugʻiga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan tartibda hisobga olinib, shifr va tartib raqamlari qoʻyilmagan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini foydalanish uchun boshqa yuridik shaxsga berish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini vaqtinchalik foydalanishga oladigan muassasa ularni oʻz muddatida qaytarish toʻgʻrisida kafolat xati taqdim etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Muzeyda vaqtinchalik saqlanayotgan eksponatlarni ularning egasidan ruxsat olmay boshqa shaxslar yoki tashkilotlarga berish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini muzey ichida qisqa muddatga bir boʻlimdan boshqa boʻlimga yoki tahlil etish maqsadida ilmiy xodimga berish bosh muhofiz ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Muzeyga olingan muzey kolleksiyalari butunligicha hisobga olinadi va saqlanadi. Ularni boshqa muzey ashyolari yoki muzey kolleksiyalari bilan aralashtirib yuborishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining oʻgʻirlanishi, nobud boʻlishi, qalbakilashtirish, almashtirish, shikastlanishi aniqlangan har bir holatda muzey direktori ushbu hodisani batafsil tavsiflab, bu haqda muzey bevosita boʻysunuvchi yuqori boshqaruv organi (nodavlat muzeylarda — mulkdor)ga yozma ravishda xabar qilishi shart.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari oʻgʻirlangan taqdirda ularni topish choralarini koʻrish maqsadida muzey direktori yoki bosh muhofizi tezlik bilan huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari nobud boʻlgan yoki jiddiy shikastlangan hollarda ularga yetkazilgan zarar toʻgʻrisidagi dalolatnoma rasmiylashtirilishi va unga muzey ashyosining fotosurati ilova qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Muzey rahbariyati muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini belgilangan vaqtlarda muntazam xatlovdan oʻtkazish, yaʼni muzey bu ashyolarining fondlarda mavjudligi va saqlanish holatini kirim daftarlari, ilmiy roʻyxatdan oʻtkazish daftarlari, dalolatnomalar va boshqa hisob hujjatlari bilan solishtirib turish ishlarini tashkil etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Oʻz tarkibida uch mingtagacha muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari boʻlgan kichik muzeylar fondidagi barcha ashyolar har yili xatlovdan oʻtkaziladi. Uch mingdan koʻp muzey ashyolari va muzey kolleksiyalariga ega boʻlgan muzeylarda xatlov ishlari muzeyning boʻlimlari yoki muzey ashyolari turlari boʻyicha har ikki yilda bir marta oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini xatlovdan oʻtkazish ishlari muzey direktorining buyrugʻiga binoan tashkil etiladigan komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Komissiya ishida shu kolleksiya uchun masʼul boʻlgan shaxs ishtirok etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Muzeyga arxeologik ekspeditsiyalar materiallari vaqtinchalik saqlab turish uchun qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini taʼmirlash ishlarini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Muzey rahbariyati ashyolar va kolleksiyalarni taʼmirlash ishlarini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini taʼmirlash ishlari yirik muzeylarning taʼmirlash boʻlimlari, ustaxonalari va muzeylarning shtatlar jadvalidagi taʼmirchilar yoki ashyolarni taʼmirlashga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Noyob muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini taʼmirlash ishlari muzeylar buysunadigan yuqori boshqaruv organi (nodavlat muzeylarida — mulkdor) ruxsati bilan malakali taʼmirchi ustalar, mutaxassislar va muzey xodimlaridan iborat komissiya xulosasiga koʻra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Tarkibida taʼmirlash ustaxonalari yoki taʼmirlovchilari boʻlgan har bir muzeyda Taʼmirlash kengashi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Muzey ashyolari va kolleksiyalarini taʼmirlash ishlari taʼmirlash ustaxonalari yoki yirik muzeylarning ustaxonalarida uzoq muddatli tajribadan oʻtkazilgan, sinalgan, foydalanish uchun tavsiya qilingan usullar va xom ashyolar asosida bajarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Muzeylarda taʼmirlash ishlarining qatʼiy roʻyxati yuritilishi lozim. Taʼmirlanayotgan muzey ashyosining holati bayonnoma va boshqa tegishli hujjatlarda aks ettiriladi. Muzey ashyolari taʼmirlash ishlari boshlanishidan oldin, taʼmirlanish jarayonida va taʼmirlash ishlari tugaganidan soʻng fotosuratga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini taʼmirlash ustaxonalariga topshirish va ularni taʼmirlangandan soʻng qaytarib olish, topshirish-qabul qilib olishga tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini taʼmirlash uchun ularni tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmagan holda berib yuborish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Muzey rahbar xodimlari hamda mutaxassislarining muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hisobga olish va saqlashga oid huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Muzey direktori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini saqlash, muzey fondini toʻldirib borish, hisobga olish, ilmiy roʻyxatdan oʻtkazish, taʼmirlash va muhofaza qilish ishlariga oid huquqiy-meʼyoriy hujjatlardan kelib chiqadigan tartib va qoidalarga muzey xodimlari tomonidan amal qilinishi holatlarini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini saqlash boʻyicha milliy va xorijiy ilgʻor tajribalarni muzey faoliyatiga joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini saqlash borasidagi ishlarni takomillashtirish yuzasidan yuqori boshqaruv organi (nodavlat muzeylarda — mulkdor)ga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartib va qoidalarning bajarilishiga sovuqqonlik bilan munosabatda boʻlgan, oʻz lavozim majburiyatlarini toʻliq bajarmayotgan xodimlarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrish va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni vaqtda muzey direktori muzey ashyolari va kolleksiyalarini saqlash, fondni toʻldirib borish, hisobga olish, ilmiy roʻyxatdan oʻtkazish, taʼmirlash va muhofaza qilish, muzey binosini kechayu kunduz qoʻriqlash va yongʻindan saqlash ishlarini tashkil etishga shaxsan javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Muzey direktorining oʻrinbosarlari muzey ashyolari va kolleksiyalarini hisobga olish, saqlash va taʼmirlash ishlarini tashkil etish va amalga oshirishga oʻz yoʻnalishlari doirasida masʼuldirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hisobga olish va saqlash ishlarini talab darajasida tashkil etish uchun muzey shtatlar jadvaliga bosh muhofiz lavozimi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh muhofiz muzey bevosita boʻysunuvchi boshqaruv organi (nodavlat muzeylarda — mulkdor) tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Bosh muhofiz lavozimi muzey shtatlar jadvalida nazarda tutilmagan boʻlsa, shuningdek u kasalligi yoki boshqa sabablar bilan ishga chiqmayotgan davrda uning vazifasi direktorning buyrugʻi bilan fond mudiri, ilmiy xodim yoki muhofizga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Bosh muhofiz (fond mudiri)ni lavozimga tayinlash yoki lavozimdan ozod etishda muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining butligi va saqlanishi, hisobga olish va saqlash ishlarining ahvoli, shart-sharoitlari, saqlash jihozlarining holati aks ettirilgan dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Bosh muhofiz (fond mudiri)ning hisobga olish, saqlash, taʼmirlash ishlariga oid barcha koʻrsatmalari muzey xodimlari tomonidan bajarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Muzey direktori muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hisobga olish, saqlash, taʼmirlash ishlari hamda shu faoliyat bilan shugʻullanuvchi xodimlarni ishga qabul qilishga oid barcha masalalarni bosh muhofiz bilan kelishgan holda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Bosh muhofiz (fond mudiri) muzey direktorining mazkur Nizom va tasdiqlangan boshqa meʼyoriy hujjatlarga zid boʻlgan topshirigʻini olgan taqdirda, uni bajarishdan oldin topshiriq amaldagi qoidalarga zid ekanligini direktorga yozma ravishda bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar direktor oʻz topshirigʻini yozma ravishda qayta tasdiqlasa, bosh muhofiz darhol bu haqda muzey bevosita boʻysunuvchi yuqori boshqaruv organini (nodavlat muzeylarda — mulkdorni) xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Bosh muhofiz quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hisobga olish, saqlash, muhofazalash va taʼmirlash ishlariga bevosita yoki tegishli tarkibiy boʻlimlar orqali rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini joydan-joyga koʻchirish bilan bogʻliq boʻlgan barcha hujjatlar, yozishmalar, hisobot va rejalar bilan tanishib chiqadi va buni oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaxiraxonalarga shaxslarni kiritish, muzey ashyolari va muzey kolleksiyalaridan foydalanishda belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish, xonalar kalitlaridan foydalanish qoidalariga amal qilinishini nazoratga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Bosh muhofiz (fond mudiri)ga quyidagi majburiyatlar yuklanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini mazkur Nizom va boshqa tegishli meʼyoriy hujjatlar asosida toʻgʻri hisobga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini nobud boʻlish va oʻgʻirlanishdan himoyalangan holda saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hisobga olish va ularni saqlashga oid barcha hujjatlarni toʻgʻri yuritish, ehtiyotlab saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hisobga olish, saqlash, taʼmirlash va qoʻriqlashning ichki tartiblarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hisobga olish, saqlash, taʼmirlash va qoʻriqlash, ularni joydan-joyga koʻchirish ishlarining toʻgʻri olib borilishi ustidan nazoratni taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Muhofizlar, faoliyati muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini saqlash bilan bogʻliq boʻlgan boshqa xodimlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaxiraxona va ekspozitsiya zallarini muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini saqlash qoidalariga javob beruvchi jihozlar (turli xil javonlar, temir sandiqlar va boshqalar) bilan taʼminlash toʻgʻrisida muzey rahbariyatiga murojaat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzey rahbariyatidan oʻz moddiy javobgarligi ostidagi muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini belgilangan tartibda saqlash, ularni nobud boʻlishdan va oʻgʻirlanishdan asraydigan shart-sharoitlar yaratilishini talab qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspozitsiya va koʻrgazmalarni kuzatib boradi, ularda eksponatlarning saqlanishi va butligini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlariga biriktirilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini toʻgʻri hisobga oladi, ularni shikastlanish, nobud boʻlish va oʻgʻirlanishdan saqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ashyolar va kolleksiyalarni oʻz vaqtida ilmiy roʻyxatdan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini belgilangan tizimga asosan fondda maxsus ajratilgan joylarda, belgilangan tartibda saqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir muzey ashyosi va muzey kolleksiyasiga oid topografik roʻyxatlar, ilmiy maʼlumot beruvchi kartotekalar yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish vaqti davomida va ish vaqti tugagach, xona, javon va boshqa jihozlarni qulflash, plombalash, oʻz shaxsiy muhri bilan muhrlash ishlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini saqlash qoidalari buzilishiga olib keladigan kamchiliklar aniqlanganda, ular haqida muzey rahbariyatiga xabar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaxiraxonaga begona kishilarning kirishiga yoʻl qoʻymaydi va hokazo.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Ishdan boʻshash yoki shu muzeyda boshqa ishga oʻtishda muzey ashyolari va muzey kolleksiyalariga javobgar boʻlgan xodim ularni yangi xodimga yoki muzey rahbariyati tomonidan tuzilgan maxsus komissiyaga topshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining yoʻqolishi, oʻgʻirlanishi yoki nobud boʻlishiga sababchi boʻlgan, yongʻindan saqlash qoida va tartiblarini buzgan xodimlar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalariga ziyon yetkazgan yuridik va jismoniy shaxslar yetkazilgan zararni belgilangan tartibda qoplashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 31-oktabrdagi 237-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublika muzeylari faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1995-yil 26-iyundagi 236-son qarori 1-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari hamda qarorga 1 va 2-ilovalar.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 44-45-son, 444-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son; 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)