05.09.2007 yildagi PQ-691-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOSHKENT SHAHRIDA SINGAPUR MENEJMENTNI RIVOJLANTIRISH INSTITUTI FAOLIYATINI TASHKIL QILISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilgʻor xalqaro taʼlim standartlari darajasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni yanada rivojlantirish va takomillashtirish, yoshlar, ayniqsa mamlakat mintaqalaridan boʻlgan yoshlarning salohiyatini roʻyobga chiqarish va undan samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, oliy taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent shahrida Singapur menejmentni rivojlantirish institutini (bundan buyon matnda — Institut deb yuritiladi) tashkil etish toʻgʻrisida Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (Singapur Respublikasi) hamda Oʻzbekiston Banklar uyushmasining taklifi qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, mazkur Institut Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (Singapur Respublikasi) va Oʻzbekiston Banklar uyushmasi tomonidan taʼsis etiladigan oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutni tashkil etish boʻyicha tashkiliy komissiyaning tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oliy taʼlim sifatiga nisbatan qoʻyiladigan umumeʼtirof etgan xalqaro talablarga, Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining maqsad va vazifalariga muvofiq, “Bank ishi”, “Biznesni boshqarish”, “Turizm” va “Biznesda zamonaviy axborot texnologiyalari” yoʻnalishlari boʻyicha bakalavriat (keyinchalik magistratura) tizimi asosida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutining asosiy vazifasi deb hisoblansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Institutning faoliyatiga oʻquv-uslubiy rahbarlikni Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (Singapur Respublikasi) bakalavriat va magistratura tizimi boʻyicha kadrlar tayyorlashning umumeʼtirof etgan xalqaro standartlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiradi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
abituriyentlarni qabul qilish hamda bitiruvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (Singapur Respublikasi) tomonidan oʻrnatiladigan tartib va muddatlarda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutda oʻqish Singapur menejmentni rivojlantirish institutida (Singapur Respublikasi) qabul qilingan normalar, taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq kunduzgi taʼlim shaklida olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutda oʻqish toʻlov-kontrakt asosida, shu jumladan, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (Singapur Respublikasi), Oʻzbekiston Banklar uyushmasi, tijorat banklari taʼsis etadigan maxsus taʼlim grantlari boʻyicha, shuningdek homiylarning yoshlarni, asosan mamlakat mintaqalaridan boʻlgan yoshlarni oʻqitishga ajratiladigan mablagʻlari hisobidan olib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning joriy faoliyatini moliyalashtirish Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (Singapur Respublikasi) mablagʻlari, shuningdek talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish uchun tushadigan mablagʻlar, xorijiy va milliy homiylarning, Oʻzbekiston Banklar uyushmasi va tijorat banklarining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Institut bitiruvchilariga, 2-ilovaga muvofiq, tegishli taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (Singapur Respublikasi) ning sheriklaridan boʻlgan yetakchi xalqaro oliy taʼlim muassasalaridan birining diplomi berilishi, bu diplom Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida eʼtirof etilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Banklar uyushmasi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (Singapur Respublikasi), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Institutni tashkil etish boʻyicha taʼsis hujjatlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda Institutning davlat roʻyxatiga olinishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yilning 1-yanvarigacha Institutning tashkiliy tuzilmasi hamda shtat jadvalini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 2008/2009 oʻquv yili boshlangunga qadar Institutni Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan oliy taʼlim muassasalari uchun majburiy boʻlgan zarur oʻquv-uslubiy hujjatlar bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Banklar uyushmasi Institut hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagoglar va ilmiy kadrlar malakasini oshirish “Isteʼdod” jamgʻarmasi bilan birgalikda yuqori malakali va isteʼdodli yosh olimlar, mutaxassislar hamda pedagoglarni keyinchalik Institutga ishlashga jalb etish uchun ularning tanlovini oʻtkazsin hamda malaka oshirishlarini tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqituvchilik va ilmiy ishlar uchun Institutga taklif qilingan xorijiy professorlar hamda oʻqituvchilarning yashashi va transport xarajatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun oʻrnatilgan tariflar boʻyicha milliy valyutada haq toʻlashga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (Singapur Respublikasi) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda kadrlarga boʻlgan talab-ehtiyojlarni hamda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollarini hisobga olib, taʼlimning yangi istiqbolli yoʻnalishlari va ixtisosliklarini ochishga ruxsat berilsin.
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Institut, jumladan, Institutni jihozlash va uning faoliyat yuritishi uchun respublikaga olib kelinadigan uskunalar, multimedia mahsulotlari, adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnika resurslarini olib kirishda 5 yil muddatga barcha turdagi soliqlar va bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) toʻlashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Banklar uyushmasi va Institutning qoʻshma buyurtmanomalari boʻyicha taʼlim jarayonida qatnashuvchi chet el oʻqituvchilari va ekspertlarga, shuningdek Institutning xorijiy abituriyentlari va talabalariga konsullik yigʻimlari undirilmasdan kirish vizalari berilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Banklar uyushmasi va Institutning qoʻshma buyurtmanomalari boʻyicha taʼlim jarayonida qatnashuvchi chet el oʻqituvchilari va ekspertlari uchun, shuningdek Institutning xorijiy abituriyentlari va talabalari uchun davlat boji toʻlanmasdan koʻp martalik vizalar uzaytirilishi va berilishini, turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishi va uning muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti quyidagi manzilda joylashtirilsin: Toshkent shahri, Xalqlar doʻstligi prospekti, 28-uy.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Toshkent shahar, Xalqlar doʻstligi prospekti, 28-uy manzilida joylashgan Fuqarolik himoyasi institutining bino va inshootlarini balans qiymati boʻyicha Oʻzbekiston Banklar uyushmasiga keyinchalik ularni belgilangan tartibda Institut balansiga oʻtkazish sharti bilan sotsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Toshkent shahar hokimligi mazkur bandda koʻrsatilgan binolar va inshootlarga nisbatan mulkiy huquqlarini rasmiylashtirishda Institutga yordam bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Institut balansiga topshiriladigan binolar hamda inshootlarni rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash, uning moddiy-texnika va oʻquv-uslubiy bazasini jihozlash Oʻzbekiston Banklar uyushmasining ulush bilan ishtirokida Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (Singapur Respublikasi)ning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Banklar uyushmasi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (Singapur Respublikasi), Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda zarur loyiha-smeta hujjatlari oʻz vaqtida tayyorlanishini, Institutni joylashtirish uchun berilayotgan bino va inshootlar rekonstruksiya qilinishi hamda mukammal taʼmirlanishini, shuningdek oʻqituvchilar va talabalar yashashi uchun yotoqxona tayyorlanishini, ularning zarur oʻquv uskunalari, kompyuter texnikasi va kutubxona fondi bilan jihozlanishini, Institutning butun kompleksi 2008/2009 oʻquv yili boshlangungacha ishga tushirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Institutni belgilangan tartibda zarur turdagi telefon va telekommunikatsiya aloqalari, shu jumladan hukumat telefon aloqasi bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va R.S. Qosimov zimmalariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 5-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-691-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 5-sentabrdagi PQ-691-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutini tashkil etish boʻyicha tashkiliy komissiyaning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

R.S. Azimov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, moliya vaziri, komissiya raisi

R.S. Qosimov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri, komissiya raisi oʻrinbosari

I.T. Neʼmatov

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

E.M. Gʻaniyev

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri

K.R. Berdiyev

Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri

S.X. Nosirov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi

A.R. Toxtayev

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi

A.X. Toʻxtayev

Toshkent shahar hokimi

X.S. Mahkamov

Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimi

R. Deyvendran

Singapur menejmentni rivojlantirish instituti bosh kotibi (Singapur Respublikasi)

S.P. Abdullayev

Oʻzbekiston Banklar uyushmasi bosh direktori, komissiya kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ularning lavozimiga qaytadan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 5-sentabrdagi PQ-691-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti bitiruvchilariga diplomlari beriladigan, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (Singapur Respublikasi)ning sheriklari boʻlgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OLIY TAʼLIM MUASSASALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Nomi

Taʼlim yoʻnalishlari

Singapur Milliy universiteti

(Singapur Respublikasi)

Biznesni boshqarish

Edit Kovan universiteti

(Avstraliya)

Biznesni boshqarish

Biznesda zamonaviy axborot texnologiyalari

Grenobl Oliy biznes maktabi

(Fransiya)

Biznesni boshqarish

Bredford universiteti

(Buyuk Britaniya)

Bank ishi

Biznesni boshqarish

Turizm

Biznesda zamonaviy axborot texnologiyalari

Uels universiteti

(Buyuk Britaniya)

Bank ishi

Biznesni boshqarish

Sanderlend universiteti

(Buyuk Britaniya)

Turizm

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 35-36-son, 354-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)