O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA OLIB KIRIShDA IMPORT BOJXONA BOJI VA QO‘ShILGAN QIYMAT SOLIG‘IDAN OZOD QILINADIGAN TEXNOLOGIK JIHOZLAR, BUTLOVChI BUYuM VA EHTIYOT QISMLAR RO‘YXATIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 23-sentabrda 1802-1-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasining 2013-yil 15-fevraldagi 21, 16, 3, 01-02/8-44-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan texnologik jihozlar ro‘yxatini tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2436, 20.03.2013-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2007-yil 14-martdagi PF-3860-son Farmonining 5-bandiga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 11-son, 96-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 27-martdagi PQ-823-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 14-15-son, 98-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2008-yil 2-maydagi 52, 46, EG-01/19-2784 va 01-02/8-38-son qarori (2008-yil 3-may, ro‘yxat raqami 1802 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 19-son, 163-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan texnologik jihozlar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar Ro‘yxatining o‘zbek tilidagi matniga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 15-sentabr,
58-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 15-sentabr,
94-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. G‘ANIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 15-sentabr,
EG-01/10-5084-son
Davlat bojxona qo‘mitasining raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 15-sentabr,
01-02/8-53-son
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasining 2008-yil 15-sentabrdagi 58-son, 94-son, EG-01/10-5084-son, 01-02/8-53-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan texnologik jihozlar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar ro‘yxatining o‘zbek tilidagi matniga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Ikkinchi grafaning nomlanishi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“TIF TN kodi (2007-yil versiyada)”.
2. 81-banddagi “8704 23 910 0” raqami “8704 23 910” raqami bilan almashtirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 39-son, 399-modda)