Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.06.2020 07.06.2007 yildagi PQ-649-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.06.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli “Tabiiy gaz va elektr energiyasini sotish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibini takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tadbirkorlik tavakkalchiligi shartlarida geologik jihatdan o‘rganish, shuningdek konlarni qidirish va razvedka qilish hamda uglevodorodlarni qazib olish, uglevodorodlarni saqlash uchun yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish maqsadida yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini berish tartibi va shartlari to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar va tashkilotlar tomonidan kon ajratish dalolatnomasi asosida foydali qazilmalarni kavlab olish uchun, shuningdek ishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish asosida tadbirkorlik tavakkalchiligi shartlarida yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish uchun ilgari olingan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi tegishli ravishda yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarga qaytadan rasmiylashtirilishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyani olish uchun ko‘rib chiqilayotgan va yangidan berilgan buyurtmanomalar Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini berish tartibi va shartlari to‘g‘risida mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizomga qat’iy muvofiq ravishda o‘rnatilgan umumiy tartibda ko‘rib chiqilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi ikki oy muddatda korxonalar va tashkilotlarga yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ilgari berilgan ruxsatnomalarning qaytadan rasmiylashtirilishi va ularga belgilangan namunadagi tegishli litsenziyalar berilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari korxonalar va tashkilotlar tomonidan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarni olmasdan turib foydali qazilmalarni qazib olishga yo‘l qo‘ymaslik ustidan doimiy nazoratni amalga oshirsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 23-dekabrdagi PF-4256-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 510-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va idoralarning normativ hujjatlari ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.S. Sanaqulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 7-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-649-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 7-iyundagi PQ-649-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini berish tartibi va shartlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini berish tartibi va shartlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer qa’ri uchastkalari ulardan foydalanish huquqini beradigan litsenziya asosida quyidagi maqsadlar uchun beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologik jihatdan o‘rganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali qazilmalarni tajriba-sanoat ko‘lamida kavlab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali qazilmalar qazib chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnogen mineral hosilalardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish hamda ulardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhofaza qilinadigan geologik obyektlarni barpo etish;
(1-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 9-noyabrdagi PQ-2655-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 46-son, 529-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom noruda foydali qazilmalarga ega bo‘lgan yer qa’ridan foydalanish huquqini beradigan tartib va shartlarga tatbiq etilmaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 23-dekabrdagi PF-4256-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 510-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Litsenziya, qoida tariqasida, mazkur Nizomning 1-bandida belgilangan yer qa’ridan foydalanishning har bir turiga alohida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Nizom, agar mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida o‘zgacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, yer qa’ri uchastkalari mahsulot taqsimotiga oid bitim asosida foydalanishga berilganda qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 31-moddasida nazarda tutilgan hollarda litsenziya olish talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Geologik jihatdan o‘rganish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Geologik jihatdan o‘rganish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya tadbirkorlik tavakkalchiligi (yer qa’ridan foydalanuvchining o‘z mablag‘lari hisobiga) va mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlarida foydali qazilma konlarini qidirish, baholash, razvedka qilish huquqini tasdiqlaydi. Litsenziya, shuningdek foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun mo‘ljallangan yer qa’ri uchastkalarini belgilash va baholash maqsadida yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish uchun beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer qa’rini geologik o‘rganish uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta ishlab chiqarish davlat dasturlari doirasida Davlat budjeti mablag‘lari hamda tashkilotlarning shaxsiy mablag‘lari hisobidan uni geologik o‘rganishda yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi paydo bo‘lishi uchun asos hisoblanadi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 9-noyabrdagi PQ-2655-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 46-son, 529-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Foydali qazilmalarni tajriba-sanoat ko‘lamida kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Foydali qazilmalarni tajriba-sanoat ko‘lamida kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya uning egasiga foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqish yoki takomillashtirish, foydali qazilma konlarini sanoat yo‘li bilan ishga tushirishning oqilona usullari va metodlarini tanlash, shuningdek texnogen mineral hosilalardan foydalanish maqsadida yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish jarayonida foydali qazilmalarni kavlab olish huquqini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qattiq foydali qazilmalarni baholash va razvedka qilish bosqichlarida loyiha-smeta hujjatlarida asoslangan va foydali qazilmalar zaxirasini hisoblab chiqish va uning sifatini baholash uchun yetarli bo‘lgan hajmda tajriba (namuna) uchun kavlab olishga yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya olish talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Uglevodorodlarni tajriba-sanoat ko‘lamida kavlab olish geologik jihatdan o‘rganish (qidirish va razvedka qilish) jarayonida alohida joylashgan maydonlarda yoki ularning vakillik uchastkalarida, murakkab joylashgan maydonlarda esa belgilangan tartibda tasdiqlangan zaxiralar bilan razvedka qilingan konlar doirasida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uglevodorodlarni tajriba-sanoat ko‘lamida kavlab olish konlarning geologik modelini tuzish, uglevodorodlar zaxirasini va ulardagi mavjud qo‘shimcha foydali komponentlarni baholash va hisoblab chiqish, uglevodorod konlarini sanoat ko‘lamida ishga tushirish loyihasini tuzish uchun zarur bo‘lgan mavjud ma’lumotlarni aniqlashtirish va qo‘shimcha ma’lumotlar olish maqsadida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Uglevodorodlarni tajriba-sanoat ko‘lamida kavlab olishga tajriba-sanoat ko‘lamida kavlab olish davrida tajriba-sanoat ko‘lamida kavlab olish loyihasi tasdiqlangan sanada foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansining belgilangan tartibda tasdiqlangan yoki tezkor hisobga olingan kavlab olinadigan zaxiralarning besh foizidan ortiq bo‘lmagan jami uglevodorodlar kavlab olingan holda uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qattiq foydali qazilmalarni tajriba-sanoat usulida qazib olishga tajriba-sanoat usulida qazib olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyaga muvofiq berilgan maydonda (uchastkada) chamalab baholangan tasdiqlangan (hisobga olingan) zaxiralarning to‘rt foizigacha bo‘lgan hajmlarda yo‘l qo‘yiladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 23-dekabrdagi PF-4256-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 510-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya uning egasiga, agar litsenziya shartlarida yoki mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitimda o‘zgacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, foydali qazilma konlarini ishga solish, kavlab olinadigan mineral xomashyoni qayta ishlash, shu jumladan kavlab olish jarayonida olingan texnogen mineral hosilalardan foydalanish (qayta ishlash) huquqini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydali qazilmalar zaxirasi tasdiqlangan konlarni ishga tushirish uchun beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya, agar bu umuman olganda konlarni ishga tushirishning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yomonlashtirmasa va konlarning boshqa qismlarini ishga tushirish uchun to‘sqinlik qilmasa, konning alohida uchastkasida foydali qazilmalarni kavlab olish uchun berilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Bir konning bir nechta yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan ishga tushirilishi uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar berilishiga yo‘l qo‘yiladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 27-oktabrdagi PF-4374-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 43-44-son, 461-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agar bajarilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarga muvofiq konlarning faqat bir nafar yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan birgalikda ishga tushirilishi rentabelli hisoblansa, bir-biriga yaqin joylashgan konlarni ishga solish uchun yer qa’ridan bir nafar foydalanuvchiga yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan bir nechta litsenziya biryo‘la berilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mineral xomashyosi qurilish materiallari hamda boshqa materiallar va buyumlarning alohida turlarini ishlab chiqarish uchun zarur komponent hisoblangan foydali qazilmalarning har xil turlari konlarini ishga tushirish uchun yer qa’ridan bir nafar foydalanuvchiga yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan bir nechta litsenziya bir vaqtda berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Zaxirasi uch tonnagacha bo‘lgan qimmatbaho metallarning mayda o‘zak konlarini razvedka qilish va yer osti usuli bilan ishlatish muddatlari va xarajatlarini qisqartirish maqsadida qimmatbaho metallarni kavlab olish uchun yer qa’rining ushbu uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya bunday konni geologik jihatdan o‘rganish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya bilan bir vaqtda berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziyaning egasi foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lgan yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish bo‘yicha ishlarni unga berilgan kon ajratmasi doirasida, ushbu ishlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat geologiya qo‘mitasi)da davlat hisobiga olinishi sharti bilan qo‘shimcha litsenziyasiz amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya uning egasining tarkibida foydali komponentlar mavjud bo‘lgan kon kavlash va qayta ishlash ishlab chiqarishlarining chiqindilarini qayta ishlash huquqini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziyaga muvofiq foydali qazilmalarni qazib olish va mineral xomashyoni qayta ishlash jarayonida olingan texnogen mineral hosilalarga mulk huquqi yer qa’ri uchastkasidan foydalanish muddatida litsenziya egasida saqlanib qoladi. Ushbu holatda texnogen mineral hosilalardan foydalanishga (qayta ishlashga) litsenziya olish talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya yer qa’ridan foydalanuvchining balansida bo‘lmagan konni kavlash va qayta ishlash ishlab chiqarishlari chiqindilarini qayta ishlash uchun yoxud texnogen mineral hosilalar belgilangan tartibda boshqa yer qa’ridan foydalanuvchiga sotilgan yoki berilgan taqdirda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Agar texnogen mineral hosilalar yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan mulkiy ulush sifatida yangi korxonaning ustav fondiga qo‘shilgan bo‘lsa, yer qa’ri uchastkasidan foydalanish (qayta ishlash) uchun undan foydalanish huquqini beradigan litsenziya talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya uning egasining yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish, shu jumladan uglevodorodlarni yer ostida saqlash, chiqindilarni saqlash va ko‘mib tashlash uchun yer qa’rining muayyan uchastkasidan foydalanish huquqini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chiqindilarni saqlash va ko‘mib tashlash maqsadida yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya faqat yuridik shaxslarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya faqat Davlat ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirdagina berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chiqindilarni saqlash va ko‘mib tashlash maqsadida yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanishga yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziyani berish uchun shuningdek, foydalanishga beriladigan yer qa’ri uchastkalari bo‘yicha geologik materiallarni davlat ekspertizasidan o‘tkazish natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi foydali qazilmalar zaxiralari Davlat komissiyasining (keyingi o‘rinlarda — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ZDK deb yuritiladi) ijobiy xulosasi ham mavjud bo‘lishi zarur.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 3-oktabrdagi PF-4473-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 40-son, 466-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Yer osti inshootlariga quyidagilar kirmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishning tegishli loyihalari bilan belgilangan chuqurlikda joylashgan binolar va inshootlarning poydevori va yer osti qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer osti aloqa liniyalari, elektr-, gaz-, issiqlik- va suv ta’minoti hamda kanalizatsiya obyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
metropoliten inshootlari va boshqa transport tonnellari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistral va kon quvurlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
neft va neft mahsulotlarini saqlash uchun yerga chuqur joylashtirilgan rezervuarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘orish kanallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimyo korxonalarining ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan xomashyo va materiallarni saqlash uchun yerga chuqur joylashtirilgan rezervuarlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Muhofaza qilinadigan geologik obyektlarni barpo etish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya
(6-paragraf nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 9-noyabrdagi PQ-2655-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 46-son, 529-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Muhofaza qilinadigan geologik obyektlarni barpo etish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya uning egasining ilmiy va o‘quv poligonlari, geologik qo‘riqxonalar, tabiat yodgorliklari hamda ilmiy, tarixiy, madaniy, estetik va boshqa ahamiyatga molik bo‘lgan o‘zgacha obyektlarni belgilash, shuningdek g‘orlar hamda boshqa yer osti bo‘shliqlaridan ilmiy, davolash-sog‘lomlashtirish yoki turistik maqsadlarda foydalanish huquqini tasdiqlaydi.
(23-bandO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 9-noyabrdagi PQ-2655-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 46-son, 529-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. G‘orlar hamda boshqa yer osti bo‘shliqlaridan davolash-sog‘lomlashtirish yoki turistik maqsadlarda foydalanish maqsadida muhofaza qilinadigan geologik obyektlarni barpo etish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya ushbu obyektlarga muhofaza qilinadigan geologik obyektlar maqomi berilgandan keyin berilishi mumkin.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 9-noyabrdagi PQ-2655-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 46-son, 529-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-§. Nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. To‘plash deganda nodir tosh xomashyosining yakka-yolg‘iz namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni tabiiy jinslardan, tabiiy yer osti bo‘shliqlari (g‘orlar), ishlatib bo‘lingan konlardan, kon qazish korxonalarining ag‘darmalaridan (kon ajratmasi egasi bilan kelishuv bo‘yicha) yer qa’ridan yuzaga chiqarib olish, shuningdek kon ishlari va maxsus ishlarning boshqa turlarini amalga oshirmasdan (yer qa’ri yaxlitligini buzmasdan) daryolarning qayirlarida namunalarni to‘plash tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Nodir tosh xomashyosining namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash maqsadida yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish uchun yer uchastkalari berish talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Nodir tosh xomashyosining namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya, mineralogiya, paleontologiya va o‘lkashunoslik muzeylarining ilmiy kolleksiyalarini butlash va to‘ldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim muassasalarining o‘quv kolleksiyalarini butlash va to‘ldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-ma’rifiy va estetik maqsaddagi xususiy geologiya va paleontologiya kolleksiyalarini butlash va to‘ldirish uchun (tarkibida qimmatbaho toshlar va metallar mavjud bo‘lgan namunalardan tashqari) berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Nodir tosh xomashyosining namunalari, paleontologik qoldiqlar va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarning to‘plangan namunalari yuridik va jismoniy shaxslarning mulki hisoblanadi hamda ular tomonidan ilmiy, ilmiy-ma’rifiy, tijorat maqsadlarida va o‘zga maqsadlarda, badiiy hunarmandchilik va boshqa hunarmandchilik maqsadlarida foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Yer qa’ridan foydalanish litsenziyada nazarda tutilgan shartlarga muvofiq, yer qa’ri uchastkasi mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlarida berilgan hollarda esa — mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Yer qa’ridan foydalanish turlariga qarab “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 33, 35, 36, 37, 39, 40, 41, 43, 44 va 45-moddalarida belgilangan shartlar yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishning asosiy shartlariga tegishlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarda va mahsulot taqsimotiga oid bitimlarda shuningdek yer qa’ridan foydalanish maqsadlariga bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha shartlar belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Geologik jihatdan o‘rganish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarda qo‘shimcha ravishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish ishlarining eng kam hajmi, ularni bajarish muddatlari, olingan geologik va boshqa axborotni hisobga olish, saqlash va tizimlashtirish uchun Davlat geologiya qo‘mitasiga taqdim etish tartibi va muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali qazilmalarni, shu jumladan uglevodorodlarni, sanoatda foydalaniladigan yer osti suvlarini tajriba (namuna) uchun va tajriba-sanoat ko‘lamida kavlab olish shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash uchun materiallarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasiga taqdim etish tartibi va muddatlari;
(32-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 23-dekabrdagi PF-4256-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 510-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kon ishlanmalari va quduqlarini aholi hayoti va sog‘ligi, atrof muhit xavfsizligini ta’minlaydigan holatga keltirish, shuningdek foydalanilmaydigan kon ishlanmalari va quduqlarini tugatish tartibi nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarda qo‘shimcha ravishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kon ishlarini rivojlantirish texnik loyihalari va rejalarini, uglevodorod konlarini ishga tushirish va obodonlashtirish loyihalarini tuzish tartibi va muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali qazilmalarni kavlab olishni boshlash muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali qazilmalarni kavlab olishning kelishilgan darajalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kavlab olingan foydali qazilmalarga mulk huquqi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ridan foydalanganlik uchun haq to‘lash shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnogen mineral hosilalarni saqlash va qayta ishlash shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘shilib chiqadigan gazdan foydalanish bo‘yicha majburiyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quvurlardan va umumiy infratuzilmaning boshqa obyektlaridan foydalanish shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoatda foydalaniladigan yer osti suvlarini olishning eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kesishadigan suvli qatlamlarning ifloslanishi yoki siljishini istisno etadigan quduqlar konstruksiyasiga qo‘yiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvli qatlamda yer osti suvlarining yo‘l qo‘yiladigan pasayishi darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali qazilmalarni kavlab olish korxonalarini tugatish yoki konservatsiya qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyaning egasi yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini (to‘liq yoki qisman) boshqa shaxsga berishi mumkin bo‘lgan shartlar nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarda qo‘shimcha ravishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uglevodorodlarni, boshqa moddalar va materiallarni saqlashning eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ekologik ekspertizasi va geologiya materiallarining davlat ekspertizasi xulosalari hisobga olingan holda belgilanadigan chiqindilar va ularning konsentratsiyasini saqlash va ko‘mib tashlashning eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish tufayli atrof muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatish kompensatsiya qilinishi shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaruriyat bo‘lganda sanitariya-himoya zonalari tashkil etish shartlari nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Yer qa’ridan foydalanish maqsadlariga, foydali qazilmalar turlariga, yer qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq ishlarni bajarishning geografik-iqtisodiy shart-sharoitlariga, foydali qazilmalarning tasdiqlangan zaxiralari miqdori va sifatiga, kon-geologiya, gidrogeologiya, kon-texnik shartlariga va foydali qazilma konlarini ishga tushirishning boshqa shartlariga qarab litsenziyalarda yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishning O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan qo‘shimcha shartlari belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Litsenziya berish vakolatiga ega bo‘lgan organ “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasida belgilangan holatlarda va tartibda, shuningdek, agar qonun hujjatlari bilan ishlarni bexatar olib borish, yer qa’rini, atrof muhitni va fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish normalari va qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilgan hollarda foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlariga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari, shuningdek, foydali qazilmalarni kavlab olish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmaganda, shuningdek litsenziya berilgan paytdagidan jiddiy ravishda farq qiladigan holatlar paydo bo‘lganda mineral xomashyo va uni qayta ishlash mahsulotlariga konyunktura o‘zgarishi munosabati bilan yer qa’ridan foydalanuvchining iltimosnomasi bo‘yicha qayta ko‘rib chiqilishi va o‘zgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya egasi, bu haqda oltmish kun oldin Davlat geologiya qo‘mitasini yozma ravishda xabardor qilib, foydali qazilmalar kavlab olishni vaqtincha to‘xtatishi va kon ishlanmalarini va yer qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan infratuzilma obyektlarini belgilangan tartibda konservatsiya qilishi mumkin. Konservatsiya qilish vaqti litsenziya amal qilishining umumiy muddatiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yer qa’ridan foydalanish muddatlari va litsenziyaning amal qilish muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Geologik jihatdan o‘rganish, foydali qazilmalarni kavlab olish, shu jumladan tajriba-sanoat ko‘lamida kavlab olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish, shu jumladan neft, gaz, gaz kondensati, boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash, chiqindilarni saqlash va ko‘mib tashlash, muhofaza qilinadigan geologiya obyektlarini barpo etish, nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash uchun yer qa’ri “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23 va 24-moddalarida belgilangan muddatlarda foydalanish uchun beriladi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 9-noyabrdagi PQ-2655-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 46-son, 529-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Foydali qazilmalarni tajriba-sanoat ko‘lamida kavlab olish uchun yer qa’ri yer qa’rining tegishli uchastkasida yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish ishlari olib boriladigan muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Yer qa’ridan foydalanish muddatlari litsenziyada ko‘rsatiladi va yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Yer qa’ridan foydalanish muddati yer qa’ridan foydalanuvchining yer qa’ridan foydalanish huquqini bergan organga yo‘llangan arizasi bo‘yicha yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan litsenziyada belgilangan shartlar bajarilganda va yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish ishlarini tugallash, shuningdek foydali qazilmalar konlarini ishga tushirish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish yoxud foydali qazilmalarni kavlab olish korxonalarini va foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini tugatish yoki konservatsiya qilish ishlarini amalga oshirish zarur bo‘lganda yer qa’ridan foydalanish muddati tamom bo‘lishidan olti oydan kechikmay uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Yer qa’ridan foydalanish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziyani bergan organ tomonidan ariza tushgan sanadan boshlab 30 kun mobaynida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsensiya berish vakolatiga ega bo‘lgan organlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Geologik jihatdan o‘rganish foydali qazilmalarning barcha turlarini kavlab olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini, shu jumladan uglevodorodlarni yer ostida saqlash inshootlarini qurish va ulardan foydalanish, muhofaza qilinadigan geologik obyektlarni barpo etish, nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya, mazkur Nizomning 44-bandida ko‘rsatilgan litsenziyalardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan beriladi.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 9-noyabrdagi PQ-2655-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 46-son, 529-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Chiqindilarni saqlash va ko‘mish maqsadida yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarning natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarni berishning umumiy shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar ochiq kimoshdi savdolari yoki yuridik va jismoniy shaxslarning litsenziya berish vakolatiga ega bo‘lgan organlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib borishi natijasida beriladi (litsenziyalarni berish sxemasi ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarda* keltirilgan).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 va 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Uglevodorodlar, qimmatbaho va nodir metallar konlarini, boshqa foydali qazilmalar konlarini qidirish va razvedka qilish, foydali qazilmalarning ko‘rsatib o‘tilgan turlarini kavlab olish, shuningdek tarkibida rudali foydali komponentlar mavjud bo‘lgan texnogen mineral hosilalardan foydalanish maqsadida geologik jihatdan o‘rganish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar ochiq kimoshdi savdolari natijalari bo‘yicha beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borish natijalari bo‘yicha yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun mo‘ljallangan yer qa’ri uchastkalarini ajratish va baholash maqsadida geologik jihatdan o‘rganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini, shu jumladan uglevodorodlarni saqlash, chiqindilarni saqlash va ko‘mib tashlash uchun yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhofaza qilinadigan geologik obyektlarni barpo etish;
(47-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 9-noyabrdagi PQ-2655-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 46-son, 529-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash;
Oldingi tahrirga qarang.
(47-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 23-dekabrdagi PF-4256-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 510-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(47-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 23-dekabrdagi PF-4256-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 510-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaxirasi uch tonnagacha bo‘lgan qimmatbaho metallarning mayda tub konlarini razvedka qilish va yer osti usulida ishga tushirish uchun beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bo‘yicha mazkur Nizomning 46-bandida ko‘rsatilgan maqsadlar uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib borish asosida ochiq kimoshdi savdolari o‘tkazilmasdan berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish bo‘yicha ishlarni moliyalashtirgan yuridik va jismoniy shaxslar o‘zlari razvedka qilgan konda foydali qazilmalarning zaxiralari belgilangan tartibda tasdiqlangan sanadan boshlab bir yil mobaynida foydali qazilmalarni kavlab olish uchun litsenziya olish yuzasidan mutlaq huquqqa egadirlar.
(49-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 9-noyabrdagi PQ-2655-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 46-son, 529-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya geologik jihatdan o‘rganish ishlarini moliyalashtirgan shaxsning buyurtmanomasiga binoan beriladi, unga moliyalashtirish manbaini ko‘rsatgan holda konni razvedka qilish ishlarini moliyalashtirish faktini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish ishlarini o‘z mablag‘lari hisobiga o‘tkazgan shaxs o‘zi razvedka qilgan kondagi foydali qazilmalarni kavlab olish huquqidan voz kechgan taqdirda u ushbu Nizomda belgilangan tartibda boshqa shaxsga berilishi mumkin, bunda birinchi shaxsga uning qilgan xarajatlari, shu jumladan yer qa’ri to‘g‘risidagi geologik va boshqa axborotlar qiymati qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish ishlarini o‘z mablag‘lari hisobiga o‘tkazgan shaxs yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini ushbu Nizomda belgilangan tartibda boshqa shaxsga berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
491. Yer qa’rini geologik o‘rganish bo‘yicha ishlarni moliyalashtirgan yuridik va jismoniy shaxslarga mutlaq huquq berilgan muddat tugaganidan so‘ng ular tomonidan razvedka qilingan konda foydali qazilmalarni kavlab olish uchun litsenziya olishga ochiq savdolarda ularning ustuvor huquqi saqlanib qoladi.
(491-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 9-noyabrdagi PQ-2655-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2016-y., 46-son, 529-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya olish yuzasidan ochiq savdolar o‘tkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Davlat geologiya qo‘mitasi yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyani ochiq savdolar natijalariga ko‘ra berish tavsiya qilinayotgan yer qa’ri uchastkalari bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi. Uglevodorodlar konlarini qidirish va razvedka qilish hamda kavlab olish maqsadida geologik jihatdan o‘rganish uchun foydalanishga beriladigan yer qa’ri uchastkalari bo‘yicha takliflar Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan birgalikda tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘n kun muddatda yer qa’ri uchastkalarini belgilagandan keyin, ochiq savdolar o‘tkazilishi uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari qaroriga ko‘ra ochiq savdolarga qo‘yilayotgan har bir yer qa’ri uchastkasi bo‘yicha oltmish kun ichida quyidagilar ishlab chiqiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ri tadbirkorlik tavakkalchiligi sharoitlarida geologik jihatdan o‘rganish uchun berilgan taqdirda — yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ri foydali qazilmalarni kavlab olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish uchun, shu jumladan uglevodorodlarni, boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash uchun berilgan taqdirda — boshlang‘ich texnik-iqtisodiy asoslash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar va (yoki) boshlang‘ich texnik-iqtisodiy asoslash asosida — Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan, uglevodorodlar bo‘yicha esa — “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan birgalikda ochiq savdolarning boshlang‘ich shartlari o‘ttiz kun mobaynida ishlab chiqiladi, ularda g‘olibni aniqlash mezonlari, yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishning asosiy va qo‘shimcha shartlari, ochiq savdolarni o‘tkazish muddatlari va tartibi, shuningdek qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa qoidalar aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Ochiq savdolarning boshlang‘ich shartlari, qoidaga ko‘ra, har bir yer qa’ri uchastkasi bo‘yicha yakka tartibda belgilanadi yoki yer qa’rining bir tipdagi yoki o‘zaro bog‘liq uchastkalari guruhlari uchun umumiy shartlar sifatida belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oshkora savdolarning boshlang‘ich shartlari o‘ttiz kun mobaynida bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi va “O‘zbekneftgaz” MXK bilan (uglevodorodlar bo‘yicha) kelishib olinadi;
(52-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 23-dekabrdagi PF-4256-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 510-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(52-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 23-dekabrdagi PF-4256-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 510-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi ikki hafta muddatda kelishuvlarning yig‘ma ma’lumotlarini umumlashtiradi va shakllantiradi, shuningdek yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar va (yoki) dastlabki texnik-iqtisodiy asoslashni hisobga olgan holda zarur xulosalar va ochiq savdo boshlang‘ich shartlarining maqbulligi to‘g‘risidagi taklif bilan tushuntirish yozuvlarini tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Materiallar ochiq savdolar boshlang‘ich shartlarining maqbulligini ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘ttiz kun mobaynida ochiq savdolar boshlang‘ich shartlarining maqbulligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi taqdim etgan materiallarni ko‘rib chiqadi va qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ochiq savdolar boshlang‘ich shartlarini ma’qullagan taqdirda bir hafta muddatda ochiq savdolar to‘g‘risida e’lon chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bo‘lajak ochiq savdolar to‘g‘risidagi e’lon ommaviy axborot vositalarida ular o‘tkazilishi sanasidan uch oy oldin, yirik obyektlar bo‘yicha esa — olti oy oldin e’lon qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Bo‘lajak ochiq savdolar to‘g‘risida ommaviy axborot vositalaridagi e’londa quyidagilar bo‘lishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq savdolarga qo‘yilayotgan yer qa’ri uchastkalarining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq savdolarning o‘tkaziladigan vaqti va joyi, shu jumladan buyurtmanomalar qabul qilinadigan manzil, buyurtmanomalar berishning tugash sanasi va soati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq savdolarning shartlari va qatnashchilariga qo‘yiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq savdolarda qatnashish uchun va litsenziya berilganligi uchun yig‘im miqdorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ri uchastkasi to‘g‘risidagi geologik paketning va boshqa axborotlarning qiymati haqida ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq savdolarni o‘tkazayotgan tashkilotning rekvizitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq ishlarni o‘tkazish uchun yer uchastkasi berish shartlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer qa’ridan foydalanish uchun yer uchastkalarini berish O‘zbekiston Respublikasining yer qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq savdolarning natijalari bo‘yicha yer qa’ri uchastkalari foydalanishga berilganda, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli yer uchastkalari berilishini kafolatlaydigan qarorini olish Davlat geologiya qo‘mitasi zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Davlat geologiya qo‘mitasi (uglevodorodlar bo‘yicha — “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan birgalikda), yer qa’ri uchastkalari mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlarida berilgan hollarda esa — davlat vakolatli organi umumiy geologik xaritalarni hamda ochiq savdolarga qo‘yilayotgan yer qa’ri uchastkasini tavsiflovchi boshqa materiallarni tayyorlash va namoyish qilishni tashkil etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini olish yuzasidan ochiq savdolarda qatnashish uchun manfaatdor shaxslar ochiq savdolar o‘tkazishni tashkil qilayotgan organ tomonidan belgilanadigan shakl bo‘yicha buyurtmanoma beradilar. Buyurtmanomada talabgorning O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablarini bajarish majburiyatini olganligi ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi yuzasidan ochiq savdolarda qatnashishga buyurtmanomada buyurtma beruvchi so‘ralayotgan yer qa’ri uchastkasi nomini va yer qa’ridan foydalanishning nazarda tutilayotgan turini ko‘rsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi yuzasidan ochiq savdolarda qatnashish uchun buyurtmanomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachining ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarining nusxalari;
(58-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 26-dekabrdagi PQ-2280-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 52(I)-son, 641-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaning rahbarlari, bevosita egalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq savdolar shartlarida ko‘rsatilgan faoliyatning asosiy turlarini bajarish va mahsulotlar olish bo‘yicha buyurtmachining texnik va texnologik imkoniyatlari to‘g‘risidagi, shuningdek bunday ishlarni bajarish uchun uning tomonidan pudratchilar sifatida jalb etiladigan korxonalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etiladi.
(58-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 26-dekabrdagi PQ-2280-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 52(I)-son, 641-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq savdolar o‘tkazilishini tashkil qiluvchi organ yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan ochiq savdolarda ishtirok etish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotni belgilangan tartibda axborot sohasidagi hamkorlik vositasida, shu jumladan elektron ko‘rinishida mustaqil ravishda oladi, mazkur bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborot bundan mustasno.
(58-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 26-dekabrdagi PQ-2280-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 52(I)-son, 641-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Buyurtmanoma ochiq savdolarda ishtirok etishi uchun yig‘im buyurtmachi tomonidan to‘langandan keyin va u ochiq savdolarni o‘tkazuvchi organda buyurtmanomalarni qabul qilishning e’lon qilingan muddati o‘tgungacha ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin berilgan hisoblanadi. Ochiq savdolarda qatnashish uchun yig‘im miqdori yer qa’ri uchastkasidan foydalanishning maqsadi va foydali qazilmalarning turlariga bog‘liq holda tanlov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Ochiq savdolarda qatnashish uchun berilgan buyurtmanomalar buyurtmachining moliyaviy ahvolini va texnik jihatdan layoqatliligini tekshirish maqsadida ochiq savdolarni o‘tkazayotgan organda ekspertizadan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Ochiq savdolarda qatnashish uchun buyurtmanomaning qabul qilinganligi yoki uni qabul qilishni asoslangan holda rad etilganligi to‘g‘risida buyurtmachi buyurtmanoma tushgan kundan boshlab yigirma kundan kechikmay xabardor qilinadi. Buyurtmanomani qabul qilish rad etilgan taqdirda ochiq savdolarda qatnashish uchun yig‘im buyurtmachiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Ochiq savdolarda qatnashish uchun buyurtmanomalar quyidagi hollarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmanoma uni qabul qilishning belgilangan sanasidan va tugaydigan vaqtidan keyin berilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmanoma belgilangan talablar buzilgan holda berilganda, shu jumladan agar uning mazmuni ochiq savdolarning e’lon qilingan shartlariga muvofiq bo‘lmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachi taqdim etgan hujjatlarda ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjud bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi o‘zida ochiq savdolar shartlarida yer qa’ri uchastkasidan foydalanish uchun zarur moliyaviy va texnik vositalar mavjudligini yoki mavjud bo‘lishini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etmaganda yoki taqdim etishi mumkin bo‘lmaganda rad etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Buyurtmachi o‘zi to‘g‘risida noto‘g‘ri ma’lumotlar berganligini tasdiqlovchi faktlar ochiq savdolarni o‘tkazish jarayonida aniqlansa mazkur buyurtmachi ochiq savdolar qantashchilari jumlasidan chiqarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Buyurtmanoma qabul qilingandan keyin arizachiga Maxfiylik to‘g‘risidagi bitimni imzolash bilan bir vaqtda so‘ralayotgan yer qa’ri uchastkasi bo‘yicha geologik va boshqa axborotlar paketi realizatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paketda geologik, kon-texnika, texnologik va buyurtmachi tomonidan quyidagilarni tayyorlash uchun yetarli bo‘lgan boshqa axborotlar hajmi mavjud bo‘lishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ri tadbirkorlik tavakkalchiligi shartlarida geologik jihatdan o‘rganish uchun foydalanishga berilganda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish bo‘yicha yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ri foydali qazilmalarni kavlab olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish, foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish uchun, jumladan uglevodorodlar, boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash uchun berilgan taqdirda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlarida foydalanishga beriladigan yer qa’ri uchastkalari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanish huquqini berishning bundan keyingi tartibi mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitimlar haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Buyurtmachi olingan geologik va boshqa axborotlar asosida ochiq savdolar shartlarida belgilangan muddatda so‘ralayotgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish bo‘yicha yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni va (yoki) boshlang‘ich texnik-iqtisodiy asoslashni tayyorlaydi hamda ularni ko‘rib chiqish uchun tanlov komissiyasiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachi yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar va (yoki) boshlang‘ich texnik-iqtisodiy asoslash bilan ayni bir vaqtda tanlov komissiyasiga yer qa’ri uchastkasi (uchastkalari)dan foydalanish bilan bog‘liq ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan o‘z moliyaviy imkoniyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (yillik balanslarni va oxirgi uch yildagi moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotlarni, zarurat bo‘lganda, bankning yoki boshqa kreditorning kredit berish to‘g‘risidagi kafolatini) taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi yuzasidan ochiq savdolar o‘tkazilishini ta’minlash uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ri uchastkasidan foydalanish bo‘yicha taqdim etilgan yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarning va (yoki) boshlang‘ich texnik-iqtisodiy asoslashning ochiq savdolarda e’lon qilingan shartlarga muvofiqligini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq savdolar qatnashchilari tomonidan tayyorlangan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish bo‘yicha yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni va (yoki) boshlang‘ich texnik-iqtisodiy asoslashni qiyoslash va baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq savdolar g‘olibini aniqlash va unga yer qa’ri tegishli uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziya berish to‘g‘risidagi qaror loyihasini tayyorlash maqsadida tanlov komissiyalari tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov komissiyasi ochiq savdolar natijalari bo‘yicha oraliq va yakuniy protokollarni rasmiylashtiradi, ular tanlov komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Tanlov komissiyasi tarkibiga davlat boshqaruvi organlarining (vakolati bo‘yicha) vakolatli vakillari, shuningdek kon va neft-gaz kavlab oluvchi korxonalarning, ilmiy, loyihalash va boshqa tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Tanlov komissiyalarining shaxsiy tarkibi, vazifalari va vakolatlari Davlat geologiya qo‘mitasining manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan belgilangan tartibda kelishilgan taklifi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov komissiyasi o‘zining ish tartibini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Ochiq savdolar shartlariga javob beradigan hamda eng yaxshi texnik va texnologik yechimlarni, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni ta’minlaydigan hamda yer qa’rini va atrof muhitni muhofaza qilish talablarini, odamlar mehnati va salomatligi xavfsizligini ta’minlaydigan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish bo‘yicha yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni va (yoki) boshlang‘ich texnik-iqtisodiy asoslashni taqdim etgan buyurtmachi g‘olibni aniqlash mezonlari asosida yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini berish yuzasidan ochiq savdolar g‘olibi deb e’tirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Taqdim etilgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish bo‘yicha yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni va (yoki) boshlang‘ich texnik-iqtisodiy asoslashning ochiq savdolar shartlariga (iqtisodiy, texnologik, ekologik va boshqa shartlarga) muvofiqligi to‘g‘risidagi qaror tanlov komissiyasi tomonidan yigirma kun mobaynida qabul qilinadi va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 30 kun mobaynida tanlov komissiyasining qarorini tasdiqlash yoki uni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Agar ochiq savdolarning ikki va undan ko‘p qatnashchilari tomonidan taqdim etilgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish bo‘yicha yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar va (yoki) boshlang‘ich texnik-iqtisodiy asoslash ochiq savdolar shartlariga javob bersa g‘olib ochiq savdolarning tanlov komissiyasi tomonidan belgilanadigan qo‘shimcha shartlariga muvofiq e’tirof etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq savdolarning ishtirokchisi tomonidan moliyalashtirish manbalari ko‘rsatilgan holda yer qa’rini geologik o‘rganish bo‘yicha ishlarni moliyalashtirganini tasdiqlaydigan hujjatlar taqdim etilganda, boshqa teng shart-sharoitlarda u ochiq savdolar g‘olibi deb e’tirof etiladi.
(72-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 9-noyabrdagi PQ-2655-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 46-son, 529-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Ochiq savdolar g‘oliblari tomonidan taqdim etilgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish bo‘yicha yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar va (yoki) boshlang‘ich texnik-iqtisodiy asoslash tegishli yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya shartlariga kiritilishi kerak yoxud mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitim shartlariga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Tanlov komissiyasining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan qarori yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya berishga vakolatli organ tomonidan litsenziya berish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer qa’ri uchastkasi mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlarida berilgan taqdirda tanlov komissiyasining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan qarori mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitimni tuzish bo‘yicha materiallar tayyorlash uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Agar buyurtmachilardan birortasining ham yer qa’ri uchastkasidan foydalanish bo‘yicha yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari va (yoki) boshlang‘ich texnik-iqtisodiy asoslashi ochiq savdolar shartlari va mezonlariga javob bermasa ochiq savdolar o‘tkazilmagan deb hisoblanadi. Ochiq savdolar qatnashchilarining qilgan xarajatlari qaytarib berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Agar ochiq savdolarda qatnashish uchun faqat bitta buyurtmachidan buyurtmanoma tushsa, u holda so‘ralayotgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda ushbu buyurtmachiga berilishi mumkin, bunda buyurtmachi tomonidan tayyorlangan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish bo‘yicha yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar va (yoki) boshlang‘ich texnik-iqtisodiy asoslash e’lon qilingan ochiq savdolarning shartlari va mezonlariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar natijalari bo‘yicha berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Talabgor yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar natijalari bo‘yicha olish uchun litsenziya berishga vakil qilingan tegishli organga buyurtmanoma beradi, buyurtmanomaga ushbu Nizomning 58-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmanomaning qabul qilinganligi yoki uni qabul qilishning asosli ravishda rad etilganligi to‘g‘risida buyurtmachi buyurtmanoma tushgan kundan boshlab yigirma kun mobaynida, nodir tosh xomashyo namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash uchun litsenziya berishga buyurtmanomalar bo‘yicha esa — o‘n kun mobaynida yozma ravishda xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya berish yuzasidan buyurtmanoma ko‘rib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yig‘im undiriladi. Buyurtmanoma ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi litsenziya berishga vakolatli organ hisobiga o‘tkaziladi.
(78-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Buyurtmanoma qabul qilingandan keyin litsenziya berishga vakolatli organ, uglevodorodlar bo‘yicha esa — Davlat geologiya qo‘mitasi “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan birgalikda yer qa’ri uchastkasidan foydalanishning litsenziyaga kiritiladigan shartlari loyihasini o‘ttiz kun mobaynida ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar asosida mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitim shartlarida yer qa’ri uchastkasini foydalanishga berish tartibi va shartlari mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitimlar haqidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlari loyihasi o‘ttiz kun mobaynida, yirik va eng murakkab obyektlar bo‘yicha esa materiallar kelib tushgan paytdan boshlab oltmish kun mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi va “O‘zbekneftgaz” MXK bilan (uglevodorodlar bo‘yicha) bir vaqtning o‘zida kelishib olinadi.
(81-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 23-dekabrdagi PF-4256-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 510-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarining kelishilgan loyihasi tanishish uchun litsenziya talabgoriga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Talabgor yer qa’ridan foydalanishning taklif qilinayotgan shartlariga rozi bo‘lgan taqdirda unga o‘n kun muddatda quyidagilarni tayyorlash uchun yetarli bo‘lgan so‘ralayotgan yer qa’ri uchastkasi bo‘yicha geologik va boshqa axborotlar belgilangan tartibda taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ri tadbirkorlik tavakkalchiligi sharoitlarida geologik jihatdan o‘rganish uchun, shuningdek foydali qazilmalarni tajriba-sanoat ko‘lamida kavlab olish uchun berilgan taqdirda — yer qa’ri uchastkasidan foydalanish bo‘yicha yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ri foydali qazilmalarni kavlab olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish uchun, shu jumladan uglevodorodlar, boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash uchun berilgan taqdirda — yer qa’ri uchastkasidan foydalanish bo‘yicha boshlang‘ich texnik-iqtisodiy asoslash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ri uchastkasi chiqindilarni saqlash va ko‘mish maqsadida yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish uchun berilgan taqdirda — mo‘ljallanayotgan faoliyatning atrof muhitga ta’sirini baholash loyihasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Geologik va boshqa axborotlarni taqdim etgan organ ayni bir vaqtda talabgor bilan Maxfiylik to‘g‘risidagi bitimni imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Talabgor kelishilgan muddatlarda, yer qa’ri uchastkasidan foydalanishning qo‘yilgan shartlarini va yer qa’ridan foydalanish maqsadini hisobga olgan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ri uchastkasidan foydalanish bo‘yicha yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni tayyorlaydi hamda ularni ekspertizadan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasiga, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga va “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasiga (uglevodorodlar bo‘yicha) taqdim etadi;
(84-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 23-dekabrdagi PF-4256-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 510-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ri uchastkasidan foydalanish bo‘yicha boshlang‘ich texnik-iqtisodiy asoslashni tayyorlaydi va uni ekspertizadan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasiga, Iqtisodiyot vazirligiga, Moliya vazirligiga, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasiga (uglevodorodlar bo‘yicha) taqdim etadi;
(84-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 23-dekabrdagi PF-4256-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 510-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mo‘ljallanayotgan faoliyatning atrof muhitga ta’sirini baholash loyihasini tayyorlaydi va uni davlat ekologiya ekspertizasidan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni va (yoki) boshlang‘ich texnik-iqtisodiy asoslashni ekspertizadan o‘tkazish ular taqdim qilingan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda ushbu Nizomning 84-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshida ko‘rsatilgan organlar tomonidan aynan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atrof muhitga ta’sirni baholash loyihasini ekspertizadan o‘tkazish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Talabgor ekspertiza natijalariga ko‘ra, yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarga va (yoki) boshlang‘ich texnik-iqtisodiy asoslashga kelishilgan muddatlarda zarur tuzatishlar kiritadi hamda ularni ekspertizani bajargan organlarga kelishish uchun jo‘natadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Ijobiy xulosa olgan yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar va (yoki) boshlang‘ich texnik-iqtisodiy asoslash talabgor tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi ikki hafta muddatda ekspertizaning yig‘ma materiallarini umumlashtiradi va shakllantiradi, shuningdek zarur xulosalar hamda talabgorga yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga tegishli litsenziya berish to‘g‘risidagi taklif bilan birga tushuntirish xati tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Materiallar ko‘rib chiqish va yer uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziya berishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi.
(88-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 23-dekabrdagi PF-4256-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 510-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(88-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 23-dekabrdagi PF-4256-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 510-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Chiqindilarni saqlash va ko‘mish maqsadida yer osti inshootlari qurish va ularni ishlatish uchun foydalanishga beriladigan yer qa’ri uchastkasi bo‘yicha davlat ekologiya ekspertizasi xulosasi ijobiy bo‘lgan taqdirda Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziya berishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosani ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi va (yoki) Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan materiallarni o‘ttiz kun mobaynida ko‘rib chiqadi hamda ular yer qa’ri uchastkasidan foydalanishning belgilangan shartlariga muvofiq bo‘lgan taqdirda litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Litsenziya berishga vakolatli tegishli organ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziyani o‘ttiz kun mobaynida rasmiylashtiradi va beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Yer qa’ridan foydalanuvchiga litsenziya berilgandan keyin, yer qa’ri uchastkasidan foydalanish bo‘yicha yakuniy texnik-iqtisodiy asoslashni belgilangan tartibda ishlab chiqish uchun foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkasi bo‘yicha geologik va boshqa axborotlarning to‘liq paketi realizatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Aynan bitta yer qa’ri uchastkasi uchun ikki va undan ko‘p buyurtmanomalar berilgan taqdirda ushbu yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziya eng yaxshi iqtisodiy ko‘rsatkichlarni ta’minlaydigan yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni va (yoki) boshlang‘ich texnik-iqtisodiy asoslashni, shuningdek yer qa’ri va atrof muhitni muhofaza qilish talablariga muvofiq bo‘lgan texnik yechimlarni taqdim etgan talabgorga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. Ushbu Nizom 79—93-bandlarining amal qilishi nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plashga yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya berish hollariga tatbiq etilmaydi. Ushbu litsenziya buyurtmanoma tushgandan keyin o‘ttiz kun mobaynida Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarni rasmiylashtirish va berish, ushbu huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda davlat hisobiga olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish uchun litsenziyalarni rasmiylashtirish va ularni yer qa’ridan foydalanuvchiga berish litsenziya berishga vakolatli organlar tomonidan, litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin o‘ttiz kun mobaynida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish uchun litsenziya yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yuridik shaxslar birlashmasiga berilgan taqdirda litsenziya bunday birlashmaning qatnashchilaridan bittasiga beriladi, ushbu litsenziyada mazkur qatnashchining birlashma nomidan vakillik qilishi, shuningdek barcha qatnashchilar ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96. Litsenziyalar litsenziya berishga vakolatli organning buyurtmasi bo‘yicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadigan maxsus blankalarda (ushbu Nizomga 4-ilova*) rasmiylashtiriladi. Litsenziya blankalari hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoya darajasiga ega bo‘lgan qat’iy hisobotdagi hujjatlardir. Litsenziyaga litsenziyaning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadigan quyidagi matnli, chizma va boshqa ilovalar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni geologik jihatdan o‘rganish yoki to‘plash uchun foydalanishga berilgan kon ajratmasi yoki yer qa’ri uchastkasi maydonining taxminiy parametrlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkasini tavsiflovchi chizma materiallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq ishlarni olib borish uchun yer uchastkasi berish to‘g‘risida yer egasi yoki yerdan foydalanuvchining kafolatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini amalga oshirishga u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin yo‘l qo‘yiladi. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish litsenziya berishga vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98. Yer qa’ri uchastkalari mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlarida foydalanishga berilgan taqdirda litsenziya mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitim imzolangandan keyin besh ish kuni mobaynida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99. Yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish bo‘yicha ishlar Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshirilgan taqdirda Davlat geologiya qo‘mitasining Davlat geologiya fondi yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganishga doir loyiha-smeta hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish reyestrga tegishli yozuvni kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya berishga vakolatli organ reyestrlarni yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishning har bir turi bo‘yicha belgilangan tartibda alohida-alohida yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. Har bir reyestrda quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ridan foydalanuvchi to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar, ularda yuridik shaxsning to‘liq va qisqartirilgan nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ro‘yxatdan o‘tkazish sanasi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning berilgan sanasi va tartib raqami), pochta manzili, telefon va faks raqami, elektron pochta manzili; jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, telefon va faks raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkasining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ri uchastkasining turi va undan foydalanish maqsadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyaning berilgan sanasi va tartib raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ridan foydalanish muddatlari va litsenziyaning amal qilish muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyani qayta rasmiylashtirishning asosi va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini cheklash, to‘xtatib turish yoki to‘xtatishning asosi va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomda belgilangan boshqa ma’lumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar reyestrlaridagi ma’lumotlar yuridik va jismoniy shaxslarga tanishish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar reyestridan yer qa’ridan bir nafar foydalanuvchi bo‘yicha ma’lumotlar berish uchun qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida to‘lov undiriladi.
(103-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar reyestrlaridan ma’lumotlar bepul beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104. Reyestrdan ma’lumotlar berilganligi uchun yig‘im summasi yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarning tegishli reyestrini yurituvchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105. Yer qa’ridan foydalanish huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkasi davlat hisobiga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106. Foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkalarini davlat hisobiga olish Davlat geologiya qo‘mitasining Davlat geologiya fondi tomonidan, tegishli yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish materiallari olingan kundan boshlab o‘n kun muddatda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer qa’ri uchastkasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan kon ajratmasi tarzida beriladigan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziya asosida foydalanish uchun beriladi.
(106-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 23-dekabrdagi PF-4256-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 510-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini cheklash, to‘xtatib turish va to‘xtatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 34-moddasida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek mahsulot taqsimotiga oid bitimlarda nazarda tutilgan hollarda cheklanishi, to‘xtatib turilishi yoki muddatidan oldin to‘xtatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini cheklash, to‘xtatib turish yoki muddatidan oldin to‘xtatish litsenziyani bergan organlar tomonidan, davlat budjeti mablag‘lari hisobiga geologik o‘rganish uchun foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkalariga nisbatan esa — yer qa’rini geologik o‘rganish, ulardan foydalanish va ularni qo‘riqlash ustidan davlat nazorati organlari tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini cheklash barcha uchastkada yoxud uning bir qismida paydo bo‘lgan xavf-xatarlar yoki yer qa’ridan foydalanish talablari va shartlarining, yer qa’rini geologik o‘rganish bo‘yicha ishlarni yuritish normalari va qoidalarining yo‘l qo‘yilgan buzilishlari bartaraf etilgungacha, lekin uch oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga ishlarning muayyan turlari amalga oshirilishining taqiqlab qo‘yilishiga sabab bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqining to‘xtatib turilishi to‘xtatib turish uchun asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgungacha, lekin olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda ishlarning barcha turlari amalga oshirilishining taqiqlab qo‘yilishiga sabab bo‘ladi, kon ishlanmalarining saqlanishini ta’minlash, imoratlar, inshootlar va asbob-uskunalarni avariyasiz, odamlar va atrof muhit uchun xavfsiz holatda saqlash ishlari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111. Paydo bo‘lgan xavf-xatar yoki “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 34-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan yo‘l qo‘yilgan buzilishlar yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini cheklash yoki to‘xtatib turish yo‘li bilan bartaraf etilishi mumkin bo‘lmagan yoki muntazam tusga ega bo‘lgan yoxud yer qa’rining mazkur uchastkasidan foydalanish huquqiga nisbatan ilgari cheklash va (yoki) to‘xtatib turish joriy etilgan hollarda yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi muddatidan oldin to‘xtatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer qa’ridan foydalanish huquqi to‘xtatilgan taqdirda foydalanuvchi yer qa’ridan foydalanishda buzilgan yer uchastkalarini va boshqa tabiiy obyektlarni ulardan kelgusida foydalanish uchun yaroqli holga keltirish ishlarini amalga oshirishga, shuningdek kon ishlanmalarini hamda ushbu yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan infratuzilma obyektlarini konservatsiya qilish va (yoki) yo‘q qilish ishlarini boshlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini muddatidan oldin to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror foydalanuvchi yer qa’ridan foydalanish huquqini bergan organlardan o‘zi yo‘l qo‘ygan buzilishlar to‘g‘risida yozma bildirishnoma olgan kundan boshlab uch oy o‘tgandan keyin, agar foydalanuvchi ko‘rsatib o‘tilgan muddatda ushbu buzilishlarni to‘liq bartaraf etmaganda, qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
112. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi to‘xtatilgan taqdirda yer qa’ri uchastkasi foydalanish uchun berilgan yuridik shaxs tugatilganda yoki yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati to‘xtatilganda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini bergan organ tomonidan tashkil etilgan maxsus komissiya, yer qa’ri uchastkasi mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitim shartlarida berilgan hollarda esa — boshqaruvchi qo‘mita kon ishlanmalarini hamda ushbu yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan infratuzilma obyektlarini konservatsiya qilish va (yoki) yo‘q qilish tartibi va muddatlari to‘g‘risidagi masalalarni hal etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘rsatib o‘tilgan hollarda yer qa’ri uchastkasi tegishli ravishda litsenziya bergan organ boshqaruviga yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga o‘tadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi to‘xtatib turilganda va (yoki) to‘xtatilganda bu to‘g‘rida qaror qabul qilgan organ uch kun mobaynida manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarga tegishli axborot jo‘natadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XI. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqidan o‘zga shaxs foydasiga voz kechish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
114. Foydali qazilmalarni qazib olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun berilgan litsenziya egasi yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini (to‘liq yoki qisman) boshqa shaxsga, agar ushbu shaxs litsenziyada belgilangan shartlarni bajarish majburiyatini o‘z zimmasiga olsa, berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi o‘ziga o‘tayotgan shaxs litsenziya egasiga qo‘yilgan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
115. Mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlarida berilgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini (to‘liq yoki qisman) boshqa shaxsga berish “Mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitimlar haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
116. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini (to‘liq yoki qisman) boshqa shaxsga berishni kelishib olish litsenziya egasi tomonidan Davlat geologiya qo‘mitasiga ariza berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Arizada yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini boshqa shaxsga berish sabablari, yer qa’ridan foydalanish huquqi boshqa shaxsga qisman berilgan taqdirda esa — talabgorning foydali qazilmalarni yoki texnogen mineral hosilalarni qazib olish, qayta ishlash bilan bog‘liq faoliyatining mo‘ljallanayotgan turi ko‘rsatiladi. Arizaga yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi o‘ziga o‘tayotgan shaxsning litsenziya egasiga qo‘yiladigan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
117. Davlat geologiya qo‘mitasi tushgan materiallarni kelishib olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi va “O‘zbekneftgaz” MXKga (uglevodorodlar bo‘yicha) uch kun mobaynida yuboradi. Ko‘rsatib o‘tilgan organlar o‘n kun mobaynida o‘z xulosalarini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi to‘rt kun mobaynida ekspertizaning yig‘ma materiallarini umumlashtiradi va shakllantiradi, shuningdek yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini boshqa shaxsga (to‘liq yoki qisman) berish mumkinligi to‘g‘risida zarur xulosalar va taklif bilan tushuntirish yozuvlarini tayyorlab, materiallarni ko‘rib chiqish va yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini (to‘liq yoki qisman) boshqa shaxsga berishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘n kun muddat mobaynida yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini (to‘liq yoki qisman) boshqa shaxsga berishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror arizachiga qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kun mobaynida yozma shaklda jo‘natiladi. Kelishib olishning rad etilishi asoslangan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini berishni qayta kelishib olishda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini berishni kelishib olish rad etilgan avvalgi qarorda ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha uni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini boshqa shaxsga berishning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishib olinganligi tomonlarning huquqni boshqa shaxsga berish to‘g‘risidagi tegishli shartnomani tuzish va yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi (to‘liq yoki qisman) berilayotgan shaxsga vakolatli organ tomonidan litsenziya berilishi uchun asos hisoblanadi.
(117-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 17-iyuldagi PQ-2213-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 30-son, 366-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XII. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyani qayta rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
118. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyani qayta rasmiylashtirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs qayta tashkil etilganda yoki uning nomi o‘zgarganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyaga ega yuridik shaxslar qo‘shib yuborilgan taqdirda;
(118-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5620-sonli Farmoniga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi qisman boshqa shaxsga berilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari o‘zgarganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ri uchastkasidan foydalanish muddati uzaytirilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
119. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyani bergan organ tomonidan, litsenziya egasining arizasi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda yoki uning nomi o‘zgarganda ariza litsenziya egasi tomonidan, qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin o‘n kun muddatda berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizaga tegishli tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
120. Litsenziya qayta rasmiylashtirilganda tegishli reyestrga o‘zgartirishlar kiritiladi, litsenziya esa yangi blankada rasmiylashtiriladi, bunda ilgari berilgan litsenziya litsenziyani bergan organda qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
121. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish zarur hujjatlar ilova qilingan ariza tushgan kundan boshlab yigirma kun mobaynida amalga oshiriladi, ushbu Nizomda belgilangan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
122. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya qayta rasmiylashtirilganda litsenziya berishga buyurtmanoma ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning ellik foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun yig‘im summasi yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziyani berishga vakolatli tegishli organning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIII. Yer qa’ridan foydalanish shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
123. Yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish, undan foydalanish va uni qo‘riqlash ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIV. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
124. Yuridik va jismoniy shaxslar o‘zlari tayyorlagan, yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziya berish uchun vakolatli organlarga taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligi va qonun hujjatlariga muvofiqligi uchun javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
125. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 24-son, 247-modda; 2010-y., 52-son, 510-modda; 2011-y., 43-44-son, 461-modda; 2012-y., 40-son, 466-modda, 45-son, 512-modda; 2014-y., 30-son, 366-modda, 52(I)-son, 641-modda; 2016-y., 46-son, 529-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)