O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH VA UNING 1000-YILLIGINI NISHONLASHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasining “Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000-yilligini nishonlash to‘g‘risida” 2004-yil 9-noyabrdagi 532-son qarori ijrosini ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Ayni paytda mazkur qarorda belgilangan tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish masalasida mutasaddi tashkilotlar tomonidan yuzaki yondashuvga yo‘l qo‘yilayotganini qayd etish zarur.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Xorazm viloyati hokimligi, mutasaddi vazirliklar va tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorazm Ma’mun akademiyasini qaytadan tashkil etish to‘g‘risida” 1997-yil 11-oktabrdagi PF–1880-son Farmonida belgilangan vazifalarning to‘liq bajarilishini ta’minlay olmaganini ta’kidlash lozim.
Tashkiliy qo‘mita tomonidan belgilangan tadbirlarning muddatida bajarilmaganligi, yubiley munosabati bilan Xorazm Ma’mun akademiyasida olib borilayotgan qurilish ishlarining o‘z vaqtida tugallanmaganligi, amalga oshirilayotgan tadqiqot ishlarining ilmiy saviyasi va sifati talab darajasida emasligi ushbu muhim tarixiy sananing mohiyati to‘la anglab yetilmaganini ko‘rsatadi.
Xorazm Ma’mun akademiyasi faoliyatini zamon talablari asosida takomillashtirish, uning 1000-yilligiga tayyorgarlik ishlarini yangi ma’no-mazmun bilan boyitish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000-yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Fanlar akademiyasi va Xorazm viloyati hokimligi tomonidan bajarilgan ishlar qoniqarsiz deb topilsin.
2. Fanlar akademiyasi Xorazm Ma’mun akademiyasining faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqishda quyidagi mintaqaviy mavzular va muammolarni o‘rganishni ustuvor yo‘nalishlar etib belgilasin:
Xorazmning qadimiy davlatchilik tarixi, betakror sivilizatsiyasi va madaniyatini o‘rganish;
bu ko‘hna zaminda qadimdan rivojlanib kelgan boy ilmiy salohiyatning jahon fani va madaniyati taraqqiyotidagi o‘rni masalalarini tadqiq etish;
Xorazm me’moriy yodgorliklarini biologik, fizik va boshqa turli salbiy ta’sirlardan muhofaza qilishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish;
vohaning ekologik holati bo‘yicha muntazam ilmiy kuzatishlar olib borish, uni yaxshilashga qaratilgan ilmiy tavsiya va ishlanmalar yaratish;
mavjud yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirishning samarali tizimini ishlab chiqish;
Xorazm vohasining tuproq-iqlim sharoitiga mos bo‘lgan qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini iqlimlashtirish orqali sho‘rlanish va cho‘llanishning oldini olish masalalarini tadqiq etish.
Yuqorida qayd etilgan ustuvor yo‘nalishlarni e’tiborga olgan holda bir oy muddatda Xorazm Ma’mun akademiyasining yangi tuzilmasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
3. Xorazm Ma’mun akademiyasi faoliyatini takomillashtirish va uning 1000-yilligini nishonlash doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar dasturi 1-ilovaga, Xorazm Ma’mun akademiyasi kompleksini ta’mirlash va obodonlashtirish bilan bog‘liq amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi (B.Yo‘ldoshev), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi Xorazm Ma’mun akademiyasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlariga mos loyihalarning 2006-yildan boshlab amalga oshiriladigan Davlat ilmiy-texnik dasturlar va Innovatsiya ishlari dasturlariga kiritilishini ta’minlasin.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 40-son, 396-modda)
Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda qurilish va obodonlashtirish ishlarni tasdiqlangan smeta loyihasiga asosan to‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun mas’ul ekanliklari belgilab qo‘yilsin;
Xorazm Ma’mun akademiyasining faoliyatini takomillashtirishga amaliy yordam ko‘rsatsin va markaziy binosini zamonaviy ilmiy - tadqiqot faoliyatini olib borish uchun zarur bo‘lgan anjomlar bilan jihozlashga bog‘liq bo‘lgan moliya mablag‘larni, shu jumladan, xorijiy grantlarni jalb etish hisobiga ta’minlasin.
5. Xorazm viloyati hokimligiga:
yubiley obyektlaridagi qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini bajarish jadvalini tasdiqlash;
Xorazm Ma’mun akademiyasining markaziy binosini ta’mirlash, jihozlash va atrofini obodonlashtirish ishlarining 2006-yil 1-iyulga tugallanishini ta’minlash topshirilsin.
6. Iqtisodiyot va Moliya vazirligiga qurilishlarni moliya mablag‘i bilan ta’minlash va Xorazm Ma’mun akademiyasi faoliyatini takomillashtirishga amaliy yordam ko‘rsatish vazifasi yuklatilsin.
7. Xorazm viloyati hokimligi, Fanlar akademiyasi, Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, “Ibn Sino”, “Oltin meros” jamg‘armalari, ijodiy uyushmalar va ilmiy-ijodiy jamoatchilikning Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000-yilligini o‘tkazish tadbirlarining ko‘lami kengligini va akademiya faoliyatini yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilanganligini e’tiborga olib hamda ushbu tarixiy sanani yuksak darajada keng nishonlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000-yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorida qayd etilgan muddatni 2005-yil oktabr oyidan 2006-yil oktabr-noyabr oylariga ko‘chirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
8. Fanlar akademiyasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, Xorazm viloyati hokimligi YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi hamda xalqaro tashkilotlar ishtirokida, taniqli olimlar, ijodkor ziyolilar, san’atkorlar, xotin-qizlar va yoshlar tashkilotlari vakillarini jalb etgan holda, 2006-yilning oktabr-noyabr oylarida Xiva shahrida “Xorazm Ma’mun akademiyasi va uning jahon ilm-fani taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya va tantanali bayram tadbirlarini o‘tkazsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari R.S.Qosimov va Xorazm viloyati hokimi I.O.Bobojonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 1-noyabr,
240-son
Xorazm Ma’mun akademiyasi faoliyatini takomillashtirish va uning 1000-yilligini nishonlash
doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar
DASTURI
doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar
DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.
|
№ |
Tadbirlar mazmuni |
Muddatlari |
Bajarish uchun mas’ullar |
|
| |||
| 1. | Belgilangan mintaqaviy mavzular va muammolarni o‘rganishning ustuvor yo‘nalishlari asosida ilmiy tadqiqot va innovatsiya ishlari loyihalarini qayta ko‘rib chiqish hamda Fan va texnologiyalar markaziga kiritish | 2005-yil noyabr | Fanlar akademiyasi, Xorazm Ma’mun akademiyasi, Fan va texnologiyalar markazi |
| 2. | Xorazm Ma’mun akademiyasi binosi laboratoriyalar bo‘limini rekonstruksiya qilish va uning atrofini obodonlashtirish takliflarini tayyorlash | 2005-yil 31-dekabr | Xorazm viloyati va Xiva shahri hokimliklari |
| 3. | Ustuvor yo‘nalishlardagi ishlarni amalga oshirish uchun ilmiy laboratoriyalarni zamonaviy asbob-uskuna va ximreaktivlar bilan ta’minlash | 2006-yil mart | Fanlar akademiyasi, Xorazm Ma’mun akademiyasi, Fan va texnologiyalar markazi |
| 4. | Dunyodagi eng qadimiy akademiyalar bilan Xorazm Ma’mun akademiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomalarini tuzish | muntazam | Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari, Fanlar akademiyasi, Xorazm Ma’mun akademiyasi, YUNESKO ishlari bo‘yicha respublika milliy komissiyasi |
| 5. | Xorazm Ma’mun akademiyasini yuqori malakali ilmiy kadrlar bilan to‘ldirish | 2006-yil yanvar | Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xorazm Ma’mun akademiyasi |
| 6. | Xorazm Ma’mun akademiyasini suv isitish, suv tozalash qurilmalari, seysmostansiyalar, ob-havo kameralari bilan ta’minlash | 2006-yil mart | Fanlar akademiyasi, Xorazm Ma’mun akademiyasi |
| 7. | “Iste’dod” jamg‘armasi grantlari hisobiga yosh olimlarning ilmiy ishlarini rag‘batlantirish | 2006-yil davomida | “Iste’dod” jamg‘armasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi |
| 8. | Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlarining xalqaro grantlar olishiga ko‘maklashish | muntazam | Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Xorazm Ma’mun akademiyasi |
| 9. | Xorazm Ma’mun akademiyasini kerakli adabiyotlar, kompyuterlar bilan ta’minlash | 2006-yil yanvar | Fanlar akademiyasi, Xorazm viloyat hokimligi, Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, YUNESKO ishlari bo‘yicha respublika milliy komissiyasi |
| 10. | Xorazm Ma’mun akademiyasi ilmiy laboratoriyalari va kutubxonasini zarur mebel bilan ta’minlash | 2006-yil yanvar | Xorazm viloyati hokimligi |
| 11. | Zamonaviy informatsion texnologiyalar asosida Xorazm Ma’mun akademiyasi ma’lumotlar bazasini yaratish | 2006-yil davomida | Xorazm Ma’mun akademiyasi |
| 12. | Xorazm Ma’mun akademiyasini mintaqa tarixi va fani rivojiga oid qadimiy qo‘lyozmalarning nusxalari bilan ta’minlash | 2006-yil mart | FA Til va adabiyot instituti, Sharqshunoslik instituti, Toshkent Islom universiteti, Qo‘lyozmalar instituti |
| 13. | Xorazm Ma’mun akademiyasi bosmaxonasini modernizatsiya qilish va uni zamonaviy asbob-uskuna bilan ta’minlash | 2006-yil mart | Fanlar akademiyasi |
| 14. | Xorazm Ma’mun akademiyasi muzeyini tashkil etish | 2006-yil mart | Fanlar akademiyasi, Xorazm viloyat hokimligi, “O‘zbekmuzey” jamg‘armasi |
| 15. | Xorazm Ma’mun akademiyasida axborot-resurs markazini tashkil qilish | 2006-yil mart | Fanlar akademiyasi |
| 16. | Xorazm Ma’mun akademiyasida yosh olimlar uchun kompyuter savodxonligini va Internetdan foydalanish o‘qish kurslarini tashkil etish | 2006-yil mart | Fanlar akademiyasi |
| 17. | Xorazm Ma’mun akademiyasi ilmiy xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va tadqiqotlarni tashkil etish, akademiyaning moddiy texnika bazasini rivojlantirish uchun har yili 20 mln. so‘m miqdorida mablag‘ ajratish | har yili | Xorazm viloyat hokimligi |
| 18. | Xorazm Ma’mun akademiyasi va Urganch Davlat universitet ishtirokida mintaqaviy muammolarini yechish maqsadida ilmiy-muvofiqlashtiruvchi Kengash tuzish va uning ishini tashkil etish | 2006-yil yanvar | Fanlar akademiyasi, Xorazm viloyat hokimligi, Xorazm Ma’mun akademiyasi, Urganch davlat universiteti |
| 19. | Termitlarga qarshi kurash bo‘yicha tadqiqotlar olib borish va tavsiyalar ishlab chiqish | muntazam | Fanlar akademiyasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi |
| 20. | Litsey va kollej o‘quvchilari uchun fanning turli yo‘nalishlari bo‘yicha viktorina, konkurs va olimpiadalar tashkil qilish | muntazam | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Xorazm viloyat hokimligi |
| 21. | Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining iqtidorli o‘quvchilari uchun yozgi maktablar tashkil etish | muntazam | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xorazm viloyat hokimligi, Fanlar akademiyasi |
|
| |||
| 22. | “Xorazm Ma’mun akademiyasi va uning dunyo ilm-fani taraqqiyotidagi o‘rni” mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazish | 2006-yil oktyab-noyabr | Fanlar akademiyasi, YUNESKO ishlari bo‘yicha respublika milliy komissiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Badiiy akademiya, Xorazm viloyati hokimligi |
| 23. | Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000-yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbirlarini o‘tkazish | 2006-yil oktyab-noyabr | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi, Xorazm viloyati hokimligi (rejadagi o‘z mablag‘lari hisobidan) |
| 24. | O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi elchixonalarida tarixdagi ilk akademiyalardan bo‘lmish Xorazm Ma’mun akademiyasining faoliyatini targ‘ib etishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazish | 2006-yil davomida | Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari, Fanlar akademiyasi, YUNESKO ishlari bo‘yicha respublika milliy komissiyasi |
| 25. | Xorazm Ma’mun akademiyasi bu?k namoyandalarining hayoti va faoliyati aks ettirishga bag‘ishlangan dramatik asar uchun tanlov o‘tkazish | 2006-yil may | Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
| 26. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda Xorazm Ma’mun akademiyasi kunlarini o‘tkazish | 2006-yil davomida | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, “Oltin meros”, “Ibn Sino” jamg‘armalari |
| 27. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda “Xorazm vohasining taniqli ilm-fan namoyondalari siymosi tasviriy san’at asarlarida” ko‘rgazmasini o‘tkazish | 2006-yil davomida | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Badiiy akademiya, Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
| 28. | Xorazm Ma’mun akademiyasining jahon sivilizatsiyasini rivojlantirishdagi tarixiy hissasini chet ellarda keng reklama va targ‘ib etishni ta’minlash | 2006-yil davomida | “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi, “Oltin meros”, “Ibn Sino” jamg‘armalari |
| 29. | Xorazm Ma’mun akademiyasi haqida ilmiy-ommabop hujjatli film yaratish | 2006-yil iyul | “O‘zbekkino” milliy agentligi, Fanlar akademiyasi |
| 30. | Xorazm Ma’mun akademiyasi nomida adabiy mukofot ta’sis etish | 2006-yil fevral | O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi |
| 31. | Xorazm Ma’mun akademiyasining milliy va jahon fani xazinasiga qo‘shgan hissasini yorituvchi bukletlar, maxsus jurnallar va risolalar nashr etish, ommaviy axborot vositalarida ilmiy ommabop maqolalar e’lon qilish, badiiy asarlar yaratish va chop etish, teleko‘rsatuv va radio eshittirishlar turkumini tayyorlash | 2006-yil davomida | Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, “Oltin meros”, “Ibn Sino” jamg‘armalari, ommaviy axborot vositalari |
| 32. | “Xorazm Ma’mun akademiyasi” kitobini tayyorlash va nashr etish | 2006-yilning 1-choragi | Fanlar akademiyasi, YUNESKO ishlari bo‘yicha respublika milliy komissiyasi |
| 33. | O‘quv yurtlarida Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlarining faoliyatlarini targ‘ib etishga qaratilgan ma’rifiy suhbatlar o‘tkazish | 2005-2006-yillar davomida | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi |
| 34. | Viloyatlarda Xorazm Ma’mun akademiyasi haqida ilmiy-ma’rifiy kechalar o‘tkazish, ko‘chma ko‘rgazmalar tashkil etish | 2005-2006-yillar davomida | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi |
| 35. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarida “Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlari siymosi tasviriy san’at asarlarida” nomli ko‘chma ko‘rgazmalar tashkil etish va o‘tkazish | 2005-2006-yillar davomida | Badiiy akademiya, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar hokimliklari |
| 36. | Maktablar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida “Xorazm Ma’mun akademiyasini bilasizmi?” mavzuida viktorinalar, turli tanlovlar va boshqa ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish | 2005-2006-yillar davomida | Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
| 37. | Mahallalar va fuqarolari yig‘inlarida, tashkilot va muassasalarda Xorazm Ma’mun akademiyasi haqida ma’rifiy kechalar, ko‘rgazmali suhbatlar uyushtirish | 2005-2006-yillar davomida | “Mahalla” jamg‘armasi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi |
(jadval O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 40-son, 396-modda)
Xorazm Ma’mun akademiyasi kompleksini ta’mirlash va obodonlashtirish bilan bog‘liq
amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha chora-tadbirlar
REJASI
amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha chora-tadbirlar
REJASI
|
№ |
Obyekt nomi |
Bajariladigan |
Moliyalashtirish |
Tugatish muddatlari |
Bajarish uchun mas’ullar |
| 1. | Akademiya binosini kapital ta’mirlash va laboratoriya anjomlari bilan ta’minlash | 300 | Mahalliy budjetning oshirilgan qismi va xorijiy grantlar hisobidan | 2006-yil, mart | Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalar markazi, Xorazm viloyati hokimligi |
| 2. | Akademiya kompleksini obodonlashtirish va xiyobon qurilishini amalga oshirish | 80 | Mahalliy budjetning oshirilgan qismi hisobidan | 2006-yil, iyun | Xorazm viloyati hokimligi |
| 3. | Akademiya binosining kommunal tarmoqlarini kapital ta’mirlash | 1380 | Hududiy kommunal korxonalari hisobidan | 2006-yil, iyul | “O‘zkommunxizmat” agentligi, Xorazm viloyati hokimligi |
| 4. | Akademiya kompleksida joylashgan “Qo‘sha darvoza” va “Xon dorixonasi” obyektlarini kapital ta’mirlash | 10 | Homiylar hisobidan | 2006-yil, may | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi |
| 5. | Urganch Xiva avtomobil yo‘lida ta’mirlash ishlarini tugatish | 350 | Respublika yo‘l jamg‘armasi | 2006-yil, may | Respublika yo‘l jamg‘armasi, Xorazm viloyati hokimligi |