Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 09.10.2008 yildagi 223-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“GURLAN” AKSIYADORLIK JAMIYATI BAZASIDAGI “MURUVVAT-TEKS” XORIJIY Shu’BA KORXONASINING O‘Z EHTIYOJLARI UChUN ChETDAN KELTIRILGAN VA BOJXONA TO‘LOVLARI TO‘LAShDAN OZOD QILINADIGAN TEXNOLOGIK VA YORDAMChI ASBOB-USKUNALAR, EHTIYOT QISMLAR HAMDA TEXNOLOGIK JIHOZLAR RO‘YXATINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2006 — 2008-yillarda to‘qimachilik sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish va texnikaviy qayta jihozlash Dasturi to‘g‘risida” 2006-yil 13-noyabrdagi PQ-510-son qarorining bajarilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gurlan” aksiyadorlik jamiyati bazasidagi “MURUVVAT-TEKS” xorijiy shu’ba korxonasi to‘qimachilik kompleksini tashkil etish” loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2006 — 2008-yillarda to‘qimachilik sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish va texnikaviy qayta jihozlash Dasturi to‘g‘risida” 2006-yil 13-noyabrdagi PQ-510-son qarori 1-ilovasiga kiritilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu loyiha doirasida “MURUVVAT-TEKS” xorijiy shu’ba korxonasi bilan “Zeromax GmbH” (Shveysariya) kompaniyasi o‘rtasida umumiy summasi 12526846 AQSh dollari bo‘lgan texnologik va yordamchi asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar hamda texnologik jihozlar yetkazib berish yuzasidan 2006-yil 17-noyabrdagi № ZM/MT-001 raqamli import kontrakti tuzilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yengil sanoat korxonalarini qurish, qayta ixtisoslashtirish va modernizatsiya qilishga doir takliflarni ko‘rib chiqish bo‘yicha idoralararo ekspert kengashi tomonidan ushbu kontrakt doirasida chetdan keltirilgan va bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod qilinadigan texnologik va yordamchi asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar hamda texnologik jihozlar ro‘yxati yuzasidan ijobiy xulosa berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur kontrakt doirasida olib kirish vaqtida “Gurlan” aksiyadorlik jamiyati bazasidagi “MURUVVAT-TEKS” xorijiy shu’ba korxonasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2006 — 2008-yillarda to‘qimachilik sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish va texnikaviy qayta jihozlash Dasturi to‘g‘risida” 2006-yil 13-noyabrdagi PQ-510-son qarorining 5-bandiga muvofiq bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod qilinadigan texnologik va yordamchi asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar hamda texnologik jihozlar ro‘yxati ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi bo‘shab qoladigan mablag‘lardan “Gurlan” aksiyadorlik jamiyati bazasidagi “MURUVVAT-TEKS” xorijiy shu’ba korxonasi tomonidan ishlab chiqarishni texnikaviy qayta jihozlash va modernizatsiya qilish, tayyor mahsulotlarning yangi turlarini o‘zlashtirish, o‘z aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun maqsadli foydalanilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsinlar. Ushbu mablag‘lardan belgilangan maqsadda foydalanilmagan taqdirda ular korxonaga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jarima sanksiyalari qo‘llagan holda to‘liq hajmda davlat budjetiga undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 9-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
223-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 40-41-son, 413-modda)