24.11.2003 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi bilan Bolgariya Respublikasi o‘rtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoiy ishlari bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi bilan Bolgariya Respublikasi, bundan keyin “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy ishlarni odillik bilan sud qilishni amalga oshirish va jinoyatchilikning oldini olish sohasidagi xalqaro huquq normalariga amal qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat-huquq sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga intilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar to‘g‘risida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I-Bo‘lim. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Huquqiy yordam ko‘rsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar milliy qonunchiligi hamda ushbu Shartnoma shartlariga muvofiq jinoiy ishlar bo‘yicha bir-birlariga huquqiy yordam ko‘rsatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma tutib topshirish, jinoiy ishlar bo‘yicha hukmlarni ijro etish, ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun o‘tkazish va sudda ko‘rib chiqish uchun jinoiy ish materiallarini berish masalalariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Huquqiy yordamning hajmi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy yordam so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligida nazarda tutilgan protsessual, tezkor-qidiruv va boshqa harakatlarni bajarishni o‘zida mujassam etadi, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) hujjatlar tuzish va jo‘natish, tegishli hujjat va materiallarning asl yoki tasdiqlangan nusxasini, shu jumladan bank, moliyaviy, yuridik va boshqa hujjatlarni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) olib qo‘yish va tintuv o‘tkazish, narsa va hujjatlarni olib qo‘yish, yozma va ashyoviy dalillarni berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ko‘zdan kechirish va tekshirib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ekspertiza o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, guvoh va ekspertlarni so‘roq qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) shaxsni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) o‘g‘irlangan mulkni qidirish va berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadlarni qonuniylashtirish orqali erishilgan mulkning qidiruvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) nazorat qilinadigan yetkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) sud hujjatlarini taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) sud chaqiruv qog‘ozlari va boshqa hujjatlarni topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) huquqiy axborot almashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Huquqiy yordam ko‘rsatishni rad etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimosnoma, agar uni bajarish inson huquqlari buzilishiga, davlat suverenitetiga yoki xavfsizligiga zarar keltirsa yoxud Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga zid bo‘lsa, to‘la yoki qisman rad etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnomani qondirish rad etilgani to‘g‘risida qaror qabul qilingan hollarda, so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon bu haqda, rad etish sababi ko‘rsatilgan holda yozma ravishda xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Munosabatlar tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlarning sud, prokuratura, ichki ishlar organlari hamda jinoyat ishlarini tergov qilish vakolatiga ega bo‘lgan boshqa muassasalar o‘zlarining markaziy organlari orqali huquqiy yordam ko‘rsatadilar. Markaziy organlar bir-birlari bilan bevosita yoki ushbu Shartnomada belgilangan boshqa tartibda munosabatda bo‘ladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy organlar bo‘lib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi uchun — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolgariya Respublikasi uchun — Bolgariya Respublikasi Adliya vazirligi va Bolgariya Respublikasi Oliy kassatsiya prokuraturasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnomaning kuchga kirishidan so‘ng bir oy muddat ichida Ahdlashuvchi Tomonlar markaziy organlari to‘g‘risida ma’lumot, shuningdek adres va boshqa kerakli axborot bilan almashadilar. Ushbu ma’lumotga kiritilgan barcha o‘zgarishlar to‘g‘risida Ahdlashuvchi Tomonlar o‘z vaqtida bir-birlarini xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Hujjatlarning haqiqiyligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida muassasa yoki bunga maxsus vakolatlangan shaxs tomonidan ularning vakolati doirasida belgilangan shaklda tayyorlangan yoki tasdiqlangan va gerbli muhr bilan tasdiqlangan hujjatlar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida hech qanday boshqa maxsus guvohnomasiz qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida rasmiy hujjatlar sifatida qaraladigan hujjatlar boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida ham rasmiy hujjatlarning isbotlovchi kuchi bilan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Tillar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Shartnomani bajarish doirasida bir-biri bilan munosabatlarda rus tilidan yoki boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlat tilidan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlarning davlat tillarida yoki boshqa tillarda jo‘natiladigan hujjatlari rus tilidagi tarjimasi bilan ilova qilinishlari lozim. Shuningdek, Ahdlashuvchi Tomonlar zarur bo‘lgan boshqa hollarda ham rus tilidagi yozma va og‘zaki tarjimasini ta’minlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarning yozma tarjimasining to‘g‘riligini tasdiqlash Ahdlashuvchi Tomonlar qonunchiligi va ushbu Shartnoma qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Huquqiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlarni qoplashni talab qilmaydi. Agar ushbu Shartnoma bo‘yicha boshqa holat nazarda tutilgan bo‘lmasa, Ahdlashuvchi Tomonlar o‘z hududlarida huquqiy yordam ko‘rsatishdan yuzaga keladigan barcha xarajatlarni o‘zlari qoplaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnomaning 6-moddasiga muvofiq qamoqda saqlanayotgan yoki ozodlikdan mahrum etilib, jazo o‘tayotgan shaxslarni vaqtincha guvohlik berish uchun boshqa Tomonga berish vaqtida, ularni tashish bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek, ushbu Shartnomaning 12-moddasi 2-bandida nazarda tutilgan xarajatlar so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon tarafidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Huquqiy masalalar bo‘yicha axborot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlarning markaziy organlari iltimosga binoan bir-birlariga o‘z davlatlarida amaldagi yoki amalda bo‘lgan qonunchilik hamda uning qo‘llash tajribasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek, huquqiy masalalari bo‘yicha boshqa axborotlarni taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II-Bo‘lim. Huquqiy yordam ko‘rsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimosnoma va uni bajarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnomada nazarda tutilgan jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam yozma iltimosnomalarga muvofiq amalga oshiriladi. Bunday iltimosnomalarni Ahdlashuvchi Tomonlarning markaziy organlari bir-birlariga bevosita yoki diplomatik kanallar orqali jo‘natishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddada nazarda tutilgan yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimosnoma so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga mos ravishda va iltimosnomada ko‘rsatilgan tartibda bajariladi, agar ular ushbu Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga zid bo‘lmasalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda, markaziy organlar iltimosning bajarilishini yengillashtiradigan qo‘shimcha ma’lumotlarni talab qilishga haqlidirlar. Agar iltimosnomaning bajarilishi so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon tarafidan amalga oshirilayotgan jinoiy ish tergoviga yoki boshqa harakatlarga xalaqit qiladigan bo‘lsa, uning bajarilishi kechiktirilishi yoki ma’lum shartlar bilan bog‘lanishi mumkin. Iltimosning bajarilishini kechiktirish muddatlari va shartlari so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon bilan kelishib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy organlar huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimosnomaning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi uchun barcha zarur choralarni ko‘radilar. Agar ushbu Shartnomaning 3-moddasiga binoan huquqiy yordam ko‘rsatishning imkoni bo‘lmasa, so‘ralayotgan markaziy organ huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimosnomani va unga ilova qilingan hujjatlarni so‘rayotgan markaziy organga qaytarib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimosnomaning mazmuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimosnoma quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) so‘rayotgan tomon markaziy organining nomi va so‘ralayotgan tomon markaziy organining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) huquqiy yordam so‘ralayotgan ishning nomi, iltimosnomaning maqsadini bayoni va so‘ralayotgan huquqiy yordamning bayoni tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ishning mohiyati to‘g‘risida imkoniyat darajasida to‘liq ma’lumotlar, shu jumladan, tergov obyekti bo‘lmish jinoyatning sodir etilgan vaqti, joyi va holatlari, sodir etilgan xatti-harakatning baholanishi, shuningdek, agar ushbu xatti-harakati oqibatida yetkazilgan zararning miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) jabrlanuvchi, guvoh, gumonlanuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki jazoga hukm etilganning ism va familiyalari, ularning tug‘ilgan sanasi va joyi, fuqaroligi va mutaxassisligi, yashash yoki turish joylari, yuridik shaxslarning nomlanishi, yuridik adresi yoki bo‘lish joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 4-bandda ko‘rsatilgan shaxslarning vakillari mavjud bo‘lsa, ularning ism, familiya va manzillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonning tegishli qonunlari hamda boshqa huquqiy hujjatlarining matnlari yoki bayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) bajarilishi talab etilayotgan aniq harakatlar yoki tartibni qo‘llash sabablari va bayoni, agar zarur bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) amalga oshirilishi so‘ralayotgan harakatlar yoki aynan shunday natijalarga olib keluvchi boshqa har qanday choralar so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida uning qonunchiligiga muvofiq ko‘rilishi ham mumkinligi to‘g‘risida bayonot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) zarur bo‘lgan hollarda, iltimosnomaning qaysi muddatda bajarilishi kutilayotganligini ko‘rsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur bo‘lgan hollarda iltimosnomaga sud, prokuratura va tergov organlari tomonidan chiqarilgan rasmiy hujjatlarning tasdiqlangan nusxalari, shuningdek iltimosnomaning bajarilishini yengillashtiradigan boshqa hujjatlar yoki ularning tasdiqlangan nusxalari yoxud ulardan olingan ko‘chirmalar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnoma so‘rayotgan markaziy organning tegishli mansabdor shaxsi tomonidan imzolangan va rasmiy muhr bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Huquqiy yordam ko‘rsatishda vakolatli organlar vakillarining ishtiroki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli organlari vakillari so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning roziligi bilan jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimosnomaning bajarilishida ishtirok etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Jabrlanuvchilar yoki ularning vakillarini, fuqaroviy da’vogarlar va fuqaroviy javobgarlarni, guvohlar va ekspertlarni chaqirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur bo‘lganda Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida amalga oshiriladigan dastlabki tergovda yoki ishning sudda ko‘rilayotganda qatnashish uchun boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududidagi jabrlanuvchilar yoki ularning qonuniy vakillari, fuqaroviy da’vogarlar, fuqaroviy javobgarlar, guvohlar va ekspertlar chaqirtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon jabrlanuvchi yoki uning qonuniy vakili, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar, guvoh va ekspertga kelib-ketishlari hamda so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida bo‘lganliklari bilan bog‘liq xarajatlar hamda chalg‘igan kunlari uchun olinmagan ish haqini qoplaydi. Ekspert ekspertiza o‘tkazganligi uchun ham haq olish huquqiga egadir. Chaqiruv qog‘ozida chaqirilgan shaxslar qanday to‘lovlarni olishga haqli ekanligi ko‘rsatilishi lozim. Bunday shaxslarning iltimosiga ko‘ra so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonning markaziy organi ularga tegishli xarajatlarni qoplash uchun avans to‘laydi. Avans to‘lanishi so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonning diplomatik vakolatxonasi orqali amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jabrlanuvchini yoki uning qonuniy vakilini, fuqaroviy da’vogarni, fuqaroviy javobgarni, guvohni va ekspertni chaqirish to‘g‘risidagi hujjatda kelmaganligi uchun majburlov choralari qo‘llash haqida tahdid bo‘lishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Immunitet
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnomaning 12-moddasiga muvofiq chaqirilgan jabrlanuvchi yoki uning qonuniy vakili, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar, guvoh va ekspert, uning fuqaroligidan qat’i nazar, so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida uning davlat chegarasidan o‘tgungacha sodir etilgan qandaydir xatti-harakati munosabati bilan jinoiy yoki ma’muriy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi yoki jazolanishi mumkin emas. Ushbu shaxslar o‘zlarining ko‘rib chiqilayotgan ish bo‘yicha ko‘rsatmalari yoki ekspertlar sifatidagi xulosalari munosabati bilan ham jinoiy yoki ma’muriy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi yoki jazolanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar, agar ular so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududidan, buning uchun imkoniyatga ega bo‘lishsa-da, ularga bundan buyon ularning bu yerda bo‘lishlariga zarurat yo‘qligini xabar qilgan kundan boshlab o‘n besh kun o‘tgungacha ketishmasa, ushbu band bilan nazarda tutilgan kafolatlarni yo‘qotadilar. Ushbu shaxslar so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududidan o‘ziga aloqador bo‘lmagan ayb bilan jo‘nab keta olmagan vaqt ushbu muddat hisobiga kirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Hujjatlarni topshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiruv qog‘ozlar va boshqa hujjatlar so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon iltimosiga va uning hududida amalda bo‘lgan qoidalarga muvofiq topshiriladi, agar topshirilayotgan hujjatlar ushbu Shartnomaning 6-moddasiga muvofiq tasdiqlangan tarjima bilan ilova qilingan bo‘lsa. Aks holda, oluvchi ularni ixtiyoriy ravishda qabul qilishga rozi bo‘lsa, hujjatlar oluvchiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarning yozma tarjimasi to‘g‘riligini tasdiqlash Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi va ushbu Shartnoma qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar hujjatlarni iltimosnomada ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha topshirish mumkin bo‘lmasa, so‘ralayotgan markaziy organ o‘z davlati qonunchiligiga muvofiq manzilni aniqlash uchun zarur chora-tadbirlar ko‘radi. Manzilni aniqlashning imkoni bo‘lmagan hollarda, so‘ralayotgan markaziy organ so‘rayotgan markaziy organni bu haqda xabardor qiladi va topshirilishi lozim bo‘lgan hujjatlarni unga qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarning topshirilganligini tasdiqlash so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida amalda bo‘lgan qoidalarga muvofiq rasmiylashtiriladi. Tasdiqnomada topshirilgan vaqti, joyi va usuli, shuningdek, hujjatlar topshirilgan shaxs ko‘rsatilishi lozim. Hujjatlarni topshirish tasdiqnomasi so‘rayotgan markaziy organga jo‘natiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar o‘zlarining diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari orqali boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida bo‘lgan o‘z fuqarolariga hujjatlarini topshirish huquqiga ega. Bunda majburiy tusdagi choralar qo‘llash yoki qo‘llashga tahdid qilish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III-Bo‘lim.
Jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi maxsus qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Qamoqqa olingan yoki ozodlikdan mahrum etish ko‘rinishidagi jazoni o‘tayotgan shaxslarni vaqtincha berib turish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda Ahdlashuvchi Tomonlardan birining iltimosiga ko‘ra boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida qamoqqa olingan yoki ozodlikdan mahrum etish ko‘rinishidagi jazoni o‘tayotgan shaxsni, uning fuqaroligidan qat’i nazar, uning roziligi bilan jinoiy ishi bo‘yicha guvohlik berishi uchun so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonga, uni qamoqda saqlash va belgilangan muddatda qaytarish sharti bilan, vaqtincha berib turilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsni vaqtincha berib turish so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon tarafidan ushbu shaxsga nisbatan amalga oshirilayotgan tergov harakatlariga yoki uning ozodlikdan mahrum etish ko‘rinishidagi jazo muddatini o‘tashiga zarar yetkazmasdan Ahdlashuvchi Tomonlar o‘zaro kelishib oladigan muddatda amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq vaqtincha berib turiladigan shaxsga nisbatan ushbu Shartnomaning 13-moddasida nazarda tutilgan kafolatlar tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhim asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda vaqtincha berishni rad etish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Tintuv va olib qo‘yish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnomaning 18-moddasida nazarda tutilgan shartlarga amal qilgan holda, So‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon o‘z qonunchiligiga muvofiq so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonning jinoiy ishi bo‘yicha dalil sifatida foydalanish uchun tintuv o‘tkazish, predmetlar va hujjatlarni olib qo‘yish va berish to‘g‘risidagi iltimosnomasini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Mulkni berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli iltimosnoma mavjud bo‘lganda, huquqiy yordam so‘ralgan jinoyat oqibatida o‘g‘irlangan hamda so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida topilgan barcha mulk so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonga beriladi. Mulkni berishning aniq shartlarini Ahdlashuvchi Tomonlar belgilaydilar. Bunda topshirilayotgan mulk soliqlar, bojxona bojlari, yig‘imlar va boshqa to‘lovlardan ozod qilinadi. Mulkni berish ushbu mulkka aloqador bo‘lgan uchinchi tomonlarning huquqlariga to‘liq rioya qilinadigan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ko‘rsatib o‘tilgan mulk so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga jinoiy ishi bo‘yicha dalil sifatida zarur bo‘lsa, uning topshirilishi ish yurituvi tugaguniga qadar kechiktirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida ushbu mulk xatga olinishi yoki musodara qilinishi lozim bo‘lsa, so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon uni berishni rad qilishi yoki vaqtinchalik berib turishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi yoki uchinchi tomon huquqlarini himoya qilish manfaatlari taqozo etsa, shunday yo‘l bilan berilgan har qanday mulk sud muhokamalari tugashi bilan so‘rov so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga, agar buni ushbu Ahdlashuvchi Tomon talab qilsa, qaytarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
Nazorat qilinadigan yetkazib berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda Ahdlashuvchi Tomonlar o‘z milliy qonunchiligiga muvofiq yurgizilishi maxsus qoidalar bilan tartibga solinadigan predmetlar, vositalar va moddalarni nazorat qilinadigan yetkazib berish usulidan foydalanishda, ushbu predmetlar, vositalar va moddalarning noqonuniy yurgizilishida ishtirok etadigan shaxslarni aniqlash va ularni jinoiy javobgarlikka tortish maqsadida bir-birlariga yordam ko‘rsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda
Ikkala Ahdlashuvchi Tomon sudlariga taalluqli ishlarni ko‘rib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar sudlariga taalluqli bo‘lgan, bir qancha jinoyatlarni sodir etishda ayblanayotgan shaxs yoki bir guruh shaxslarga nisbatan bo‘lgan jinoiy ishni ko‘rib chiqishga, hududida dastlabki tergov harakatlari nihoyasiga yetgan Ahdlashuvchi Tomonning sudi vakolatlidir. Bunday hollarda jinoiy ish ushbu Ahdlashuvchi Tomonning sudda ishni ko‘rib chiqish qoidalariga binoan ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda
Maxfiylikni saqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli iltimosnoma mavjud bo‘lganida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimosnomani, iltimosnoma va unga ilova qilinayotgan hujjatlar mazmunini, shuningdek, bunday yordam ko‘rsatish holatlarini maxfiylikda saqlash uchun zarur choralarini ko‘radi. Agar ushbu iltimosnomani maxfiylikni saqlay olmasdan qondirishning iloji bo‘lmasa, so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon bu haqda so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonni xabardor qiladi, u esa o‘z navbatida ushbu iltimosni qondirishni so‘rash kerak yoki yo‘qligini o‘zi hal etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon taqdim etgan guvohliklar va axborotlarning maxfiyligini saqlaydi. Ushbu guvohliklar va axborotlar iltimosda ko‘rsatib o‘tilgan tergov harakatlari va sud muhokamalarini o‘tkazish uchun kerak bo‘lgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda
Foydalanishni cheklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning roziligisiz taqdim etilgan dalillar va axborotlardan huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimosda ko‘rsatib o‘tilgan tergov harakatlari va muhokamalardan boshqa harakatlarni amalga oshirishda foydalanmaydi va berib yubormaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ammo ayblov o‘zgargan holda ushbu Shartnomaga muvofiq huquqiy yordam ko‘rsatishni taqozo etadigan jinoyatni tashkil etganda taqdim etilgan materialdan shu darajada foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda
Guvohlarni, jabrlanuvchilarni va jinoiy protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda, Ahdlashuvchi Tomonlar jinoiy ishlari bo‘yicha birgalikda tergov harakatlarini amalga oshirayotganlarida, shuningdek, bunday ishlar sudda ko‘rilayotganda odillik bilan sud qilishni amalga oshirish manfaatlari talab qilinganida, protsessda ishtirok etayotgan guvohlar, jabrlanuvchilar va boshqa ishtirokchilarni himoya qilish bo‘yicha o‘z qonunchiliklarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni ko‘radilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda
Ayblov hukmlar to‘g‘risida xabardor qilish va sudlanganlik to‘g‘risida ma’lumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonni har yili boshqa Ahdlashuvchi Tomon fuqarolari va boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida doimiy yashaydigan shaxslarga nisbatan chiqarilgan va qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmlari haqida xabardor qiladi va shu bilan birga hukm qilinganlarning fotosuratlarini va barmoq izlarini jo‘natadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar iltimosnomaga ko‘ra bir-birlariga ilgari o‘z sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarning sudlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar haqida xabar beradilar, agar ushbu shaxslar so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida jinoiy javobgarlikka tortiladigan bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV-Bo‘lim. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda Bahslarni hal qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnomani talqin qilish yoki qo‘llashda Ahdlashuvchi Tomonlar o‘rtasida bahslar paydo bo‘lgan hollarda, Ahdlashuvchi Tomonlar kelishmovchiliklarni maslahatlashuvlar va muzokaralar orqali hal qilishga harakat qiladilar. Zarur bo‘lgan hollarda Ahdlashuvchi Tomonlar Shartnomani qo‘llanilishini kuzatish va vujudga kelishi mumkin bo‘lgan kelishmovchiliklarni hal qilish uchun qo‘shma komissiyani tuzishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda
Boshqa xalqaro shartnomalarga munosabat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma qoidalari Ahdlashuvchi Tomonlar ishtirokchilari bo‘lgan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan ularning majburiyat va huquqlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Shartnomada tilga olingan masalalar bo‘yicha, uning qoidalarini to‘ldirish yoki kuchaytirish unda o‘rnatilgan tamoyillarni qo‘llashni yengillashtirish maqsadida, o‘zaro, shu jumladan, idoralararo bitimlar tuzishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda
Qo‘shimcha va o‘zgartirishlarni kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Shartnomaga bayonnomalar orqali rasmiylashtiriladigan qo‘shimcha va o‘zgartishlarni kiritishi mumkin. Ular ushbu Shartnomaning 28-moddasida ko‘zga tutilgan tartibda kuchga kirganidan so‘ng uning ajralmas qismi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda
Kuchga kirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma ratifikatsiya qilinishi shart va ratifikatsiya yorliqlari almashinuvidan so‘ng o‘ttizinchi kuni kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda
Amal qilish muddati va denonsatsiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma noaniq muddatga tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonni yozma ravishda xabardor qilib ushbu Shartnomani denonsatsiya qilishi mumkin. Ushbu holda Shartnoma mazkur Ahdlashuvchi Tomon xabarnomani olgan kundan so‘ng olti oy o‘tgandan keyingi oyning birinchi kuni o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda
Shartnomani qo‘llash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma u kuchga kirgunga qadar vujudga kelgan xatti-harakatlar bo‘yicha huquqiy yordam to‘g‘risida iltimosnomalarni amalga oshirishda ham qo‘llanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sofiya shahrida 2003-yil 24-noyabrda ikki asl nusxada har biri o‘zbek, bolgar va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma qoidalarini talqin qilish maqsadida rus tilidagi matndan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
(O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari to‘plami, 2004-y., 3-4-son)