Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 10.03.2008 yildagi 39-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT-TIJORAT XALQ BANKINING YaNGI TAHRIRDAGI USTAVINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining kapitallashuv darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 11-yanvardagi PQ-775-son qaroriga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq banki muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 21-maydagi 132-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 20-son, 259-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining aksiyalari chiqarilishini aksiyalar prospektini roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun yigʻim undirmasdan belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mahalliy davlat hokimiyati organlari mulkida boʻlgan hamda Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 4-oktabrdagi 386-son va 1999-yil 22-apreldagi 189-son qarorlariga muvofiq bank muassasalari tomonidan foydalanilayotgan 2-ilovaga* binoan binolar va xonalarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq banki balansiga tekin bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Davlat-tijorat Xalq banki sarmoyasini yanada koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 12-dekabrdagi 474-son qarorining 3-bandi va qarorga 2-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 12-son, 77-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 10-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 21-maydagi 132-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 20-son, 259-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 10-11-son, 61-modda, 48-son, 476-modda; 2015-y., 20-son, 259-modda)