Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 27.01.2004 yildagi 40-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“MEHR VA MURUVVAT YILI” DASTURI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda 2004-yilning “Mehr va muruvvat yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan, jamiyatimizda ahillik, bag‘rikenglik, mehr-oqibat, millatlararo do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, yurtdoshlarimiz, avvalo, yoshlarimiz ongi va tafakkurida yuksak insoniy fazilatlarni kamol toptirish, aholining ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish, xususan, kam ta’minlangan toifa va oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda davlat va jamoat tashkilotlarining bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Mehr va muruvvat yili” dasturi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda belgilangan chora-tadbirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— davlat idoralari va jamoat tuzilmalarining mablag‘ va imkoniyatlarini, korxona va tashkilotlar, shirkat va fermer xo‘jaliklari, tadbirkor va ishbilarmonlarning homiylik yordamlarini kam ta’minlangan oilalar, nogironlar, boquvchisidan judo bo‘lgan fuqarolar va yolg‘iz keksalarni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun jalb etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— jamiyat hayotining asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan oila tizimini mustahkamlash, onalik va bolalikni, inson hayoti va manfaatlarini himoyalash, muhofaza qilish, mavjud ijtimoiy muammolarni hal etish, jumladan, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholiga tibbiy, savdo va kommunal-maishiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash bo‘yicha aniq rejalarni amalga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— yurtdoshlarimizni mehribonlik va ezgulik ruhida tarbiyalash, zamon talablariga javob beradigan qadimiy an’ana va qadriyatlarimizni hayotimizga yanada chuqurroq singdirish, bunday intilish va harakatlarni ommaviy axborot vositalari, joylardagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali keng targ‘ib qilishga yo‘naltirilgani ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Mehr va muruvvat yili” dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha respublika komissiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar ushbu dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va talab darajasida bajarilishini ta’minlash yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komplekslari, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar va agentliklar, xo‘jalik birlashmalari, jamoat tashkilotlari, jamg‘armalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar, Toshkent shahar, shaharlar va tumanlar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yilning har choragida, tegishli idoralar va tuzilmalarni jalb etgan holda, “Mehr va muruvvat yili” dasturining bajarilishini muhokama qilib, zarur chora-tadbirlar ko‘rib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yilning har choragi yakunlari bo‘yicha dastur topshiriqlarining bajarilishi natijalari to‘g‘risidagi tahliliy ma’lumotni keyingi oyning 7-kunigacha respublika komissiyasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Matbuot va axborot agentligi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga aholi o‘rtasida “Mehr va muruvvat yili” dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning mohiyati va ahamiyatini ochib berish, ularni amalga oshirish borasida qilinayotgan ishlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 27-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-son