Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021 11.04.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1789
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 11.04.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1789
Кучга кириш санаси
21.04.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XO‘JALIGI VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
URUG‘ChILIK FERMER XO‘JALIKLARIDA YETIShTIRILGAN BOShOQLI DON EKINLARINING SUPERELITA VA ELITA URUG‘LARINI TO‘LIQ HAJMDA XARID QILISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 11-aprelda 1789-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 13-sentabrdagi PQ-693-son “2008-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish, navlarni joylashtirish va xarid qilish to‘g‘risida”gi qarorini (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, 9-son, 461-modda) bajarilishini ta’minlash maqsadida qaror qilamiz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ilova qilinayotgan Urug‘chilik fermer xo‘jaliklarida yetishtirilgan boshoqli don ekinlarining superelita va elita urug‘larini to‘liq hajmda xarid qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng o‘n kundan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri S. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 24-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2/8-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 24-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligining 2008-yil 24-martdagi 2/8, 26-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urug‘chilik fermer xo‘jaliklarida yetishtirilgan boshoqli don ekinlarining superelita va elita urug‘larini to‘liq hajmda xarid qilish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2008-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish, navlarni joylashtirish va xarid qilishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 13-sentabrdagi PQ-693-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, 9-son, 461-modda) muvofiq urug‘chilik fermer xo‘jaliklarida boshoqli don ekinlarining superelita va elita urug‘laridan yetishtirilgan urug‘lik donni to‘liq hajmlarda davlat ehtiyojlari uchun xarid qilish hamda qo‘shimcha xarid qilingan urug‘lik o‘rnini tovar don bilan qoplab berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan boshoqli don ekinlarining superelita va elita urug‘laridan yetishtiriladigan urug‘lar hajmini aniqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan holda kelgusi yil hosili uchun ekiladigan boshoqli don ekinlari navlarining urug‘liklari hajmiga bo‘lgan talabni, navlarni hududlar bo‘yicha joylashtirilishini va undan olinadigan hosilning prognoz hajmlarini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Boshoqli don urug‘ligi ekilgan maydonlarda ekilgan urug‘lik donni urug‘lik uchun yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining buyrug‘iga asosan aprobatsiya o‘tkaziladi. Aprobatsiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalari, don mahsulotlari korxonalari hamda “O‘zdavurug‘nazoratmarkaz”ning joylardagi bo‘limlari xodimlaridan iborat tarkibda tuzilgan aprobatsiya komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Aprobatsiya komissiyalari tomonidan boshoqli don urug‘ligi ekilgan maydonlarda o‘tkazilgan aprobatsiya natijalariga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining boshoqli don ekinlari urug‘larini navlar bo‘yicha xarid qilish to‘g‘risidagi hosil yili boshida qabul qiladigan qarorlariga o‘rim-yig‘im mavsumi boshlanishidan kamida 15 kun oldin o‘zgartirishlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror bilan tumanlar kesimida superelita va elita avlodli urug‘liklardan yetishtirilgan hosil to‘liq hajmda davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan urug‘chilik fermer xo‘jaliklarining nomi va ular tomonidan davlat ehtiyojlariga sotiladigan qo‘shimcha urug‘lik don miqdori tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urug‘chilik fermer xo‘jaliklaridan davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan boshoqli don ekinlari urug‘ligining hajmi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida belgilangan prognoz hajmlari doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining boshoqli don ekinlari urug‘larini navlar bo‘yicha xarid qilish to‘g‘risidagi qarorlariga o‘zgartirish kiritilgandan keyin 10 kun muddatda urug‘chilik fermer xo‘jaliklari bilan qo‘shimcha sotib olinadigan boshoqli don urug‘ligi uchun belgilangan tartibda alohida kontraktatsiya shartnomalari tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur kontraktatsiya shartnomasida urug‘chilik fermer xo‘jaligidan davlat ehtiyojlari uchun qo‘shimcha xarid qilinadigan urug‘lik don va uning o‘rniga qaytariladigan tovar don hajmi, sifati, sinfi, narxi, urug‘lik uchun ustama va hisob-kitob tartibi aniq aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aprobatsiya natijasida urug‘lik don ekilgan dalasi urug‘lik uchun yaroqsiz deb topilgan xo‘jaliklar tomonidan yetishtirilgan boshoqli don belgilangan tartibda davlat resurslariga tovar don sifatida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Boshoqli don ekinlarining superelita va elita urug‘laridan yetishtiriladigan urug‘larni to‘liq hajmda xarid qilish va ular bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining boshoqli don ekinlari urug‘larini navlar bo‘yicha xarid qilish to‘g‘risidagi qarorlariga aprobatsiyadan keyin tegishli o‘zgartirishlar kiritilganidan so‘ng 1 kun muddatda viloyat iqtisodiyot bosh boshqarmalariga, tumanlar hokimliklariga, don mahsulotlari korxonalariga, statistika organlariga ma’lumot va ijro uchun yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Urug‘chilik fermer xo‘jaliklaridan xarid qilingan qo‘shimcha urug‘lik don hajmlari “Don xaridi to‘g‘risida” (1-don shakl) statistik hisobotda alohida bo‘limda ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Don xaridi to‘g‘risida” (1-don shakl) statistik hisobotning alohida bo‘limida ko‘rsatilgan, qo‘shimcha xarid qilingan urug‘lik don hajmiga teng miqdorda urug‘chilik fermer xo‘jaliklariga davlat resursi hisobidan tovar don qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qo‘shimcha xarid qilingan urug‘lik don uchun davlat resursi hisobidan qaytariladigan tovar don hajmi Davlat statistika qo‘mitasining “Don xaridi to‘g‘risida” (1-don shakl) statistik hisobot shaklida ko‘rsatilgan qo‘shimcha urug‘lik don hajmidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Don mahsulotlari korxonalari boshoqli don hosilini qabul qilish mavsumi yakuni bo‘yicha “Don xaridi to‘g‘risida” (1-don shakl) statistik hisobot asosida qo‘shimcha xarid qilingan urug‘lik va uning o‘rniga qaytariladigan tovar don hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni urug‘chilik fermer xo‘jaliklari kesimida tayyorlaydi va umumlashtirib, 1-avgustdan kechiktirmasdan “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasiga taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi o‘zining tizimdagi korxonalaridan qabul qilingan ma’lumotlarga va “Don xaridi to‘g‘risida” (1-don shakl) statistik hisobot shakliga asosan qo‘shimcha xarid qilingan urug‘lik don o‘rniga davlat resursi hisobidan qaytariladigan tovar don hajmini aniqlab, 3-avgustgacha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining ma’lumotlari va O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan “Don xaridi to‘g‘risida” (1-don shakl) statistik hisobot shakliga asosan urug‘chilik fermer xo‘jaliklaridan qo‘shimcha xarid qilingan urug‘lik don o‘rniga davlat resursi hisobidan qaytariladigan tovar don hajmlarini “Davlat resursidagi oziq-ovqat bug‘doyidan foydalanish balansi” loyihasiga kiritiladigan tovar don hajmlaridan chegirib tashlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining urug‘chilik fermer xo‘jaliklaridan qo‘shimcha kontraktatsiya shartnomalariga asosan davlat ehtiyojlari uchun xarid qilingan urug‘lik don o‘rniga davlat resursi hisobidan tovar don qaytarish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun 5-avgustgacha taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining roziligiga asosan “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi urug‘chilik fermer xo‘jaliklaridan qo‘shimcha xarid qilingan urug‘lik don miqdoriga teng hajmdagi tovar donni davlat resursi hisobidan qaytarish bo‘yicha tegishli hujjatlar (naryad)ni rasmiylashtirib, 1 kun muddatda tizimdagi tegishli don mahsulotlari korxonalariga yetkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Don mahsulotlari korxonalari mazkur hujjatlar (naryad)ga muvofiq 7 kun mobaynida urug‘chilik fermer xo‘jaliklaridan qo‘shimcha xarid qilingan boshoqli don urug‘liklari o‘rniga davlat resursi hisobidan tovar don qaytarilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat resursi hisobidan qaytariladigan tovar don miqdori qo‘shimcha xarid qilingan urug‘lik xomashyosidan olingan sof urug‘likning hisobga olingan (konditsion) hajmiga teng bo‘lishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Urug‘chilik fermer xo‘jaligidan qo‘shimcha xarid qilingan urug‘lik xomashyosini qayta ishlash natijasida olinadigan don chiqindisi to‘liq hajmda ulgurji sotish narxlarida mazkur fermer xo‘jaligiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Urug‘chilik fermer xo‘jaliklaridan qo‘shimcha xarid qilingan boshoqli don ekinlarining urug‘ligi uchun o‘zaro hisob-kitoblar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 25-maydagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan “Don va don mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, ichki tashish, qayta ishlash va sotishning dastlabki hisobini yuritish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida nizom”ga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 22-son, 191-modda), “Urug‘lik donni qabul qilish, tayyorlash, dorilash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ga (2005-yil 29-iyul, ro‘yxat raqami 1499 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 30-31-son, 237-modda) va “Don va don mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va sotish bo‘yicha operatsiyalarning buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ga (2007-yil 26-may, ro‘yxat raqam 1684 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 22-son, 231-modda) asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Urug‘chilik fermer xo‘jaliklaridan qo‘shimcha xarid qilingan boshoqli don ekinlari urug‘ligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Boshoqli ekinlar donining xarid narxlari narxnomasi”dagi xarid narxlarida davlat resursi hisobidan tovar don qaytariladi va ular bilan don mahsulotlari korxonasi o‘rtasida hisob-kitoblar qayta ko‘rib chiqilib, amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Don mahsulotlari korxonalari urug‘chilik fermer xo‘jaliklaridan qo‘shimcha xarid qilingan boshoqli don ekinlari urug‘ligi uchun qaytaradigan tovar donning xarid narxlaridagi qiymati bilan ulgurji sotish narxlaridagi qiymati o‘rtasida ijobiy (salbiy) farq “Don narxlari o‘rtasidagi farqni tartibga solish to‘g‘risidagi nizom”ga (2007-yil 20-oktabr, ro‘yxat raqami 1729 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 43-son, 434-modda) muvofiq yuzaga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Nazorat va javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mazkur Nizomda belgilangan tadbirlarni joylarda o‘z muddatlarida to‘liq bajarilishini ta’minlashga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va ularning joylardagi bo‘linmalari mas’uldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdavurug‘nazoratmarkaz”, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va ularning joylardagi bo‘linmalarining rahbarlari boshoqli don ekinlari ekilgan maydonlarda aprobatsiyani sifatli va haqqoniy o‘tkazilishiga, aprobatsiya natijalari bo‘yicha xulosalarni o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlashga shaxsan javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi don mahsulotlari korxonalarining rahbarlari va bosh hisobchilari qo‘shimcha xarid qilingan urug‘lik don uchun hisob-kitoblarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri amalga oshirilishiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, O‘zbekiston fermer xo‘jaliklari uyushmasi va “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 19-mart
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat statistika qo‘mitasi raisi G‘. QUDRATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 19-mart
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston fermer xo‘jaliklari uyushmasi raisi v.v.b. T. BOZOROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 20-mart
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi raisi E. QUDRATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 20-mart
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 14-15-son, 115-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)