Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.11.2022 19.02.2007 yildagi PQ-585-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.11.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshqinlar, sel oqimlari, qor ko‘chish va yer ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini tugatish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-noyabrdagi PQ-426-sonli “Aholini va hududlarni xavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshqinlar, sel oqimlari, qor ko‘chish va yer ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan aholi va hududlarni himoya qilish bo‘yicha ishlarni o‘z vaqtida va samarali tashkil etish, shuningdek ularning ehtimol tutilgan oqibatlarini tezkorlik bilan tugatish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfli gidrometeorologiya va geologiya hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini tugatish bo‘yicha ishlarni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toshqin suvlari va sel oqimlarini xavf-xatarsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash, qor ko‘chish va yer ko‘chki hodisalari xavfini kamaytirish bo‘yicha Hukumat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi deb yuritiladi) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi zimmasiga Toshqinga qarshi hukumat komissiyasining ishini tashkiliy-texnikaviy jihatdan ta’minlash vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yilning 1-martigacha tasdiqlangan Nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga toshqinlar, sel oqimlari, qor ko‘chish va yer ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan aholi va hududlarni himoya qilish bo‘yicha o‘tkazilayotgan ishlar hamda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni tugatishga mavjud kuch va vositalarning tayyorligi to‘g‘risida hisobot berib borsin;
(2-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashida, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida, vazirliklar va idoralarda gidrometeorologik va geologik xavf-xatar bilan bog‘liq bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini tezkorlik bilan tugatish bo‘yicha ishlarning olib borilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va hududlarni sel-toshqin va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hamda ularning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2006-yil 9-fevraldagi PQ-279-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 19-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-585-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-fevraldagi PQ-585-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfli gidrometeorologiya va geologiya hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini tugatish bo‘yicha ishlarni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom xavfli gidrometeorologiya va geologiya jarayonlari yuzaga kelishi xavfini o‘z vaqtida aniqlash, aholi va hududlarni, yer ko‘chki, toshqin, sel va qor ko‘chishlari bilan bog‘liq favqulodda holatlardan muhofaza qilish tadbirlarini samarali amalga oshirish, shuningdek ularning oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xavfli gidrometeorologiya va geologiya hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini tugatish bo‘yicha ishlarni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari hamda mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xavfli gidrometeorologiya va geologiya hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini tugatish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida toshqin suvlari va sel oqimlarini xavf-xatarsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash, qor ko‘chish va yer ko‘chki hodisalari xavfini kamaytirish bo‘yicha Hukumat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasi) tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasi raisi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri — Fuqaro muhofazasi boshlig‘i hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasi tarkibiga vazirliklar, idoralar, viloyat hokimliklari, boshqa manfaatdor tashkilot va muassasalar rahbarlari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi tomonidan uning vakolatiga muvofiq qabul qilinadigan qarorlar barcha davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, jamoat tashkilotlari, muassasalar hamda fuqarolar uchun majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xavfli zonalar mavjud bo‘lganda xavfli gidrometeorologiya va geologiya hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar kelib chiqish xavfiga qarshi o‘z vaqtida chora ko‘rish hamda aholi va hududlarni muhofaza qilish ishlarini tezkor boshqarishni tashkil etish uchun tegishli ma’muriy-hududiy birliklarda viloyat va tuman shtablari tashkil etiladi, ular Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasi qarorlari, mazkur Nizom talablari, sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq faoliyat olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasining asosiy vazifalari va komissiya ishini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrometeorologiya va geologiya hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va tugatish, ulardan aholi va hududlarni muhofaza qilish darajasini oshirish borasida yagona davlat siyosatini shakllantirish va olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi va hududlarni xavfli gidrometeorologik va geologik jarayonlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, muassasa va tashkilotlarning, manfaatdor vazirlik va idoralarning faoliyatini va ularning samarali hamkorlik qilishini muvofiqlashtirishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jaliklari sel oqimlari, qor ko‘chishi va ko‘chki hodisalari xavfi bo‘lgan zonalarda (O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining (keyingi o‘rinlarda — O‘zgidromet) va Davlat geologiya qo‘mitasining tegishli xizmatlari prognoz ma’lumotlari asosida) joylashgan aholini vaqtincha ko‘chirish (zarurat bo‘lsa) va keyinchalik xavfsiz hududlarga bosqichma-bosqich ko‘chirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli gidrometeorologiya va geologiya hodisalari bilan bog‘liq yuz berishi ehtimoli mavjud bo‘lgan yirik favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tugatish bo‘yicha ishlarni boshqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli tabiat hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini tugatish bo‘yicha ishlarning holatini joylarda, vazirlik va idoralarda tekshirib borish, shuningdek mansabdor shaxslarning ushbu masalalar bo‘yicha hisobotlarini eshitib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Toshqinga qarshi kurash hukumat komissiyasi o‘z faoliyatini komissiya majlisida ko‘rib chiqiladigan va uning raisi tomonidan tasdiqlanadigan rejaga muvofiq doimiy asosda olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Toshqinga qarshi kurash hukumat komissiyasining majlislari zaruratga ko‘ra, lekin bir yilda kamida ikki marta bo‘lib o‘tadi va majlis qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Toshqinga qarshi kurash hukumat komissiyasi har yili 15-fevralgacha Toshqinlar, sel oqimlari, qor ko‘chishi va yer ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularning oqibatlarini tugatish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturini joriy yil uchun ishlab chiqishni tashkillashtiradi, o‘z majlisida ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Toshqinga qarshi kurash hukumat komissiyasi har yili 1-martgacha, shuningdek toshqinlar, sel oqimlari, qor ko‘chishi va yer ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq aniq xavf-xatar yuzaga kelganda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va mavjud kuch va vositalarning tayyorligi to‘g‘risida o‘z vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyaga axborot kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur Nizom bilan ko‘zda tutilgan ishlarni bajarish uchun zarur hollarda Toshqinga qarshi kurash hukumat komissiyasi vazirlik, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, muassasa va tashkilotlar vakillarini jalb qilgan holda ishchi guruhlar tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Toshqinga qarshi kurash hukumat komissiyasini tugatish yoki qayta tashkil etish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Gidrometeorologiya va geologiya hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar oqibatlarini oldini olish va tugatish bo‘yicha vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimiyat organlarining vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zgidromet va Davlat geologiya qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili 20-fevralgacha Toshqinga qarshi kurash hukumat komissiyasiga, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va shahar hokimliklariga xavfli gidrometeorologiya va geologiya hodisalarining faollashish ehtimoli bo‘lgan zonalar to‘g‘risida, ushbu zonalarda joylashgan aholi punktlari va obyektlar to‘g‘risida, aholisi xavfsiz joylarga vaqtinchalik yoki doimiy yashash uchun ko‘chirilishi kerak bo‘lgan xo‘jaliklar ro‘yxati to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etadi, shuningdek aholi va hududlarning muhofazasini ta’minlovchi muhandislik-texnikaviy va boshqa tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha takliflar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda to‘plangan qorning hajmi, sel va ko‘chki xavfi mavjud zonalarning xususiyatini aniqlash, o‘pirilish xavfi bo‘lgan tog‘ ko‘llarining holatini baholash hamda bu joylarda gidrometeorologik vaziyat va geologik jarayonlarning rivojlanish sur’atini doimiy kuzatish va prognoz qilish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish maqsadida tog‘li va tog‘oldi tumanlarda, shu jumladan, zarurat bo‘lganda, chegaradosh davlatlar hududida (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda) muntazam aerovizual rekognossirovka olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli gidrometeorologiya va geologiya hodisalari faollashish ehtimoli bo‘lgan hududlarda gidrometeorologik vaziyatning, geologik jarayonlarning uzluksiz monitoringini tashkil etilishi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda obyektlari va xo‘jaliklari xavfli hududlarda joylashgan mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda fuqarolar tomonidan aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish to‘g‘risidagi tegishli ogohlantirish va ko‘rsatmalar talablarining o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qiladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yozgi ta’tillar va maktab ta’tillari mavsumi boshlanishidan oldin bolalar sog‘lomlashtirish lagerlari, sanatoriylar, dam olish uylari, sayyohlik bazalari va pansionatlar joylashgan hududlarni gidrologik va muhandislik-geologik tekshiruvdan o‘tkazadi. Zarur bo‘lganda, obyektlarni vaqtincha yopish yoki kerakli muhofaza choralarini amalga oshirish to‘g‘risida yozma ravishda ko‘rsatmalar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jalb etilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda toshqin oldi davrida bahor-yozgi toshqin suvlarini xatarsiz o‘tkazib yuborish maqsadida xavfli uchastkalarni aniqlash uchun gidrotexnik inshootlar, ko‘priklar, qirg‘oqlar, daryo o‘zanlari va soylarning holatini o‘rganib chiqadi, kechiktirib bo‘lmaydigan muhofaza choralari va avariya-tiklash ishlari bajarilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatsiz qurilish va noruda materiallar qazib olish, daryolar qayirlarida boshqa xo‘jalik faoliyatini olib borish oqibatida daryolar, kanallar va soylarning suv o‘tkazish imkoniyatlari kamayishi holatlariga yo‘l qo‘ymaydi va buning qat’iy oldini oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli gidrometeorologik va geologik hodisalar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar paydo bo‘lishi xavfiga qarshi o‘z vaqtida chora ko‘rish hamda aholi va hududlarni muhofaza qilish bo‘yicha ishlarni tezkor boshqarishni tashkil etish uchun tegishli ma’muriy-hududiy birliklarda viloyat va tuman shtablarini tashkil etadi. Mazkur shtablarni zarur miqdorda transport vositalari, yonilg‘i-moylash materiallari va aloqa vositalari bilan ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat geologiya qo‘mitasi va O‘zgidromet ko‘rsatmalari asosida xavfli hududlardan ko‘chirilishi zarur bo‘lgan xo‘jaliklar aholisining o‘z vaqtida va bexatar ko‘chirilishini ta’minlaydi. Xavfsiz joylarga ko‘chirilayotgan kishilarning hayot kechirishi va munosib turmushi uchun zarur barcha sharoitlarni yaratadi, ular orasida tegishli tushuntirish ishlarini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati organlari balansidagi daryo o‘zanlari va soylar qirg‘oqlarini mustahkamlash va boshqa muhofaza qilish ishlari bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha mahalliy budjetlarning zaxira fondi mablag‘lari hisobidan amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toshqin oldi davrida gidrotexnik inshootlarning (kanallar, dambalar, sel suvlari to‘planadigan joylar va sel yo‘llari) sel va toshqin suvlarini xatarsiz o‘tkazib yuborishga tayyorligini tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va “O‘zbekenergo” DAK bilan hamkorlikda o‘zanli suv omborlarini tekshiradi va sel hamda toshqin suvlarini xavfsiz qabul qilish va xatarsiz o‘tkazib yuborishga doimiy tayyorligini kafolatlovchi ish tartibini ta’minlash ustidan nazorat o‘rnatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sel va toshqinlar paytida joylardagi barcha bo‘linmalarda rahbar xodimlarning tunu kun navbatchiligini va suv xo‘jaligi obyektlarining xavfsiz ishlashini nazorat qilishni ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qor ko‘chishi, sel, suv toshqini va yer ko‘chishlari yuz beradigan davr mobaynida vazirlik hududiy boshqarmalarining qidiruv-qutqaruv bo‘linmalari va tezkor guruhlarining shaxsiy tarkibini kuchaytirilgan ish tartibiga o‘tkazadi, xavf yoki favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan holatlarda belgilangan vazifalarni bajarishga doim tayyorligini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli gidrometeorologik va geologik jarayonlar bilan bog‘liq vaziyatlarni kuzatish bo‘yicha ma’lumotlarni to‘playdi va tahlil qiladi, Toshqinga qarshi hukumat komissiyasiga favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish xavfiga qarshi samarali kurashish va ularning keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini minimallashtirish va bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar yuzasidan takliflarni o‘z vaqtida taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vazirligi va O‘zgidromet bilan birgalikda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining monitoringini amalga oshirish va bundan o‘z vaqtida xabardor qilish maqsadida o‘pirilish xavfi mavjud bo‘lgan tog‘ ko‘llarini kuzatish uchun tegishli texnika va ishonchli aloqa vositalari bilan jihozlangan muvaqqat postlarni o‘z vaqtida tashkil etishni ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda xabardor qilish va aloqa tizimining puxta ishlashini, tegishli vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda aholini favqulodda vaziyatlar xavfi to‘g‘risidagi axborot va xabarlarning o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bahor-yoz mavsumida qor ko‘chishi, sel, toshqin va ko‘chki xavfi mavjud bo‘lgan uchastkalarda tegishli ko‘nikmalarni mashq qilish va zarur himoya ishlarini amaliy bajarish maqsadida kompleks maxsus taktika mashqlarini o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi qarorlarining bajarilishini samarali muvofiqlashtirish va qat’iy nazorat qilishni hamda ish faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya mahalliy davlat hokimiyati organlari, aloqador vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda toifalangan gidrotexnik inshootlarni himoya qilishni kuchaytirish va aholi, transport vositalari va texnikani xavfli uchastka va hududlarga qo‘ymaslik (jumladan, ko‘chirilgan shaxslarning muddatdan oldin qaytishiga yo‘l qo‘ymaslik) maqsadida yo‘llar, transport kommunikatsiyalarida qo‘shimcha postlar va ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi chegaradosh davlatlar hukumatlaridan O‘zgidromet va Davlat geologiya qo‘mitasi bo‘linmalari tomonidan ushbu mamlakatlar hududidagi tog‘oldi, tog‘li va boshqa tumanlarda qor zaxirasi hajmini aniqlash, tog‘ ko‘llari holatini baholash va O‘zbekiston Respublikasi hududidagi uchastkalarga xavf tug‘diruvchi toshqin, sel va ko‘chki xavfi bo‘lgan zonalarni aniqlash maqsadida aerovizual tekshirishlarni o‘tkazish uchun ruxsat olish hamda ularning holatini birgalikda monitoring qilishni tashkil etishni belgilangan tartibda ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hisob-kitoblarga muvofiq belgilangan tartibda O‘zgidrometga respublika va chegaradosh davlatlar hududidagi tog‘oldi, tog‘li va boshqa suv toshqini, sel, yer ko‘chish xavfi bo‘lgan tumanlarda aerovizual tekshirish ishlarini o‘tkazish uchun maqsadli yo‘naltirilgan mablag‘ ajratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim holatlarda, yuzaga kelgan favqulodda vaziyatni bartaraf etishga yetarli mablag‘ bo‘lmasa Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishgan holda ushbu maqsadlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira fondidan qo‘shimcha mablag‘lar ajratish to‘g‘risida belgilangan tartibda takliflar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Sog‘liqni saqlash vazirligi vaqtinchalik va doimiy yashash joylariga ko‘chirilgan aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni va sanitariya-epidemiologiya nazoratini hamda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi mumkinligini hisobga olgan holda dori-darmon, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi va boshqa dori vositalarning zaxirasini yetarli darajada bo‘lishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda respublika avtoyo‘llari tabiiy hodisalar oqibatida buzilgan hollarda ularni qayta tiklash uchun zarur kuch va vositalar tayyor turishini ta’minlaydi. Mavjud strategik transport kommunikatsiyalarda, shu jumladan A-373 “Toshkent-O‘sh” avtoyo‘lining “Qamchiq” dovoni aylanma (zaxira) uchastkasida odamlar va transport vositalari harakati xavfsizligini tashkil etish maqsadida muhandislik-texnik muhofaza tadbirlarini o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha choralarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-fevraldagi PQ-585-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshqin suvlari va sel oqimlarini xavf-xatarsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash, qor ko‘chish va yer ko‘chki hodisalari xavfini kamaytirish bo‘yicha Hukumat komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

A.N. Aripov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, komissiya raisi

2.

A.J. Ramatov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri, komissiya raisi o‘rinbosari

3.

T.A. Xudaybergenov

favqulodda vaziyatlar vaziri v.b., komissiya raisi o‘rinbosari

4.

Sh.R. Hamrayev

suv xo‘jaligi vaziri, komissiya raisi o‘rinbosari

Komissiya a’zolari:

5.

A.K. Shodmonov

sog‘liqni saqlash vaziri

6.

M.X. Saliyev

uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri

7.

S.X. Bekenov

investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari

8.

I.T. Ne’matov

tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari

9.

O.M. Umarov

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari

10.

P.I. Ergashev

mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari — Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i

11.

B.R. Tursunov

Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari

12.

M.U. Jo‘rayev

ichki ishlar vaziri o‘rinbosari

13.

Y.E. Tursunov

moliya vaziri o‘rinbosari

14.

A.A. Abduvaliyev

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi

15.

B.F. Islomov

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi

16.

B.T. Qo‘chqorov

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi

17.

Lavozimi bo‘yicha

“O‘zgidromet” bosh direktori

18.

N.Sh. Ernazarov

Suv xo‘jaligi vazirligi “Davsuvxo‘jaliknazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i

19.

B.B. Sidiqov

“O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi

20.

U.M. Mustafoyev

“O‘zbekenergo” AJ boshqaruvi raisi

21.

X.N. Xosilov

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi v.b.

22.

Sh.K. Abdurahmanov

Andijon viloyati hokimi

23.

E.A. Saliyev

Jizzax viloyati hokimi

24.

Z.Sh. Ro‘ziyev

Qashqadaryo viloyati hokimi

25.

K.B. Tursunov

Navoiy viloyati hokimi

26.

X.X. Bozarov

Namangan viloyati hokimi

27.

E.O. Turdimov

Samarqand viloyati hokimi

28.

T.A. Bobolov

Surxondaryo viloyati hokimi

29.

G.G. Mirzayev

Sirdaryo viloyati hokimi

30.

G.I. Ibragimov

Toshkent viloyati hokimi

31.

Sh.M. G‘aniyev

Farg‘ona viloyati hokimi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ularning lavozimiga qaytadan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalar yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 7-8-son, 61-modda, 35-son, 917-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son)