27.02.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1659
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.07.2015
 LexUZ sharhi
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-apreldagi “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlarini yanada rivojlantirish va turar joylarga xizmatlar ko‘rsatishning aniq bozorini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 64-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil 15-son, 127-modda) asosan xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari va kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchilar (sovuq suv va issiq suv ta’minoti, suvoqova (kanalizatsiyalar), issiqlik (issiqlik ta’minoti), elektr ta’minoti va gaz ta’minoti xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar) o‘rtasida mulkning bo‘linish chegaralari hamda muhandislik kommunikatsiyalarini saqlash uchun javobgarlikni tartibga soladi.