O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh, ShUNINGDEK BA’ZILARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2008 YILGI ASOSIY MAKROIQTISODIY KO‘RSATKIChLARI VA DAVLAT BUDJETI PARAMETRLARI TO‘G‘RISIDA” 2007-YIL 12 DEKABRDAGI PQ-744-SON QARORI)
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 28-yanvar,
16-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 35-son, 403-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari ro‘yxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Import boj poshlinalarini unifikatsiya qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2002-yil 31-maydagi 189-qarorining 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 5-son, 28-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash va ayrimlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2002-yil 26-iyuldagi 267-qarorining 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 43-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Boj-tarif bilan tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 7-yanvardagi 4-qarorining 3-bandi va qarorga 3-ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 1-son, 1-modda).
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 5-son, 19-modda; 2011-y., 7-8-son, 63-modda; 2012-y., 35-son, 403-modda)