Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
HUKUMATLARARO BITIMLARNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tasdiqlansin:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Italiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida quyidagi bitimlar:
Uyushgan jinoyatchilik, terrorizm, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashda hamkorlik toʻgʻrisida;
Avtomobillarda xalqaro yoʻlovchi va yuk tashishni oʻzaro tartibga solish boʻyicha;
2000-yil 21-noyabrda Rim shahrida imzolangan bojxona ishlarida oʻzaro maʼmuriy hamkorlik toʻgʻrisida;
b) 2000-yil 30-noyabrda Minsk shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va Rossiya Federatsiyasi fuqarolarining oʻzaro kelib-ketishlari toʻgʻrisidagi Bitim.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Isayev, R.S. Azimov, tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov hamda tegishli vazirliklar va idoralar rahbarlari mazkur hujjatlarda nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 15-dekabr,
479-son