Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 07.10.2005 yildagi 223-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“TARAQQIYOT UCHUN OZIQ-OVQATLAR” DASTURI DOIRASIDA QISHLOQ VA SUV XO‘JALIGI SOHASIDAGI USTUVOR LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amerika Qo‘shma Shtatlari Hukumati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida tuzilgan “Taraqqiyot uchun oziq-ovqatlar” dasturi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berish to‘g‘risidagi Bitim doirasida O‘zbekiston Respublikasiga berilgan grantdan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hukumatlararo bitimga muvofiq tuzilgan O‘zbekiston—Amerika qo‘shma ishchi guruhining “Taraqqiyot uchun oziq-ovqatlar” dasturi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi mahsulotini sotishdan tushayotgan grant mablag‘lari hisobiga ilovaga muvofiq qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi ustuvor loyihalarni moliyalashtirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda ilovada nazarda tutilgan kapital qurilish obyektlarini belgilangan tartibda 2005-yil uchun qurilishlarning aniq ro‘yxatiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi loyihada ko‘rsatilgan ustuvor loyihalar Moliya vazirligining “Taraqqiyot uchun oziq-ovqatlar” dasturi bo‘yicha tushayotgan mablag‘larni jamlash uchun ochilgan maxsus hisob raqamidan moliyalashtirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi “Taraqqiyot uchun oziq-ovqatlar” dasturi bo‘yicha olingan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini ta’minlasin va loyihalarning amalga oshirilishi to‘g‘risidagi axborotni yilning har choragida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga hamda Moliya vazirligiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari V.A.Golishev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 7-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
223-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil
7-oktabrdagi 223-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Taraqqiyot uchun oziq-ovqatlar” dasturi doirasida qishloq
va suv xo‘jaligi sohasida moliyalashtiriladigan ustuvor
LOYIHALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r‎

Loyihaning nomi‎

Qiymati mln.so‘m ‎

Bajaruvchilar‎

1.‎ Namangan viloyatida Rezaksoy
‎suv ombori qurilishi‎
4300,0‎ Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi‎
2.‎ Aviatsiya va koinot orqali qishloq
‎xo‘jaligi monitoringi olib
‎borilishini tashkil etish‎
400,0‎ “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi‎
Hammasi:‎ 4700,0‎