13.03.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1197-2
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Qarori, 13.03.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1197-2
Кучга кириш санаси
23.03.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.12.2017
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-noyabrdagi “Yuridik va jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazishni hamda ular tomonidan savdo faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 407-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 22-son, 179-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2002-yil 20-dekabrdagi 139, 2-0-9/26, 2002-92-son qarori bilan tasdiqlangan Savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tovar operatsiyalari va daromadlarni hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (2003-yil 8-yanvar, ro‘yxat raqami 1197 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 1-2-son) ilovaga* muvofiq qo‘shimcha kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.