Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 11.09.2007 yildagi 191-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro shahrining tarixiy qismidagi madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish masalalari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro shahrining shakllangan tarixiy qismidagi madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish va tartibga solish, tarix, madaniyat va me’morchilik yodgorliklarini har tomonlama o‘rganish, ommalashtirish va targ‘ib qilish, o‘zbek xalqining bebaho milliy qadriyatlarini kelgusi avlodlar uchun saqlab qolish, Buxoro shahrining tarixiy qismi yagona kompleks sifatida to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qo‘yilsinki, Buxoro shahrining tarixiy qismidagi ko‘chmas madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish ilmiy asoslangan tadqiqotlarni, tarixiy hujjatlar va arxiv hujjatlaridan foydalanishni, shahar muhitining tarixiy qadriyatlarini, jamiyatning zamonaviy ehtiyojlarini hisobga olgan holda, tarixiy markazni rekonstruksiya qilish yuzasidan ishlab chiqilgan maxsus normalar va qoidalarga muvofiq, Madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Hukumat komissiyasi bilan kelishgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 30-son, 372-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Buxoro viloyati hokimligi (Xusenov) Buxoro shahrining bosh rejasini ro‘yobga chiqarishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro shahrida qurilishlarni shaharni rivojlantirish yuzasidan tasdiqlangan bosh reja talablariga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro shahrining tarixiy qismida yangi qurilishlarni taqiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shakllangan tarixiy muhitni saqlab qolishni hisobga olgan holda shaharning qismini mukammal rejalashtirish loyihasi ishlab chiqilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konservatsiya qilish, ta’mirlash, restavratsiya qilish, zamonaviy foydalanish uchun moslashtirish, shuningdek ular bilan bog‘liq ilmiy-tadqiqot, loyihalashtirish va ishlab chiqarish ishlarini o‘z ichiga olgan madaniy meros obyektlarini saqlab qolish chora-tadbirlarini ko‘rsin, bunda “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Vazirlar Mahkamasining “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 29-iyuldagi 269-son qaroriga qat’iy amal qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Buxoro shahrining madaniy meros obyektlarini tadqiq etish, konservatsiya qilish, restavratsiya qilish va zamonaviy foydalanish uchun moslashtirish hamda 2020-yilgacha bo‘lgan davrda amalga oshirish davlat dasturini 2008-yil 1-noyabrgacha ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan birgalikda 2008-yil 1-iyulgacha ShNK 2.07.01—03 “Shaharsozlik. Shahar va qishloq aholi yashash punktlari hududlarida qurilishni rivojlantirishni rejalashtirish” qoidalarining aholi yashash punktlarini qurishda madaniy meros obyektlarini muhofaza qilishga oid qismiga belgilangan tartibda qo‘shimchalar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari N. M. Xanov va R. S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 11-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
191-son