Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ChEXIYA RESPUBLIKASI BILAN HAMKORLIKNI YaNADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Chexiya Respublikasi Prezidenti V.Klausning 2004-yil 12—15-sentabrdagi Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi davomida imzolangan bitimlar va erishilgan ahdlashuvlarning amalga oshirilishini taʼminlash hamda Chexiya Respublikasi bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Chexiya Respublikasi bilan hamkorlikni kengaytirish boʻyicha tadbirlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ushbu qarorga ilovada koʻrsatilgan bajarish uchun masʼul vazirliklar va idoralar Chexiya Respublikasi bilan hamkorlikni kengaytirish boʻyicha tasdiqlangan tadbirlarning belgilangan muddatlarda aniq va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashrif davomida imzolangan hujjatlar va bitimlarning amalga oshirilishi ustidan muntazam nazorat oʻrnatsinlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8 centyabrdagi 206-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 3-dekabr,
568-son
Chexiya Respublikasi bilan hamkorlikni kengaytirish boʻyicha
TADBIRLAR
TADBIRLAR
Oldingi tahrirga qarang.
|
T/r |
Hamkorlikning asosiy maqsadlari |
Ularni amalga oshirish |
Muddati |
Bajarish uchun |
|
I. Siyosiy sohadagi hamkorlik | ||||
| 1. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Chexiya Respublikasiga javob tashrifini tashkil etish | Chexiya tomoni bilan tashrif muddatlarini, bitimlar paketini kelishish | 2005-yil ikkinchi yarmi | Tashqi ishlar vazirligi |
| 2. | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi delegatsiyasining Chexiya Respublikasiga tashrifini tashkil etish | Rasmiy taklif olinishini ishlab chiqish, tashrif muddatlarini kelishish | 2005-yil | Oliy Majlis (kelishuv boʻyicha), Tashqi ishlar vazirligi |
| 3. | Ikkala mamlakatlar Ombudsmanlari oʻrtasida aloqalarni mustahkamlash | Ombudsmanlar oʻrtasida tashriflarni ayirboshlash, ularning muddatlarini kelishish | 2005-yil | Oliy Majlisning inson huquqlari boʻyicha vakili, Tashqi ishlar vazirligi |
| 4. | Chexiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri S.Svobodaning Oʻzbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifini tashkil etish, ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuvlar oʻtkazish | Taklifnoma joʻnatish, Chexiya tomoni bilan tashrif muddatlarini kelishish | 2005-yil oʻrtasida | Tashqi ishlar vazirligi |
| 5. | Praga shahri meriyasi delegatsiyasining Toshkent shahriga tashrifini tashkil etish | Tashrif muddatlarini kelishish, Toshkent va Praga oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Shartnomaning imzolanishini ishlab chiqish | 2005-yil birinchi yarmi | Tashqi ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi |
|
II. Savdo-iqtisodiy hamkorlik | ||||
| 1. | Chexiya Respublikasida Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning ikkinchi majlisini oʻtkazish | Chexiya Respublikasining vakolatli organlari bilan birgalikda majlisning oʻtkazilish muddatlarini va kun tartibini kelishish | 2005-yil ikkinchi yarmi | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamenti, manfaatdor idoralar va korxonalar |
| 2. | Toshkent shahrida Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiya hamraislari oʻrinbosarlarining sessiyalar oʻrtasidagi uchrashuvini tashkil etish | Chexiya tomoni bilan tadbirlar muddatlarini ishlab chiqish, tashkiliy masalalarni hal qilish | 2005-yil birinchi choragi | Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi |
| 3. | Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiya doirasida quyidagi masalalar boʻyicha doimiy ishchi guruhlar tashkil etish: — iqtisodiyot va sanoat sohasidagi hamkorlik; — qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlik; — ilmiy-texnikaviy hamkorlik. |
Ushbu sohalardagi h�mkorlikning amaldagi ahvolini tahlil qilish, hamkorlikni chuqurlashtirish boʻyicha takliflar kiritish | 2005-yil | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamenti, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
| 6. | Oʻzbekiston Respublikasining Yevropa Ittifoqidagi iqtisodiy manfaatlari tomon oldinga borish maqsadida Chexiya Respublikasi bilan oʻzaro hamkorlikni kengaytirish | 2004—2008-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi bilan Yevropa Ittifoqi oʻrtasida sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni amalga oshirish boʻyicha asosiy tashkiliy chora-tadbirlarning kompleks dasturi asosida: Chexiya Respublikasi orqali Yevropa Ittifoqiga eksportni kengaytirish va diversifikatsiya istiqbollarini kompleks oʻrganib chiqish; Oʻzbekistonning tovarlari va xizmatlari Yevropa Ittifoqi bozorlariga kirib borishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha Chexiya Respublikasi bilan hamkorlikni faollashtirish; yuklarni transportda tashishni tashkil etish sohasida Chexiya Respublikasi bilan hamkorlikni rivojlantirish |
2004—2008-yillar | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi |
| 7. | Praga shahrida Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya va eksport salohiyati taqdimotini oʻtkazish | Chexiya tomoni bilan tadbirlar muddatlarini ishlab chiqish, tashkiliy masalalarni hal etish | 2005-yilning ikkinchi yarmi | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
| 8. | Tovarlar va xizmatlar sertifikatsiyasi sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish | Chexiya Respublikasi vazirliklari va idoralari bilan Oʻzbekiston korxonalarida, shu jumladan Yevropa Ittifoqining texnik koʻmagini jalb etgan holda, qoʻshma sertifikatsiya markazlari tashkil etish masalalarini ishlab chiqish | 2004-2005-yillar | “Oʻzstandart” agentligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi |
| 9. | Chexiyaning EGAP milliy sugʻurta agentligi yordamida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tasnifi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining kredit layoqati reytingini oshirishda ikki mamlakatning oʻzaro hamkorligi | Ushbu yoʻnalishda Chexiya Respublikasi bilan hamkorlik boʻyicha aniq takliflar tayyorlash | 2005-yilning birinchi yarmi | “Oʻzbekinvest” milliy sugʻurta kompaniyasi |
| 10. | Turizm sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish | Turizm, qoʻshma turistik agentliklar, kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlik qilish boʻyicha ishchi guruh tashkil etish | 2004-2005-yillar | “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, Tashqi ishlar vazirligi |
| 11. | Asbob-uskunalar yetkazib berishni moliyalashtirish uchun “Chexo-slavatsska obxodni banka A.S.”ning 20 mln AQSh dollari miqdoridagi kreditini oʻzlashtirish | Loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini ekspertizadan oʻtkazish, asbob-uskunalar va texnologiyalarni potensial yetkazib beruvchilarni tender asosida tanlash, hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish va moliyalashtirishni boshlash | 2004-2005-yillar | Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki |
| 12. | Chexiya Respublikasining “Novako” kompaniyasi ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasining meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va muzlatish boʻyicha qoʻshma korxonalar tashkil etish | Texnik-iqtisodiy asoslarni puxta ishlab chiqish, loyihani amalga oshirish | 2005-2006-yillar | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi, Samarqand viloyati hokimligi |
| 13. | “PVT-Prokom”, “Merlin”, “Skanservis” kompaniyalari ishtirokida dasturiy taʼminlash va amaliy dasturlar (bank dasturlari, axborot maʼlumotlar bazasi, “autsorsing”) ishlab chiqilishi sohasida qoʻshma korxona tashkil etish | Texnik-iqtisodiy asoslarni puxta ishlab chiqish, loyihani amalga oshirish | 2005-2006-yillar | Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi |
| 14. | “Shkoda-xolding” aksiyadorlik jamiyati ishtirokida qishloq xoʻjaligi mashinalari uchun butlovchi materiallar, shuningdek elektrodvigatellar, traktorlar uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma korxona tashkil etish | Texnik-iqtisodiy asoslarni puxta ishlab chiqish, loyihani amalga oshirish | 2005-2006-yillar | “Oʻzqishloqxoʻjalikmashxolding” xolding kompaniyasi |
| 15. | Chexiyaning “Tomas Praga” kompaniyasi ishtirokida “Navoiyazot” ochiq aksiyadorlik jamiyatida quruq tsiantuz ishlab chiqarish boʻyicha Oʻzbekiston-Chexiya qoʻshma korxonasi tashkil etish | Texnik-iqtisodiy asoslarni puxta ishlab chiqish, loyihani amalga oshirish | 2005-2006-yillar | “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi |
| 16. | Chexiyada ishlab chiqarilgan, respublikadagi mavjud yer snaryadlarini taʼmirlash va zamonaviylashtirish, shuningdek “Cheshskiye sudoverfi” firmasi ishtirokida har xil modifikatsiyadagi yangi yer snaryadlari ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma korxona tashkil etish | Texnik-iqtisodiy asoslarni puxta ishlab chiqish, loyihani amalga oshirish | 2005-2006-yillar | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi |
| 17. | Oʻzbekiston Respublikasi bilan Chexiya Respublikasi oʻrtasida yuklarni avtomobilda xalqaro tashishga ruxsatnomalar blankalarini har yili teng ayirboshlash | Ikki mamlakat oʻrtasida har yili ayirboshlash uchun ruxsatnomalar blankasi soni boʻyicha Chexiya Respublikasining vakolatli organlari bilan muzokaralar olib borish | har yili | Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Tashqi ishlar vazirligi |
|
III. Madani�t-gumanitar sohadagi hamkorlik | ||||
| 1. | Madaniyat-gumanitar sohada, fan va taʼlim sohasida hamkorlikni rivojlantirish | Manfaatdor vazirliklar va idoralar oʻrtasida ayirboshlash dasturlarini ishlab chiqish | 2004—2006-yillar | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
| 2. | Madaniyat-gumanitar sohada, fan va taʼlim sohasidagi hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish | Fan, madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi bitimlarni puxta ishlab chiqish | 2004-2005-yillar | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
| 3. | “Isteʼdod” jamgʻarmasi bilan Gʻarbiy Bogemiya Universiteti oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim tuzish | Bitim loyihasini kelishish, imzolash muddatlarini ishlab chiqish | 2004-yilning IV choragi | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Isteʼdod” jamgʻarmasi |
| 4. | Ikki mamlakatning ilmiy-tadqiqot muassasalari oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish | Olimlar va mutaxassislarni ayirboshlashni tashkil etish, ikki tomonlama loyihalarni amalga oshirish va ilmiy loyihalarning xalqaro tanlovlarida birgalikda ishtirok etish, qoʻshma ilmiy seminarlar va konferensiyalar oʻtkazish boʻyicha takliflar tayyorlash | 2005-yil fevral | Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqaviy tadqiqotlar instituti, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi |
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 24-martdagi 51-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 12-13-son, 105-modda)