Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2008—2012 YILLARDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ATROF MUHITNI MUHOFAZA QILISh IShLARI DASTURI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va xoʻjalik yuritishning ekologik usullarini joriy etish, atrof muhitni muhofaza qilishni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2008—2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi va uni roʻyobga chiqarish tadbirlari 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasiga ishlarni tashkil etish va 2008—2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturining bajarilishini nazorat qilish yuklansin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va tashkilotlar:
ushbu qaror bilan tasdiqlangan tadbirlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritish uchun har yili Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga va Moliya vazirligiga belgilangan tartibda takliflar kiritsinlar;
2008—2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturini bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 19-sentabr,
212-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 19-sentabrdagi 212-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
2008—2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari
DASTURI
2008 — 2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 20-oktabrdagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan 1999 — 2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturining davomi boʻlib Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlarga ekologik jihatdan koʻmaklashish prinsiplariga asoslanadi va uning asosiy qoidalari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari va loyihalarini ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda hisobga olinishi kerak.
I. Dasturning maqsadi va vazifalari
Ushbu Dastur atrof muhitni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni taʼminlash, tabiiy tizimlarni, ularning biologik rang-barangligini hamda oʻzini oʻzi toʻgʻrilash qobiliyatini saqlash va qayta tiklash tabiiy resurslardan oqilona va kompleks foydalanishni taʼminlash, tabiatdan foydalanishni boshqarishning samarali iqtisodiy metodlarini joriy etishni davom ettirish, atrof muhitning ifloslanish darajasini kamaytirish, tabiiy muhitni saqlashni taʼminlashning huquqiy mexanizmini takomillashtirish, ekologik ilm-fanni rivojlantirish, ekologik bilimlarni keng targʻib qilish, shuningdek ekologik madaniyatni oshirish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Koʻrsatib oʻtilgan maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalarni hal etish nazarda tutilmoqda:
tabiiy resurslardan, shu jumladan suv, yer, mineral xomashyo, biologik resurslardan oqilona va kompleks foydalanish;
respublikaning butun hududi boʻyicha atrof tabiiy muhitning ifloslanish darajasini sanitariya-gigiyena normalarigacha pasaytirish;
ekologik talafot zonasida — Orolboʻyida, shuningdek mamlakatning ekologik jihatdan noqulay boʻlgan boshqa hududlarida ekologik holatni mahalliylashtirish, qayta tiklash va sogʻlomlashtirishni taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻrish;
muhofaza qilinadigan yangi tabiiy hududlarni tashkil etish va mavjudlarini kengaytirish;
respublika aholisini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash;
ekologik jihatdan toza va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni, shu jumladan qayta tiklanayotgan energiya manbalaridan foydalanish boʻyicha texnologiyalarni joriy etish;
ekologiya sohasida ilmiy-texnika potensialini rivojlantirish hamda fan va texnika yutuqlaridan foydalanish;
ekologik monitoring, prognoz va axborotlarning kompleks tizimini amalga oshirish;
respublika hududlarini atrof muhitning transchegaraviy ifloslanishini nazorat qilish va undan muhofaza etishning yagona xizmatini shakllantirish;
ekologik qonunchilik, taʼlim, madaniyat va aholini tarbiyalash, shuningdek ekologik bilimlarni targʻib qilish tizimlarini takomillashtirish;
ekologik muammolarni hal etishda jahon hamjamiyati bilan hamkorlikni chuqurlashtirish.
II. Dasturni amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari
Ushbu Dasturda quyidagi toʻrtta asosiy yoʻnalishlar boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish moʻljallanmoqda:
atrof muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash;
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va xoʻjalik yuritishning ekologik metodlarini joriy etish;
normativ-huquqiy bazani takomillashtirish hamda ekologik ilm-fanni, aholining ekologik taʼlimi va tarbiyasini rivojlantirish;
xalqaro hamkorlik va mintaqaviy ekologik xavfsizlik.
2.1. Atrof muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash
Atrof muhitning ifloslantiruvchi moddalar chiqindilari va oqovalari bilan ifloslanish darajasini kamaytirish, chiqindilarni zararsizlantirish, xoʻjalik faoliyatining turli sohalarida resurslarni tejaydigan va chiqitsiz texnologiyalarni joriy etish, korxonalarni tabiatni muhofaza qiluvchi zamonaviy asbob-uskunalar bilan texnologik jihatdan qayta taʼminlash va jihozlash, suv, tuproq atmosfera havosi sifatini normativdagi talablarga muvofiq boʻlishini taʼminlash, kanalizatsiya tozalash inshootlari va suv quvurlari tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va qurish, atrof muhitning holati monitoringi tizimlarini, ekologik xavfsizlikning kompleks tizimini modernizatsiya qilish va amalga oshirish koʻrsatib oʻtilgan sohalardagi asosiy vazifalar hisoblanadi.
Ushbu vazifalarga muvofiq mazkur boʻlimda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda:
transport vositalaridan chiqadigan ifloslantiruvchi moddalarni kamaytirish;
temir yoʻllarni elektrlashtirish;
issiqlik elektr stansiyalardan chiqadigan ifloslantiruvchi moddalarni kamaytirish;
suv resurslarining, ayniqsa chuchuk yer osti suvlari manbalari ifloslanishining oldini olish;
kanalizatsiya tozalash inshootlarini rekonstruksiya qilish va aholini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi shaharlari va aholi punktlarida suv quvurlari tarmoqlarini rivojlantirish;
respublikaning chiqindixonalar joylashgan hududlarida va radiatsiya jihatidan xavfli hududlarida ekologik holatni sogʻlomlashtirish.
2.2. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va xoʻjalik yuritishning ekologik metodlarini joriy etish
Ushbu boʻlimda tabiiy resurslardan oqilona va kompleks foydalanish samaradorligini oshirishga hamda davlat boshqaruvi organlari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va boshqa tashkilotlarning xoʻjalik faoliyatida ekologik jihatdan toza texnologiyalarni qoʻllanishga yordam beradigan tadbirlar keltirib oʻtilgan.
Tabiiy tizimlarning oʻzini oʻzi toʻgʻrilash qobiliyatini saqlash va antoropogen faoliyat oqibatlari oʻrnini toʻldirish uchun yetarli boʻlgan landshaft va biologik rang-baranglikni saqlash va qayta tiklash; muhofaza qilinadigan yangi tabiiy hududlarni yaratish va mavjudlarini kengaytirish; yerlarning ekologik, shu jumladan meliorativ holatini yaxshilash; ekologik jihatdan noqulay hududlarda, birinchi navbatda, Orolboʻyi zonasida ekologik tizimlarni barqarorlashtirish va qayta tiklash; energiya ishlab chiqarishni, shu jumladan energiyaning qayta tiklanadigan manbalaridan foydalanishni ekologik jihatdan samarali holatda saqlash; yoqilgʻining va chiqindilarni qayta ishlashning ekologik jihatdan xavfsiz turlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish; atrof tabiiy muhit monitoringi va gidrogeologik jarayonlarni nazorat qilish tizimlarini yaratish, shuningdek tegishli kadastrlarni yuritgan holda jugʻrofiy-axborot tizimlarini shakllantirish, ular quyidagi asosiy tadbirlarni oʻz ichiga oladi:
Oʻzbekiston Respublikasining biologik rang-baranglikni saqlash boʻyicha Milliy strategiyasini va ishlar rejasini amalga oshirish;
muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni kengaytirish va qoʻriqxonalarni takomillashtirish;
biologik rang-baranglik holatini tadqiq qilish va baholash;
respublikaning ayrim viloyatlarida sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash;
Orol dengizining qurib qolgan qismida qumliklarni mustahkamlash;
Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringini yuritish;
gidrogeologik jarayonlarni nazorat qilish tizimlarini takomillashtirish;
jugʻrofiy-axborot tizimini shakllantirish va rivojlantirish;
respublika korxonalarida ishlab chiqarishning yangi, ekologik jihatdan toza va kam chiqitli texnologiyalarini joriy etish hamda tabiiy muhitning ifloslanishini qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
konchilik va boshqa ishlarni amalga oshirish natijasida buzilgan yerlarning unumdorligini oshirish;
drenaj va irrigatsiya infratuzilmalarini rekonstruksiya qilish hamda vetlandlarni qayta tiklash;
maishiy chiqindilarni zararsizlantirish, biogaz olish hamda undan iqtisodiyotning turli tarmoqlarida foydalanish va shu kabilarning ekologik jihatdan xavfsiz texnologiyasini ishlab chiqish.
2.3. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish hamda ekologik ilm-fanni, aholining ekologik taʼlimi va tarbiyasini rivojlantirish
Dasturning ushbu boʻlimida atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy bazani rivojlantirishga, aholining uzluksiz ekologik taʼlimi, madaniyati va tarbiyasi tizimini takomillashtirishga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining ekologik xaritasi va atlasini yaratishga katta ahamiyat berilmoqda.
Tabiiy muhit va ekologik xavfsizlikni saqlashni taʼminlashning samarali huquqiy mexanizmini, favqulodda ekologik holat va ekologik talafot zonalarini aniqlashni reglamentlashni baholash mezonlarini, ekologik qonun buzilishlari uchun adekvatli javobgarlikni va uning muqarrarligini taʼminlash maqsadida qonuniy qoʻllaniladigan amaliyotni yaratish; Oʻzbekiston Respublikasining huquqiy tizimida xalqaro ekologik standartlar va ekologik sertifikatlarni mustahkamlash; ekologik taʼlim va tarbiya, aholining ekologik madaniyatini oshirish tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, jamiyatning turli qatlamlarini ekologik muammolarni, shu jumladan ekologik bilimlarni tahlil qilish vositasi bilan hal etishga keng jalb qilish koʻrsatib oʻtilgan sohadagi asosiy vazifalar hisoblanadi.
Ushbu maqsadlarda quyidagi tadbirlar nazarda tutilmoqda:
“Favqulodda ekologik holat va ekologik talafot zonalari toʻgʻrisida” hamda “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining yangi qonunlari loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish;
ekologik sertifikatlashtirish tizimida amal qilinadigan hujjatlarni ishlab chiqish;
barqaror rivojlantirish uchun taʼlim boʻyicha BMT EEK strategiyasi talablarini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasining ekologik taʼlim boʻyicha davlat standartiga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish;
Oʻzbekiston Respublikasida uzluksiz ekologik taʼlim va barqaror rivojlanish uchun taʼlim tizimini rivojlantirish va takomillashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi shaharlarida va sanoat zonalarida ekologik-gidrogeologik, muhandislik-geologik tadqiqotlarni hamda (yer osti va yer usti suvlari, tuproq, aeratsiya zonalari) kartografiyasini amalga oshirish;
tabiatni muhofaza qilishning amaldagi qonun hujjatlari normalarini, uni buzganlik uchun sanksiyalar belgilash va materiallarni rasmiylashtirish tartibi boʻyicha oʻquv va tadqiqot tadbirlarini tashkil etish;
Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi huzurida atrof muhit va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish muammolari boʻyicha turli jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat tarkibda jamoatchilik kengashi tashkil etish.
2.4. Xalqaro hamkorlik va mintaqaviy ekologik xavfsizlik
Oʻzbekiston Respublikasining ekologik xavfsizligiga ichki va transgchegaraviy xavf-xatarlarni aniq belgilash, ularni murakkablik va muhimlik darajasiga koʻra tasniflash, amaldagi, shuningdek potensial xalqaro tashabbuslar, dasturlar va loyihalar samaradorligini xatlovdan oʻtkazish va baholash yoʻli bilan “Oʻzbekiston-jahon hamjamiyati” oʻzaro hamkorligi samaradorligini oshirish ushbu yoʻnalishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Global ekologik va mintaqaviy muammolarni hal etishda qatnashish; xalqaro ekologik tashkilotlarda faol qatnashish; milliy manfaatlarga javob beradigan bir qator xalqaro normalar va ekologik huquqlarni qabul qilish va ratifikatsiya qilish, mintaqaviy ekologik xavfsizlikni taʼminlashda faol qatnashish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini amalga oshirish ushbu sohadagi asosiy ishlar hisoblanadi.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish tegishli xalqaro tashkilotlarda faol qatnashish, xalqaro (davlatlararo) shartnomalar, bitimlar, konvensiyalar tuzish, shu jumladan quyidagilarni:
“Axborotlardan foydalanish, atrof muhitga taalluqli masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish jarayonida, sud ishlarida jamoatchilikning qatnashishi va ulardan foydalanish toʻgʻrisida” BMT EEK Orxus Konvensiyasi (1998-yil)ni;
Biologik rang-baranglik toʻgʻrisidagi Konvensiyaga Bioxavfsizlik Kartaxen Protokolini ratifikatsiya qilish uchun materiallar tayyorlash orqali taʼminlanadi.
Ayni bir vaqtda milliy ekologik xavfsizlikning umumiy tizimida mintaqaviy xavfsizlik ham muhim oʻrin tutadi.
III. Dasturni amalga oshirish mexanizmi
Dastur tadbirlarining bajarilishini boshqarish va nazorat qilish Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan muvofiqlashtirilgan holda amalga oshiriladi, qoʻmita quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, shuningdek boshqa aloqador davlat boshqaruv organlari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar Dastur tadbirlarining bajarilishi monitoringini olib borishadi.
mavjud moddiy-texnika resurslari, texnologik quvvatlar va boshqa shunga oʻxshash omillarga muvofiq tadbirlarni aniqlashtiradi va ularga tuzatishlar kiritadi;
dasturiy tadbirlarni amalga oshirish uchun ajratilgan moliyaviy mablagʻlar va moddiy resurslardan foydalanish monitoringini yuritadi;
tadbirlarni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish usullari va shartlari boʻyicha takliflar kiritadi;
Dastur bosqichlari va tadbirlarining oʻz vaqtida bajarilishini va sifatini nazorat qiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga muntazam ravishda hisobot taqdim etadi.
Dastur doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar va loyihalar “Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq majburiy ekologik ekspertizadan oʻtkaziladi.
Dastur tadbirlarini amalga oshirish Vazirlar Mahkamasining barcha masʼul ijrochilar uchun bajarish majburiy boʻlgan qarori asosida roʻyobga chiqariladi.
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 19-sentabrdagi 212-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
2008—2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari
| T/r | Tadbirlar mazmuni | Bajarish muddatlari | Masʼul bajaruvchilar | Moliyalashtirish manbalari | Kutilayotgan natijalar |
| I. Atrof muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash | |||||
| 1.1 | Shirin shahrida oqova suvlarni tozalash inshootlari qurish. | 2009—2011-yillar | Shirin shahri hokimligi | “Oʻzbekenergo” DAK, 150 mln. soʻm | Sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash va ifloslangan oqova suvlar tashlamalarini suv obyektlariga oqizishni kamaytirish. |
| 1.2 | Navoiy shahrida 1978-yilda ishga tushirilgan biokimyoviy tozalash inshootlarini (aerotenk) rekonstruksiya qilish. | 2008-2009-yillar | “Navoiyazot” OAJ, Navoiy viloyati hokimligi | “Navoiyazot” OAJ, 750 mln. soʻm | Navoiy shahrida oqova suvlarni toʻliq tozalashni taʼminlash. Biokimyoviy tozalash inshootlari quvvatini 70 ming kub. m/sutka hajmida saqlash, tozalash quvvatini 12—15 foizga koʻpaytirish. |
| 1.3 | Transport vositalarining ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini kamaytirish — 15 ming avtomobil transportini gaz yonilgʻisiga oʻtkazishni tashkil etish. | 2008—2012-yillar | Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va tashkilotlar | Vazirliklar, dav�at qoʻmitalari, idoralar va tashkilotlar | Ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini kamaytirish. |
| 1.4 | 114 km uzunlikdagi Toʻqimachi-Angren uchastkasida temir yoʻllarni elektrlashtirish. | 2008—2012-yillar | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK, 28,02 mln AQSh dollari; Germaniya taraqqiyot banki, 31,25 mln AQSh dollari; Arab iqtisodiy taraq-qiyot Quvayt jam-gʻarmasi, 20,12 mln AQSh dollari | Ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini kamaytirish. |
| 1.5 | Sof Rivojlanish Mexanizmi loyihasi doirasida toʻplash, kompremirlash va qatlamga haydash usuli bilan Koʻkdumaloq konida fakellarda yondirilayotgan qoʻshilib chiqadigan gazlarni imkoni boricha eng koʻp darajada utilizatsiya qilish. | 2008—2012-yillar | “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi | Xorijiy investitsiyalar, 30,9 mln AQSh dollari | Qoʻshilib chiqadigan gazlarni utilizatsiya qilish, ifloslantiruvchi moddalar chiqarib tashlanishini kamaytirish. |
| 1.6 | Issiqlik elektrstansiyasi chiqindilari iflos qilishini kamaytirish — Yangi Angren IESda elektr filtrlarni modernizatsiya qilish (loyihani ishlab chiqish va bitta blokda joriy etish). | 2008—2012-yillar | “Issiqlikelektr-loyiha” OAJ, Yangi Angren IES | Xalqaro tashkilotlar, 450 ming yevro | Ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini kamaytirish. |
| 1.7 | Zararlangan uchastkalarda dezaktivatsiya qilish va qurilish ishlari olib borish: Toshkent viloyatida (Yangiobod posyolkasi); | 2008—2012-yillar | Toshkent viloyati hokimligi, “OʻzGEOTEXLITI” I�I | Respublika budjeti, har yilgi Investitsiya dasturi doirasida | Hududni dezaktivatsiya qilish — 63 ga, 34,6 ming tonna ifloslangan tuproqni tozalash, 3,0 km kollektor qurish, konservatsiya qilish. |
| Navoiy shahridagi 1-gidrometallurgiya zavodining chiqindixonasida 620 ga maydonda radiatsiyaga qarshi ekran qurish. | 2008—2012-yillar | Navoiy kon-metallurgiya kombinati | Navoiy kon-metallurgiya kombinati, 15,0 mlrd soʻm | Radioaktiv chiqindilarni koʻmish. | |
| 1.8 | Namangan viloyatining Pop tumanidagi sobiq 23-kon hududida ekologik vaziyatni sogʻlomlashtirish (turar joy va ijtimoiy blokdan tashqari), shu jumladan sanoat zonasi, Chorkesar-2-maydonchasining sanoat zonasini sanitariya-himoya, turar joy zonasini dezaktivatsiya qilish. | 2008—2012-yillar | Namangan viloyati hokimligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, “OʻzGEOTEXLITI” ITI | Respublika budjeti, har yilgi Investitsiya dasturi doirasida | Radiatsiya vaziyatini yaxshilash, MED gamma nurlanishni 60 mkR/soatgacha va undan ham pasaytirish. |
| 1.9 | Toshkent viloyatining Pskent tumani va Olmaliq shahrining sanoat zonasi aholisini toza ichimlik suv bilan taʼminlash. | 2008—2012-yillar | Toshkent viloyati hokimligi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi | Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, 1,0 mlrd soʻm | Aholini sifatli ichimlik suv bilan taʼminlash. |
| 1.10 | Namangan shahrining kanalizatsiya tozalash inshootlarini rekonstruksiya qilish. | 2009—2012-yillar | Namangan viloyati hokimligi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi | XXR Hukumati krediti, 25,0 mln AQSh dollari | Suv resurslari ifloslanishining oldini olish. |
| Chirchiq shahrining kanalizatsiya tozalash inshootlarini kengaytirish va rekonstruksiya qilish. | 2009—2012-yillar | Toshkent viloyati hokimligi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi | XXR Hukumati krediti, 5,2 mln AQSh dollari | Suv resurslari ifloslanishining oldini olish. | |
| 1.11 | Qoraqalpogʻiston Respublikasi shaharlari va aholi punktlarida suv quvuri tarmoqlarini rivojlantirish. | 2009—2011-yillar | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, “Tuyamoʻyin — Nukus” mintaqalararo suv tarmoqlaridan foydalanish boshqarmasi | XXR Hukumati krediti, 14,3 mln AQSh dollari | Suv resurslari ifloslanishining oldini olish. |
| 1.12 | Samarqand va Buxoro shaharlarida sanitariya-tozalash tizimini takomillashtirish. | 2008-2009-yillar | Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimliklari, “Oʻzkommunxizmat” agentligi | XXR Hukumati krediti, 2 mln AQSh dollari | Samarqand va Buxoro shaharlarining sanitariya holatini yaxshilash. |
| 1.13 | Samarqand viloyatining “Nafis” aksiyadorlik jamiyatida chinni va gips chiqindilarini qayta ishlash sexi qurish. | 2008—2012-yillar | “Nafis” aksiyadorlik jamiyati | “Nafis” aksiyadorlik jamiyati, 12 mln. soʻm | Tashkilotlarning 500 tonna chiqindisini utilizatsiya qilish. |
| 1.14 | Fekal-nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish, atmosfera havosi, yomgʻir suvlari ifloslanishini nazorat qilish boʻyicha tahliliy tadqiqotlar uchun kimyoviy reaktivlar sotib olish. | 2008—2012-yill?r | “Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasi | “Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasi, 207,62 mln. soʻm | Tozalash inshootlari samaradorligini oshirish, tuproq va yer osti suvlarini muhofaza qilish, atmosferada va yomgʻir oqava suvlaridagi ifloslantiruvchi moddalarni tekshirish, chiqindilardan ikkilamchi foydalanish. |
| Ishlatilgan ishqorli elektrolitni tiklash va ikkilamchi foydalanish; Parvozlarni texnik taʼminlash elektr xizmatlarida yongʻin gidrantlari bilan birga aylanma suv quvuri qurish. 30-sexning ventilatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish (qanotlarni yelimlash uchastkasi). | 2008-2009-yillar | “Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasi | “Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasi, 54,3 mln. soʻm | 45 ming. kub. m/g suvni tejash, zararli moddalarni atmosferaga chiqarishni kamaytirish. | |
| 1.15 | Tabiiy muhit va qishloq xoʻjaligi yerlarini ifloslantiruvchi manbalar monitoringini takomillashtirish uchun eng yangi asbob-uskunalar va priborlarni sotib olish va oʻrnatish. | 2009-2010-yillar | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Tuproqshunoslik va agrokimyo davlat ilmiy-tadqiqot instituti | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmasi 50 mln. soʻm | Atrof muhitning holatini tahliliy nazorat qilish samaradorligi va sifatini oshirish. |
| 1.16 | Qarshi shahrida dendrologiya bogʻi qurish. | 2008—2012-yillar | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Qashqadaryo viloyati tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmasi, 15,0 mln. soʻm | Koʻkalamzor hududlarni kengaytirish. |
| 1.17 | Sof Rivojlanish Mexanizmi boʻyicha loyihalar: “Navoiyazot” zavodida N2O tashlamalarini kamaytirish (№ 1; № 2; № 3; № 4 loyihalar); | 2009—2012-yillar | “Navoiyazot” OAJ | imzolangan moliyaviy bitimga muvofiq “Navoiyazot” OAJ va Mitsubishi Corporation | Azot oksidi tashlamalarini va tashlamalarni sertifikatlangan qisqartirish — 2422,1 (ekvivalentda SO2 ming tonna). |
| “Fargʻonaazot” zavodida N2O tashlamalarini kamaytirish; | 2009—2012-yillar | “Fargʻonaazot” korxonasi | imzolangan moliyaviy bitimga muvofiq “Fargʻonaazot” OAJ va Mitsubishi Corporation | Azot oksidi tashlamalarini va tashlamalarni sertifikatlangan qisqartirish — 894,94 (ekvivalentda SO2 ming tonna). | |
| “Maksam — Chirchiq” zavodida N2O tashlamalarni qisqartirish. | 2009—2012-yillar | “Maksam — Chirchiq” korxonasi | imzolangan moliyaviy bitimga muvofiq “Maksam — Chirchiq” OAJ va Mitsubishi Corporation | Azot oksidi tashlamalarini va tashlamalarni sertifikatlangan qisqartirish — 1250,9 (ekvivalentda SO2 ming tonna). | |
| II. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va xoʻjalik yuritishning ekologik usullarini joriy etish | |||||
| 2.1 | Oʻzbekiston Respublikasining biologik rangbaranglikni saqlash boʻyicha milliy strategiyasi va ishlar rejasini amalga oshirish: qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar tarmogʻini barpo etish boʻyicha �zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini tayyorlash; | 2009-2010-yillar | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi | Qoʻriqlanadigan tabiiy hududlarni boshqarish tizimini takomillashtirish. |
| biologik resurslardan barqaror foydalanish dasturini ishlab chiqish; | 2009-2010-yillar | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi,Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmasi, “Davbionazorat” inspeksiyasi, 10 mln. soʻm | Biologiya resurslaridan oqilona foydalanishni va ularni takroriy koʻpaytirishni taʼminlash. | |
| baliqlarni himoya qilish inshootlari loyihalarini ishlab chiqish. | 2008—2010-yillar | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi,Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmasi, “Davbionazorat” inspeksiyasi, 50 mln. soʻm | Respublika suv havzalarida baliq zaxiralarini saqlash va koʻpaytirish. | |
| 2.2 | Qoʻriqxonalar hududlarini kengaytirish va ularni takomillashtirish: “Jayron” ekomarkazi hududini kengaytirish va rivojlantirish. | 2008—2010-yillar | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Buxoro viloyati hokimligi, Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmasi, “Davbionazorat” inspeksiyasi | Maydonni 24 ming gektarga kengaytirish. Jayron pop�latsiyasini koʻpaytirish. |
| Hisor davlat qoʻriqxonasini rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirish. | 2010—2012-yillar | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmasi, “Davbionazorat” inspeksiyasi (donorlar mablagʻlari), 20 mln. soʻm | Qoʻriqxonaning oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondini maqbullashtirish va yaxshilash. | |
| 2.3 | “Dorivor, oziq-ovqatbop va texnik oʻsimliklar obyektlaridan foydalanish qoidalari toʻplami” kitobini nashr etish. | 2009-yil | “Davbionazorat” inspeksiyasi | Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmasi, “Davbionazorat” inspeksiyasi, 10 mln. soʻm | Oʻsimlik dunyosini qoʻriqlash sohasidagi mutaxassislarni, shuningdek tabiatdan foydalanuvchilarning keng doirasini normativ-huquqiy hujjatlar bilan taʼminlash. |
| 2.4 | Biologik rangbaranglikni tadqiq etish va baholash: oqquyruqlarni saqlab qolish va oqquyruqlar bor boʻlgan joylarni saqlab qolish chora-tadbirlarini ishlab chiqish maqsadida oqquyruqlarning Ustyurt populatsiyasini tadqiq etish; | 2008—2012-yillar | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, “Davbionazorat” inspeksiyasi, Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti va “Botanika” IIChB, Qoraqalpogʻiston Respublikasi tabiiy fanlar instituti | Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmasi, “Davbionazorat” inspeksiyasi, 20 mln. soʻm | Oqquyruqlarni va ular bor boʻlgan muhitni saqlab qolishni taʼminlash, qoʻriqlashga tabiatdan foydalanuvchilarni, Ustyurt platosida konlarni ishga tushirayotgan neft-gaz kompaniyalarini jalb etish. |
| | Qoraqalpogʻiston Respublikasida qizilmiya xomashyosi (ildizlari) zaxirasini baholash; | 2009-yil | “Davbionazorat” inspeksiyasi va Fanlar akademiyasining “Botanika” IIChB | Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmasi, “Davbionazorat” inspeksiyasi, 15 mln. soʻm | Dorivor xomashyo — ?izilmiya ildizidan oqilona, tejab f?ydalanish muammolarini hal etish. |
| | “Sayxun” xoʻjaligi hududida Sirdaryoning toʻqay kompleksini saqlab qolish; | 2008-2009-yillar | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti | Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmasi, “Davbionazorat” inspeksiyasi, 15 mln. soʻm | Qoʻriqlash va tiklash tadbirlarini amalga oshirish yoʻli bilan Sirdaryoning quyi qayirida toʻqay kompleksini saqlab qolish. |
| | yerlarning unumdorligi va uni iqtisodiy baholash; | 2008-2009-yillar | “Davbionazorat” inspeksiyasi, Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti va “Botanika” IIChB, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti | Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmasi, “Davbionazorat” inspeksiyasi, 15 mln. soʻm | Yerlarning unumdorligini aniqlash va iqtisodiy baholash hisob-kitobi usullarining yagona mezonlarini joriy etish. |
| | ekologik monitoring elementi sifatida Oʻzbekiston Respublikasining muhim baliq xoʻjaligi suv havzalarini pasportlashtirish. | 2009-2010-yillar | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Davbionazorat” inspeksiyasi, Fanlar akademiyasining Zoologiya va Suv muammolari institutlari | Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmasi, “Davbionazorat” inspeksiyasi, 100 mln. soʻm | Biologiya resurslaridan oqilona foydalanish uchun suv havzalarining ekologik holatini baholash va ularning baliq mahsuldorligini oshirish boʻyicha biologik asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish. |
| 2.5 | Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari sugʻoriladigan yerlarining meliorativ holatini yaxshilash. | 2008—2012-yillar | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi | Osiyo taraqqiyot banki, 60,2 mln AQSh dollari; Oʻzbekiston Respublikasi hissasi, 15,6 mln AQSh dollari | Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash. |
| 2.6 | Orol dengizining qurib qolgan qismini oʻzlashtirish: Amudaryo deltasida mahalliy suv havzalarining II navbatini barpo etish; | 2008—2012-yillar | Global ekologiya jamgʻarmasi va Orol dengizi havzasi dasturi loyihalarini amalga oshirish agentligi, Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasining Nukus filiali | Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi, 10 mlrd soʻm | Biologik rangbaranglikni koʻpaytirish uchun suv toʻplanishini tartibga solish. |
| tuzchangni mustahkamlovchi mahalliy oʻsimliklar (saksovul, cherkez va boshqalar) ekish. | 2008-yil | Global ekologiya jamgʻarmasi va Orol dengizi havzasi dasturi loyihalarini amalga oshirish agentligi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Tuproqshunoslik va agrokimyo davlat ilmiy-tadqiqot instituti | Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi, 52,0 mln. soʻm | Tuz, chang koʻchishini kamaytirish, biologik rangbaranglikni tiklash. | |
| 2.7 | Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringini olib borish: | | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi | | Atrof muhit ifloslanishi boʻyicha maʼlumotlar bankini barpo etish. Qaror qabul qilish uchun takliflar tayyorlash. |
| Chotqol-Qurama mintaqasi aholi punktlari va ishlatilgan uran konlari tumanlarining radioekologik monitoringi; | 2008—2012-yillar | Davlat geologiya qoʻmitasi (“Uran va nodirmetallar geologiyasi” ilmiy-ishlab chiqarish markazi davlat korxonasi) | Nazarda tutilgan budjet mablagʻlari doirasida | Aholi punktlaridagi aniqlangan radioaktiv normadan chetga chiqishlar va ishlatilgan uran konlari tumanlaridagi radiatsiya-ekologiya vaziyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning axborot bazasini rivojlantirish. | |
| atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi manbalar monitoringi; | 2008—2012-yillar | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, “Sanoatkontex-nazorat” davlat inspeksiyasi | Nazarda tutilgan budjet mablagʻlari doirasida | Atrof muhitni ifloslantiruvchi manbalar boʻyicha maʼlumotlarning axborot bazasini rivojlantirish va belgilangan ekologik normativlarga rioya qilinishini baholash. | |
| yer osti suvlari davlat monitoringi va suvning ifloslanish darajasini nazorat qilish. Transchegaraviy hududlarda chuchuk, mineral, termal va sanoat suvlarining ixtisoslashtirilgan monitoringi tarmogʻini asoslash; | 2008—2012-yillar | Davlat geologiya qoʻmitasi (“Gidroingeo” instituti) | Nazarda tutilgan budjet mablagʻlari doirasida | Yer osti suvlari resurslarining holatiga va ularning ifloslanishiga taʼsir koʻrsatayotgan asosiy texnogen omillar boʻyicha maʼlumotlarning axborot bazasini rivojlantirish. Transchegaraviy hududlarda kuzat�vchi monitoring tarmogʻini joylashtirish. | |
| Oʻzbekiston Respublikasining togʻli va togʻ oldi tumanlarida xavfli geologik jarayonlar (koʻchki, yemirilish, choʻkish, karst, suffoziya) yuzasidan davlat monitoringi. | 2008—2012-yillar | Davlat geologiya qoʻmitasi (Xavfli geologik jarayonlar ustidan kuzatuv olib borish davlat xizmati, “Gidromineral resurslar geologiyasi” IIM DK) | Nazarda tutilgan budjet mablagʻlari doirasida | Xavfli geologik jarayonlarning boʻlishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlarining har yilgi faollashuvi va aholini oʻz vaqtida ogohlantirish boʻyicha maʼlumotlarning axborot bazasini rivojlantirish. | |
| 2.8 | Gidrogeologik jarayonlarni nazorat qilish tizimlarini takomillashtirish: nazoratning avtomatlashtirilgan tizimi ayrim kuzatish punktlari uchun priborlar sotib olish va ular bilan jihozlash; | 2008—2012-yillar | Davlat geologiya qoʻmitasi (“Gidromineral resurslar geologiyasi” ilmiy-ishlab chiqarish markazi davlat korxonasi, “Geoltextaʼminot” davlat korxonasi, “Gidroingeo” instituti davlat korxonasi) | Nazarda tutilgan budjet mablagʻlari doirasida | Yer osti suvlarining minerallashuvi darajasi, harorati va boshqa parametrlari toʻgʻrisida ishonchli axborot olish tezkorligini oshirish. |
| Qashqadaryo, Buxoro, Sirdaryo viloyatlari, Toshkent, Nukus va Buxoro shaharlari hududida zilziladan darak beruvchi sifatida gidrogeodeformatsiya maydonini oʻrganish; | 2008—2012-yillar | Davlat geologiya qoʻmitasi (“Gidroingeo” instituti) | Nazarda tutilgan budjet mablagʻlari doirasida | Gidrogeodinamik normadan chetga chiqishlarni (zilzila darakchilarini) aniqlash va boʻlishi mumkin boʻlgan zilzilalar toʻgʻrisida tezkor xabar berish. | |
| Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari hamda Markaziy Fargʻonaning sugʻoriladigan hududi gidrogeologik sharoitlari oʻzgarishini 1:50000 masshtabli xaritaga tushirish; | 2008—2012-yillar | Davlat geologiya qoʻmitasi (“Gidromineral resurslar geologiyasi” ilmiy-ishlab chiqarish markazi davlat korxonasi), “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (“Geoinformkadastr” davlat unitar korxonasi) | Nazarda tutilgan budjet mablagʻlari doirasida | Sugʻoriladigan hududlarning gidrogeologik sharoitlarining oʻzgarishi xaritalarini yaratish. | |
| yer osti suvlari sifatini oʻrganishning zamonaviy laboratoriya priborlari va asbob-uskunalarini joriy etish. | 2008—2012-yillar | Davlat geologiya qoʻmitasi (“Gidromineral resurslar geologiyasi” ilmiy-ishlab chiqarish markazi davlat korxonasi), “Gidroingeo” instituti) | Nazarda tutilgan budjet mablagʻlari doirasida | Kimyoviy analizlar natijalarining ishonchliligini oshirish va yer osti suvlarida aniqlanadigan ingrediyentlar spektrini kengaytirish. | |
| 2.9 | Chuchuk yer osti suvlari konlarining shakllanish hududini, shahar aglomeratsiyalarini, kon qazish tashkilotlari faoliyati hududlarini mintaqaviy ekologik-geologik oʻrganish va xaritaga tushirish, viloyatlarning oʻzlashtirilgan hududlarini ekologik-geologik xaritaga tushirish ishlarini tamomlash. | 2008—2012-yillar | Davlat geologiya qoʻmitasi (“Gidromineral resurslar geologiyasi” ilmiy-ishlab chiqarish markazi davlat korxonasi, “Gidroingeo” instituti, “Uran va nodirmetallar geologiyasi” ilmiy-ishlab chiqarish markazi davlat korxonasi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (“Kartografiya” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi) | Nazarda tutilgan budjet mablagʻlari doirasida 3,3 mlrd soʻm, shu jumladan: — 0,3 mlrd soʻm; — 1,3 mlrd soʻm; — 1,7 mlrd soʻm |
Yer osti ichimlik suv konlarini, qazib oluvchi va metallurgiya tashkilotlari faoliyat koʻrsatadigan hududlar, shahar aglomeratsiyalari va sanoat zonalari hududlarining ekologik-geologik xaritasini tuzish. |
| 2.10 | Fargʻona neftni qayta ishlash zavodini etilsiz benzin ishlab chiqarishga oʻtkazish va avtomobil benzinlarida qoʻrgʻoshin qoʻllanilishini toʻliq bartaraf etish. | 2008—2010-yillar | “Oʻzbekneftgaz” MXK | “Oʻzbekneftgaz” MXK | Avtomobil benzinlarida qoʻrgʻoshin qoʻllanilishini toʻliq bartaraf etish. |
| 2.11 | Ekologik jihatdan toza energiya olish uchun kichik GESlar qurish. | 2010—2012-yillar | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzsuvenergo” birlashmasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi | “Oʻzsuvenergo” birlashmasi va xalqaro moliyaviy jamgʻarmalar, 6 mlrd soʻm | Ekologik jihatdan toza energiya ishlab chiqarish. |
| 2.12 | Respublika tashkilotlarida tabiiy muhitning ifloslanishini kamaytirish boʻyicha yangi va kam chiqindili ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish va chora-tadbirlarni amalga oshirish: oltin olishning bioksid texnologiyasini joriy etish maqsadida NKMKning 3-gidrometallurgiya zavodini rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash; | 2008-2009-yillar | NKMK | NKMK, 117 mlrd soʻm | Tarkibida oltin mavjud boʻlgan margumushsimon rudalarni qayta ishlash jarayonida margumushni atmosferaga chiqarishga yoʻl qoʻymaslik. |
| OKMKning mis eritish zavodida oltingugurt kislotasi sexining 1-navbatini qurish va 2-navbatini rekonstruksiya qilish; | 2010-2011-yillar | “OKMK” OAJ | “OKMK” OAJ, 46 mln AQSh dollari | Oltingugurt angidridi chiqindilarini atmosfereraga chiqarishni 2007-yilga nisbatan 85 foizga kamaytirish. | |
| mis eritish zavodida suyuq vanna pechkasi qurish; | 2011-2012-yillar (loyihaning texnik-iqtisodiy asoslashini ishlab chiqish — 2011-yil) | “OKMK” OAJ | “OKMK” OAJ, 22,5 mln AQSh dollari | Oltingugurt angidridi chiqindilarini atmosferaga chiqarishni 2007-yilga nisbatan 85 foizga kamaytirish. | |
| oltingugurt kislotasi ishlab chiqarish sexini rekonstruksiya qilish; | 2008—2010-yillar | “Ammofos” OAJ | Investorning investitsiya majburiyatlari — 6 mln AQSh dollari; “Ammofos” OAJ, 3 mln AQSh dollari (soʻmlardagi ekvivalent summa) | Oltingugurt oksidlari chiqindilarini atmosferaga chiqarishni bir yilda 34 tonnaga kamaytirish. | |
| Ammiak ishlab chiqaruvchi Tozalash-1, Tozalash-2 sexlari tarkibida mis mavjud boʻlgan oqovalarni toʻplash uchun 2 ta avariya sigʻimlarini montaj qilish. | 2008—2010-yillar | “Maksam — Chirchiq” OAJ | “Maksam — Chirchiq” OAJ, 14,69 mln. soʻm. | NDF inshootida oqova tarkibidagi mis tashlamasini yiliga 9 tonnaga kamaytirish. | |
| 2.13 | Kon ishlari olib borish natijasida buzilgan Navoiy viloyati boʻyicha — 1000 ga, Buxoro viloyati boʻyicha — 500 ga, Samarqand viloyati boʻyicha — 500 ga yerlarni rekultivatsiya qilish. | 2008—2012-yillar | NKMK, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (Tuproqshunoslik va agrokimyo davlat ilmiy-tadqiqot instituti, “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-ishlab chiqarish instituti), Navoiy, Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklari | NKMK, 10 mlrd soʻm | Yerlard�n oqilona foydalanish. |
| 2.14 | “Oʻzbekistonning drenaj loyihasi. Janubiy Qoraqalpogʻistondan drenaj oʻtkazish loyihasi”. | 2008—2010-yillar | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi | Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki/ Xalqaro taraqqiyot uyushmasi, 32,48 mln AQSh dollari; Oʻzbekiston Respublikasi hissasi 8,56 mln AQSh dollari | Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash. |
| 2.15 | Ekologik xavfsiz, atrof muhitga taʼsir qilmaydigan, maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish, ulardan gaz sintezi olish va xalq xoʻjaligida foydalanish texnologiyasini hamda sinash qurilmasini ishlab chiqish. | 2008—2012-yillar | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmasi | Maishiy axlatdan ajraladigan kanserogen moddalarning fuqarolar sogʻligʻiga salbiy taʼsirini tugatish. |
| III. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish va ekologik ilm-fanni, ekologik taʼlim va tarbiyani rivojlantirish | |||||
| 3.1 | Tabiatni muhofaza qilish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish. | | | | |
| 3.1.1 | Quyidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini ishlab chiqish va kiritish: “Favqulodda ekologik vaziyat va ekologik talofat zonalari toʻgʻrisida”; | 2010—2012-yillar | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Tabiatni muhofaza qilish jam�armasi, xalqaro tashkilotlar | Favqulodda ekologik vaziyat va ekologik talofat zonalari — hududlarning noqulay uchastkalarini eʼlon qilish boʻyicha, ayrim hududlarda ekologik vaziyat yaxshilangan taqdirda — belgilangan rejimni bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish. |
| “Ekologiya nazorati toʻgʻrisida” | 2010—2012-yillar | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmasi, xalqaro tashkilotlar | Ekologik nazoratni amalga oshirish tartibini, nazorat faoliyatining mazmuni va uni muvofiqlashtirish mexanizmini belgilash, idoraviy, ishlab chiqarish va jamoat ekologik nazorat xizmatl?rining vakolat chegaralarini va u?arning oʻz funksiyalarini amalga oshirish tartibini belgilash. | |
| 3.1.2 | Ekologik sertifikatlashtirish tizimida quyidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish: “Ekologik sertifikatlash majburiy boʻlgan mahsulotlar va chiqindilarning ekologik xavfsizligi mezonlari”; | 2008—2012-yillar | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmasi, 5 mln. soʻm | Ekologik sertifikatlash majburiy boʻlgan mahsulotlar va chiqindilarning ekologik xavfsizligi mezonlarini belgilash. |
| “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ekologik sertifikatlashtirish tizimi. Asosiy qoidalar”; | 2008—2012-yillar | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmasi, 3,5 mln. soʻm | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ekologik sertifikatlashtirish tizimi tuzilmasini, uning funksiyasini va ishlarni tashkil etish tartibini belgilash. | |
| “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ekologik sertifikatlashtirish tizimi. Atamalar va taʼriflar”. | 2008—2012-yillar | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmasi, 3 mln. soʻm | Xalq xoʻjaligida, fan va texnikada qoʻllaniladigan ekologik sertifikatlashtirish sohasidagi asosiy atamalar va taʼriflarni belgilash. | |
| 3.2 | Mintaqada BMT EEK barqaror rivojlanish uchun taʼlim boʻyicha BMT (2005—2014-yillar) Dekadasini amalga oshirish. | | | | |
| 3.2.1 | Oʻzbekiston Respublikasining uzluksiz ekologik taʼlim va barqaror rivojlanish uchun taʼlim boʻyicha yangi Konsepsiyasini ishlab chiqish. | 2009-2010-yillar | Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi | Xalq taʼlimi vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmasi, 20 mln. soʻm | Ekologik taʼlim sohasida zamonaviy jarayonlarni va global tashabbuslarni hisobga olgan holda uzluksiz ekologik taʼlim boʻyicha yangi Konsepsiyani ishlab chiqish. |
| 3.2.2. | Oʻzbekiston Respublikasida uzluksiz ekologik taʼlim va barqaror rivojlanish uchun taʼlim tizimini rivojlantirish va takomillashtirish: “Oʻzbekiston Respublikasi ekologik taʼlim va maorifi tizimini rivojlantirish” axborot-tahliliy maʼlumotlarni ishlab chiqish; maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalari uchun ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha axborot-tahliliy maʼlumotlarni, oʻquv-metodik qoʻllanmalar turkumini, koʻrgazma va didaktik materiallarni tayyorlash va nashr etish; bolalar va yoshlar oʻrtasida ekologik tarbiya ishlarini faollashtirish, ekologiya-naturalistik ishlar va tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish. | 2008—2010-yillar | Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi | Xalq taʼlimi vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi,Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmasi, xalqaro va hukumat jamgʻarmalari 100 mln. soʻm | Xalq taʼlimi vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi,Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmasi, xalqaro va hukumat jamgʻarmalari 100 mln. soʻm |
| 3.3 | Oʻzbekiston Respublikasi shaharlari va sanoat zonalarida: Qarshi shahrida; Termiz shahrida ekologiya-gidrogeologiya, muhandislik-geologiya tadqiqotlarini amalga oshirish va 1:25000 masshtabli (yer osti va yer usti suvlari, aeratsiya zonasi tuprogʻi) xaritasini tuzish. | 2008—2012-yillar | Davlat geologiya qoʻmitasi, (“GIDROINGEO” instituti), “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi | Har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida, 120 mln. soʻm; 120 mln. soʻm | Hisobotlar va geoekologiya xaritalarini tuzish. |
| 3.4 | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining Axborot markazi maʼlumotlar bazasini rivojlantirish. | 2008—2011-yillar | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi,Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmasi, 6,0 mln. soʻm | Tarmoqni kengaytirish va yagona maʼlumotlar bazasini tashkil etish, shuningdek atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalari boʻyicha qarorlar qabul qilish uchun axborotlarni jadal ishlash. |
| 3.5 | Ekologik muammolar �oʻyicha Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi dasturlarini ishlab chiqish va mavzuli koʻrsatuvlar tashkil etish, shuningdek video- va hujjatli filmlar yaratish va namoyish qilish. | 2008—2012-yillar | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi,Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmasi, 6,0 mln. soʻm | Ommaviy axborot vositalarida ekologik targʻibot tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish masalalarini jamoatchilikka keng tushuntirish va ularni xabardor qilish. |
| 3.6 | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi mutaxassislarining nohukumat nodavlat tashkilotlar bilan mavzuli uchrashuvlarini hamda jurnalistlar uchun brifing tashkil etish. | 2008—2012-yillar | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi,Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmasi, 10 mln. soʻm | Nohukumat nodavlat va boshqa jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni, shuningdek oʻzaro ishlarni chuqurlashtirish va kengaytirish. |
| 3.7 | Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bilan tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari normalarini oʻrganish, qonun buzilishlari yuzasidan sanksiyalarni, huquqbuzarliklar va boshqalar uchun materiallarni rasmiylashtirish tartibini oʻrganish boʻyicha mashgʻulotlar tashkil qilish. | 2008—2012-yillar | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi,Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmasi, 5 mln. soʻm, Ichki ishlar vazirligi | Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish masalalari boʻyicha masʼul boʻlgan turli vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va tashkilotlar xodimlari malakasini oshirish tarmoqlarini tashkil etish va rivojlantirish. |
| 3.8 | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi huzurida turli jamoat tashkilotlari vakillaridan atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish muammolari boʻyicha Jamoatchilik kengashi tashkil etish. | 2008—2012-yillar | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, turli jamoat tashkilotlari | Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmasi, turli jamoat tashkilotlari | Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish muammolarini hal etishga jamiyatning turli vakillarini jalb qilish. |
| IV. Xalqaro hamkorlik va mintaqaviy ekologik xavfsizlik | |||||
| 4.1 | Global ekologiya jamgʻarmasi (GEJ)ning “Iqlimni oʻzgartirishga taʼsir ?tuvchi GFU — oz?n xavfsizligi moddalaridan foydalanishning yaxshi metodlariga qoʻshimcha oʻqish” loyihasini bajarish. | 2008-2009-yillar | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va tashkilotlar | GEJ, 200,0 ming AQSh dollari | Atmosferaga chiqindilar chiqarishni kamaytirish. |
| 4.2 | “Jamoatchilikning axborot olishga, qarorlar qabul qilish jarayonida ishtirok etishga huquqi va atrof muhitga tegishli masalalar boʻyicha axborot olish huquqi toʻgʻrisida” BMT EEK Orxus Konvensiyasini ratifikatsiya qilishga materiallar tayyorlash. | 2008—2010-yillar | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, aloqador idoralar | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi | Ekologik qarorlar qabul qilish jarayoniga jamoatchilikni jalb etish. |
| 4.3 | Biologik rangbaranglik Konvensiyasiga bioxavfsizlik boʻyicha Kartaxen Protokolini ratifikatsiya qilishga materiallar tayyorlash. | 2008-2009-yillar | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, aloqador idoralar | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi | Zamonaviy biotexnologiyalarni qoʻllash natijalari boʻlgan va biologik rang-baranglikni saqlash va ulardan barqaror foydalanishga noqulay taʼsir koʻrsatish imkonini beradigan, tirik, oʻzgartirilgan organizmlarni xavfsiz yetkazib berish, ishlov berish va ulardan foydalanish sohasida zarur darajada muhofaza qilishni taʼminlash. |
| 4.4 | Markaziy Osiyo davlatlari Bosh vazirlari Kengashi qarori bilan 1999-yil 17-iyunda tasdiqlangan Markaziy Osiyo mamlakatlari transchegaraviy hududlaridagi chiqindixonalar va togʻ jinslari agʻdarmalari maydonlarini reabilitatsiya qilishni taʼminlash boʻyicha birgalikdagi ishlarni amalga oshirish yuzasidan Harakatlar dasturini amalga oshirish: Foydalanilmasdan yotgan Mayli-Soy, Sumsar, Shekaftar va Qadamjoy maʼdanlari chiqindixonalari va agʻdarmalarini vaqti-vaqti bilan tekshirib turish, Qirgʻiziston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi transchegaraviy hududlarida Mayli-Soy, Sumsar va Shohimardon daryolari suvlaridagi ogʻir metallar va radionuklidlar miqdori monitoringini amalga oshirish; | 2008—2012-yillar | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Davlat geologiya qoʻmitasi (“Uran va nodir metallar geologiyasi” IIM DK, Xavfli geologik jarayonlar ustidan kuzatuv olib borish davlat xizmati, “Gidromineral resurslari geologiyasi” IIM DK), FVV | Har yili ajratiladgan budjet mablagʻlari doirasida | Oʻzbekiston Respublikasi va Qirgʻiziston Respublikasining transchegaraviy hududlarida ekologik xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qarorlar qabul qilish uchun takliflar tayyorlash. |
| Qirgʻiziston Respublikasi bilan birgalikda che�aralararo Norin, Qoradaryo, Tentaksoy, Soʻx, Shohimardon, Oqbura, Aravansoy, Mayli-Soy daryolaridagi suv toshqini va sel oqimlari bilan bogʻliq boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha ishlarni (Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligidan ushbu ishlarni amalga oshirishga ruxsat olgandan keyin) amalga oshirish. | 2008—2012-yillar | “Oʻzgidromet”, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, FVV | Har yili ajratiladgan budjet mablagʻlari doirasida | Oʻzbekiston Respublikasi va Qirgʻiziston Respublikasi transchegaraviy hududlarida suv toshqini va sel oqimlari bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlar holatlarida ekologik xavfsizlikni taʼminlash va uning oqibatlarini yengillashtirish boʻyicha qarorlar qabul qilish uchun takliflar tayyorlash. | |
Izoh.
tadbirlarni amalga oshirish uchun jami 164,2 mlrd soʻm, 351,3 mln dollar va 450 ming yevro, shu jumladan:
vazirliklar, idoralar va korxonalarning oʻz mablagʻlari — 153,7 mlrd soʻm va 123,7 mln dollar;
Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi mablagʻlari (Davlat tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmasi) — 478,5 mln. soʻm;
Orolni qutqarish Xalqaro jamgʻarmasi mablagʻlari — 10,052 mlrd. sum;
xorijiy investitsiyalar — 227,6 mln. dollar, 450 ming yevro nazarda tutilmoqda;
bundan tashqari, har yili nazarda tutiladigan budjet mablagʻlari.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 37-38-son, 382-modda)