02.10.2008 yildagi PQ-969-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2009-YILGI INVESTITSIYA DASTURI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsiya faoliyatini jadallashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalarni, eng avvalo to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni keng jalb etish va ulardan samarali foydalanish, ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish, yangi ish o‘rinlari yaratish va shu asosda O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror va bir maromda rivojlanishini ta’minlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi Investitsiya dasturining asosiy parametrlari 1 va 2-ilovalarga* muvofiq ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-2 ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 2009-yilgi markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar limitlari 3-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan tashqari Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2009-yilgi markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar limitlari 4-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan tashqari Respublika maktab ta’limi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2009-yilgi markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar limitlari hamda Saudiya taraqqiyot fondi va OPEK fondining imtiyozli kreditlari hisobidan 2009-yilda quriladigan umumta’lim maktablarining aniq manzilli ro‘yxati 5 va 5a-ilovalarga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 5-5a ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Taraqqiyot va tiklanish jamg‘armasi mablag‘larini jalb etgan holda 2009-yilda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining aniq manzilli dasturi 6-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 6-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash fondining mablag‘lari hisobidan 2009-yilgi markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar limitlari 7-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 7-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati bilan xorijiy kreditlarni jalb etgan holda amalga oshiriladigan 2009-yilgi investitsiya loyihalarining aniq manzilli dasturi 8-ilovaga* muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 8-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar ma’qullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarning shaxsiy mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash loyihalari bo‘yicha 2009-yilgi qurilishlarning aniq manzilli ro‘yxati 9-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 9-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda amalga oshiriladigan 2009-yilgi investitsiya loyihalarining aniq manzilli dasturi 10-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 10-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yilda yakuniga yetkazilishi zarur bo‘lgan istiqbolli investitsiya takliflarining yig‘ma ro‘yxati 11-ilovaga* muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 11-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, buyurtmachi vazirliklar va idoralar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘n kun muddatda davlat budjeti, budjetdan tashqari Respublika yo‘l jamg‘armasi, Maktab ta’limi jamg‘armasi va O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar bo‘yicha 2009-yilgi qurilishlarning dastlabki aniq manzilli ro‘yxatini kelishib olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligiga taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yilning 25-oktabrigacha O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi bilan birgalikda 2009-yilda qurilishi yangidan boshlanadigan, davlat budjeti va budjetdan tashqari Respublika yo‘l jamg‘armasi, Maktab ta’limi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar bo‘yicha tanlov savdolarini o‘tkazishni ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov savdolarining natijalari tasdiqlangandan so‘ng yigirma kun muddatda yangidan boshlanadigan obyektlar bo‘yicha pudrat shartnomalari tuzilishini ta’minlasin va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda uning hududiy organlariga, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi banklarga moliyalashni ochish maqsadida taqdim qilish uchun qurilishlarning titul ro‘yxatlarini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yilning 15-noyabrigacha davlat budjeti, budjetdan tashqari Respublika yo‘l jamg‘armasi, Maktab ta’limi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar bo‘yicha 2009-yilgi qurilishlarning uzil-kesil aniq manzilli ro‘yxatini kelishib olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligiga taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yilning 10-dekabrigacha korxonalarning shaxsiy mablag‘lari, xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar bo‘yicha 2009-yilgi loyihalarni amalga oshirishning belgilangan tartibda tasdiqlangan tarmoqli jadvallarini O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirliklar va idoralar — xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklarning qarz mablag‘larini jalb etgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining buyurtmachilari 2008-yilning 15-dekabrigacha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda vakil banklar bilan birgalikda qarz bitimlarining kuchga kirishi bo‘yicha chora-tadbirlarni yakuniga yetkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “O‘zinfoinvest” agentligi 11-ilovaga kiritilgan investitsiya loyihalarining tashabbuskorlari bilan birgalikda ularni amalga oshirish maqsadida batafsil ishlab chiqilishini ta’minlasin. Mazkur masala bo‘yicha har chorakda Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etib tursin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi har chorak yakunlari bo‘yicha 2009-yilgi Investitsiya dasturi bajarilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida muhokama qilish uchun axborot-tahlillarini taqdim etib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilarga:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari hamda donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari bo‘yicha idoralararo kengashga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining qo‘shma taqdimnomasi bo‘yicha 2009-yil mobaynida tasdiqlangan Investitsiya dasturining umumiy parametrlari doirasida investitsiya loyihalarining aniq manzilli dasturiga va ayrim buyurtmachilar bo‘yicha kapital mablag‘lar limitlariga aniqliklar kiritish, shu jumladan istiqbolli investitsiya takliflarini yig‘ma ro‘yxatdan dasturning aniq manzilli qismiga o‘tkazish huquqi;
(8-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 12-oktabrdagi PQ-1204-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2009-y., 42-son, 449-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, o‘tkazilgan tanlov savdolari hamda ayrim qurilishlar va obyektlar bo‘yicha mablag‘larni amalda o‘zlashtirish natijalariga ko‘ra tasdiqlangan limitlar doirasida buyurtmachilar qurilishlarining aniq manzilli ro‘yxatiga o‘zgartishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi loyiha va qurilish-montaj ishlarining sifati hamda investitsiya loyihalari amalga oshiriladigan butun davr mobaynida markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar qurilishi muddatlari va shartnoma majburiyatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib borilayotgan ishlarning natijalari to‘g‘risida har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot berib turilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda markazlashtirilgan manbalar hisobidan amalga oshiriladigan kapital qurilishda narxlarning shakllantirilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.M. Xanov zimmalariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 2-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ–969-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 40-41-son, 408-modda; 2009-y., 42-son, 449-modda)