Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh KIRITISh, ShUNINGDEK BAʼZILARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI RAISINING OʻRINBOSARI LAVOZIMINI KIRITISh TOʻGʻRISIDA” 2007-YIL 28 IYuNDAGI PQ-661-SON QARORI)
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari lavozimini kiritish toʻgʻrisida” 2007-yil 28-iyundagi PQ-661-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 8-avgust,
168-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1995-yil 10-yanvardagi 10-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasida Valyuta va eksport-import operatsiyalarini nazorat qilish bosh boshqarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1996-yil 11-martdagi 88-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 3-son, 10-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini toʻliq yoki qisman oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash hamda ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 1998-yil 16-apreldagi 161-son qaroriga 2-ilovaning 5-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 31-32-son, 323-modda; 2017-y., 35-son, 929-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/320/2958-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)