19.05.2008 yildagi PQ-868-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
 LexUZ sharhi
“Yoshlar yili” Davlat dasturining ijrosi yuzasidan hamda mamlakatning real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida talab etiladigan yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassislarni maqsadli hamda sifatli tayyorlash, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va iqtisodiyotning tarkibiy qayta tuzilishi istiqbollarini hisobga olgan holda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
3. 2008/2009 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish va real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash bo‘yicha Davlat komissiyasining tarkibi 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin, uning zimmasiga oliy o‘quv yurti bitiruvchilarining real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida talab etilishini tahlil qilish asosida yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha oliy o‘quv yurtiga qabul qilish yuzasidan aniq takliflar tayyorlash vazifalari yuklansin.
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
 LexUZ sharhi