Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 15.04.2005 yildagi PQ-57-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAQD PUL MUOMALASINI TAKOMILLAShTIRISh VA BANKDAN TAShQARI AYLANMANI QISQARTIRISh BORASIDAGI QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilsinki, naqd pul muomalasini erkinlashtirish bo‘yicha keyingi yillarda amalga oshirilgan chora-tadbirlar, eng avvalo, kassa rejalari bekor qilinishi, tijorat banklarining vakillik hisobvaraqlaridagi mablag‘lari doirasida ularga naqd pullar monesiz berilishi, naqd pullarni inkassatsiya qilishni tashkil etish tizimi takomillashtirilishi bank kassalariga naqd pul tushumining ancha ko‘payishiga, pul tizimi mustahkamlanishiga va to‘lov intizomi mustahkamalanishiga olib keldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan bir vaqtda bozor islohotlari va iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish ustuvor vazifa sifatida bankdan tashqari aylanmani qisqartirish, ayniqsa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Buxoro, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida ish haqi va boshqa to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanishi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishni taqozo etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul muomalasi mexanizmlarini yanada takomillashtirish, naqd pullarning bankdan tashqari aylanishini keskin qisqartirish, mehnatga haq to‘lash, ijtimoiy va boshqa to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar hisobiga bo‘sh naqd pul mablag‘larining bankdan tashqari aylanmasini tubdan qisqartirish va ularni banklarga jalb etish mahalliy davlat hokimiyati organlari, tegishli vazirliklar, idoralar va nazorat organlari, shuningdek barcha bank muassasalari faoliyatining muhim yo‘nalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
naqd pul tushumi to‘liq hisobga olinishi va inkassatsiya qilinishi (banklarga topshirilishi) qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan tartibda naqd pulga tovarlar sotadigan va xizmat ko‘rsatadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan nazorat-kassa mashinalari so‘zsiz qo‘llanilishi ustidan soliq nazorati mexanizmini takomillashtirish;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PF–5684-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi jamg‘armalari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bo‘sh pul mablag‘larini bank omonatlariga, ayniqsa muddatli depozitlarga jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan barcha hollarda aholi depozitlaridan va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlaridan naqd pullarni monesiz berish, bozor iqtisodiyoti tamoyillariga muvofiq pul massasini boshqarish, naqd va naqdsiz pul hisob-kitoblari o‘rtasidagi farqlarni bosqichma-bosqich bartaraf etish tizimini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi mablag‘larini jalb etish bilan bog‘liq bank krediti berish, birinchi navbatda respublikamiz korxonalarida ishlab chiqarilgan tovarlarni sotib olishga iste’mol krediti, shuningdek uy-joy qurilishiga ipoteka krediti berishning yangi shakllarini faol rivojlantirish va ko‘lamini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloqda savdo-sotiqni keng rivojlantirish uchun soliq imtiyozlari tizimini yaratish, shu jumladan qishloq joylarda shahar do‘konlari va supermarketlari filiallari tarmoqlarini vujudga keltirish, ularning aylanma kapitalini shakllantirish mexanizmini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor infratuzilmasi institutlarini, birinchi galda, sug‘urta va lizing xizmatlari ko‘rsatadigan, aholining bo‘sh mablag‘larini safarbar etadigan korxonalarni rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi tijorat banklari bilan birgalikda ishlab chiqqan bankdan tashqari aylanmani tubdan qisqartirish va naqd pul massasini bank operatsiyalariga jalb etish bo‘yicha Kompleks chora-tadbirlar ro‘yxati ilovaga* muvofiq ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 29-sentabrdagi PQ–193-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 39-son, 296-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 06/18/5296/0534-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Respublika inkassatsiya birlashmasi, Davlat soliq qo‘mitasi va tijorat banklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inkassatsiya xizmatlari faoliyatini tashkil qilishni takomillashtirish bo‘yicha Hukumat qarorlari qat’iy ijro etilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inkassatsiya qilishda qabul qilingan sxemaning so‘zsiz bajarilishi, respublika hududlarida inkassatsiya qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat o‘rnatsin;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PF–5684-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inkassatsiya qilingan (banklarga topshirilgan) naqd pul tushumining hajmlari amalda vujudga keladigan chakana savdo va pulli xizmat hajmlariga mos kelishi ustidan doimiy monitoringni amalga oshirsin.
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PF–5684-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan savdo qoidalariga rioya etilishi, nazorat kassa mashinalari mavjudligi, pul tushumining bank kassalariga to‘liq va o‘z vaqtida topshirilishi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo, uy-joy kommunal sohasi, aloqa, yo‘lovchi transporti xizmatlar hamda boshqa turdagi pulli xizmatlarni tashkil qilishni takomillashtirish va rivojlantirish hisobiga naqd pul mablag‘lari kelib tushadigan qo‘shimcha manbalarni aniqlash borasidagi tizimli ishlarni tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F.M. Mullajonov zimmalariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 15-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ–57-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-y., 3-4-son, 145-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 39-son, 296-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 06/18/5296/0534-son, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son; 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son)