Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.07.2017 10.06.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1819
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining qarori, 10.06.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1819
Кучга кириш санаси
20.06.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.07.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QOʻMITASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“PAXTASANOAT” HUDUDIY AKSIYADORLIK BIRLAShMALARI USTAV FONDLARIGA BERILGAN DAVLAT AKTIVLARINI SOTIShDAN TUShGAN MABLAGʻLARNI “OʻZPAXTASANOAT” UYuShMASI TOMONIDAN JAMLANIShI VA IShLATILIShI TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 10-iyunda 1819-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2017-yil 11-iyuldagi 99, 01/09-26/16-sonli “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari ustav fondlariga berilgan davlat aktivlarini sotishdan tushgan mablagʻlarni “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi tomonidan jamlanishi va ishlatilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1819-1, 17.07.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 25-sentabrdagi 202-sonli “Davlat aktivlarini sotishdan tushgan, xoʻjalik boshqaruvi ayrim organlari ustav fondini shakllantirish uchun berilgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 39-son, 403-modda) qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari ustav fondlariga berilgan davlat aktivlarini sotishdan tushgan mablagʻlarni “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi tomonidan jamlanishi va ishlatilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R.S. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 28-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisi D. MUSAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 28-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01/11-18/06-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2008-yil 28-maydagi 55, 01/11-18/06-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari ustav fondlariga berilgan davlat aktivlarini sotishdan tushgan mablagʻlarni “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi tomonidan jamlanishi va ishlatilishi tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 25-sentabrdagi 202-sonli “Davlat aktivlarini sotishdan tushgan, xoʻjalik boshqaruvi ayrim organlari ustav fondini shakllantirish uchun berilgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 39-son, 403-modda) qaroriga muvofiq “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari ustav fondlariga berilgan davlat aktivlari (keyingi oʻrinlarda — davlat aktivlari) sotilishidan “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi (keyingi oʻrinlarda — Uyushma) ixtiyoriga kelib tushadigan mablagʻlarni jamlash va ishlatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat mulki qoʻmitasi) davlat aktivlarini qonunchilikda belgilangan tartibda sotishni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat aktivlarini sotishdan tushadigan mablagʻlar Davlat mulki qoʻmitasining maxsus hisob raqamida jamlanadi va davlat aktivlarini oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq sotib oluvchi tomonidan sotib olish toʻlovlari toʻliq amalga oshirilgandan keyin quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Paxtasanoat” XABning (keyingi oʻrinlarda — Birlashma) yozma murojaati, shuningdek Qimmatli qogʻozlarning Davlat Markaziy depozitariysi tasdiqlovchi maʼlumoti asosida Birlashmalar ustav fondlariga kiritilgan davlat aktivlarining qiymatiga teng boʻlgan mablagʻlar ularning hisob raqamiga oʻtkazib beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablagʻlarning qolgan qismi 100 foiz deb qabul qilinadi va qonunchilikda belgilangan tartibda Davlat mulki qoʻmitasi ixtiyorida qoldiriladigan mablagʻlar chegirilgandan soʻng, Uyushmaning tijorat banklarida ochilgan “22626 — korxona va tashkilotlarning maqsadli mablagʻlari” maxsus hisob raqamiga oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Uyushma Davlat mulki qoʻmitasidan tegishli shartnoma asosida kelib tushgan mablagʻlarni keyinchalik paxta tozalash korxonalarini modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish boʻyicha aniq loyihalarni amalga oshirish boʻyicha maqsadli ishlatilish uchun muddatli, qaytarish va toʻlash sharti bilan yoʻnaltiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki qoʻmitasi va Uyushma oʻrtasida har bir sotilgan davlat aktivi boʻyicha alohida shartnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Mablagʻlarni jamlash, ishlatish va qaytarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Nizomga asosan mablagʻlarni jamlash va ishlatish boʻyicha alohida hisob yuritish maqsadida Uyushma va paxta tozalash korxonalari, xizmat koʻrsatuvchi bankda “22626-korxona va tashkilotlarning maqsadli mablagʻlari” maxsus hisob raqami ochadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sotib olish toʻlovlarining toʻliq miqdori Davlat mulki qoʻmitasining maxsus hisob raqamiga kelib tushgan sanadan keyingi oyning 15-sanasigacha Davlat mulki qoʻmitasi va Uyushma oʻrtasida tegishli shartnoma tuziladi va shartnomada koʻrsatilgan mablagʻlar ushbu shartnoma kuchga kirgan kundan boshlab 3 (uch) bank kunidan koʻp boʻlmagan muddatda Uyushmaning maxsus hisob raqamiga oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan Uyushmaga berilgan mablagʻlarga Uyushma maxsus hisob raqamiga kelib tushgan kundan boshlab Davlat mulki qoʻmitasiga qaytarilish kuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish yillik stavkasining 50 foizi miqdorida kunlik foizlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Uyushma unga berilgan mablagʻlarni (asosiy qarzni) va ularga hisoblangan foizlarni alohida tarzda 2012-yilning 1-yanvaridan boshlab 3 yil davomida shartnomaga ilova qilinadigan jadval asosida teng yillik ulushlarda Davlat mulki qoʻmitasiga qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Paxta tozalash korxonalaridan mablagʻlarga buyurtma boʻlmaganda, ularni koʻrib chiqish davrida va Uyushma maxsus hisob raqamidagi mablagʻlar qoldigʻi, buyurtmalarda koʻrsatilgan mablagʻlar miqdoridan koʻp boʻlgan hollarda, Uyushma maxsus hisob raqamidagi vaqtinchalik boʻsh mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirilishi mumkin. Ulardan olingan daromadlar mablagʻlarning Uyushma maxsus hisob raqamida turgan davriga hisoblangan foizlarni toʻlash uchun maqsadli yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan mablagʻlarning Uyushma maxsus hisob raqamida boʻlgan davri uchun hisoblangan foizlar, toʻlovlar kechiktirilganligi uchun hisoblangan ustamalar va jarimalar (hisoblangan taqdirda), asosiy qarz, bank xizmatlari uchun toʻlovlar va berilgan mablagʻlarni boshqarish xarajatlarini toʻlash uchun mablagʻlarning yetmagan qismini Uyushma oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish uchun mablagʻlarga ehtiyoji bor paxta tozalash korxonalari, korxona tegishli boshqaruv organining qarz mablagʻlarni jalb qilish toʻgʻrisidagi qaroriga asosan unga tegishli hujjatlar va hisob-kitoblarni (paxta tozalash korxonalari tomonidan ishlab chiqilgan va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan rekonstruksiya va modernizatsiya loyiha-smeta hujjatlarini va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni hamda Uyushma tomonidan belgilangan boshqa hujjatlarni) ilova qilgan holda Uyushmaga yozma murojaat yuboradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Uyushma tushgan murojaatlarning alohida hisobini yuritadi, paxta tozalash korxonalari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda koʻrib chiqadi va ularni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha murojaat etuvchiga murojaatni olgan kundan boshlab 20 ish kuni ichida mablagʻ ajratish yoki ajratmaslik (rad etishni asoslovchi dalillarni koʻrsatgan holda) toʻgʻrisida qabul qilingan qaror yuzasidan yozma bildirishnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Paxta tozalash korxonalarini modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish boʻyicha barcha loyihalarni Uyushma tomonidan tuzilgan Komissiya tomonidan ekspertiza qilinishi, soʻngra loyihalar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligida ekspertizadan oʻtkazilishi lozim. Komissiyani tuzish va uning ishini tashkil qilish tartibi Uyushma tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Loyihalarni ekspertizadan oʻtkazishda ishlab chiqarishning texnik darajasini oshirishga, birinchi navbatda, korxonalarning texnik paxta chigiti tejalishini, sifatli, raqobatga bardoshli paxta mahsulotlari ishlab chiqarilishini taʼminlaydigan zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlanishiga alohida eʼtibor qaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tozalash korxonalarini modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirishda qatnashuvchi pudrat tashkilotlari belgilangan tartibda tanlov (tender) asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agarda Uyushma tomonidan mablagʻ ajratish toʻgʻrisida rad etish qarori qabul qilingan taqdirda, rad etish sabablarini toʻgʻrilash imkoniyati mavjud boʻlsa, paxta tozalash korxonasi ularni bartaraf etgandan soʻng, takroran Uyushmaga murojaat qilishga haqli. Takroran taqdim etilgan hujjatlar Uyushma tomonidan mazkur Nizomning 10-bandida qayd etilgan muddatda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mablagʻ ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Uyushma ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab 10 ish kuni ichida paxta tozalash korxonasi bilan mazkur Nizomda belgilangan shartlar asosida tegishli shartnoma tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushma maxsus hisob raqamida jamlangan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirish korxonalarga modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish uchun bosqichma-bosqich avans berish bilan, keyingi hisob-kitoblar esa oʻrnatilgan tartibda haqiqatda bajarilgan ish hajmlari uchun paxta tozalash korxonalari tegishli hujjatlarni taqdim etgan kundan boshlab 3 bank kuni ichida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, avans toʻlovlari tegishli shartnoma tuzilgan kundan keyin 3 bank kuni ichida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Uyushma tomonidan ajratilgan mablagʻlarga ushbu mablagʻlar paxta tozalash korxonasining maxsus hisob raqamiga kelib tushgan kundan boshlab va Uyushmaning maxsus hisob raqamiga qaytariladigan kunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish yillik stavkasining 50 foizi miqdorida kunlik foizlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Paxta tozalash korxonasi Uyushma tomonidan berilgan mablagʻlarni va ularga hisoblangan foizlarni 2012-yil 1-yanvardan boshlab 3 yil davomida shartnomaga ilova qilinadigan jadval asosida teng yillik ulushlarda Uyushmaga qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mablagʻ olgan paxta tozalash korxonalari ushbu mablagʻlarni Uyushmaga oʻrnatilgan tartibda muddatidan oldin qaytarishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Uyushmadan Davlat mulki qoʻmitasiga kelib tushgan asosiy qarz, foizlar, ustamalar va jarimalar (hisoblangan taqdirda) qaytarilgan vaqtda amal qiladigan qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda asosiy qarz, foizlar, ustamalar va jarimalar (hisoblangan taqdirda) 100 foiz deb qabul qilinadi va Davlat mulki qoʻmitasiga tegishli qismi hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashmalar ustav fondiga berilgan davlat aktivlarini sotishdan tushadigan mablagʻlar va Uyushma tomonidan Davlat mulki qoʻmitasiga oʻtkazilgan asosiy qarz, foizlar, ustamalar va jarimalar (hisoblangan taqdirda) taqsimoti mazkur Nizomning ilovasidagi misolda keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ushbu Nizomga asosan Davlat mulki qoʻmitasi oʻzining maxsus hisob raqamiga kelib tushayotgan mablagʻlarni oʻz vaqtida va toʻgʻri taqsimlanishiga javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Uyushma:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki qoʻmitasiga mablagʻlarni oʻz vaqtida va toʻliq qaytarilishi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta tozalash korxonalari tomonidan mablagʻlarni maqsadli ishlatilishi, oʻz vaqtida va toʻliq qaytarilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Berilgan mablagʻlarning ishlatilishini nazorat qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Shartnoma asosida Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan Uyushmaga berilgan pul mablagʻlarining maqsadli va samarali ishlatilishi ustidan nazorat qonunchilik va shartnomalarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Shartnoma asosida Uyushma tomonidan paxta tozalash korxonalariga berilgan pul mablagʻlarining maqsadli va samarali ishlatilishi ustidan nazorat qonunchilik va shartnomalarga muvofiq Uyushma tomonidan hamda oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Paxta tozalash korxonasi Uyushma tomonidan shartnomaga muvofiq berilgan pul mablagʻlarni maqsadsiz ishlatgan taqdirda, paxta tozalash korxonasi maqsadsiz ishlatilgan mablagʻlar qiymatining 10 foizi miqdorida Uyushmaga jarima toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tozalash korxonalari tomonidan maqsadsiz ishlatilgan pul mablagʻlari Uyushma tomonidan undiriladi va keyinchalik ularni ishlatish uchun Uyushmaning maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi yoki Davlat mulki qoʻmitasiga oʻrnatilgan tartibda qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Uyushma Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan shartnomaga muvofiq berilgan pul mablagʻlarni maqsadsiz ishlatgan taqdirda, Uyushma maqsadsiz ishlatilgan mablagʻlar qiymatining 10 foizi miqdorida Davlat mulki qoʻmitasiga jarima toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushma tomonidan maqsadsiz ishlatilgan pul mablagʻlari Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan undiriladi va amaldagi qonunchilikka asosan taqsimlash uchun Davlat mulki qoʻmitasining maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Shartnomalar asosida berilgan pul mablagʻlari asosiy qarzi va foizlari oʻz vaqtida qaytarilmagan taqdirda, Uyushma Davlat mulki qoʻmitasiga, paxta tozalash korxonalari esa Uyushmaga toʻlov muddati kechiktirilgan har bir kun uchun mablagʻlar qiymatining 0,4 foiz miqdorida ustama toʻlaydilar, lekin bu ustama miqdori kechiktirilgan toʻlovlar qiymatining 50 foizidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ushbu Nizomga asosan Davlat mulki qoʻmitasiga qaytarilishi lozim boʻlgan barcha mablagʻlar, shu jumladan foizlar, hisoblangan ustamalar va jarimalar davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish mablagʻlarining qismi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Uyushma va paxta tozalash korxonalarini ustama va jarima toʻlashi, shartnoma boʻyicha toʻlanadigan asosiy qarz va foiz toʻlovi majburiyatlaridan ozod etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Sotib oluvchi oʻz zimmasiga olgan investitsion majburiyatlarni bajarmasligi va/yoki shartnoma bekor qilinishiga olib keladigan shartnomani boshqa shartlari bajarilmagan taqdirda, sotib oluvchi tomonidan toʻlangan mablagʻlarni qaytarish Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan qonunchilik bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi va “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot vaziri B. XOʻJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 28-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 28-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi raisi F. OMONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 28-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari ustav fondlariga berilgan davlat aktivlarini sotishdan tushgan mablagʻlarni “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi tomonidan jamlanishi va ishlatilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashmalar ustav fondlariga berilgan davlat aktivlarini sotishdan tushgan mablagʻlar va Uyushma tomonidan Davlat mulki qoʻmitasiga oʻtkazilgan asosiy qarz, foiz, ustama va jarimalarning taqsimoti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MISOL
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r‎‏
‎‏

‎‏Oluvchilar
‎‏

Birlashmalarning
‎ ustav fondlariga
‎kiritilgan davlat
‎aktivlari qiymatidan
‎ tashqari
‎ mablagʻlarning
‎taqsimoti‎‎‎‏
‎‎‎

“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi tomonidan qaytarilgan mablagʻlarning taqsimoti*‎‎

jami‎‎

shu jumladan:‎‎

summa‎

%‎

summa‎

%‎

asosiy qarz‎

foizlar‎

ustama‎

jarima‎

1‎ Moliya vazirligi‎ -‎ 0%‎ ‎ 4 144 587,6‎ 67,01%‎ 3 250 000,0‎ 502 577,3‎ 67 010,3‎ 325 000,0‎
2‎ QQR Vazirlar Kengashi va hokimiyatlar‎ -‎ 0%‎ ‎ 1 594 072,2‎ 25,77%‎ 1 250 000,0‎ 193 299,0‎ 25 773,2‎ 125 000,0‎
3‎ Savdo-sanoat palatasi‎ -‎ 0%‎ ‎ 318 814,4‎ 5,15%‎ 250 000,0‎ 38 659,8‎ 5 154,6‎ 25 000,0‎
4‎ Davlat mulki qoʻmitasi (1%)‎ 50 000,0‎ 1%‎ ‎ 0%‎ ‎‎ -‎ -‎ -‎ -‎
5‎ Davlat mulki qoʻmitasi (2%)‎ 100 000,0‎ 2%‎ ‎ 0%‎ ‎‎ -‎ -‎ -‎ -‎
6‎ Monopoliyadan chiqarish davlat qoʻmitasi‎ -‎ 0%‎ ‎ 127 525,8‎ 2,06%‎ 100 000,0‎ 15 463,9‎ 2 061,9‎ 10 000,0‎
7‎ “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi‎ 4 850 000,0‎ 97%‎ ‎ 0%‎ ‎‎‎ -‎ -‎ -‎ -‎
JAMI‎ 5000000,0‎ 100%‎ ‎ 6185000,0‎ 100%‎ 4850000,0‎ 750000,0‎ 100000,0‎ 485000,0
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Shu bilan birga, asosiy qarz summasi, foizlar va ustamalar mablagʻlar qaytariladigan vaqtdagi amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 24-25-son, 228-modda)