Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.06.2025 16.05.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1808
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.06.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYRUG‘I
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHAHAR VA BOSHQA AHOLI PUNKTLARI KO‘CHALARINI, SHUNINGDEK XO‘JALIKLARARO QISHLOQ AVTOMOBIL YO‘LLARINI TA’MIRLASH MANZILLI RO‘YXATLARINI SHAKLLANTIRISH HAMDA XARAJATLARINI MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARI HISOBIDAN MOLIYALASHTIRISH (TO‘LOVLARNI AMALGA OSHIRISH) TARTIBI BO‘YICHA NIZOMNI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDAGI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 16-mayda 1808-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 20-maydagi 258-sonli ““Shahar va boshqa aholi punktlari ko‘chalarini, shuningdek xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini ta’mirlash manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish hamda xarajatlarini mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish (to‘lovlarni amalga oshirish) tartibi bo‘yicha nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruq, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1808-3, 04.06.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 40-son, 410-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-dekabrdagi PQ-535-sonli “2007-2010-yillarda umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llari qurilishini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 51-52-son, 508-modda) muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ilova qilinayotgan Shahar va boshqa aholi punktlari ko‘chalarini, shuningdek xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini ta’mirlash manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish hamda xarajatlarini mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish (to‘lovlarni amalga oshirish) tartibi bo‘yicha Nizom tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan kundan o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 7-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirining 2008-yil 7-maydagi 49-son buyrug‘i bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar va boshqa aholi punktlari ko‘chalarini, shuningdek xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini ta’mirlash manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish hamda xarajatlarini mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish (to‘lovlarni amalga oshirish) tartibi bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 40-son, 410-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 52-son, 534-modda), 2006-yil 20-dekabrdagi PQ-535-sonli “2007—2010-yillarda umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llari qurilishini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 51-52-son, 508-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 1-noyabrdagi 226-sonli “Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini qurish va ulardan foydalanishni tashkil etishni hamda sifatini nazorat qilishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 45-son, 442-modda) muvofiq tegishli shahar va tuman hokimliklari tasarrufida bo‘lgan shahar va boshqa aholi punktlari ko‘chalarini, shuningdek xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini ta’mirlash manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish hamda xarajatlarini mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish (to‘lovlarni amalga oshirish) tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shahar va boshqa aholi punktlari ko‘chalarini, shuningdek xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini (bundan keyin matnda — avtoyo‘llar) saqlash va ta’mirlash tegishli shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari yoki avtoyo‘llar balansida bo‘lgan boshqa tashkilotlar (bundan keyin matnda — Buyurtmachi yoki Budjet mablag‘larini oluvchi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Avtoyo‘llarni ta’mirlash quyidagi turga bo‘linadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mukammal ta’mirlash;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 1-martdagi 24-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1808-1, 15.03.2012-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 123-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy ta’mirlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Muayyan avtoyo‘l (avtoyo‘l uchastkasi) bo‘yicha amalga oshiriladigan ta’mirlash ishlari turi va hajmini aniqlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 1-noyabrdagi 226-sonli “Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini qurish va ulardan foydalanishni tashkil etishni hamda sifatini nazorat qilishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash ishlari tasnifiga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Avtoyo‘llarni mukammal ta’mirlash ishlab chiqilgan, davlat ekspertizasidan o‘tkazilgan va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga asosan amalga oshiriladi hamda ta’mirlanayotgan avtoyo‘l uchastkasining to‘la uzunligida avtoyo‘lning barcha qurilmalari va tarkibiy qismlari bo‘yicha keng qamrovli bajarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtoyo‘lni transport-foydalanish holatini texnik tekshirish natijasi bo‘yicha aniqlangan quyidagi holatlar mukammal ta’mirlash uchun mezon hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l qoplamasining mustahkamlilik darajasi yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan darajagacha kamayib ketishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtoyo‘l va yo‘l qurilmalarining boshqa tarkibiy qism parametrlari hamda tavsiflari ortib borayotgan yo‘l harakati talablarini qoniqtirmay qolishi va ushbu holatlarni avtoyo‘llarni oddiy saqlash ishlari yordami bilan talab darajasiga keltirishning imkoniyati bo‘lmasa yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas deb topilsa.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 1-martdagi 24-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1808-1, 15.03.2012-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 123-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Avtomobil yo‘llari joriy ta’mirlash texnik tekshirishlar va texnik ko‘riklar (bahorgi, kuzgi va davriy) natijalari yoki nuqsonlar vedomostlari asosida tuzilgan bajariladigan ishlarga qarab o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari yoki xarajatlar smetalari doirasida amalga oshiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 1-martdagi 24-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1808-1, 15.03.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 123-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Avtoyo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha manzilli ro‘yxatlarni shakllantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Buyurtmachi tomonidan har yili avtoyo‘llarning holatini texnik ko‘rikdan o‘tkazish va baholash amalga oshiriladi. Buning natijasida nuqson dalolatnomalari va mukammal hamda joriy ta’mirlash (bundan keyin matnda — avtoyo‘llarni ta’mirlash) manzilli ro‘yxatlari tuziladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 1-martdagi 24-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1808-1, 15.03.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 123-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Avtoyo‘llarni ta’mirlash manzilli ro‘yxatlarini shakllantirishda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2001-yil 19-sentabrda 107-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshirilayotgan binolar va inshootlarni mukammal ta’mirlashni mablag‘ bilan ta’minlash va manzilli ro‘yxatlarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga (qayd etilgan sana va raqami 2001-yil 3-oktabr, 1073-son, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari byulleteni, 2001-yil, 19-son, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 1-2-son, 23-modda) asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan avtoyo‘llarni ta’mirlash manzilli ro‘yxatlari buyurtmachi tomonidan, iqtisodiyot va moliya idoralarida ro‘yxatga olingan xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan mablag‘lar doirasida, har yili shakllantiriladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 52-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3448, 25.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Avtoyo‘llarni ta’mirlash manzilli ro‘yxatlarini tuzishda quyidagilar hisobga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyalashtirish manbai mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan loyiha hujjatlari, resurs smetasini inobatga olgan holda, yoki nuqson dalolatnomalariga asosan ta’mirlanadigan avtoyo‘llar bo‘yicha bajariladigan ishlar ro‘yxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtoyo‘llarni ta’mirlash ishlarini asosan hisobot yili davomida amalga oshirilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manzilli ro‘yxatga quyidagilar ham kiritilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘tgan yil manzilli ro‘yxatiga kiritilgan va ta’mirlanishi yakunlanmagan avtoyo‘l obyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘tgan yil manzilli ro‘yxatiga kiritilgan hamda bajarilgan ishlar, xizmatlar, yetkazib berilgan material va jihozlar uchun kreditor qarzdorlik mavjud bo‘lgan obyektlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mukammal ta’mirlanadigan avtoyo‘llar bo‘yicha loyiha hujjatlari, resurs smetasini inobatga olgan holda, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadi.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 1-martdagi 24-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1808-1, 15.03.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 123-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy ta’mirlanadigan avtoyo‘llar bo‘yicha bajariladigan ishlar ro‘yxati nuqson dalolatnomalari asosida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy ta’mirlash bo‘yicha ish hajmlari texnik hisob-kitob va muhandislik izlanishlar olib borishni talab etadigan alohida qiyin ishlarni bajarishda avtoyo‘llarni joriy ta’mirlash texnik tekshirish, texnik ko‘rikdan o‘tkazish natijasi asosida ishlab chiqilgan, soha va davlat ekspertizasidan o‘tkazilgan va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 1-martdagi 24-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1808-1, 15.03.2012-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 123-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Avtoyo‘lni ta’mirlash uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ularni tarkibi qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining 2003-yil 29-dekabrdagi 89-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Shaharsozlik normalari va qoidalari “Korxona, bino va inshoatlarni kapital qurishda loyiha hujjatlarining tarkibi hamda ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi”ga (SHNQ 1.03.01-03) muvofiq aniqlanadi.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha-smeta hujjati va loyihada qabul qilingan yechimning detallashtirilganlik darajasi qabul qilinayotgan texnik yechimlarni, loyihaning hajmi va qiymatini asoslash uchun yetarli bo‘lishi hamda yo‘l-ta’mir ishlarini lozim darajadagi sifatda, harakat xavfsizligini ta’minlagan holda bajarishni ta’minlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Avtoyo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha loyiha hujjatlarini, resurs smetasini hisobga olgan holda, yoki bajariladigan ishlar ro‘yxatini o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlatish Buyurtmachi tomonidan joriy yilning 1-martigacha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Budjet mablag‘larini oluvchilar (Buyurtmachilar) tomonidan tuman va shahar hokimliklari iqtisodiyot va moliya bo‘limlari bilan kelishilgan holda shakllantirilgan, mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan avtoyo‘llarni ta’mirlash manzilli ro‘yxatlari joriy yil 15-martgacha tuman va shahar hokimliklariga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi hamda ularning qarorlari bilan tasdiqlanadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 52-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3448, 25.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Avtoyo‘llarni ta’mirlashning tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlari o‘n kun muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda hudud bo‘yicha (tuman va shaharlar kesimida) umumlashtirilgan manzilli ro‘yxatni tuzadi. Kommunal xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish ishlariga mas’ul hokim o‘rinbosari kotibiyatlari ushbu manzilli ro‘yxat ijrosini monitoring qilib boradi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 52-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3448, 25.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ta’mirlash manzilli ro‘yxatini shakllantirishda budjet mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyoj o‘tgan yilda ishlatilmagan avans bo‘yicha debitor qarzdorlik va buyurtmachi tomonidan sotib olingan material-texnik resurslar qiymatini ayirib tashlagan holda ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Avtoyo‘llarni mukammal ta’mirlashni, shuningdek avtoyo‘llarni joriy ta’mirlash, ish hajmlari loyiha-smeta hujjatlari asosida aniqlangan bajaruvchi pudratchi tashkilotni tanlash Buyurtmachi tomonidan tender savdosi asosida, joriy ta’mirlashni amalga oshirishda esa mustaqil ravishda pudratchilarning takliflarini tanlov asosida tanlash orqali amalga oshiriladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 1-martdagi 24-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1808-1, 15.03.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 123-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tender savdosini tashkil etish va o‘tkazish Buyurtmachining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi hamda bu xarajatlar savdo predmeti qiymatiga olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Yil davomida manzilli ro‘yxatga qo‘shimcha obyektlarni kiritishga avariya holatlari yuzaga kelganda, hamda ushbu ishlar uchun qo‘shimcha moliyalashtirish manbai mavjudligi tasdiqlanganda yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qo‘shimcha moliyalashtirish manbai mavjud bo‘lmasa, avtoyo‘llarni ta’mirlash manzilli ro‘yxatiga, qo‘shimcha kiritilayotgan obyektni hisobga olgan holda, ushbu maqsadlar uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar doirasida aniqlik kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Avtoyo‘llarni ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish (to‘lovlarini amalga oshirish) tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mukammal va joriy ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish (to‘lovlarini amalga oshirish) tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi 395-sonli “Kapital qurilishda xo‘jalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-yil, 17-18-son, 146-modda. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami, 2003-yil, 9-son, 83-modda) asosan amalga oshiriladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 1-martdagi 24-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1808-1, 15.03.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 123-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Avtoyo‘llarni ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish (to‘lovlarini amalga oshirish) manbalari mahalliy budjet mablag‘lari va qonunchilikda ta’qiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Davlat budjetining g‘aznachilik ijrosi sharoitida Buyurtmachilar o‘rnatilgan tartibda xarajatlar uchun to‘lovlarni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasining (bundan keyin matnda — G‘aznachilik) tegishli hududiy bo‘linmalari orqali amalga oshiradi. Bunda Buyurtmachilar ta’mirlash xarajatlariga to‘lovni amalga oshirish uchun talab etiladigan barcha hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda G‘aznachilik bo‘linmasiga taqdim etadilar.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 52-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3448, 25.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Avtoyo‘llarni ta’mirlash xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lovlarni amalga oshirish) qat’iy ravishda tasdiqlangan budjet mablag‘lari doirasida, Buyurtmachi xarajatlari smetasining 4-guruhida shu maqsadlar uchun ko‘zda tutilgan xarajatlar Davlat budjeti xarajatlari funksional tasnifiga muvofiq quyidagi bo‘lim, kichik bo‘lim va boblar orqali amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7 045 201 110 — shahar obodonlashtirish boshqarmasining shahar avtomobil yo‘llarini ta’mirlash xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7 045 202 110 — shahar obodonlashtirish boshqarmasining xo‘jaliklararo (qishloq) avtomobil yo‘llarini ta’mirlash xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7 045 203 110 — tuman obodonlashtirish boshqarmasining tuman markazlari avtomobil yo‘llarini ta’mirlash xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7 045 204 110 — tuman obodonlashtirish boshqarmasining xo‘jaliklararo (qishloq) avtomobil yo‘llarini ta’mirlash xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7 045 205 110 — tuman obodonlashtirish boshqarmasining tuman shaharchalari avtomobil yo‘llarini ta’mirlash xarajatlari.
(23-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 26-dekabrdagi 1808-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1808-2, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2025-y., 10/25/1808-2/0013-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Manzilli ro‘yxatga kiritilgan, lekin o‘rnatilgan tartibda loyiha hujjatlarini, resurs smetalarini inobatga olgan holda, yoki bajariladigan ishlar ro‘yxatini tasdiqlanishi ta’minlanmagan avtoyo‘llar bo‘yicha bajarilgan ishlarni moliyalashtirishga (to‘lovlarini amalga oshirishga) yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tasdiqlangan va kelishilgan avtoyo‘llarni ta’mirlash manzilli ro‘yxatlari, shuningdek, oyma-oy taqsimlangan xarajatlar smetalari Buyurtmachilar tomonidan G‘aznachilikning tegishli hududiy bo‘limlariga va xizmat ko‘rsatuvchi banklarga taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan ish hajmlari loyiha-smeta hujjatlari asosida aniqlangan mukammal ta’mirlash, shuningdek obyektlar bo‘yicha joriy ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish (to‘lovlari) Buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.
(26-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 1-martdagi 24-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1808-1, 15.03.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 123-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bo‘nak to‘lovlar — birinchi ikki oy davomida joriy yilda bajariladigan ishlar qiymatining 30 foiz miqdorini teng ulushlarga bo‘lgan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy moliyalashtirish (to‘lovlarni amalga oshirish) — ajratilgan bo‘nak to‘lovlarini oyma-oy mutanosib ravishda chegirib qolishni hisobga olgan holda, haqiqatda bajarilgan ish hajmining 95 foizidan kam bo‘lmagan qismi. Qolgan 5 foiz miqdordagi qismi, shartnomada ko‘rsatilgan, kafolat muddati tugaganidan so‘ng amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Avtoyo‘llarni joriy ta’mirlashni moliyalashtirish (to‘lovlarni amalga oshirish) (mazkur Nizomning 26-bandida nazarda tutilgan obyektlardan tashqari) joriy yil ish hajmining 15 foiz miqdorida bo‘nak berish yo‘li bilan, keyinchalik ajratilgan bo‘nak to‘lovlarini mutanosib ravishda ushlab qolishni hisobga olgan holda oyma-oy moliyalashtirish orqali amalga oshiriladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 1-martdagi 24-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1808-1, 15.03.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 123-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Avtoyo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha bajarilgan ish uchun Buyurtmachining pudrat tashkilotlari bilan hisob-kitoblari, o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan bir oyda bajarilgan ishlarni qabul qilish dalolatnomalari asosida, bajarilgan ish miqdori (qilingan xarajatlar) to‘g‘risidagi o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan hisobvaraq-fakturalar (ma’lumotnomalar) bo‘yicha amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Buyurtmachilar har chorakda avtoyo‘llarni ta’mirlash manzilli ro‘yxatlarini kelishgan tegishli hududiy iqtisodiyot va moliya idoralariga shartnomaviy narxlarda mablag‘larni o‘zlashtirishning borishi, shuningdek manzilli ro‘yxatga muvofiq obyektlar kesimida moliyalashtirish to‘g‘risida hisobot topshiradi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 52-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3448, 25.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Avtoyo‘llarni ta’mirlashda bajarilayotgan ishlar sifatini hamda ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi ustidan nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Manzilli ro‘yxatga kiritilgan avtoyo‘llar bo‘yicha loyiha hujjatlarini, ishlar ro‘yxatini tasdiqlanishi hamda tender savdolarini o‘tkazilishi to‘g‘riligini, budjet mablag‘larini maqsadli sarflanganligi, tasdiqlangan loyiha hujjatlari asosida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari hajmi va sifati ustidan nazorat qilish davlat boshqaruvi mahalliy organlari va Buyurtmachilar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Avtoyo‘llarini ta’mirlashga ajratilayotgan budjet mablag‘larini maqsadli sarflanishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining hududiy bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 52-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3448, 25.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Avtoyo‘llarni mukammal ta’mirlashda, shuningdek avtoyo‘llarni joriy ta’mirlash, ish hajmlari loyiha-smeta hujjatlari asosida aniqlangan bajarilgan ish sifati, qurilish me’yori va qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazorat Buyurtmachilar, loyiha tashkilotlari va Davarxqurilishnazoratning hududiy inspeksiyalari tomonidan, joriy ta’mirlash ishlari bajarilganda esa davlat boshqaruvi mahalliy organlari va Buyurtmachilar tomonidan amalga oshiriladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 1-martdagi 24-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1808-1, 15.03.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 123-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Nazorat o‘lchovi va hisob-kitob hujjatlarini tekshirish natijasida bajarilgan ishlar hajmi va qiymatini qo‘shib yozish holati aniqlanganda, shu holat ortiqcha mablag‘ olinishiga olib kelgan bo‘lsa, ortiqcha olingan mablag‘ pudrat tashkilotidan o‘rnatilgan ketma-ketlik tartibida undirib olinadi. Fosh qilingan qo‘shib yozish holati uchun javobgarlik qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda aniqlanadi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Mazkur Nizom talablariga rioya qilinmaganligi uchun obyektlarni balansda saqlovchi korxona rahbarlari javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi va “O‘zavtoyo‘l” DAK bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi N. XANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 7-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zavtoyo‘l” DAK raisi M. ABDULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 7-may
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 20-21-son, 181-modda; 2012-y., 11-son, 123-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son; 06.01.2025-y., 10/25/1808-2/0013-son)