Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.06.2020 09.10.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1724
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.06.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI

Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarga penya hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 9-oktabrda 1724-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 12-iyundagi 2020-18-sonli ““Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar penya hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1724-3, 19.06.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 ( I )-son), Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 24-avgustdagi PF–4354-son “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 34-35-son, 344-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 30-avgustdagi 2013-37-sonli qarori (roʻyxat raqami 1724-1, 23.09.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 39-son, 517-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarga penya hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,

2007-yil 11-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-54-son

Davlat soliq qoʻmitasining
2007-yil 11-sentabrdagi 2007-54-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarga penya hisoblash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son) va Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda toʻlanmagan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha penya hisoblash va undirish tartibini belgilaydi hamda zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyati yuklatilgan jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalariga (bundan keyingi oʻrinlarda — soliq toʻlovchilar) taalluqlidir.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 30-avgustdagi 2013-37-sonli qarori (roʻyxat raqami 1724-1, 23.09.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 39-son, 517-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar — Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga yoʻnaltiriladigan majburiy pul toʻlovlari;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 6-maydagi 2014-17-sonli qarori (roʻyxat raqami 1724-2, 13.05.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 235-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ortiqcha toʻlangan summa — soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻlangan hamda toʻlash uchun hisoblangan summasi oʻrtasidagi ijobiy farq summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchining shaxsiy kartochkasi — soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning, shuningdek penya va jarimalarning hisoblangan hamda toʻlangan summalarining hisobi yuritiladigan belgilangan shakldagi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq qarzi — soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarz summasi, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan muddatida toʻlanmagan moliyaviy sanksiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
penya — soliq qarzi summasidan, belgilangan toʻlov muddatidan keyingi kundan boshlab toʻlangan kunga qadar, toʻlov kunini ham oʻz ichiga olgan davr uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda hisoblab yoziladigan moliyaviy sanksiya.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 30-avgustdagi 2013-37-sonli qarori (roʻyxat raqami 1724-1, 23.09.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 39-son, 517-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlov turlari boʻyicha penya hisoblash uchun joylardagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq toʻlovchining shaxsiy kartochkasi ochiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 30-avgustdagi 2013-37-sonli qarori (roʻyxat raqami 1724-1, 23.09.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 39-son, 517-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Soliq qarzi summasining ortiqcha toʻlangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlardan oshgan qismiga penya hisoblash uchun soliq toʻlovchining shaxsiy kartochkalarida har bir soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlari (jismoniy shaxslar daromad soligʻi bundan istisno) boʻyicha barcha operatsiyalar qoldiq summalari aks ettirilgan holda operatsiyalar amalga oshirilgan (soliq toʻlovchining shaxsiy kartochkalarida yozuvlarni yuritish) sanaga yoziladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 30-avgustdagi 2013-37-sonli qarori (roʻyxat raqami 1724-1, 23.09.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 39-son, 517-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Penya hisoblanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Penya soliq toʻlovchilarning shaxsiy kartochkalarida aks ettirilgan, soliq qarzi summasidan toʻlov muddati tugagan kundan boshlab har bir kechiktirilgan kun uchun 0,033 foiz miqdorida hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol: ‎

soʻm‎.

Soliq turi‎‏ Soliq qarzi‎‎

‎‏Ortiqcha
‎‎toʻlangan
‎ summa

Qoldiq
‎(+, –)* ‎‏

‎‏Penya
‎‎hisoblash
‎‎davri

Hisoblangan
‎‎penya‎‏

summasi‎ %da‎

Qoʻshilgan qiymat soligʻi‎

150 000‎ 30,0‎ -‎ x‎ x‎ x‎

Foyda soligʻi‎

350 000‎ 70,0 -‎ x‎‎ x‎‎ x‎‎

Budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar

-‎ -‎ 200 000‎ X x‎‎‎ x‎‎‎

Respublika yoʻl jamgʻarmasiga
‎majburiy ajratmalar‎

-‎ -‎ 80 000‎ x‎‎‎ x‎‎‎‎ x‎‎‎‎

Jami ‎

500 000‎ 100‎ 280 000‎ -220 000‎ 25‎ 1 815‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* “+” — ortiqcha toʻlangan summa boʻyicha qoldiq;

“–” — soliq qarzi boʻyicha qoldiq.
(4-bandning jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 6-maydagi 2014-17-sonli qarori (roʻyxat raqami 1724-2, 13.05.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 235-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keltirilgan misoldan kelib chiqib hisoblangan penya summasi 1 815 soʻmni (220000 x 25 kun x 0,033%) tashkil etadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 30-avgustdagi 2013-37-sonli qarori (roʻyxat raqami 1724-1, 23.09.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 39-son, 517-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Soliq qarzi summasining soliq toʻlovchi tomonidan ortiqcha toʻlangan summa miqdoriga teng qismiga penya hisoblanmaydi. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha ortiqcha toʻlangan summalar mavjudligi davlat soliq xizmati organlari tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol: ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

soʻm‎.

Soliq turi‎‏ Soliq qarzi‎‎

‎‏Ortiqcha
‎ toʻlangan
‎ summa

Qoldiq
‎(+, –)* ‎‏

‎‏Penya
‎hisoblash
‎davri

Hisoblangan
‎penya‎‏

summasi‎ %da‎

Qoʻshilgan qiymat soligʻi‎

300 000‎ 75,0‎ -‎ x‎ x‎ x‎

Foyda soligʻi‎

-‎ -‎ 200 000‎ x‎ x‎ x‎

Budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar

-‎ -‎ 200 000‎ x‎ x‎ x‎

Respublika yoʻl jamgʻarmasiga
‎majburiy ajratmalar‎

100 000‎ 25,0‎ -‎ x‎ x‎ x‎

Jami ‎

400 000‎ 100‎ 400 000‎ 0,0‎ -‎ 0,0‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* “+” — ortiqcha toʻlangan summa boʻyicha qoldiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“–” — soliq qarzi boʻyicha qoldiq.
(5-bandning jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 6-maydagi 2014-17-sonli qarori (roʻyxat raqami 1724-2, 13.05.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 235-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keltirilgan misoldan kelib chiqib, jami soliq qarzi va ortiqcha toʻlangan summalar teng qiymatni, yaʼni nol qoldiqni tashkil qiladi, mos ravishda penya hisoblanmaydi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 30-avgustdagi 2013-37-sonli qarori (roʻyxat raqami 1724-1, 23.09.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 39-son, 517-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jami ortiqcha toʻlangan summalar soliq qarzi summalaridan oshib ketganda penya hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol: ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

soʻm‎.

Soliq turi‎‏ Soliq qarzi‎‎

‎‏Ortiqcha
‎ toʻlangan
‎ summa

Qoldiq
‎(+, –)* ‎‏

‎‏Penya
‎hisoblash
‎davri

Hisoblangan
‎penya‎‏

summasi‎ %da‎

Qoʻshilgan qiymat soligʻi‎

250 000‎ 55,6‎ -‎ x‎ x‎ x‎

Foyda soligʻi‎

-‎ -‎ 300 000‎ x‎ x‎ x‎

Budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar

-‎ -‎ 250 000‎ x‎‎ x‎‎ x‎‎

Respublika yoʻl jamgʻarmasiga
‎majburiy ajratmalar‎

200 000‎ 44,4‎ -‎ x‎ x‎ x‎

Jami ‎

450 000‎ 100‎ 550 000‎ 100 000‎ -‎ 0,0‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* “+” — ortiqcha toʻlangan summa boʻyicha qoldiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“–” — soliq qarzi boʻyicha qoldiq.
(6-bandning jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 6-maydagi 2014-17-sonli qarori (roʻyxat raqami 1724-2, 13.05.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 235-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keltirilgan misoldan kelib chiqib, jami ortiqcha toʻlangan summa soliq qarzi summalaridan oshib ketadi, mos ravishda penya hisoblanmaydi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 30-avgustdagi 2013-37-sonli qarori (roʻyxat raqami 1724-1, 23.09.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 39-son, 517-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Hisoblangan penya summasi soliqlar va boshqa majburiy toʻlov turlari boʻyicha har bir soliq va majburiy toʻlov boʻyicha soliq qarzi summalarining jami soliq qarzi summasidagi ulushidan kelib chiqib taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol:‎

soʻm.‎

Soliq turi‎‏ Soliq qarzi‎‎ Ortiqcha
‎toʻlangan
‎summa‎‏
Qoldiq
‎ (+, –)* ‎
Penya
‎hisoblash
‎davri
Hisoblangan
‎penya‎‏
Penya
‎taqsimoti‎‏
summasi‎ %da‎

Qoʻshilgan qiymat soligʻi

100 000 23,5‎ -‎ x‎ x‎ x‎ 310,6

Foyda soligʻi‎

325 000‎ 76,5‎ -‎ x‎ x‎ x‎‎ 1 009,4‎

Budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar

-‎ -‎ 200 000‎ x‎ x‎ x‎ -‎

Respublika yoʻl jamgʻarmasiga
‎majburiy ajratmalar‎

-‎ -‎ 65 000‎ x‎ x‎ x‎ -‎

Jami‎

425 000‎ 100‎ 265 000‎ -160 000‎ 25‎ 1 320‎ 1 320‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* “+” — ortiqcha toʻlangan summa boʻyicha qoldiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“–” — soliq qarzi boʻyicha qoldiq.
(7-bandning jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 6-maydagi 2014-17-sonli qarori (roʻyxat raqami 1724-2, 13.05.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 235-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu misolda 160 000 soʻm soliq qarzi qoldiq summasiga 1 320 soʻm miqdorida hisoblangan penya summasi, qoʻshilgan qiymat soligʻi (23,5%) va foyda soligʻi (76,5%) boʻyicha soliq qarzi summalarining jami soliq qarzi summasidagi ulushlariga mos ravishda taqsimlanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 30-avgustdagi 2013-37-sonli qarori (roʻyxat raqami 1724-1, 23.09.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 39-son, 517-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Penya miqdori tegishli soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha soliq qarzi summasidan oshib ketishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-misol:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchi 01.02.2012-y. holatiga foyda soligʻi boʻyicha 500 000 soʻm soliq qarziga ega va shu summaga hisoblangan penya summasi 80 000 soʻmni tashkil etadi. Soliq toʻlovchi 10.02.2012-y. kuni foyda soligʻi boʻyicha 300 000 soʻm soliq qarzini qopladi, mos ravishda, soliq qarzi summasi shu kunga 200 000 soʻmni tashkil qildi. Dyemak, 01.02.2012-yildan 10.02.2012-y. (shu kun ham hisob-kitobda inobatga olingan holda) davriga 1 650 soʻm penya hisoblanib, jami penya summasi 81 650 soʻmni tashkil etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-misol:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keltirilgan 1-misoldagi soliq toʻlovchi boʻyicha 10.02.2012-y. holatiga foyda soligʻidan soliq qarzi 200 000 soʻmni, hisoblangan penya 81 650 soʻmni tashkil etdi. Soliq toʻlovchi 15.02.2012-y. kuni foyda soligʻi boʻyicha 150 000 soʻm soliq qarzini qopladi, mos ravishda, shu kunga soliq qarzi summasi 50 000 soʻmni hosil qildi. Dyemak, 11.02.2012-yildan 15.02.2012-y. (shu kun ham inobatga olinadi) davriga 330 soʻm penya hisoblanib, yakuniy penya summasi 81 980 soʻmni tashkil qildi. 16.02.2012-yildan boshlab penya hisoblanmaydi, sababi ilgari hisoblangan penya summasi soliq qarzini qoldiq summasidan (200 000 soʻm — 150 000 soʻm = 50 000 soʻm) oshib ketadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 30-avgustdagi 2013-37-sonli qarori (roʻyxat raqami 1724-1, 23.09.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 39-son, 517-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Hisoblangan penya summasi soliq qarzi mavjud soliqlar va boshqa majburiy toʻlov turlari boʻyicha taqsimlanadi, lekin ilgari hisoblangan penya summasi soliq qarzi summasiga teng yoki oshib ketgan soliq turlari boʻyicha soliq toʻlovchining shaxsiy kartochkalarida aks ettirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol:‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

soʻm.‎

Soliq turi‎‏ ‎‎Soliq qarzi Ortiqcha toʻlangan summa ‎‏ Qoldiq (+, -)* ‎‏ Penya hisoblash davri Hisoblangan penya‎‏ Ilgari hisoblangan penya qoldigʻi‎‏ Penya taqsimoti‎‏ Yakuniy penya summasi‎‏
summasi‎ % da‎

Qoʻshilgan qiymat soligʻi‎

55 000‎ 17,5‎ -‎ x‎ x‎ x‎ 55 000‎ 238,2‎ 55 000‎

Aksiz soligʻi‎

60 000‎ 19,0‎ x‎ x‎ 65 000‎ 258,7‎ 65 000‎

Foyda soligʻi‎

200 000‎ 63,5‎ -‎ x‎ x‎ x‎ 10 000‎ 864,4‎ 10 864,4‎

Budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar‎

-‎ -‎ 100 000‎ x‎ x‎ x‎ -‎ -‎ -‎

Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar‎

-‎ -‎ 50 000‎ x‎ x‎ x‎ -‎ -‎ -‎

Jami‎

315 000‎ 100‎ 150 000‎ -165 000‎ 25‎ 1 361,3‎ 130 000‎ 1 361,3‎ 130 864,4‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* “ +” — ortiqcha toʻlangan summa boʻyicha qoldiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ –” — soliq qarzi boʻyicha qoldiq..
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 6-maydagi 2014-17-sonli qarori (roʻyxat raqami 1724-2, 13.05.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 235-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 30-avgustdagi 2013-37-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1724-1, 23.09.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 39-son, 517-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 11-sentabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 41-42-son, 422-modda; 2013-y., 39-son, 517-modda; 2014-y., 20-son, 235-modda)