Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 10.07.2007 yildagi PQ-669-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻZMETKOMBINAT” AIB IShLAB ChIQARIShINI 2007—2011 YILLAR DAVRIDA MODERNIZATSIYALASh, TEXNIKAVIY VA TEXNOLOGIK QAYTA JIHOZLASh DASTURI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali hamda oqilona foydalanish, yuqori sifatli, eksportga moʻljallangan va import oʻrnini bosadigan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish koʻpayishini taʼminlaydigan zamonaviy serunum uskunalar bilan jihozlash hisobiga “Oʻzmetkombinat” aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasini yanada barqaror va mutanosib tarzda rivojlantirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar “Oʻzmetkombinat” aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasini 2011-yilgacha davrda modernizatsiyalash, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash dasturining eng muhim vazifalari deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish quvvatlarini maksimal ish bilan band etish hisobiga poʻlat va qora metallar prokati ishlab chiqarishni oʻstirishning barqaror, yuqori surʼatlariga erishish, respublika konchilik sanoati ehtiyojlarini toʻla qondirish uchun maydalash sharlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir, yuqori likvidli mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, kombinatning eksport salohiyatini oʻstirgan holda, ishlab chiqariladigan mahsulot sifati va raqobatbardoshligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgʻor texnologiyalar va zamonaviy asbob-uskunalarni joriy etish hisobiga yoqilgʻi-energetika resurslarini isteʼmol qilishni, mahsulot tannarxini kamaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzmetkombinat” AIB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan “Oʻzmetkombinat” AIB ishlab chiqarishini 2007—2011-yillar davrida modernizatsiyalash, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash dasturi maʼqullansin, u quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzmetkombinat” AIBni modernizatsiyalash, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash dasturini amalga oshirish, asosiy mahsulot turlarini ishlab chiqarishning maqsadli prognoz parametrlari 1 va 2-ilovalarga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzmetkombinat” AIBni modernizatsiyalash, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash boʻyicha investitsiya loyihalari roʻyxati 3-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzmetkombinat” AIBni modernizatsiyalash, texnikaviy va texnologik qayta jihozlashga investitsiyalarning texnologik tarkibi 4-ilovaga* muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzmetkombinat” AIBning rahbariyati zimmasiga “Oʻzmetkombinat” AIB ishlab chiqarishini 2007—2011-yillar davrida modernizatsiyalash, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash dasturiga kiritilgan prognoz parametrlari hamda loyihalarini toʻliq hajmda va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzmetkombinat” AIB manfaatdor vazirliklar, idoralar, loyiha institutlari bilan birgalikda mazkur qarorning 3-ilovasiga kiritilgan loyihalar boʻyicha, metall mahsulotlarining asosiy turlarini ishlab chiqarish maqsadli parametrlarini soʻzsiz bajarish uchun loyiha hujjatlarining belgilangan tartibda oʻz vaqtida ishlab chiqilishi, kelishib olinishi va tasdiqlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi har yili Investitsiya dasturini shakllantirishda belgilangan tartibda unga “Oʻzmetkombinat” AIB ishlab chiqarishini 2007—2011-yillar davrida modernizatsiyalash, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash dasturida nazarda tutilgan investitsiya loyihalari, birinchi navbatda, yangi mahsulot turlarini oʻzlashtirishga, ularni eksport qilish va import oʻrnini bosish hajmlarini oshirishga qaratilgan loyihalar kiritilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha maxsus idoralararo komissiya ilgari import boʻyicha keltirilgan, yiliga 6 ming tonna poʻlat sim va yiliga 500 tonna payvandlash elektrodlari ishlab chiqarish boʻyicha loyihalarni belgilangan tartibda Mahalliylashtirish dasturiga kiritsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-dekabrdagi PQ-1250-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 561-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari hamda donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha idoralararo kengashga (R.S. Azimov) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan “Oʻzmetkombinat” AIBning qoʻshma taqdimnomasi boʻyicha “Oʻzmetkombinat” AIBni 2007—2011-yillar davrida modernizatsiyalash, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash dasturiga, metall mahsulotlarining eksportga moʻljallangan va import oʻrnini bosadigan turlarini ishlab chiqarish boʻyicha yangi investitsiya loyihalari qoʻshilishini nazarda tutgan holda aniqliklar va qoʻshimchalar kiritishga ruxsat berilsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 12-oktabrdagi PQ-1204-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 42-son, 449-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.S. Sanaqulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 10-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-669-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 27-28-son, 283-modda; 2009-y., 42-son, 449-modda, 52-son, 561-modda)