LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-361-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan “Budjet tizimi to‘g‘risida”gi 158-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 12, 413, 418-moddalar) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 6-moddaning oltinchi xatboshisi “hisobotni” degan so‘zdan keyin “belgilangan tartibda” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kelgusi moliya yiliga mo‘ljallangan Davlat budjeti loyihasini tayyorlaydi, uni joriy yilning o‘n beshinchi sentyabrigacha O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi hamda Davlat budjeti loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan birga joriy yilning birinchi oktyabrigacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi”;
3) 27-moddaning uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi yoki uning topshirig‘iga ko‘ra” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshisidagi “o‘n beshinchi sentyabrgacha” degan so‘zlar “birinchi oktyabrgacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2-bandi “hisobot” degan so‘zdan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
4-bandi “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
7-bandi “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
to‘qqizinchi va o‘ninchi qismlari quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi, o‘ninchi, o‘n birinchi va o‘n ikkinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning birinchi apreligacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga u tashqi audit va baholash o‘tkazishi uchun hisobot yilidan keyingi yilning beshinchi apreligacha yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotga doir xulosasini hisobot yilidan keyingi yilning o‘ninchi mayidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan birga hisobot yilidan keyingi yilning o‘n beshinchi mayidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi”;
o‘n birinchi va o‘n ikkinchi qismlari tegishincha o‘n uchinchi va o‘n to‘rtinchi qismlar deb hisoblansin.
LexUZ sharhi