Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 21.02.2007 yildagi 40-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-YIL PUDRAT QURILISh IShLARI DASTURI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi parametrlari bajarilishini ta’minlash, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishga, texnologik jihatdan qayta jihozlash va rekonstruksiya qilishga, shuningdek akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari qurishga ajratilgan budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2007-yil Pudrat qurilish ishlari dasturining asosiy parametrlari 1-ilovaga* muvofiq ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2007-yil pudrat ishlarining obyektlar bo‘yicha dasturlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bo‘yicha 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumta’lim maktablari bo‘yicha 3-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va idoralar bo‘yicha 2007-yil Investitsiya dasturiga kiritilgan yirik ishlab chiqarish obyektlari bo‘yicha 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2—4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘tkazilgan tanlov savdolari natijalariga ko‘ra hamda pudrat ishlarini bajarish yuzasidan buyurtmachilar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari qurishni amalga oshiruvchi pudrat tashkilotlariga kreditlar berish uchun 2007-yilgi qurilishlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlari asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Maktab ta’limi jamg‘armasi tomonidan 2006-yil dekabrda respublika tijorat banklarida 33,7 mlrd. so‘m miqdorida maqsadli depozitlar joylashtirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2007-yil Investitsiya dasturiga kiritilgan obyektlar buyurtmachilari — vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi bilan birgalikda, obyektlarning belgilangan muddatlarga qat’iy muvofiq ravishda foydalanishga topshirilishini ta’minlaydigan ishlarni olib borishning alohida bosqichlarini bo‘lib chiqqan va bog‘lagan holda har bir obyekt qurilishining kalendar jadvallarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyning 5-kunida O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga Pudrat ishlari dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida axborot taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etiladigan axborot asosida buyurtmachilar va pudratchilar tomonidan tanlov savdolari hamda tuzilgan shartnomalar shartlari bajarilishining muntazam monitoringini ta’minlasin, bunda qurilayotgan obyektlarning zarur qurilish materiallari bilan ta’minlanganligiga, ularning texnologik asbob-uskunalar bilan o‘z vaqtida butlanganligiga alohida e’tibor bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyning 10-kunida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Pudrat ishlari dasturining amalga oshirilishi monitoringi natijalari, bajarilgan loyiha va qurilish ishlarining sifati, buyurtmachilar va pudratchilar tomonidan o‘z zimmasiga olingan shartnoma majburiyatlarining bajarilishi to‘g‘risida axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, alohida obyektlar bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov savdolari natijalarini va mablag‘larning amalda o‘zlashtirilishini hisobga olgan holda Pudrat ishlari dasturining ayrim ko‘rsatkichlariga tasdiqlangan limitlar doirasida tuzatishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 21-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 7-8-son, 70-modda)