OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH VA NAZORAT QILISH MARKAZINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH VA NAZORAT QILISH MARKAZINING
QARORI
MOLIYA BOZORLARIDA REYTING AGENTLIKLARI FAOLIYATIGA BOʻLGAN TALABLAR TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 13-fevralda 1766-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-sentabrdagi “Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-475-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil 39-son, 387-modda, 51-52sonlar, 507-modda) bilan tasdiqlangan 2006-2007-yillarda qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish Dasturining 2.6-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi qaror qiladi:
1. Moliya bozorlarida reyting agentliklari faoliyatiga boʻlgan talablar toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 17-dekabr,
104-son
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2007-yil 17-dekabr,
297-V-son
Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktori K. TOLIPOV
Toshkent sh.,
2007-yil 17-dekabr,
2007-13-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank Boshqaruvi, Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining 2007-yil 17-dekabrdagi 104, 297-V, 2007-13-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Moliya bozorida reyting agentliklari faoliyatiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475 son “Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 39-son, 387-modda, 51-52 son, 507-modda) moliya bozorida reyting agentliklari faoliyatiga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom maqsadlarida quyidagi iboralardan foydalaniladi:
reyting baholash — reyting hisoboti koʻrinishidagi reyting agentligining standart belgi (raqamli va harfli) shakliga muvofiq, tegishli izohlarda ifodalangan fikri;
reyting faoliyati — moliya bozorida reyting baholashni amalga oshirishga yoʻnaltirilgan reyting agentligining tadbirkorlik faoliyati;
reyting agentligi — reyting faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxs (tijorat tashkiloti);
Oldingi tahrirga qarang.
mijoz — qonunchilik hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda, reyting agentligi bilan reyting bahosini olish boʻyicha shartnoma tuzgan yuridik shaxs.
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
2. Reyting baholashning maqsadi boʻlib, kredit va boshqa tavakkalchiliklar shuningdek, mijozning oʻz majburiyatlarini oʻz vaqtida va toʻliq bajara olish qobiliyatiga nisbatan mustaqil fikrni ifoda qilish hisoblanadi.
3. Reyting baholashning obyekti boʻlib, mijozning kredit toʻlash qobiliyati, toʻlovlilik qobiliyati, moliyaviy barqarorlik, korporativ boshqaruvi, qimmatli qogʻozlar likvidliligi va boshqa moliyaviy koʻrsatkichlari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Reyting agentliklarini yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
II. Moliya bozorida reyting agentliklariga va reyting faoliyatiga qoʻyiladigan talablar
5. Reyting agentliklari istalgan turdagi tashkiliy-huquqiy shaklda tuzilishlari mumkin.
6. Reyting agentliklari nomida “reyting agentligi” degan soʻzlar boʻlishi shart va taʼsis hujjatlarida reyting faoliyatini asosiy faoliyat turi sifatida koʻrsatishlari kerak.
7. Reyting agentliklari reyting baholashni amalga oshirishda:
moliyaviy tahlil koʻrsatkichlarga, jumladan rentabellik, toʻlovga layoqatlilik, moliyaviy barqarorlik, likvidlik, aktivlar sifati, pul tushumi oqimlari va boshqalarga asoslanadi;
mijozning korporativ boshqaruvini tahlil qiladi;
ushbu Nizom va oʻzi tomonidan tasdiqlanadigan reyting baholash qoʻllanma talablariga rioya qiladi;
besh ish kuni davomida ommaviy axborot vositalari va qimmatli qogʻozlar savdolari tashkilotchilari saytlarida berilgan reyting baholash natijalarini, shuningdek ilgari berilgan reyting baholariga barcha oʻzgartirishlarni eʼlon qiladi;
eʼlonlarda reyting bahosida qaysidir qimmatli qogʻozni sotib olish, ushlab turish yoki sotish boʻyicha tavsiyalar yoʻqligini koʻrsatib oʻtadi;
Oldingi tahrirga qarang.
mijozlardan olingan maʼlumotlarni maxfiyligini taʼminlaydi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno;
(7-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
oʻz faoliyatida vijdonan raqobatsizlikka yoʻl qoʻymaydi, jumladan boshqa reyting agentliklariga nisbatan mijozga balandroq reyting berishni kafillash yoʻli bilan;
kamida 3 yil davomida quyidagi hujjatlarni saqlanishini taʼminlaydi:
mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar nusxalarini;
berilgan reyting baholarini, shuningdek ilgari berilgan reyting baholariga barcha oʻzgartirishlarni;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlariga muvofiq saqlanishi lozim boʻlgan boshqa hujjatlarni.
(7-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
8. Reyting agentligining, reyting oʻtkazish va monitoring olib borish uchun jalb etilgan xodimlari moliya, buxgalteriya va iqtisod sohalari boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlishlari, shuningdek koʻrsatilgan sohalarning biri boʻyicha 3 yildan kam boʻlmagan mehnat stajiga ega boʻlishlari shart. Buning uchun reyting agentligi mustaqil, obyektiv va ishonchli fikr yuritadigan, yuqori malakali tahlilchilarni taʼlim olishiga va tayyorlashga yoʻnaltirilgan siyosat va tadbirlarini ishlab chiqadi.
9. Reyting agentligi reyting tahlilchilar jamoasini va jarayonlarning uzluksizligini va barqarorligini hamda oʻzining tahlilchilarini taʼlim olishini taʼminlaydigan reyting jarayonlarini tashkillashtirishi kerak. Reyting agentligi har kalendar yilning oxirida oʻzining Internet tarmogʻidagi saytida uning tahlilchilari tomonidan oʻtkazilgan taʼlim dasturlari va malaka oshirish dasturlari boʻyicha maʼlumotni eʼlon qilishi kerak.
10. Reyting agentliklari yuridik shaxslarga reyting baho bera olmaydilar, agarda:
ular mijozning taʼsischisi (aksioneri) boʻlsa;
mijoz ushbu reyting agentligining ustav jamgʻarmasida ulushga ega boʻlsa;
reyting agentligining xodimi, mijozning boshqaruv organi tarkibiga kirsa.
11. Agarda reyting agentligining rahbari yoki xodimlari bir vaqtning oʻzida oʻzining uyushgan yoki shuʼba korxonalarining boshqaruv organida qatnashsa, ushbu korxona yoki uning qimmatli qogʻozlariga reyting bera olmaydilar.
12. Reyting agentligining xodimi mijozning reytingini aniqlashda qatnashishiga yoki qandaydir taʼsir oʻtkazishiga yoʻl qoʻyilmaydi, agarda ushbu xodim:
bevosita yoki affillangan shaxslar orqali mijoz tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarga egalik qilganda;
oʻtgan olti oy davomida mijozning xodimi boʻlganda;
mijozning affillangan shaxsi boʻlganda;
mijoz oldida mulkiy oʻzlashtirmalari boʻlganda.
13. Reyting agentligi boshqaruvi, oʻzining vazifalarini bajarishda oʻz ishtirokchilari (taʼsischilari) taʼsiridan yoki aralashuvidan mustaqil boʻlishi kerak.
14. Reyting agentligi ishlab chiqilgan siyosatining bajarilishini, oʻzining mustaqilligini va har qanday manfaatlar toʻqnashuvi taʼsirini minimizatsiyalashuvini taʼminlash uchun nazorat va tadbirlarini belgilaydi va taʼminlaydi. Uning faoliyati mustaqilligini, ishonchliligini va xolisligini taʼminlash masalalari belgilangan siyosatida aks ettirilgan boʻlishi kerak.
15. Reyting agentligining mijoz bilan oʻzaro aloqalari reyting baholash toʻgʻrisidagi shartnoma bilan tartibga solinib, quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Mijoz tomonidan toʻgʻri, aniq va vaqtida beriladigan maʼlumotni taqdim etilishini oʻz ichiga olgan holda, mijozni obyektiv reyting bahosini amalga oshirish maqsadida mijozning reyting agentligi bilan hamkorlikka roziligi;
ushbu Nizomda belgilangan tartib asosida, reyting agentligi qimmatli qogʻozlar va ularning emitenti ustidan davriy monitoringni oʻtkazishga mijozning roziligi;
oxirgi uch yilda boshqa reyting agentliklari tomonidan mijozning reyting bahosi berilgan barcha qimmatli qogʻozlari haqidagi maʼlumotlarni oshkor qilish majburiyati;
reyting xizmati haqi;
reyting oʻtkazish shartlariga muvofiq har bir tomonning huquq va majburiyatlari belgilanganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan boshqa shartlar.
(15-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
III. Reyting baholash uslubiyati
16. Har bir reyting agentligi, reyting berilayotgan korxonaning qaysi tarmoqqa tegishliligi, ular tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar turi va toifalarini (xil) aniqlagan holda reyting tadbirlarini belgilashi, hamda oʻzining reyting berish uslubiyatlarini ishlab chiqishi kerak.
17. Reyting uslubiyati tatbiq etilayotgan har bir qimmatli qogʻoz turi yoki iqtisodiyot tarmogʻi uchun ishlab chiqilishi va moslashtirilishi kerak. Reyting agentligi zarur boʻlganda, korporativ boshqaruv tahlilini kredit tavakkalchiligiga taʼsirini toʻliq baholash uchun reyting tizimiga kiritishi kerak.
18. Reyting agentligi oʻzining Internet tarmogʻidagi saytida ommani yangi joriy etilgan instrumentlar, uslubiyatlar va belgilar haqidagi tegishli maʼlumotni chop etish orqali xabardor qilib borishi kerak.
IV. Reyting agentligining huquq va majburiyatlari
19. Reyting agentligining huquqlari:
mijozdan shartnomaga asosan, reyting baholashni oʻtkazish uchun kerak boʻlgan barcha maʼlumotlarni olish;
reyting baholash uslubida koʻrsatib oʻtilgan qoʻshimcha koʻrsatkichlar tahliliga asoslangan holda reyting berish;
mijoz shartnoma shartlarini buzgan holda, reyting oʻtkazishdan bosh tortish;
ommaviy axborot vositalarida reyting hisobotining toʻliq matnini eʼlon qilish.
20. Reyting agentligining majburiyatlari:
reyting bahosini toʻliqligini va haqqoniyligini taʼminlash;
notoʻgʻri maʼlumotlarni tarqatmaslik;
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda, maʼlumotlarni oshkor qilish;
(20-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
ushbu Nizom, shuningdek boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Reyting agentligi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa huquq va majburiyatlarga ega boʻlishi mumkin.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
V. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
22. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
23. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULASHOV
Toshkent sh.,
2008-yil 8-fevral
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 6-7-son, 32-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)