Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 12.02.2008 yildagi PQ-792-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XITOY XALQ RESPUBLIKASI HUKUMATI TOMONIDAN BERILADIGAN GRANT MABLAG‘LARIDAN SAMARALI FOYDALANISHNI TA’MINLASH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) Hukumati tomonidan beriladigan grant mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2007-yilning 3-noyabrida imzolangan bitimga muvofiq, XXR Hukumati tomonidan 60 mln. yuan (8,2 mln. AQSH dollari) miqdorida grant berilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining XXR Hukumati grant mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi taklif qilinayotgan ilovaga* muvofiq loyihalar ro‘yxati to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Xitoy tomoni bilan kelishilgan mazkur grant mablag‘larini olish va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq tartib-qoidalarning o‘z vaqtida rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilovaga muvofiq loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha asosiy tadbirlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va ishlarni umumiy muvofiqlashtirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XXR Hukumatining grant mablag‘lari hisobiga xarid qilinadigan tibbiy uskunalarning saqlanishi, maqsadli va samarali ishlatilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda grant mablag‘lari hisobidan xarid qilinadigan tibbiy uskunalarni o‘rnatish uchun tuman tibbiyot birlashmalarida xonalarni tayyorlash va ularning saqlanishi hamda qat’iyan maqsadli va samarali ishlatilishini ta’minlash bo‘yicha zarur tadbirlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ushbu grantga hisob-kitob xizmati ko‘rsatish bo‘yicha XXRning vakolatli banki bilan banklararo bitimni imzolashga vakil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi loyihalarni XXR Hukumatining grant mablag‘lari hisobidan amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan uskunalar va moddiy resurslar uchun bojxona to‘lovlari va yig‘imlar to‘lashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi talabnomalariga ko‘ra, loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislar vizalarni hamda vaqtincha ro‘yxatda turishni rasmiylashtirishda konsullik yig‘imlari va davlat boji to‘lashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmalariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 12-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-792-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 2-son, 100-modda)