Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2025 10.06.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1820
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OZUQABOP EKINLAR URUGʻCHILIGIGA IXTISOSLASHTIRILGAN XOʻJALIKLARNI TASHKIL ETISH VA OZUQABOP EKINLAR URUGʻLIGINI YETISHTIRISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 10-iyunda 1820-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2025-yil 24-noyabrdagi 41-sonli ““Ozuqabop ekinlar urugʻchiligiga ixtisoslashtirilgan xoʻjaliklarni tashkil etish va ozuqabop ekinlar urugʻligini yetishtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1820-1, 01.12.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi va “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-apreldagi “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida chorva mollar koʻpaytirishni ragʻbatlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-842-sonli qaroriga asosan buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ozuqabop ekinlar urugʻchiligiga ixtisoslashtirilgan xoʻjaliklarni tashkil etish va ozuqabop ekinlar urugʻligini yetishtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 21-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining
2008-yil 21-maydagi
89-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ozuqabop ekinlar urugʻchiligiga ixtisoslashtirilgan xoʻjaliklarni tashkil etish va ozuqabop ekinlar urugʻligini yetishtirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Urugʻchilik toʻgʻrisida” va “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-apreldagi “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida chorva mollar koʻpaytirishni ragʻbatlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-842-son qaroriga asosan ozuqabop ekinlar urugʻchiligiga ixtisoslashtirilgan xoʻjaliklarni tashkil etish va ozuqabop ekinlar urugʻligi yetishtirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ozuqabop ekinlar urugʻchiligiga ixtisoslashtirilgan xoʻjaliklar tuman hokimligi qoshida tashkil etiladigan maxsus komissiya tomonidan oʻtkazilgan tanlov asosida tuman hokimining qaroriga muvofiq tashkil etiladi. Komissiyaning ish faoliyati tuman hokimining qarori bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ozuqabop ekinlar urugʻchiligiga ixtisoslashtirilgan xoʻjaliklar fermer, tajriba va boshqa xoʻjaliklar negizida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ozuqabop ekinlar urugʻchiligiga ixtisoslashtirilgan xoʻjaliklarda bir mavsumda ikki turdan koʻp boʻlmagan ozuqabop ekin urugʻligini yetishtirishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir konturda bir turdagi ozuqabop ekinning ikkita navi urugʻligini yetishtirishga ruxsat etilmaydi. Ozuqabop ekinlarni joylashtirishda mazkur hududlarning tuproq va iqlim sharoitlari va navlarning biologik xususiyatlari inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tumanlarda ozuqabop ekinlar urugʻligini yetishtirish maydoni, urugʻlik uchun ekiladigan ozuqabop ekinlar urugʻligi navlari va kutiladigan ozuqabop ekinlar urugʻligi hajmlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari tomonidan taklif etilgan rejaga asosan belgilanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-apreldagi PQ-842-son qaroriga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ozuqabop ekinlar urugʻligini yetishtirish huquqiga ega boʻlgan fermer, tajriba va boshqa xoʻjaliklar qaysi navdan necha gektar ekishi va qancha hajmda urugʻlik yetishtirishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyat hokimining kelgusi yillar hosili uchun talab etiladigan urugʻlik tayyorlash hajmlari va navlarni joylashtirish toʻgʻrisidagi qaroriga asosan belgilab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ozuqabop ekinlar urugʻchiligiga ixtisoslashtirilgan xoʻjaliklarning vazifa va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ozuqabop ekinlar urugʻchiligiga ixtisoslashtirilgan xoʻjaliklarning vazifa va funksiyalari quyidagilardan iborat boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) asosiy vazifalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-apreldagi PQ-842-son qarorining 3-ilovasida belgilangan ekin maydonlarini urugʻ bilan taʼminlashda navlar boʻyicha zarur miqdordagi, standart talablariga mos keluvchi nav urugʻlarining avlodlarini hisobga olgan holda yetishtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻpaytirilayotgan navning qimmatli xoʻjalik va texnologik xususiyatlarini saqlab qolish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori sifatli va nav sofligiga ega boʻlgan birinchi va keyingi reproduksiyadagi urugʻlarni yetishtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi va keyingi reproduksiyadagi urugʻliklarni yetishtirish va qayta ishlash tartib va qoidalariga amal qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nav mualliflari va nav originatorlari tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy asoslangan tavsiyalar asosida agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda va meʼyorlarda sifatli oʻtkazilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yuklatilgan vazifalarga asosan quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urugʻlik maydonlari yuqori unumdor, mexanizmlar yordamida ishlov berishga qulay, suv bilan yaxshi taʼminlangan, shoʻrlanmagan va tekis dalalarda joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
almashib ekish va agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida oʻtkazish dasturini tuzish va ularning bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi va keyingi reproduksiyadagi urugʻlik maydonlarini ixcham qilib joylashtirish, belgilangan tartibda va maqbul muddatlarda oraliq himoya masofani saqlagan holda ekish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanishga ruxsat etilgan preparatlar bilan zararsizlantirilgan urugʻlarni ekish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nav va tur tozaligi boʻyicha dala koʻrigi va begona nav turlari oʻtogʻini oʻtkazishni tashkillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan navlarni oʻzboshimchalik bilan almashtirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Ozuqabop ekinlardan yetishtiriladigan urugʻliklar hajmini aniqlash va yetishtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan holda kelgusi yil hosili uchun ekiladigan ozuqabop ekinlar navlarining urugʻliklari hajmiga boʻlgan talabni, navlarni hududlar boʻyicha joylashtirilishini va undan olinadigan hosilning prognoz hajmlarini aniqlaydi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Urugʻlik yetishtirish maqsadida ekilgan ozuqabop ekinlar maydonlarida ularning avlodidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining buyrugʻiga asosan aprobatsiya oʻtkaziladi. Aprobatsiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari, don mahsulotlari korxonalari hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazining joylardagi boʻlimlari vakillaridan iborat tarkibda tuzilgan aprobatsiya komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Aprobatsiya komissiyalari tomonidan ozuqabop ekin urugʻligi ekilgan maydonlarda oʻtkazilgan aprobatsiya natijalariga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining ozuqabop ekinlar urugʻlarini navlar boʻyicha xarid qilish toʻgʻrisidagi hosil yili boshida qabul qiladigan qarorlariga oʻrim-yigʻim mavsumi boshlanishidan kamida 15 kun oldin oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Urugʻchilik xoʻjaliklaridan xarid qilinadigan ozuqabop ekinlar urugʻligining hajmi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-apreldagi PQ-842-son qarorining 3-ilovasida koʻrsatilgan ekin maydonlari uchun talab etiladigan miqdorda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining ozuqabop ekinlar urugʻlarini navlar boʻyicha xarid qilish toʻgʻrisidagi qarorlariga oʻzgartirish kiritilgandan keyin 10 kun muddatda urugʻchilik xoʻjaliklari bilan urugʻlik uchun belgilangan tartibda shartnomalar tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari ozuqabop ekinlar navlarining elita urugʻliklarini ilmiy tadqiqot muassasalari va nav originatorlaridan, keyingi reproduksiyadagi urugʻlarni esa ozuqabop ekinlar urugʻchiligiga ixtisoslashtirilgan xoʻjaliklaridan shartnoma asosida sotib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ozuqabop ekinlar urugʻlarini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish urugʻchilikka ixtisoslashtirilgan xoʻjaliklar tomonidan tijorat banklariga berilgan buyurtmalari boʻyicha kredit resurslari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi korxonalar yetishtirilgan urugʻlik materiallarni aprobatsiya dalolatnomalari asosida belgilangan xoʻjaliklardan qabul qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yetishtirib berilgan urugʻliklar belgilangan tartibda konditsiya darajasiga yetkazilib soʻngra chorvachilikka ixtisoslashgan fermer va dehqon xoʻjaliklariga ekish uchun sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Elita urugʻlarining xarid narxlari elita urugʻlarini yetishtirishda qilingan xarajatlar kalkulyatsiyasi asosida nav-orginatorlari bilan kelishilgan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kalkulyatsiyaga urugʻshunos va seleksionerning mualliflik gonorar xarajatlari ham qoʻshib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ozuqabop ekinlar urugʻligini yetishtirish tizimi mazkur Nizomda keltirilgan ilovaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Shartnoma shartlari bajarilmaganda tomonlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mazkur Nizomda belgilangan talablarni buzgan va unga amal qilmagan xoʻjaliklar urugʻchilik toifasidan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ushbu Nizomda tartibga solinmagan masalalar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Fermer xoʻjaliklari uyushmasi va “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Fermer xoʻjaliklari uyushmasi raisi A. ORIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 16-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi E. QUDRATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 16-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ozuqabop ekinlar urugʻchiligiga
ixtisoslashtirilgan xoʻjaliklarni
tashkil etish va ozuqabop ekinlar
urugʻligini yetishtirish tartibi
toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ozuqabop ekinlar urugʻligini yetishtirish tizimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 24-25-son, 229-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)