06.10.2003 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Atom Energiyasi Boʻyicha Yevropa Hamjamiyati (EVRATOM) oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ATOM ENERGIYASIDAN TINCh MAQSADLARDA FOYDALANISh SOHASIDA HAMKORLIK TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati (bundan keyin “Oʻzbekiston” deb ataluvchi) bilan Atom energiyasi boʻyicha Yevropa Hamjamiyati (Evratom) (bundan keyin “Hamjamiyat” deb ataluvchi), bundan keyin tegishli ravishda “Tomon” yoki “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yadro materiallari savdosi Oʻzbekiston bilan Evratom oʻrtasida imzolanadigan maxsus Bitim shartlariga binoan belgilab berilishi Oʻzbekiston bilan Yevropa Hamjamiyatiga aʼzo mamlakatlar oʻrtasida Sherikchilik va hamkorlik (ShHB) toʻgʻrisida 1999-yil 1-iyulda kuchga kirgan Bitimga asosan oʻrnatilishini anglab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston bilan Hamjamiyatga aʼzo barcha mamlakatlar Yadro qurolini tarqatmaslik toʻgʻrisida Shartnoma (bundan keyin “Tarqatmaslik toʻgʻrisida Shartnoma”)ning tomonlari hisoblanishini eʼtiborga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston bilan Hamjamiyat va unga aʼzo mamlakatlar, tadqiqotlar hamda ishlanmalarni amalga oshirish, shuningdek Tarqatmaslik toʻgʻrisida Shartnomaning maqsadlariga muvofiq atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish tarafdori ekanligini inobatga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Evratom Shartnomasining VII moddasiga asosan hamda Hamjamiyat va Hamjamiyatga aʼzo mamlakatlar bilan bundan keyin “MAGATE” deb ataluvchi Atom energiyasi boʻyicha Xalqaro agentlik oʻrtasida tuzilgan Himoya choralari boʻyicha Bitimlarga binoan yadro muhofazasi Hamjamiyatga daxldor ekanligini eʼtiborga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston bilan MAGATE oʻrtasida himoya choralari toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq yadro muhofazasi Oʻzbekistonga aloqador ekanligini inobatga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston bilan Hamjamiyat va unga aʼzo mamlakatlar MAGATE va MAGATE himoyalash tizimini quvvatlashini yana bir bor tasdiqlayotganini eʼtiborga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻrtasida fuqarolik atom energiyasi sohasidagi hamkorlik asoslarini hadli bitimlar bilan mustahkamlash zaruratini inobatga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I Bob. Hamkorlikning maqsad va sohalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimning maqsadi Oʻzbekiston bilan Hamjamiyat oʻrtasida har tomonlama hamkorlikni mustahkamlash maqsadida oʻzarolik foyda va oʻzarolik hamda har bir Tomonning tegishli organlarining huquqlarini kamsitmaslik asosida Tomonlar oʻrtasida atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hadli hamkorlikni taʼminlashdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar 3—7-moddalarda qayd etilgan, atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanishning quyida sanab oʻtiladigan sohalarida hamkorlik qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yadro xavfsizligi (3-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) a) kichik band (6-modda)da qayd etilmagan, boshqa sohalardagi ilmiy tadqiqot ishlanmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) yadro materiallari savdosi va atom-yonilgʻi turkumidagi xizmatlar shartlari (7-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) oʻzaro manfaatli boshqa sohalar (8-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar oʻrtasidagi ushbu bandda qayd etilgan hamkorlik Oʻzbekiston bilan Hamjamiyat tomonidan belgilangan vakolatli shaxslar va organlar tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II Bob. Yadro xavfsizligi va saqlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hamkorlik yadro xavfsizligini yaxshilashni ragʻbatlantiradi hamda unga koʻmaklashadi, shu jumladan yadro xavfsizligining ilmiy-kafolatlangan va xalqaro qabul qilingan qonun-qoidalarini aniqlash va qoʻllashga, shuningdek Tomonlarga taalluqli darajada yadro xavfsizligi toʻgʻrisidagi Konvensiyani amalga oshirishga yordam beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hamkorlik keng miqyosli boʻlib, quyidagi sohalarni ham oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Radioaktiv xavfsizlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfsizlik standartlarining tadqiqoti, tartibga solib boriladigan aspektlari, ishlanmalari, kam dozali effektlar, sanoatdan ifloslanish, xodimlar va dozirovkalarni prognozlash hamda avariya holatidan keyingi boshqaruv masalalarini alohida eʼtibor bilan oʻqitish va tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Yadro chiqindilari boshqaruvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Geologik chiqindilar va yadro chiqindilari boshqarilishini baholash va optimizatsiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) Yadro materiallari xavfsizligi sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlanmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yadro materiallari oʻlchovlari texnikasi tadqiqoti va ishlanmalari hamda muhofaza choralari uchun tegishli materiallar xarakteristikasi hamda yadro materiallari boʻyicha hisobotlar va ular ustidan nazorat tizimini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Yadro va radioaktiv materiallarining noqonuniy tranzitiga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hamkorlik yadro va radioaktiv materiallari ustidan nazorat usullari va texnikasini ham oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlarning kelishuvi asosida ularning qonunchiligi doirasida hamkorlikning boshqa sohalari ham qamrab olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hamkorlik quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— maʼruzalar, tashriflar, seminarlar, texnik uchrashuvlar kabi tadbirlar vositasida texnikaviy axborot va maʼlumotlar almashuvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ikkala tomonning laboratoriya va/yoki organlarining xodimlarini almashish, shu jumladan ularni oʻqitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— eksperimental maqsadlarda namunalar, materiallar, asbob-uskunalar va apparatlar almashuvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— qoʻshma tadqiqotlar va faoliyatda teng tarzda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Zaruriy hollarda, Tomonlar va/yoki organlar hamkorlik amalga oshiriladigan soha, uning shartlari va muddatlarini aniqlash maqsadida, oqibat natijada istalgan tomon yuqorida qayd etilgan xatti-harakatlarni amalga oshirishi mumkin boʻlgan chora-tadbirlar joriy qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday tarzda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar moliyalash, boshqaruv masʼuliyati topshirish hamda maʼlumotlar tarqatish va intellektual mulk huquqlari boʻyicha batafsil shart-sharoitlarni oʻz ichiga olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Harakat-tadbirlar takrorlanishini kamaytirish maqsadida, Tomonlar, ushbu Bitimga asosan oʻz faoliyatlarini oʻzlari unda tomon hisoblanuvchi, yadro xavfsizligiga taalluqli boʻlgan boshqa xalqaro tadbirlar bilan muvofiqlashtirish uchun bor imkoniyatlardan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu bobga muvofiq har bir Tomonning majburiyatlari zaruriy pul mablagʻlarining mavjudligiga bogʻliq boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur hamkorlikdan kelib chiquvchi barcha xarajatlarni ularni sarflovchi Tomon qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III Bob. Yadro tadqiqotlari va rivojlanishning boshqa sohalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu bobga muvofiq, hamkorlik tadqiqotlar va ishlanmalar boʻyicha Tomonlarning tegishli faoliyati ularning kelishuviga asosan qamrab olingan darajada, Tomonlar oʻzaro manfaatga ega boʻlgan holda, 3-moddada qayd etilmagan, atom energiyasi sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hamkorlik quyidagi sohalarni oʻz ichiga olishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) atom energiyasini tibbiyot va sanoat, shu jumladan elektr energiyasini ishlab chiqarish sohalarida qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) atom energiyasi va atrof-muhit oʻrtasidagi oʻzaro harakat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) Tomonlar oʻrtasida kelishilganidek yadro tadqiqotlari va ishlanmalarining har qanday sohasi hamda ular Tomonlarning tegishli qonunchiligiga muvofiq qay darajada amalga oshirilishi mumkinligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hamkorlik, xususan, quyidagi vositalar asosida amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— maʼruzalar, tashriflar, seminarlar, texnik uchrashuvlar kabi tadbirlar vositasida texnikaviy informatsiya va maʼlumotlar almashuvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— laboratoriyalar va/yoki ikkala tomonning organlari xodimlarini almashish, shu jumladan ularni oʻqitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— eksperimental maqsadlarda namunalar, materiallar, asbob-uskunalar va apparatlar almashuvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— qoʻshma tadqiqotlar va faoliyatda teng tarzda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. a) Zarur hollarda, muayyan loyihalar boʻyicha hamkorlik sohasi va shartlari tegishli qonunchilik va tartibga solib boruvchi talablarga muvofiq oʻzining vakolatli institutlari orqali faoliyatini amalga oshiradigan Tomonlar tatbiq etilib, amalga oshiriladigan choralarda qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Bunday tarzda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, boshqalari qatorida, moliyalash, boshqaruv masʼuliyatini topshirish hamda maʼlumotlar tarqatish va intellektual mulk huquqlari boʻyicha batafsil shart-sharoitlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) Agar Tomonlar boshqa tarzda ahdlashib olmagan boʻlsalar, hamkorlik boʻyicha faoliyatdan kelib chiquvchi barcha xarajatlarni ularni sarflovchi Tomon qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Ushbu bob boʻyicha hamkorlik yuzasidan faoliyatga muvofiq amalga oshiriladigan har qanday yadro transfertlari Tomonlar va Yevropa Ittifoqiga aʼzo mamlakatlarning 7(5)-moddada qayd etilgan atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasidagi xalqaro va koʻp tomonlama majburiyatlari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV Bob. Yadro materiallari savdosi va tegishli xizmatlar koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar joʻnatuvchi Tomon qabul qiluvchi Tomonni joʻnatishdan avval yoki joʻnatish paytida yozma ravishda xabardor qilgan boʻlsa, (Tomonlarning tegishli organlari joriy qilgan Maʼmuriy choralarda belgilangan tartibotlarga muvofiq) qabul qiluvchi Tomonning hududiy yurisdiksiyasiga kirish paytida Tomonlar oʻrtasida bevosita ravishda yoki uchinchi mamlakatlar orqali topshiriladigan yadro materiali ushbu Bitimning mavzui boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bundan avvalgi bandda qayd etilgan yadro materiali quyidagi holatlargacha ushbu Bitim shartlariga mos keladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— undan himoyaga taalluqli yadro maqsadlarida foydalanilmayotgan yoki umuman tiklanmaydigan holatga kelgan boʻlsa, quyida keltiriladigan 5.e) bandda qayd etiladigan bitimga muvofiq himoyani tugatish uchun shartlarga muvofiq aniqlanmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— u quyida keltiriladigan 5.e) bandga muvofiq qabul qiluvchi Tomonning yurisdiksiyasidan chiqmagan boʻlsa; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Tomonlar uning ushbu Bitim mavzusi boʻlmasligiga kelishgan boʻlsalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlar oʻrtasida yadro materiallari va tegishli xizmatlar bilan savdo bozor narxlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. a) Yadro materiallari bilan oʻzaro savdoda Tomonlar tijorat borasida himoya choralarini talab qiluvchi nizoli vaziyatlarga yoʻl qoʻymaslikka harakat qilishlari zarur. Basharti, bundan qatʼi nazar, ularning yadro materiallari bilan oʻzaro savdosida atom sanoati (shu jumladan uran qazib olish) uchun jiddiy xavf yaratuvchi muammolar yuzaga kelsa, Oʻzbekiston yoki Hamjamiyat, istalgan tomon ad hoc Qoʻmitasi doirasida imkon qadar tezroq muddatlarda maslahatlashuvlar oʻtkazilishini talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Agar maslahatlashuvlar jarayonida bu muammolarni hal etish uchun oʻzaro maqbul qaror topilmasa, maslahatlashuv oʻtkazilishini talab qilgan tomon, muammoni hal etish uchun tegishli tijorat himoya choralarini qabul qilishi yoki ularning taʼsirini oʻzining ichki qonunchiligi va xalqaro huquqning tegishli tamoyillariga muvofiq yumshatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) yuqorida keltirilgan (a) va (b) kichik bandlari qoidalarini tatbiq etish Evratom Shartnomasi va shu Bitim asosidagi unga qoʻshimcha qonunlarni, shu jumladan Oʻzbekiston qonunchiligini kamsitmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yadro materiallarini topshirish quyidagi shartlarga boʻysunishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Yadro materialidan tinch maqsadlarda foydalanilishi zarur va undan har qanday yadro portlatish uskunasi uchun yoki uni tadqiq qilish yoxud har qanday shu kabi uskunani ishlab chiqish uchun foydalanmaslik lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Yadro materiali quyidagi holatlar uchun mavzu boʻlishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) Oʻzbekistonda — III Modda (1) va 1994-yil 8-oktabrda kuchga kirgan Tarqatmaslik toʻgʻrisida Shartnomani bajarishda MAGATE bilan tuzilgan himoya choralari boʻyicha bitim; (INFCIRC/508 sifatida eʼlon qilingan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INFCIRC/540 (Davlat(lar) va MAGATE oʻrtasidagi Bitimni toʻldiruvchi Model Protokoli himoya choralarini qoʻllash uchun) sifatida eʼlon qilingan hujjat, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida 1998-yil 22-sentabrda tuzilgan toʻldirilgan qoʻshimcha Bayonnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ii) Hamjamiyatda — Evratom Shartnomasiga muvofiq himoya choralari va himoya choralari boʻyicha quyidagi bitimlarga muvofiq MAGATE kafolatlari, shunga muvofiq, quyidagilarni koʻzda tutuvchi hamda Tarqatmaslik toʻgʻrisida Shartnoma talab qiladigan darajada koʻrib chiqilishi va almashtirilishi mumkin boʻlgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— 1977-yilning 21-fevralida kuchga kirgan, yadro davlati boʻlmagan, Hamjamiyatga aʼzo mamlakatlar, Evratom va MAGATE oʻrtasidagi Bitim (INFCIRC/193 sifatida eʼlon qilingan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— 1981-yil 12-sentabrda kuchga kirgan, Fransiya, Evratom va MAGATE oʻrtasidagi Bitim (INFCIRC/290 sifatida eʼlon qilingan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— 1978-yil 14-avgustda kuchga kirgan, Birlashgan Qirollik, Evratom va MAGATE oʻrtasidagi Bitim (INFCIRC/263 sifatida eʼlon qilingan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INFCIRC/540 (Davlat(lar) va MAGATE oʻrtasidagi Bitimni toʻldiruvchi Model Protokoli himoya choralarini qoʻllash uchun) sifatida eʼlon qilingan hujjat asosida 1998-yil 22-sentabrda tuzilgan qoʻshimcha Bayonnomalar (belgilangan muddatlarda taqdim etilgan).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) yuqoridagi b) bandda qayd etilgan, Oʻzbekiston va Hamjamiyat doirasida istalgan sababga koʻra vaqtincha harakatdan toʻxtatilgan yoki bekor qilingan MAGATE bilan tuzilgan har qanday Bitim qoʻllanganda, tegishli Tomon b.i) yoki b.ii) bandlarda qayd etilgan himoya choralari boʻyicha bitimlarda koʻzda tutilgan samaradorlik va miqyos ekvivalentini nazarda tutuvchi atom energiyasi boʻyicha Xalqaro agentlik bitimiga kirishi lozim, yoxud bunday holat koʻzda tutilmagan boʻlsa,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hamjamiyat, unga aloqadar tarzda, b.i) bandda qayd etilgan himoya choralari boʻyicha bitimlarda nazarda tutilgan samaradorlik va miqyos ekvivalentini koʻzda tutuvchi Evratom himoya choralari tizimiga asoslangan himoya choralari tizimini qoʻllashi zarur, yoxud bunday holat koʻzda tutilmagan boʻlsa,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar, b.i) yoki b.ii) bandlarda himoya choralari boʻyicha bitimlarda nazarda tutilgan samaradorlik va miqyos ekvivalentini koʻzda tutuvchi himoya choralarini qoʻllash uchun mexanizmlarni tadbiq etishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Jismoniy himoya choralarining MAGATEning INFCIRC/254/Rev.5/Part1 (yadro materiallarini topshirish uchun Qoʻllanma) hujjatiga nisbatan eng kamida Ilova S (Annex S)da bayon qilingan mezonlarga javob beruvchi darajada qoʻllanishi koʻrib chiqilishi mumkin boʻlgan radioaktiv materiallarni xavfsiz ravishda tashish uchun MAGATE qoidalari asosida qayta koʻrib chiqilishi mumkin; hamda ushbu hujjatga qoʻshimcha ravishda Hamjamiyatga aʼzo mamlakatlar, Yevropa Komissiyasi, muvofiq ravishda Oʻzbekiston ham jismoniy himoya choralarini qoʻllash jarayonida qayta koʻrib chiqilishi mumkin boʻlgan INFCIRC/225/REV/4 (yadro materialining hamda yadro uskunasining jismoniy himoyasi) hujjatidagi tavsiyalarga asoslanishi mumkin. Xalqaro yuk tashish Tomonlar va Hamjamiyatga aʼzo mamlakatlar tomonidan qayta koʻrib chiqilishi hamda qabul qilinishi mumkin boʻlgan Yadro materialini jismoniy himoyalash boʻyicha Xalqaro Konvensiya (MAGATE INFCIRC/274/Rev.l) qoidalaridan, radioaktiv materiallarni xavfsiz ravishda tashish uchun MAGATE qoidalari (TS-R-1/-ST-1, MAGATE xavfsizlik standartlari seriyasi koʻrib chiqilgan)dan kelib chiqishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Ushbu moddada shartlangan har qanday obyektlarni Tomonlarning yurisdiksiyasi doirasidan tashqariga ikki marta oʻtkazish faqat qayta koʻrib chiqilishi mumkin boʻlgan MAGATE INFCIRC/254/Rev.5/Part1 hujjatida bayon qilingan yadro materiallarini topshirish uchun Qoʻllanma shartlari asosida amalga oshirishlari zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. a) Tomonlar, ishlab chiqaruvchilar, atom sanoatining yonilgʻi sikli, kommunal xoʻjalik va isteʼmolchilar korxonalarining oʻzaro manfaatlari borasida oʻzlarining tegishli hududlarida tomonlar oʻrtasidagi yoki vakolatli shaxslar yoxud idoralar oʻrtasidagi oʻrnatilgan yadro materiallari savdosiga koʻmaklashishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Ruxsatnomalardan, shu jumladan eksport va import litsenziyalari, shuningdek uchinchi tomonlarga savdo, sanoat operatsiyalari va tomonlarning hududida yadro materiallarini topshirishga taalluqli ruxsatnomalardan savdoni cheklash yoki xalqaro miqyosda ham, mamlakat ichkarisida ham atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish borasida istalgan tomonning savdo manfaatlariga toʻsiq sifatida foydalanilmasligi zarur. Tegishli idora bunday ruxsatnomalarni olish uchun ariza asosida harakat qilishi va arizalarni topshirilgan kunidan boshlab imkon qadar tez muddatlarda hamda asossiz kechiktirishlarsiz koʻrib chiqishi lozim. Bu qoidaga rioya qilinishini taʼminlash uchun tegishli qoidalar belgilanishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) Ushbu Bitim qoidalari Hamjamiyat hududi doirasida yadro materialining erkin ravishda harakatlanishiga toʻsqinlik sifatida talqin qilinmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur Bitimning har qanday sababga koʻra vaqtincha harakatdan toʻxtatilishi yoki uning joriy muddati toʻxtatilishiga qaramay, 5-bandini qoʻllash ana shu qoidalarda shartlangan har qanday yadro materiallari kabi shu qadar uzoq davom etishi zarur, u istalgan tomonning yurisdiksiyasi ostida boʻladi yoki yuqorida qayd etilganidek, 2-bandga muvofiq qaror qabul qilingunga qadar, ammo Bitim harakatdan toʻxtatilgan yoki joriy muddati toʻxtagandan soʻng 10 yildan oshmagan muddatda kuchga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V Bob. Oʻzaro manfaatdorlikning boshqa sohalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar oʻzlarining tegishli vakolatlari doirasida atom energiyasi sohasidagi boshqa faoliyat turlari boʻyicha hamkorlik qilish borasida kelishishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hamjamiyat tomonidan faoliyat tegishli harakat dasturlarini qamrab olishi va uning uchun belgilangan shartlarga, masalan, yadro materialini xavfsiz ravishda transportirovka qilish, himoya choralari yoki atom inshootlari xavfsizligining ayrim jihatlariga koʻmaklashish uchun sanoat hamkorligi kabi sohalar shartlariga muvofiq kelishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 6-modda 4-band qoidalari teng tarzda qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI Bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim boʻyicha hamkorlik Oʻzbekiston va Hamjamiyatda amalda boʻlgan qonunlar va qoidalarga, shuningdek tomonlar oʻrtasida tuzilgan xalqaro bitimlarga ham muvofiq kelishi lozim. Hamjamiyat borasida esa qoʻllash huquqi Evratom Shartnomasi hamda unga muvofiq ikkinchi darajali qonunchilikni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim boʻyicha faoliyat bilan bogʻliq boʻlgan, maʼlumotlardan foydalanish va ularni tarqatish hamda intellektual mulk huquqlari, patentlar va mualliflik huquqlari mazkur Bitimning ajralmas qismi hisoblangan Ilovalarga muvofiq boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar Tomonlar alohida mexanizmli maslahatlashuvlar oʻtkazishni nazarda tutmagan boʻlsa, ular ushbu Bitim boʻyicha hamkorlik monitoringi uchun ShHB doirasida muntazam ravishda maslahatlashuvlar oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Bitimni qoʻllash yoki talqin qilish borasida yuzaga keladigan har qanday nizolar ShHBning 90-moddasiga muvofiq ravishda koʻrib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bitim Tomonlar diplomatik notalar almashish vositasida u kuchga kiradigan sanani belgilagan kundan boshlab kuchga kirishi hamda dastlabki 5 yil mobaynida oʻz kuchini saqlab qolishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Natijada, agar istalgan tomon ushbu Bitimning joriy muddati tugashidan kamida 6 oy avval boshqa tomonga yozma ravishda Bitimni harakatdan toʻxtatish yoki yangi muzokaralar oʻtkazishni taklif qilmasa, Bitim oʻz-oʻzidan keyingi besh yillik muddatga uzaytirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar istalgan Tomon yoki Hamjamiyatga aʼzo istalgan mamlakat ushbu Bitimning ahamiyatga ega boʻlgan istalgan qoidasini buzsa, boshqa Tomon yozma xabarnoma yuborib, mazkur Bitim boʻyicha hamkorlikni butunlay yoki qisman toʻxtatishi xususida oʻz maqsadini maʼlum qilishi mumkin. Istalgan boshqa Tomon ana shu maqsadda harakat qilgunga qadar, Tomonlar tuzatishlar kirituvchi choralar qabul qilish hamda bunday choralar qabul qilinishi lozim boʻlgan vaqtincha muddatlar yuzasidan kelishuvga erishish uchun maslahatlashuvlar oʻtkazishi mumkin. Bunday xatti-harakatlar faqat kelishilgan choralarni muayyan vaqt doirasida amalga oshirish imkoniyati boʻlmagan taqdirda yoki avvalgi bandda koʻzda tutilgan, qoidabuzarlikning tabiati va jiddiyligini eʼtiborga olgan holda, maʼlum vaqt oʻtgandan soʻng kelishuvga erishilmagan holda amalga oshirilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim maqsadlarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “yadro materiali” iborasi MAGATE Nizomining XX moddasida belgilab berilgan atama boʻlib, u parchalanish manbai hisoblangan istalgan material yoki boʻlinib ketishga moyil maxsus materialni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Hamjamiyat” quyidagilarni bildiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) Yuridik shaxs — atom energiyasi boʻyicha Yevropa Hamjamiyatini taʼsis etuvchi Shartnomaga koʻra tashkil etilgan ushbu Bitimning Tomoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ii) hududlar, yuqorida qayd etilgan Shartnoma qoʻllanadigan hududlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) “Tomonlarning tegishli organlari” quyidagilarni anglatadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) Oʻzbekiston uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki manfaatdor Tomon istalgan vaqtda boshqa Tomonni xabardor qilishi mumkin boʻlgan boshqa shunday organ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ii) Hamjamiyat uchun — Yevropa Ittifoqi Komissiyasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim oʻzbek, daniya, golland, ingliz, fin, fransuz, nemis, grek, italyan, portugal, ispan va shved tillarida ikki nusxada tuzilishi zarur, matnlarning barchasi bir xil kuchga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Evratom oʻrtasida atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Bitimga muvofiq qoʻshma tadqiqotlardan kelib chiquvchi intellektual mulk huquqlarini taqsimlashning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy tamoyillari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Mulkni taqsimlash va huquqlarni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Ushbu Bitimga muvofiq oʻtkaziladigan barcha tadqiqotlar “qoʻshma tadqiqotlar” boʻlishi zarur. Ishtirokchilar qoʻshma tadqiqotlar jarayonida maʼlumotlar va intellektual mulk (IM)ka egalik qilish va foydalanish, shu jumladan ularni eʼlon qilishga taalluqli texnologiyalar boshqaruvi rejasi (TMR)ni hamkorlikda rivojlantirishlari lozim. Bunday rejalar tadqiqotlarni moliyalashtirish uchun jalb qilingan Tomonning rivojlanishdagi tadqiqotlar va hamkorlik boʻyicha maxsus kontraktlarga biriktirilgan masʼul moliya agentliklari yoki boʻlimi tomonidan maʼqullanishi zarur. TMR qoʻshma hamkorlik maqsadlarini, qatnashchilarning qiyosiy ulushi, hududlarni litsenziyalash yoki foydalanish sohalari uchun imtiyozlar va kamchiliklar, qoʻllanadigan huquq bilan oʻrnatilgan talablar hamda qatnashchilar deb hisoblovchi boshqa omillarni hisobga olgan holda ishlab chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Qoʻshma hamkorlik jarayonida yuzaga kelgan va TMRda qayd etilmagan maʼlumotlar va IM texnologiyalarni boshqarish rejasida bayon qilingan tamoyillarga muvofiq Tomonlarning maʼqulloviga binoan taqsimlanishi zarur. Murosaga erishilmagan hollarda, bunday maʼlumot yoki IM qoʻshma tadqiqotlarga jalb etilgan barcha qatnashchilarning egaligida boʻlishi lozim. Ushbu qoida aloqador boʻlgan har bir qatnashchi geografik cheklovlarsiz shunday maʼlumot yoki IMdan tijorat maqsadlarida foydalanish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Har bir Tomon, boshqa Tomon va uning qatnashchilari shunday tamoyillarga muvofiq u taqsimlagan huquqlarga ega boʻlishini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Ushbu Bitimda qayd etilgan sohalardagi raqobat shartlarini quvvatlagan holda, har bir Tomon mazkur Bitimga binoan qoʻlga kiritilgan huquqlarning, xususan quyidagi holatlarni ragʻbatlantirish yoʻli bilan amalga oshirilishiga xizmat qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) ushbu Bitimga muvofiq yuzaga kelgan, oshkor etilgan yoki boshqa tarzda maʼlum qilingan maʼlumotlarni tarqatish va foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ii) xalqaro standartlarni qabul qilish va qoʻllash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Mualliflik huquqlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimga muvofiq Tomonlar yoki ularning qatnashchilariga tegishli huquqlarga nisbatan badiiy va adabiy asarlarni muhofazalash toʻgʻrisida Bern konvensiyasi (1971-y. Parij Akti)ga muvofiq boʻlgan rejim qoʻllanishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Ilmiy-adabiy ishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-boʻlim qoidalarini kamsitmagan holda, agar TMRda oʻzga holatlar koʻzda tutilmagan boʻlsa, Tomonlar yoki shu qoʻshma hamkorlikning qatnashchilari tadqiqot natijalarini birgalikda eʼlon qiladilar. Bundan avvalgi asosiy qoidaga muvofiq quyidagi tartibotlar qoʻllanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Tomon yoki shu Tomonning davlat organi ushbu Bitimga muvofiq tadqiqotlardan kelib chiquvchi ilmiy va texnikaviy jurnallar, maqolalar, hisobotlar, kitoblarni, shu jumladan ularni video va dastur taʼminoti shaklida eʼlon qilgan holda, boshqa Tomon bunday ishlarning tarjimasi uchun jahon, noeksklyuziv, qaytarilmaydigan, bepul litsenziyasiga, qayta ishlash, moslashtirish, topshirish va jamoatchilikka tarqatish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Tomonlar bitimga muvofiq qoʻshma tadqiqot asosida yaratilgan va mustaqil noshirlar tomonidan eʼlon qilingan, ilmiy xarakterga ega adabiy ishlar imkon qadar keng doirada tarqatilishini taʼminlashlari zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Ushbu qoidalarga muvofiq tarqatiladigan va tayyorlanadigan mualliflik ishlarining barcha nusxalari ish muallif(lar)ining ism-sharifini koʻrsatishi lozim, ammo muallif yoki mualliflar oʻz ism-shariflarini ochiq tarzda qayd etilishini rad etgan hollar bundan mustasno. Shuningdek, ular Tomonlarning birgalikda qoʻllab-quvvatlashini aniq his etishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Oshkor etilmaydigan maʼlumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A. Sir saqlanadigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Har bir Tomon yoki uning qatnashchilari, tegishli ravishda shu Tomon ushbu Bitimga nisbatan sir saqlashni xohlagan maʼlumotlarni imkon qadar boshlangʻich davrda va TMRda, boshqalari qatorida quyidagi mezonlarni eʼtiborga olgan holda aniqlashi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Maʼlumot, butunlay yoki konkret konfiguratsiya yoki uning komponentlari maʼnosidagi maxfiy maʼlumot bilim hisoblanmaydi yoki shu sohadagi ekspertlar uchun ruxsat etilgan huquqiy vosita hisoblanmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Maʼlumot uning maxfiyligi tufayli aniq yoki boʻlgʻusi tijorat qiymatiga egaligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Maʼlumotning maxfiyliligini masʼul shaxs quvvatlagan holat uning oqilona choralar vositasida avvalgi tarzda saqlanganligi maʼnosida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar va qatnashchilar maʼlum hollarda, agar oʻzga holatlar koʻzda tutilmagan boʻlsa, ushbu Bitimga muvofiq qoʻshma tadqiqotlarning tegishli tartibida berilgan, almashilgan yoki yuzaga kelgan maʼlumotlarning bir qismi yoki hammasi oshkor etilmasligi zarurligiga kelishishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Har bir Tomon ushbu Bitimga muvofiq oshkor etilmaydigan maʼlumotlar va uning imtiyozli maqomi boshqa Tomon taniydigan tarzda, masalan, tegishli markirovka yoki cheklangan afsona yoʻli bilan taniladigan boʻlishini taʼminlashi lozim. Bu holat, shuningdek, qayd etilgan maʼlumotlarning har qanday tarzda aks ettirilishiga qisman yoki butunlay tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimga muvofiq oshkor etilmagan maʼlumotlarni oluvchi Tomon uning imtiyozli maqomiga hurmat bilan munosabatda boʻlishi zarur. Bunday maʼlumotlar ularning egalari tomonidan shu soha ekspertlariga cheklashsiz tarzda oshkor etiladigan taqdirda qayd etilgan cheklovlar avtomatik ravishda toʻxtatilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Oluvchi Tomon mazkur Bitimga muvofiq oshkor etilmagan maʼlumotlarni mamlakatda boʻlgan yoki oluvchi Tomon yollagan shaxslarga hamda tartibga muvofiq qoʻshma tadqiqotning maxsus maqsadlarida oluvchi Tomonning vakolatli manfaatdor departamentlariga yoki boʻlimlariga tarqatishi mumkin, buning uchun shunday tarzda tarqatiladigan har qanday maxfiy maʼlumot maxfiylik toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq amalga oshirilishi va yuqorida qayd etilganidek osongina taniladigan boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Ushbu Bitimga muvofiq oshkor etilmaydigan maʼlumotlarni taqdim etuvchi Tomonning avvaldan bildirilgan yozma ravishdagi roziligiga binoan, oluvchi Tomon oshkor etilmaydigan shunday maʼlumotni yuqoridagi 3-bandda qayd etilgandan koʻra kengroq ravishda tarqatishi mumkin. Tomonlar bunday tarzda keng koʻlamda tarqatish uchun soʻrovnoma va dastlabki yozma rozilik olish uchun tartibotlarni ishlab chiqishda hamkorlik qilishlari lozim hamda har bir Tomon oʻzining ichki siyosati, qoidalari va qonunda ruxsat etilgan doirada tegishli tarzda oʻz roziligini bildirishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Oshkor etilmaydigan boshqa maʼlumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimga muvofiq oʻtkaziladigan seminarlar va boshqa uchrashuvlarda taqdim etiladigan oʻzga maʼlumotlar yoki boshqa maxfiy yoki imtiyozli maʼlumotlar yoxud xodimlar, mexanizmlardan foydalanish yoki qoʻshma loyihalardan kelib chiquvchi maʼlumotlarni Tomonlar yoki ularning qatnashchilari Bitimdagi hujjatli maʼlumotlar uchun qayd etilgan tamoyillarga muvofiq koʻrib chiqishlari zarur, ammo buning uchun bunday maxfiy yoki oshkor etilmaydigan yoxud imtiyozli maʼlumotlarni oluvchi bunday aloqa amalga oshirilgan vaqtda maʼlumotning maxfiy xarakterga ega ekanligi toʻgʻrisida xabardor qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S. Nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Tomon ushbu Bitimga muvofiq u olgan maxfiy maʼlumot shu yerda qayd etilgan tarzda nazorat qilinishini taʼminlashi lozim. Agar Tomonlardan biriga uning yuqoridagi A va V bandlardagi Tarqatmaslik toʻgʻrisidagi qoidalarni bajara olmasligi yoki oqilona tarzda kutishi hamda oʻsha qoidalarni bajarishga qodir emasligi maʼlum boʻlsa, u darhol boshqa Tomonni bundan xabardor qilishi zarur. Keyinchalik Tomonlar qabul qilish uchun tegishli choralarni belgilash uchun maslahatlashuvlar oʻtkazishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼriflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Intellektual mulk: 1997-yil 14-iyulda Stokgolmda imzolanib, Jahon Intellektual Mulk Tashkilotini taʼsis etgan Konvensiyaning 2-moddasida bayon qilingan maʼnoga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qatnashchi: ushbu bitimga muvofiq loyihada ishtirok etuvchi istalgan jismoniy yoki yuridik shaxs, shu jumladan Tomonlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoʻshma hamkorlik: Tomonlarning birgalikdagi hissalari vositasida va har ikki Tomonning qatnashchilari hamkorligida mutanosib ravishda moliyaviy taʼminlanadigan tadqiqot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maʼlumotlar: ilmiy yoki texnikaviy maʼlumotlar, qoʻshma tadqiqotlardan kelib chiquvchi natijalar yoki tadqiqot va ishlanmalar usullari hamda qoʻshma tadqiqotda ishtirok etuvchi Tomonlar va/yoki qatnashchilar ushbu Bitimga yoki tadqiqotga muvofiq taqdim etish yoki almashish zarur deb hisoblagan har qanday boshqa maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnologiyalarni boshqarish rejasi (TMR)ning indikativ sifati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TMR — bu qatnashchilar oʻrtasida qoʻshma tadqiqotlarni amalga oshirish hamda qatnashchilarning tegishli huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida tuziladigan maxsus bitim. IM, TMR borasida, odatda, boshqalari qatorida, tadqiqotlar va ishlanmalar maqsadida mulkni qoʻriqlash, foydalanuvchilarning huquqlari, foydalanish va tarqatish, shu jumladan birgalikda maqolalar eʼlon qilish, keluvchi tadqiqotchilarning huquq va majburiyatlari hamda nizolarni hal etish tartibotlari qayd etiladi. Shuningdek, TMR ham kelgusidagi, ham tarixga oid, litsenziyalash va taʼminotga taalluqli maʼlumotlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin.
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2004-y., 3-4-son)