O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining
Qarori
SAVDO VA UMUMIY OVQATLANISh KORXONALARI UChUN DAROMAD SOLIG‘INI HISOBLAB ChIQARISh VA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 13-oktabrda 1260-2-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2007-yil 28-fevraldagi 26, 2007-22-sonli “Yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat № 1667, 28.03.2007-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-iyundagi “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risida”gi PQ-100-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 23-24-son, 168-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2003-yil 7-iyuldagi 76 va 2003-62-son qarori bilan tasdiqlangan “Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun daromad solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga (2003-yil 21-iyul, ro‘yxat raqami 1260 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 13-14-son; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 5-6-son, 52-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish kiritilsin.
* Ilova matni rus tilida berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 30-sentabr,
95-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 30-sentabr,
2005-53-son