Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 07.04.2008 yildagi PQ-832-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QISHLOQ XO‘JALIK MASHINASOZLIGINI YANADA RIVOJLANTIRISH VA MODERNIZATSIYA QILISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jalik mashinasozligi korxonalarini yanada rivojlantirish, modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash, shu asosda qishloq xo‘jaligini zamonaviy yuqori sifatli tejamli serunum texnika bilan ta’minlash, shuningdek tarmoqning eksport salohiyatini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagromashservis” uyushmasi tomonidan qishloq xo‘jaligi ekin turlari, mexanizatsiyalashtirilgan ishlar hajmi, mavjud qishloq xo‘jalik texnikasi, shuningdek uning eskirib ishdan chiqishi va xaridlarni moliyalashtirish prognozlarini hisobga olib, 2008 — 2010-yillarda qishloq xo‘jalik texnikasiga nisbatan aniq hisoblab chiqilgan talab-ehtiyoj asosida ishlab chiqilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008 — 2010-yillarda qishloq xo‘jalik texnikasining asosiy turlarini ishlab chiqarish va sotishning prognoz ko‘rsatkichlari 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008 — 2010-yillarda qishloq xo‘jalik texnikasini ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning prognoz parametrlari 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008 — 2010-yillarda “TTZ” OAJ, “Agregat zavodi” OAJ, “Texnolog” OAJ va “Chirchiqqishloqmash” OAJda ishlab chiqarishni texnikaviy qayta jihozlash chora-tadbirlari 3-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008 — 2010-yillarda qishloq xo‘jalik texnikasini eksport qilishning maqsadli ko‘rsatkichlari 4-ilovaga* muvofiq ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1—4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qishloq xo‘jalik texnikasiga bo‘lgan har yilgi talab-ehtiyojni belgilash bo‘yicha maxsus komissiya tarkibi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va unga quyidagi vazifalar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi ekinlarining joylashtirilishini, ekin maydonlari va mexanizatsiyalashtirilgan ishlar hajmini hisobga olgan holda muayyan qishloq xo‘jalik texnikasiga bo‘lgan yillik ehtiyojni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turli manbalar, jumladan lizing bo‘yicha, banklar kreditlari, shuningdek qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining shaxsiy mablag‘lari hisobidan xaridlarni moliyalashtirish prognozlarini inobatga olgan holda qishloq xo‘jalik texnikasini xarid qilishning zarur hajmlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, mahalliy qishloq xo‘jalik texnikasini ishlab chiqaruvchilar bilan birgalikda qishloq xo‘jalik texnikasini xarid qilish va uni yetkazib berish bo‘yicha shartnomaviy kampaniyani o‘tkazish ishlari muvofiqlashtirilishini ta’minlash.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyundagi PF-5098-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 27-son, 605-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “TTZ” OAJ, “Chirchiqqishloqmash” OAJ ikki oy muddatda Farg‘ona, Namangan, Sirdaryo, Buxoro, Xorazm viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda to‘liq ishlamayotgan mavjud ishlab chiqarish quvvatlari negizida ehtiyot qismlarni chiqarish va osma qishloq xo‘jalik mashinalarini yirik blokli yig‘ish bo‘yicha shu’ba korxonalarini barpo etish takliflarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi har yili Investitsiya dasturini shakllantirishda unga belgilangan tartibda 3-ilovaga muvofiq investitsiya loyihalari kiritilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 2013-yilning 1-yanvarigacha “TTZ” OAJ Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat va hajmlarda qishloq xo‘jalik texnikasini ishlab chiqarish uchun import qiladigan butlovchi buyumlar hamda materiallar bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari)ozod etilsin, bo‘shaydigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan holda quyidagilarga maqsadli yo‘naltirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklarning kreditlarini to‘lash va ularga xizmat ko‘rsatish, kreditorlar oldidagi qarzlarni to‘lash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilanadigan tartibda tasdiqlangan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslariga muvofiq mavjud ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish va yangilarini bunyod etish uchun zamonaviy texnologik jihozlarni xarid qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, mazkur Qarorda nazarda tutilgan imtiyozlar berilishi munosabati bilan bo‘shaydigan mablag‘lar maqsadli ishlatilmagan yoki import qilingan butlovchi buyumlar va materiallardan maqsadli foydalanilmagan hollarda bojxona to‘lovlarining tegishli summasi soliq organlarining taqdimnomasiga ko‘ra qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bojxona organlari tomonidan undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi yuqorida ko‘rsatilgan imtiyozlarni berish natijasida bo‘shaydigan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi, shuningdek, qishloq xo‘jalik texnikasini ishlab chiqarish uchun bojxona imtiyozlari qo‘llanilgan holda import qilinadigan butlovchi buyumlar va materiallardan foydalanilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagromashservis” uyushmasi, Fermer xo‘jaliklari uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda muqobil MTPlar va servis markazlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ularda ko‘rsatiladigan xizmatlar sohasi kengaytirilishi, darajasi va sifati oshirilishini, investitsiya majburiyatlarini olish va faoliyat profilini saqlab qolish sharti bilan samarasiz muqobil MTPlarni belgilangan tartibda xususiy mulk etib sotishni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qarorning ijrosi yuzasidan axborotlar Vazirlar Mahkamasining majlislarida har yili ko‘rib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 7-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-832-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 7-apreldagi PQ-832-sonli qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi texnikasiga bo‘lgan har yilgi talab-ehtiyojni belgilash bo‘yicha maxsus komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI

1.

G.K. Saidova

iqtisodiyot vaziri, komissiya raisi

2.

A.D. Vaxabov

Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari, komissiya raisining o‘rinbosari

Komissiya a’zolari:

3.

M.M. Mirzayev

moliya vaziri o‘rinbosari

4.

lavozimi bo‘yicha

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini davlat xaridi va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasini boshqarish Departamenti direktori

5.

N.S. Otajonov

“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi

6.

S.S. Saydaminov

“O‘zagrotexmash” AJ bosh direktori

7.

X.U. Imamov

“O‘zagrolizing” AJ bosh direktori

8.

U.M. Tursunov

“O‘zagroservis” AJ bosh direktori

9.

B.T. Yusupov

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi

10.

F.F. Karimov

“O‘zagrosug‘urta” AJ boshqaruvi raisi

11.

K. Ismoilov

Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i, komissiya kotibi

12.

Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha hokimlar o‘rinbosarlari.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 4-son, 227-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 1-son, 3-modda; 2017-y., 27-son, 605-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 06/18/5304/0591-son, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)